View Full Version : NONni horijda "tandir" uslubida pishirish.
MUHLIS
04-13-2008, 05:05 PM
Demak horijda yurganlar bizning nonning ta'mi va qadrini juda yaxshi bilishadi.....
Huddi mana shu tuyg'u meni bir "ixtirog"ga undadi. Bu usul bilan huddi tandirda pishgan nondek ta'm beruvchi non pishirishingiz mumkin.
1. Hamirni zuvala qilasiz, yoyashiz (ernimasangiz) bezaysiz.
2. Qopqog'i yaxshi yopiladigan qozonchani yaxshilab qizdirasiz.
3. Ichiga nonni solasiz, qopqog'ini zichlab yopasiz. (oyna qopqoq bo'lsa yaxshi, ko'rib turasiz nima bo'layotganini)
4. 6-7 daqiqadan so'ng nonni ag'darasiz.
5. Yana shuncha fursat o'tgandan keyin nonni olasiz, ustini nam, sersuv qo'l bilan ho'llaysiz va kamida 3-4 daq. qo'yib qo'yasiz.
6. Mazza qilib yeysiz.
Ortib qolgan hamirni muzlatgichga qo'ying, har safar issiq non yegingiz kelganida olib pishiraverasiz. Lekin hamirni ko'pi bilan bir xafta muzlatgichda saqlash mumkin.
FARA!!
04-13-2008, 06:52 PM
odami ishtahasini ochiga ochibsiz :) endi Rasminiyam qoyib qoysala bolarmidi ?? a labay ?
CHOYHONACHI
04-13-2008, 06:58 PM
Qozonga har holda yog'-pog' quyulmasa kerak a?
Qizigan qozonda yoporamizmi mi kulchalarni? ;)
gulchapchapxon
04-13-2008, 07:23 PM
Duxovkada yaxshiroq bo'maydimi qozondan ko'ra?
Yo bu duxovkasi yo'qla uchunmi?
MUHLIS
04-13-2008, 08:43 PM
Qozonga har holda yog'-pog' quyulmasa kerak a?
Qizigan qozonda yoporamizmi mi kulchalarni? ;)
Yog' quyishdi maslaxat bermeman, oma xamirdi sutga qildirsez bir tishlam tishlap bir marta ko'zga surtip yisiz.
Gulchechakxon, duhovkada pishirgan nonning ta'mi bilan men aytgan usulda pishirilgan nonning farqi bor, siri menimcha o'ta yuqori haroratda, qisqa muddatda pishgani bo'lsa kerak, hamma sir non o'z namligini ushlab qolishida.
Rasmlar ham bo'lib qolar.
Kalon Bek
04-13-2008, 09:01 PM
HAmir qilishni ham yozvoring og'ayni. Ertaga ertaga nonushtaga biir non yopaman.
MUHLIS
04-13-2008, 09:08 PM
HAmir qilishni ham yozvoring og'ayni. Ertaga ertaga nonushtaga biir non yopaman.
Loy qilgan bo'lsangiz hamir qilish xech narsa emasku.
Ozgina droj solasiz iliq suvga, ozgina tuz, keyin kerakli miqdorda un qo'shasiz va oz-ozdan iliq suv yoki sut qo'shib harmi bo'lguncha qorishtirasiz. Ikki soatda ko'padi.
CHOYHONACHI
04-13-2008, 11:40 PM
Loy qilgan bo'lsangiz hamir qilish xech narsa emasku.
loy, g'isht yoki guvale qilgan insondan osongina nonvoy chiqar ekande a?
ozgina yerda turpoqqa ozgina suvni tokasizde ozgina somon alarashtirip loyni yasaysiz ...
gi'sht yoki guvaleda judayam mayin qum kerak boladi ... :laugh: :lool:
taqisr bairbir birimizga yaqinligimiz bilinip turadi ... :lol:
Elegance
04-14-2008, 01:41 AM
Qozon patir deyiladi shekilli bu a-la "Muxlisning tandirsifat non"lari. :D
Qopqoq yopilsa, suv yig'ilib qolmaydimi? Qozon qopqog'i yopilmasdan pishirib olinsa kerak, menimcha.
Keyin drojja solmasdan ham, oddiy xamirdan tayyorlansa bo'ladi, faqat ozgina o'simlik yog'i/margarin solib yuborilsa, juda ham mazali bo'ladi.
"Yopilayotgan" non kuyib ketmasligi uchun, qozonni o'zida aylantirib turiladi.
Nafees
04-14-2008, 04:31 AM
Qaysidir viloyatda bor bu. Qozonda non pishirib olish. Yahshi bo'ladi, man patir pishirib ko'rganman skovorodkada.
bir maslahat, sal yupqaroq yoyinglar, barbir qozon tandir emas, temperatura faqat qozonni o'zida yuqori.
vilka bilan urishniyam esdan chiqarmanglar(chakichga o'hshatib, man zubochistkadan chakich yasagandim )
qopqoq ochiq holda baland olovda kulchani 2 yuzini qizartirib olib, keyin qopqoqni yopib, past olovga qo'yganman, ushanda ichiyam pishadi, qotib ham qolmaydi, bug'lanmaydi ham.
MUHLIS
04-14-2008, 07:37 AM
"qozon patir" diganlarini anavi youtubedagi videoda ko'rdim.....qo'l bilan aylantirib-aylantirib pishirarkan.
Lekin men pishirayotganimda idishning qopqog'ini yopib qo'yaman zichlab....va faqat bir marta ag'darasiz holos.....hamma masala minimal darajada namlik yo'qotib, maksimal darajadagi haroratda tezroq pishishidir.
Royal
04-15-2008, 02:13 PM

hmmmm...daaaa....
Qorin dardi insonni nimala qildirmiydiya......
Musofirbek
04-15-2008, 07:55 PM
Mana non pishirishlaniyam ( 30 yoshda) urganvoldik, Alhamdulilloh
Shu novvoyhona (bayker's shop) ochvorsammikan a? :)
http://img258.imageshack.us/img258/1039/p1000228wx3.jpg
http://img208.imageshack.us/img208/6207/p1000227yp0.jpg
http://img521.imageshack.us/img521/3051/p1000223zd5.jpg
Ichiga yong'oq bilan jizza solish esdan chiqipti
PainKiller
04-15-2008, 10:14 PM
Tandir nonga eng yakin non pizza stone da boladi. Pizza stoneni ovenizda preheat kilasiz, ustiga nonni v pryamom smisle slova azgina suvlab yopasiz. Un minutda non tayyor buladi.:D
Demak horijda yurganlar bizning nonning ta'mi va qadrini juda yaxshi bilishadi.....
Huddi mana shu tuyg'u meni bir "ixtirog"ga undadi. Bu usul bilan huddi tandirda pishgan nondek ta'm beruvchi non pishirishingiz mumkin.
1. Hamirni zuvala qilasiz, yoyashiz (ernimasangiz) bezaysiz.
2. Qopqog'i yaxshi yopiladigan qozonchani yaxshilab qizdirasiz.
3. Ichiga nonni solasiz, qopqog'ini zichlab yopasiz. (oyna qopqoq bo'lsa yaxshi, ko'rib turasiz nima bo'layotganini)
4. 6-7 daqiqadan so'ng nonni ag'darasiz.
5. Yana shuncha fursat o'tgandan keyin nonni olasiz, ustini nam, sersuv qo'l bilan ho'llaysiz va kamida 3-4 daq. qo'yib qo'yasiz.
6. Mazza qilib yeysiz.
Ortib qolgan hamirni muzlatgichga qo'ying, har safar issiq non yegingiz kelganida olib pishiraverasiz. Lekin hamirni ko'pi bilan bir xafta muzlatgichda saqlash mumkin.
Nonni qozonga solishdan oldin xamirni ustiga yog' suriladimi?
Rahmat
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.