PDA

View Full Version : Reflection

Gareeb
04-12-2008, 04:06 PM
:bismillah
O'tirib o'ylab qoldim, mana shunchadan beri forumdaman, nimalar o'rganib qanday foydalar oldimu qancha waqtimni behuda ketkazdim.Shularni bir-bir ko'z oldimdan o'tkazib sarhisob qildim.Kimlarnidir qachonlardir bilib- bilmay ko'ngligini og'ritgandirman, hafa qilgandirman.Har ehtimolga qarshi fursatdan foydalanib hammangizdan uzr so'rab qo'ymoqchiman.

Mabodo kimniki qaysidir ma'noda hafa qilgan bo'lsam iltimos uzrimni qabul etinglar.

If I offended anyone by anymeans please accept my sincere apologies.

Thank you .

Abu-Hafiza
04-12-2008, 04:17 PM
O'tirib o'ylab qoldim, mana shunchadan beri forumdaman, nimalar o'rganib qanday foydalar oldimu qancha waqtimni behuda ketkazdim.

Ancha foida oldiz shekil qori aka. Oilali, bola chaqali, bir qator yaxshi do'stlik bo'voldingiz. Behuda ketgan umrga esa qo'shilaman, ammo forumga kirmasangiz ham internetdan uzilaman deb uylaysizmi? Forum bulmasa boshqa joyda behuda umr ketar ekan, habar uqiyman, bitta maqola o'qiyman deb link link linklaga bosib, ohiri oqibat hech narsa o'qimasdan, o'rganmasdan.

Bilmadim tag'in, o'zi internetni tag tugi bilan yigishtirish kerakmi deyman

Gareeb
04-12-2008, 04:29 PM
Ancha foida oldiz shekil qori aka. Oilali, bola chaqali, yaxshi do'stlik bo'voldingiz. Behuda ketgan umrga esa qo'shilaman, ammo forumga kirmasangiz ham internetdan uzilaman deb uylaysizmi? Forum bulmasa boshqa joyda behuda umr ketar ekan, haba ruqiyman, bitta maqola o'ziyman deb link link linklaga bosib, ohiri oqibat hech narsa o'qimasdan, o'rganmasdan.

Bilmadim tag'in, o'zi internetni tag tugi bilan yigishtirish kerakmi deyman

Endi aka hamma o'zini o'zi yaxshi bilguvchi.To'g'ri , alhamdulillah foydalar ham ko'p bo'ldi. Mana sizdek qadrdonlar orttirdik.Real hayotda uchratish juda qiyin bo'lgan turli qatlam kishilarning suhbatida bo'ldik.Forum orqali Ahli ilm birodarlar bilan ko'rishib,yaqindan tanishish nasib qildi.
Lekin hammasini tarozuga tortadigan bo'lsak keyingi paytda foydasidan zarari ko'payib ketgandek bo'lyapti. Balkim men addictive personality sohibidirman. Nima bo'lganda ham, odam hisob kitob qilinishidan oldin o'zini hisob qilib tursa yaxshi bo'ladi deb o'ylayman.

Kecha bir shayxning darsiga boruvdim, waqtning ahamiyati haqida gap bo'ldi.
Shu suhbatdan keyin tushundimki hayotimda,biiznillah ,keskin o'zgarishlar yasamasam bo'lmaydigan ko'rinadi. Ikkovimiz ko'p gaplashganmiz bu masalada. Bu mulohazalar ikkovimiz uchun ham muhim deb o'ylayman.

Alloh hammamizga tawfeeq bersin, nafsimizni isloh qilishda O'zi yordam qilsin, omin.

lost
04-12-2008, 04:33 PM
moro bosin : )
yaxshilikka xizmat qilsin blogiz : D

Gareeb
04-12-2008, 04:35 PM
:)moro bosin : )
yaxshilikka xizmat qilsin blogiz : D

Ilohim aytganiz kelsin, omin
Shu erda bir-birimizga mri-ma'ruf nahy munkar , xolis nasihat qilib turaylik.:)

wyxpat
04-12-2008, 05:29 PM
Thread nomi reflection edi, l harfi tushib qopti, moderator iltimos to'g'rilab qo'ying.
indamasangiz refLection deb o'qib turuvdik, i harfi qayerida tushib qoganakan deb 3 marta qayta o'qib chiqdim... qarasam L harfi ekan tushib qogan :)

"zeit ist gelt" - nemis ham odamde, adashadi, vaqt oltindan qimmatligini hamma bilsa ham.

kitayoza
04-12-2008, 09:42 PM
:bismillah
O'tirib o'ylab qoldim, mana shunchadan beri forumdaman, nimalar o'rganib qanday foydalar oldimu qancha waqtimni behuda ketkazdim.Shularni bir-bir ko'z oldimdan o'tkazib sarhisob qildim.Kimlarnidir qachonlardir bilib- bilmay ko'ngligini og'ritgandirman, hafa qilgandirman.Har ehtimolga qarshi fursatdan foydalanib hammangizdan uzr so'rab qo'ymoqchiman.

Mabodo kimniki qaysidir ma'noda hafa qilgan bo'lsam iltimos uzrimni qabul etinglar.

If I offended anyone by anymeans please accept my sincere apologies.

Thank you .

Bu nima uzr aytish blogimi?!:D
Uzrlariz qabul qilindi. Davom etuvrin.
Qaysidir qo'shiqchining bir ashulasi bor edi: "yaxshi bo'sen, yaxshidur dunyo".
Yani forumdan foyda oalaman deganga, koni foydadir bu yer.
Ishkal qilaman deganga, razborka maydoni.
Shunga bu forumni sizga yaxshi ta'sir qilishini istagan bo'seyz, unda yaxshi, foydali postlar qilin.

Gareeb
04-13-2008, 06:22 AM

Yo'q shunchaki uzr aytish emas. Yangi ishga niyat qilayotganda, Allohga tawba qilib, haq egalariga o'z haqlari ado etishga harakat qilinadiku. Masalan o'zingiz ham Hajga ketishdan oldin yor-birodar, qawm qarindoshlardan rozi-rizochilik istagansiz, to'g'rimi? Xuddi shuningdek har Ramazon kirganda hamma bir-biridan rozi-rizochilik istaydi.

Men ham modomiki hayotimni yangidan tartibga tushurmoqchi ekanman, avvalo o'tmishimga boqib, xatolar o'tgan bo'lsa to'g'rilab olmoqchiman xolos.:)

kitayoza
04-13-2008, 06:27 AM
Yo'q shunchaki uzr aytish emas. Yangi ishga niyat qilayotganda, Allohga tawba qilib, haq egalariga o'z haqlari ado etishga harakat qilinadiku. Masalan o'zingiz ham Hajga ketishdan oldin yor-birodar, qawm qarindoshlardan rozi-rizochilik istagansiz, to'g'rimi? Xuddi shuningdek har Ramazon kirganda hamma bir-biridan rozi-rizochilik istaydi.

Men ham modomiki hayotimni yangidan tartibga tushurmoqchi ekanman, avvalo o'tmishimga boqib, xatolar o'tgan bo'lsa to'g'rilab olmoqchiman xolos.:)Yaxshi niyat.
Lekin bunaqa ishga jazm qilishga qandaydur sabab bo'lishi kerey. Ishqilib hammasi tinchlikdami?!
Yaxshilikka bo'sin.
Ho'sh, rozi rizoliklar oldiz. Endi hayotizga qanday yangiliklar olib kirmoqchisiz. Bir o'rtoqlashing. Balki qolganlarga ham bir ibrat bo'larmidi?!

VatanparvaR
04-13-2008, 06:29 AM
Forumdan eng ko'p foyda ko'rganlardan biri siz bo'lasizda akasi. :D
Qarang, forumdan shunday jufti-halol topib ham foyda ko'rdimmi deb so'raydiya :lol: