PDA

View Full Version : Gollandiyalik musulmon bo'ldi!


B.TURKISTANI
04-11-2008, 06:39 AM
Assalamu alaykum forumdosh musulmon brodarlar.
Bugun Tokyodagi markaziy Jome masjidida http://www.tokyocamii.org/english/index.html Juma namozidan so'ng o'z yutug'ini topgan SHON ismli, Gollandiyalik bo'lgan tadbirkor Nasroniylikdan musulmonlar safidan joy olish baxtiga muyassar bo'ldi.:D
Ko'zlarim oldida Shahodat kalimlarini so'zma so'z aytganiga guvoh bo'ldim.
Bundan bir necha oy oldin esa bir yosh yapon yigiti ham shu masjidda shahodat kalimlarini keltirib nasroniylikdan Islomga yuz tutgan edi. Haj mavsumida esa Haj ziyoratini qilib kelgan edi.
Kuni kecha bir brodarimiz Nemis fuqorosini islomga kirganligi haqida habar bergan edilar. Shunda Lost brordarimiz "guvoh bo'lish baxtiga erishibsizda" degan gapni yozgan edilar. Shu ifodalarni o'qib, men ham ko'rsaydim degan tuyg'u ko'nglimdan kechgan edi. Mana Alloh bugun nasib qilgan ekan, shu baxtga biz ham erishdik. Bu Islomni yutug'i emas balki inson o'zini yutug'i ekanligini ham unutmaslik lozim. Islom yutuqlarga muhtoj emas. Shunday ekan Hidoyatga ergashtirgan va butun shon-sharaflar egasi bo'lgan yakkayu-yagona tug'magan, tug'ilmagan, otasi ham onasi ham bo'lmagan bunday nuqsonlardan pok Allohga hamdu-sanolar bo'lsin. Uning Rasuli Muhammadga, qiyomatga qadar bo'ladigan voqea-hodisalarning sonicha, qiyomatga qadar yog'ib o'tadigan yomg'ir tomchilarining sonicha, qor parchalarining sonicha, osmonlardagi cheksiz, sanog'i bo'lmagan yulduzlarning sonicha, qiyomatga qadar keladigan va ketadigan insonlarning sonicha, qabrdagi insonlarning sonicha salom va salovatlar yog'isin!
Allohu Akbar, Allohu Akbar!
Muborak bo'lsin!:D:D:D
Juma yaxshi kunda, brodarlar....:D
InshaAllah, keyingi hafta nasib qilsa upload qilamiz.

MUHLIS
04-11-2008, 07:04 AM
Sevinganingiz chin bo'lsin......aqshda "undercover"lar ham ko'payib qolgan.

FREEMINDER
04-11-2008, 08:08 AM
Assalamu aleykum warahmatulloh!

Alloh bu yangi birodarimizni Islomda bardavom va Iymonini mustahkam qilsin! Amiyn!

Shu bir fikr bor.. magar Forum(din bo'limi)Moderatorlari qarshi bo'lmasalar.

Ko'pchiligingiz (yanglishmasak agar)Xolid ibn Volid r.a. haqlarida va Islomda eng kam yashagan (saodat davrida) musulmon haqida eshitgansizlar(jang maydonida Xolid r.a. dan nima uchun u kishini Sayfulloh, ya'ni Allohning qilichi deb chaqirishlarini so'rab va u kishining go'zal bir javoblaridan so'ng u kishining Islomni qabul qilishi va shu jangda shaxid bo'lgani haqida). Biz aniq roviylarin bilmaganimiz uchun sizlardan uzr so'ragan holda qisqa ma'nosini keltirgan bo'ldik. Qolaversa bu voqeani to'liqligicha o'qilsa - nixoyatda ta'sirchandur.
Yuqoridagi voqeani eslashdan va murojaatimizdan maqsad:
Islomga yangi kirganlar haqida bir umumiy MAVZU ochsangiz. MAVZUga barcha Islomga qadam qo'yganlar haqidagi threadlarni JAMLASANGIZ. Va u yerga shu xususindagi (Saodat davridan boshlab to shu kunimizgacha bo'lgan va inshaolloh kelajakda bo'lguvchi) ma'lumotlar yozilsa nur ustiga a'lo nur bo'lardi - degan fikrdamiz.

Wallohu a'lam

ps. Magar yuqoridagi voqeani yozishda biror xato qilgan bo'lsak va uni to'girlab(yoki o'sha hadisni to'liqligicha) qo'ysangiz inshaolloh xursand bo'lur edik.

Wa assalamu aleykum warahmatulloh!