PDA

View Full Version : Shaytonning rost so'zlagani....


B.TURKISTANI
04-13-2008, 08:24 AM
:bismillah
Assalamu alaykum ahli iymon forum brodarlari....

Bu hadis barchamizga ta'luqli va bilmagan bo'lsak bir karra emas ikki kara bilib olish kerak.
Inson zotini shayton qay yo'sinda o'z izmiga ergashtirishi, qay yo'sinda dindan chiqarishi haqida gap boradi.

Mashxur sahobiy zot ibn Abbos rodiyallohu anhu hazratlaridan eshitganlarini Muoz bin Jabal quyidagicha rivoyat qiladilar:

"Bir kuni rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ansor (Madinalik sahobalar)dan birining uyida yig'ilib, jamoat bo'lib, suhbat o'tkazayotgan edik. Bir payt tashqaridan bir ovoz keldi:
-Ey uy egasi, ichkaridagilar! Uyga kirishimga menga ruxsat berasizlarmi? Sizlar bilan ko'rishmog'im lozim, ishim bor.
To'planganlar darhol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qaradilar. Chunki jamoatning rahbari doim u kishi edilar va ruxsatni ham o'zlari berardilar.
-Bu kelgan kim bilasizlarmi?-deb so'radilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Barchamiz baravariga:
-Eng yaxshi bilguvchi Olloh va uning rasulidir, - dedik.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
-La'natlangan iblisdir. Shaytondir. Unga Ollohning la'nati bo''lsin,- dedilar.
Shu vaqtda hazrat Umar rodiyallohu anhu:
-Yo Rasululloh, menga ruxsat bering, men uni o'ldirayin,-dedi.
Payg'ambarimiz bunga izn bermadilar va shunday dedilar:
-To'hta, ey Umar, bilmaysanmi unga ma'lum bir vaqtgacha muhlat berilgan. O'ldirma.- Keyin buyurdilar:
-Eshikni oching, kirsin. Bu yerga kelishi uchun u Ollohdan buyruq olgan. Aytadigan so'zlarini tushunishga harakat qilinglar va yaxshilab eshitib olinglar.

Davomini roviydan eshtaylik. U shunday deydi:
Eshikni unga ochdilar. Ichkariga kirdi va bizga ko'rindi. qarasak, bir qari chol, ko'zlari g'ilay, ko'sa, iyagida olti yoki yetti dona soqol bor, ot jungiga o'hshaydi; ko'zlari katta-katta ochilgan, har tomonga alanglaydi; kallasi fil boshiday katta, dudoqlari qo'tos dudog'iga o'hshaydi.
U kirib shunday salom bertdi:
-Salom sizga, ey Muhammad, salom sizga, ey jamoati muslimin.
Uning bu salomiga Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam bunday javob qildilar:

davomi bor......

FREEMINDER
04-13-2008, 08:46 AM
Davomini o'qiluuuuuu....

B.TURKISTANI
04-13-2008, 08:46 AM
Rasululloh sollallohu alayhi vasasllam:
- Salom Ollohnikidir, ey la'in... Bir ish bilan kelganingni eshitdim, nima ekan u ish?
-Men bu yerga o'z hohishim bilan kelmadim. Majburan keldim.
-Nima ekan u majburiyat? - deb so'radilar Rasululloh.
Shayton dedi:
-Izzatli Robbing oldidan menga bir farishta keldi va bunday dedi: "Olloh taolo senga amr qildi, "Muhammadning oldiga past, haqir va xor bir holda, tavoze' bilan borasan. Unga Odam farzandlarini qanday aldashingni, ularni qanday qilib yo'ldan adashtirishingni birma-bir so'ylaysan. Keyin u sendan nima so'rasa, to'g'risini aytasan. So'zlaringga bir yolg'on qo'shib aytsang, tog'ri so'zlamasang, kulingni ko'kka sovuraman. Dushmanlaring oldida rasvo qilaman". Men shu buyruqqa binoan sizning yoningizga keldim, ey Muhammad. Istaganingizni mendan so'rang. Agar savollaringizga tog'ri javob bermasam, dushmanlarim ustimdan kulishadi, dushmanlarimning kulgusi esa, men uchun eng dahshatli fojeadir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam so'ray boshladilar:
- Modomiki tog'ri so'zlar ekansan, menga ayt-chi, xalq orasida sen eng ko'p yomon ko'rgan odam kim?
Shayton javob berdi:
-Siz, ey Muhammad. Ollohning yaratgan maxluqotlari orasida men eng yomon ko'rgan kimsa - Siz. Sizdan boshqa yana kim bo'lishi mumkin?
-Mendan keyin eng yomon ko'rganing kimdir? - deb so'radilar Rasululloh.
Shayton:
-Butun borlig'ini Olloh yo'liga fido qilgan taqvodor har bir yosh mo'mindir,- deb javob qildi.
Shundan keyin savol-javob quyidagicha davom etdi: Rasululloh so'rayverdilar, shayton javob beraverdi.
-Yana kimni yomon ko'rasan?
-Shubhali ishlardan uzoq va sabrli bo'lgan olimni.
-Keyin-chi?
-Sabrli, ehtiyojini va kambag'alligini hech kimga bildirmaydigan, o'z holidan shikoyat qilmaydigan faqirni.

davomi bor......

B.TURKISTANI
04-13-2008, 09:05 AM
Rasululloh savollarini davom etdilar:
-Ho'sh, bu faqirning sabrli bo'lganini qayerdan bilasan?
-Ey Muhammad, u ehtiyojini hech iimga aytmaydi. Agarda kimda-kim ehtiyojini birovga ustma-ust uch kun aytsa, Olloh jalla jalaluhu uni sabr etuvchilardan hisoblamaydi. Bu sabrli odamlarining ishi emas. Qisqasi, uning sabrini holidan, hatti-harakatidan va shikoyat etmasligidan bilib olaman.
-Keyin kimni yomon ko'rasan?
-Shukr qiluchi boyni.
-Ho'sh, boyning shukr etuvchilardan ekanini qayerdan bilasan?
-Olganini halol yo'ldan olib, kerakli joyga sarflayotganini ko'rsam, bilamanki, u shukr etuvchi boylardandir.
Rasululloh bu daf'a mavzuni o'zgartirdilar va unga boshqacha savol bera boshladilar:
-Qani ayt-chi, ummatim namozga turganida sening holing ne kechadi?
-Yo Muhammad, meni istma tutadi. Titrayman.
-Nega bunday bo'lasan, ey l'ain?
-Chunki bir banda Olloh uchun sajda qilsa, bir daraja yuksaladi.
-Ro'za tutilgan vaqtda nima qilasan?
- U vaqt to iftor bo'lguncha bog'lanaman.
-Haj qilganlarida holing ne kechadi?
- U zamon aqldan ozaman.
-Qur'on o'qiganlarida-chi?
- U vaqtda men xuddi olovda erigan qo'rg'oshindek eriyman.
-Sadaqa berganlarida-chi?
-Ha... u vaqtda men juda yomon holatga tushaman. Sadaqa beruvchi xuddi qo'liga arra olib meni ikkiga bo'layotgandek bo'ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buning ham sababini so'radilar:
-Nega bunday ikkiga bo'linasan, ey Abomurra?*
Iblis bunday javob qildi:
-Uni ham aytaman - chunki sadaqada to'rtta go'zallik bor:

1. Olloh taolo sadaqa berganning moliga barakalar va ehson ato etadi.

2. Sadaqa bergan kimsani xalqiga sevdiradi.

3. Olloh taolo uning bergan sadaqasini jahannam bilan uning orasida bir parda qiladi.

4. Olloh taolo undan baloni, ohu dardlarni daf etadi.

*Abomurra- rad etuvchi, inkor etuvchilarning kattasi, otasi.

davomi bor......

drmarufjon
04-13-2008, 10:21 AM
Davomini o'qiluuuuuu....

давомини ўқийлик

Alouddin
04-13-2008, 12:17 PM
Mashxur sahobiy zot ibn Abbos rodiyallohu anhu hazratlaridan eshitganlarini Muoz bin Jabal quyidagicha rivoyat qiladilar
kim rivoyat qilgan ekan?..

bu haqiqatdan ham hadismi?.. kimning hadislar to'plamidan bu?..

:salam: