PDA

View Full Version : Muslimah swim wear!

MirSa
04-19-2008, 03:09 AM
Shu haqda fikrlarini bilmoqchi edim...

http://muslimahswimwear.com/images/poster/_r.jpg

Olimpiada 2004 da, eronlik muslima qizning 5 kmga yugurish musobaqasida uziga hos kiyimda qatnashganini ko'rgan edim.

Endi tez orada, suzish musobaqalarida ham muslimalarni ko'rishimiz mumkinmi?
http://botinok.co.il/files/images/752d2e94e6e7c3708eb496dbaf34c246_Hitam%20Biru.jpg

source: www.muslimahswimwear.com

lost
04-19-2008, 03:17 AM
Axmoqlikni chegarasi yoq degan gapga misol.

shunaqangiyam axmoqlik bo'ladimi??

Hojobni asosiy maqsadini yo'qotishga qaratilgan fitna.

Black
04-19-2008, 03:17 AM
Bu narsa to'g'ri emas. Suvga tushgan odam biladiki, suvga tushganda agar odam kiyimda bo'lsa, kiyim tanasiga yopishib qoladi va tana a'zolarini bilintirib qo'yadi. Shuning uchun, bu kiyim hatto suvga tushmasdan oldin keng bo'lib tursa ham, tushgandan keyin kiyimga yopishib, tana a'zolarini bilintirib qo'yadi.

Yana masalaning boshqa taraflari ham bor, ya'ni muslimalarning nomahramlar oldida shunaqa tor kiyimlarni kiyib yugurib yoki suzib yurishi to'g'rimi? Shahsiy fikrim, va o'ylaymanki ko'pchilik bunga qo'shilsa kerak, bu Islom diniga to'g'ri kelmasa kerak.

infolife
04-19-2008, 04:03 AM
Shu mavzuda muslimaning muslima ayolga, va muslimaning nomusulmon ayolga avratlari haqida ham aytib otilsa bolar ekan.

Bu kiyimni tashqarida nomahramlar oldida kiyishlik to'grisida gap-so'z ham bo'lishi mumkin emas. Umuman hijobning shartlarini toliq bajarmaydi.

Buni hattoki faqat ayollardan iborat suzish sessiyalariga ham kiyib borish mumkinligi ihtiloflik masala ekan.

Yaqinda huddi shunday suzish kiyimi sotib olgandim. Universitetda faqat ayollar uchun suzish havzasi bor edi. Afsuski suzishga keluvchi juda kop muslima ayollarimiz va nomuslimalar avratlarini saqlamagan holda suzadilar. Ibn Uthaymeen ra Muslima ayolni o'zga ayolni avratlariga ko'zi tushishi fitnaga sabab bolishi mumkin deb muslimalarga avratlarini saqlagan holda bolsa ham faqat ayollardan iborat bolsa ham suzishga, sport klublariga bormaslikni maslahat bergan ekan. Chunki u yerda hamma ham avratlarini saqlamagan bo'ladi. Hanafiy mazhabi boyicha muslimaning nomuslima ayolga avrati huddi nomahramga bolgan avrati kabidir deyilgan.

Bazi fatwolarda suzishga faqat muslima ayollar kelsa va hammasi avratlarini saqlagan holda bolsa ruhsat berilgan ekan. Shunda ham payg'ambarimizning "Jamoat hammomlariga borish ummatimning ayollariga harom etildi" degan manodagi hadisi bor ekan.(biror joyda uzbekchasi bolsa toliq hadisni shu yerga qoyinglar iltimos) Shunga biz bormaslikka qaror qildik.

Menga qiziq, Saudiya va boshqa arab davlatlarida ayollar suzishga boradimi? Shunday bolsa buning qanday shartlari bor?

Biz bu mavzuda o'qigan barcha malumot va fatwolar ingliz tilida edi. Kimdadur bu mavzuda uzbekchada malumot bolsa shu yerga qoysa foydalik bolar edi.

Borz_man
04-19-2008, 04:32 AM
Suzish muassasalari bor, plyajlarning ham ayollarga hos kuni bor.
Ular faqat hijobda cho'milishadi,ammo yalangoch ayollar ko'p bo'lgani sababan
o'zligiga ko'pchilikdan uzoqroq joyda taskin topishadi. Plyajlarning kattaligi evaziga hozirda bu holat mumkin bo'lib turibti,ammo ertaga odam ko'payib ketsa,o'zligi bormimiz deb qolishadi. Tepadagi kiyim shahsiy fikrimcha to'gri kemidi,chunki farzand tarbiyasigaham salbiy tasir etadi deb o'yliman. Farzandlarimiz bizning uyrish-turish ila ibrat olib,o'zizmiz qay holatda Allohdan qo'rqsak ularni ham shu holatdan javobga tutishimiz oson bo'ladi..
Alloh bilguvchiroqdur....

P.S. Ledis clublarga borishga ruhsat bermaymiz,o'zligi ham so'rashmaydi.
U yerlarga boradiganlarni ichida goyri dinlar ko'p bo'lgani sabab...

P.S.S. Ustoz Sheyhlarniham ayoli unaqa joylarga borganini eshitmaganmiz.
"Ayollarning yahshisi,ko'zdan yiroq bo'lgani" qovli ila Mall largaham oborishni hush ko'rmaymiz.
Ammo faqat ayollar uchun mahsus hadiqoh (park) da ko'p yegilishadi,u yerda spartivniy hadba,kacheli va hakozolar bor.
Bollar ham volsapit va roliklarni mazza qib uchishadi,Hullas walcome...:D

Faylasuf77
04-19-2008, 04:46 AM
aaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaaa

MirSa
04-19-2008, 04:46 AM
O'zi muslima ayollarning hovuzlarda cho'milishi mumkinmi?

Faylasuf77
04-19-2008, 04:50 AM
hafa bomeylaku manga yoqdi, lekin suzish masalasiga kelsak buni o'ylab korish kerak:)

Abu Hurayra
04-19-2008, 04:58 AM
mavzuga aloqador bir masalani sizlar bilan baham ko'rmoqchi edim:
Sizlarni bilmadimu kiyimni chetga surib qo'ygan holda gapirsak suv oqmaydigan ko'pchillik cho'miladigan yopiq joylar shaxsan menga yoqmaydi. Bunday joylar yopiq turdagi barcha suv havzalarining barchasi kirishi mumkin. Chunki oqar suv barbirir oqib turgani uchun tozaroq. Yopiq turdagi joylarda ma'lum bir joyda kunida necha kishi kirib chiqadi. Kiyimli bo'lsin kiyimli bo'lmasin uning badaniga tekkan suv o'sha suv havzasida qoladi. Suv havzalarida kimyoviy kukunlar tashlanib tozalanadi deyishishgiz mumkin, lekin aksariyat joylarda haftasiga bir marta bunday tozalik ishlari qilinadi, 2 haftada suv almashtiriladi.
Bu tozalik juda qisqa muddatda masalan 1 kun ichida qilingan taqdirda ham 1 kunda o'sha suv havzasiga kirib chiqgan kishilarning badaniga tekkan suv qoladi...Shu bilan birga shuni esdan chiqarmasligimiz lozimki Kimyoviy kukunlar zararli moddalarning barchasini kuchsiz holga keltirolmaydi keyin u kimyoviy moddalar sog' badanga ham zarar yetqazishi mumkin....
Bu endi ko'ngil masalasi, kimning rag'bati ko'tarsa farqi yo'q deb boradi. Kim tozalikka juda e'tiborli bo'lsa bunday joylarga bormasa kerak...
Shaxsan man turgan shahrimning yonida o'tadigan daryoda, ko'pchilik boradigan sohilda emas, umuman kishilar bo'lmagan joylarda kalta shim(shortik) bilan suzaman(havolar issiq bo'lganda)...
Albatta shaxsiy fikrim edi bu, xatolardan xoli emasdir...

Bunga muqobil sifatida toza oqar suvli joy bo'lishi mumkin. Toza oqar suvli joylar juda ishonchli musulmonlar tomonidan nazorat qilinishi kerak. Qanday kiyim turi tarjihi borasida yuqoridagi "lost", "Black","infolife", "Borzman" tomonlaridan aytilganlar bilan hamfikrman...

:salam:

eusko
04-19-2008, 09:03 AM
клефый кастюмчег.

Anelka
04-19-2008, 10:01 AM
Suzishni o'rganmoqchi bo'lganlar nima qilishlari kerak bo'ladi shunda ?!

Sakeenah
04-19-2008, 10:05 AM
Assalamu Alaykum wr wb!
Juda ham yahshi mavzu bo'libdi. Ayni shu damda man ham shu vaziyatdaman. Men ayni damda swedendaman. Hamma bilsa kerak evropa mamlakatlarini vaziyatini. Lekin o'ziga yarasha imkoniyatlari ham bor. Ayniqsa biz muslim, muslima bo'lganimiz uchun dinimizga ham alohida etibor qaratishadi va bizni noqulay va'ziyatga solmaslikga qattiq tirishishadi.
Endi maqsadga kelsak man suzishni bilmayman, yuqoridagi sabablarga ko'ra hech qachon suzish kurslariga qatnashmagan edim. Bunga hojat ham bo'lmagan edi. Lekin swedenni bilsangiz kerak faqat suvlikdan iborat. O'tgan yili yangi swedenga kelib, yashashni boshlagan bir imigrant arab yigit suzishni bilmas ekan, suvga tushib halok bo'ldi.
Shu voqia sabab bo'lib shahar hokimlari imigrantlar uchun suzish kursini tashkil qilishdi. Bu ham bo'lsa bizni foydamizga. Suzishni bilmaganlar o'rgansin dib aytishdi. Bizni taklifimizga ko'ra ayollar-erkaklar uchun alohida bo'lgan vaqt ajiratishdi. U yerda turli mamlakatlardan kelgan ayollar bor. Hammasi mahsus kiyimda cho'milishadi. Oyim adamlar qattiq qarshi bo'lishdi qatnashishimga, lekin man suzishni o'rganishim kerak dib o'ylayman. Avvalo Alloh saqlasin suv halokatlaridan. Lekin muslimalar qaloqliklari sabab nohushliklar bo'lgandan ko'ra imkon bo'ganda suzishni ham boshqa muhim narsalarni ham o'rganishlari kerak dib o'yliman.
Ayollarni ayollarga avratlari kindik va tizza orasida diyilgan. Ammo mo'mina ayolni mushrika, g'ayridin ayollarga hech qanday tana azosini ko'rsatmasin dib yozilgan ekan hadisda.
Quronda "o'ziga zulm qilguvchilarga hech qanday yordam yo'q" ma'nosida oyat bor edi. Hozir eslolmayapman. Shu vaziyatimiz mumkin emas dib, suzishni o'rganmaslik bilan muslima o'ziga zulm qilib qo'ymaydimi?
Yuqorida Abu hurayra, etganlaridek u suvga mani ham ko'nglim bo'lmaydi. Turli insonlar o'sha suvda cho'milishadi. Hemikatlar bilan tozalashsa ham Abu hurayra etganlaridek hamma zararli narsalar o'lmaydi. . .
Sizni fkringiz qanday shu narsaga?! Bu narsa ko'ngil yoyish yoki vaqtni o'tkazish maqsadida emas. Alloh saqlaguvchi zot, ammo hadisda "tuyani egarlab keyin Allohga tavakkal qil" deganlar Payg'ambarimiz (sav). Biz avval shuni o'rganib qo'yib, keyin Allohga tavakkal qilishimiz kerakmi yoki "ha Alloh saqlidi, man unga o'zimi topshirib qo'ydim" deyishimiz kerakmi? Qaysi biri to'g'ri bo'ladi?!

Abu Hurayra
04-19-2008, 10:06 AM
Suzishni o'rganmoqchi bo'lganlar nima qilishlari kerak bo'ladi shunda ?!
suzishni biladigan kishi bilan oqar suv joylashgan toza joyda o'rgansa bo'ladi. Shaxsan man qishlog'imizdagi katta ariqda suzishni o'rganganman : ))

Delf
04-19-2008, 11:23 AM
Shu haqda fikrlarini bilmoqchi edim...

http://muslimahswimwear.com/images/poster/_r.jpg

Olimpiada 2004 da, eronlik muslima qizning 5 kmga yugurish musobaqasida uziga hos kiyimda qatnashganini ko'rgan edim.

Endi tez orada, suzish musobaqalarida ham muslimalarni ko'rishimiz mumkinmi?
http://botinok.co.il/files/images/752d2e94e6e7c3708eb496dbaf34c246_Hitam%20Biru.jpg

source: www.muslimahswimwear.com (http://www.muslimahswimwear.com)

Qiziq, bunday swimsuit kiyib plyajga bograndan song zagar qanaqa bo'lar ekan?

Yuzi, qo'lini uchi va oyogini uchi qop-qora , boshqa yog'i oppoq :))

A tak mulsima qizlarga plyajga borishga balo bormi - uyda ham chomilib olsa boladi.

Delf.

Abu Hurayra
04-19-2008, 11:27 AM
Delf, sizning savolingizga Blackning oldingi javoblari juda o'rinli deb bilaman.
Islomda ish faqat yopinish bilanmas, tananing shaklini bildirmaslik bu bilan nomahramlar diqqatini jalb qilmaslik kabi narsalar ham bor...
Quyoshda terini quydirish esa tibbiy taraflama qoralangan narsa, foydasidan ko'ra zarari ko'proqdir. Yana bilmadim siz buni mendan yaxshiroq bilsangiz kerak...

Bu narsa to'g'ri emas. Suvga tushgan odam biladiki, suvga tushganda agar odam kiyimda bo'lsa, kiyim tanasiga yopishib qoladi va tana a'zolarini bilintirib qo'yadi. Shuning uchun, bu kiyim hatto suvga tushmasdan oldin keng bo'lib tursa ham, tushgandan keyin kiyimga yopishib, tana a'zolarini bilintirib qo'yadi.

Yana masalaning boshqa taraflari ham bor, ya'ni muslimalarning nomahramlar oldida shunaqa tor kiyimlarni kiyib yugurib yoki suzib yurishi to'g'rimi? Shahsiy fikrim, va o'ylaymanki ko'pchilik bunga qo'shilsa kerak, bu Islom diniga to'g'ri kelmasa kerak.

nemets
04-19-2008, 11:37 AM
http://atlasshrugs2000.typepad.com/photos/uncategorized/muslimswim1.jpg

http://static.flickr.com/47/148331455_78e59c4392.jpg

http://misskelly.typepad.com/photos/uncategorized/muslim_swimsuit.jpg

http://darisa.files.wordpress.com/2007/09/muslim-swimming-with-his-wife.jpg

~Atirgul~
04-19-2008, 12:09 PM
Yaqinda huddi shunday suzish kiyimi sotib olgandim. Universitetda faqat ayollar uchun suzish havzasi bor edi. Afsuski suzishga keluvchi juda kop muslima ayollarimiz va nomuslimalar avratlarini saqlamagan holda suzadilar. Ibn Uthaymeen ra Muslima ayolni o'zga ayolni avratlariga ko'zi tushishi fitnaga sabab bolishi mumkin deb muslimalarga avratlarini saqlagan holda bolsa ham faqat ayollardan iborat bolsa ham suzishga, sport klublariga bormaslikni maslahat bergan ekan. Chunki u yerda hamma ham avratlarini saqlamagan bo'ladi. Hanafiy mazhabi boyicha muslimaning nomuslima ayolga avrati huddi nomahramga bolgan avrati kabidir deyilgan.

Infolife ahir G'ayri dindagilar ko'chada ham avratini ochib yuradiku, unda musulmon kishi ko'chaga ham chiqmasdan uyda o'tirish kerakmi? BIzada masalan ko'p ayolu erkaklar kalta shortikda ko'chada yugirib yurishadi, endi masalan bolamni ko'chada aylantirishim kerak, uyda bekinvolib o'tirmaymankuu:rolleyes:

Abu Hurayra
04-19-2008, 12:11 PM
nemets, iqtibos qilgan rasmlaringizga biroz fikrlarimni bildirmoqchi edim. Albatta 5 barmoq bir emas. Bunaqa kiyimlarni kiyib ch'miladiganlar ham bor. Lekin ularni qanday holatda nima sababdan bunday qilganliklarini bilmasdan turib biror nima deyish qiyin....

http://atlasshrugs2000.typepad.com/photos/uncategorized/muslimswim1.jpg

Bu rasmda kiyim reklami qilingan

http://static.flickr.com/47/148331455_78e59c4392.jpg

Rasmni izohlab bo'lmaydi, erkak ayol aralash joymi yo'qmi, lekin yopiq suv havzasiga o'xshaydi. Keyin forumda qanadir qoida bor edi, shaxsiy saytlardan rasm iqtibos qilinmasin degan ma'noda. Balkim bu rasmdagilar o'z rasmlarining tarqatilishiga qarshidir....

http://misskelly.typepad.com/photos/uncategorized/muslim_swimsuit.jpg

Buni ham izohlashga ma'lumot yetmaydi..lekin ko'rinishidan qanaqadir musobaqa bo'layatganga o'xshaydi...

http://darisa.files.wordpress.com/2007/09/muslim-swimming-with-his-wife.jpg

Bu rasmga izoh berishda ham ma'lumot yetmaydi. Agar bu rasm faqat bir oilaga tegishli bo'lib rasmdagilar aka uka opa singil bo'lsa bunga e'tiroz yo'qdir (rasm tushirishga bo'lgan e'tiroz mustasno).
Aks holda Nomahramlar oldida garchi niqob kiysada bunday yaqin masofada ch'milish manimcha islomni ustidan kulish bilan barodar. Chunki Islomda o'zi Erkak ayol aralash o'tirishi qoralangan. Keyin Rashk degan masala ham bor, Dayuslar jannatni hidini ham sezmaydi degan ma'nodagi hadisga asoslansak, taqwodor musulmon ayoli bilan bunaqa aralash joyda ch'omilishdan o'zini yiroq tutadi, kerak bo'lsa hazar qiladi....

Wallahu 'alam....

Abu Hurayra
04-19-2008, 12:22 PM
Infolife ahir G'ayri dindagilar ko'chada ham avratini ochib yuradiku, unda musulmon kishi ko'chaga ham chiqmasdan uyda o'tirish kerakmi? BIzada masalan ko'p ayolu erkaklar kalta shortikda ko'chada yugirib yurishadi, endi masalan bolamni ko'chada aylantirishim kerak, uyda bekinvolib o'tirmaymankuu:rolleyes:
Ovrupada siz aytgan holatlardan ham sharmandaroq holatlar to'lib yotibdi. Kishi bunaqa narsalarni kundalik hayotda ko'raversa uni qalbi qattiqlashadi, bunaqa hayosiz narsalarni endi u ham oddiy hol deb qabul qiladi. Ularning bolalari shunday fitnali mamlakatlarda voyaga yetsa u mamlakatda topilgan moddiy manfaatlarga nisbatan ma'naviy zarari-diniga yetadigan zarar kattaroqdir. Bunday holatlarda boshqa iloji bo'lmasa, uyda o'tirish afzalroqdir(Wallahu a'lam). Chunki Oxirat haqidagi hadislarni bir varoqlashangiz ko'rasizki oxiratga yaqin Eng kuchli mo'min kishi ko'chada zino qilayatganni ko'rganda shu ishlaringni chetda qilsanglar bo'lmaydimi? derkan... Endi hamma fitnalarga mayli deb qabul qilib bo'ysinib borilsa bunaqa holatlarni vujudga kelishiga oz qolganini ko'rib kishining ajablanishga asosi qolmaydi ..

Biz ham dunyo deb shu yurtlarga kelib qolgandik, Alloh nasib qilsa farzandlarni voyaga yetqazishda fitnadan yiroq Islom amalda bo'lgan biror davlatga hijrat qilmoqchimiz.

:salam:

PS: Uzr Infolife ga savolingiz qaratilgan bo'lsada fikrimni bildirmoqchi bo'lgandim...

~Atirgul~
04-19-2008, 01:22 PM

Lekin bolani uyda katta qilib unga dunyoni qandoq ko'rsatadi kishi, u ham tabiatni dunyoni ko'rishi kerakku, taqdir taqozosi bilan bu erda bolsak, hatto o'zbekistonda ham masalan shunaqa sharoit, ayollar avratini ochib yuradi, endi bolalani uyda qamatib utirish kerakmi? Ahir hamma narsa niyatga bog'liq emasmi, man masalan usha avratini ochgan odamlani ko'rish uchun chiqmaymanku, ish bilan chiqaman, bollani aylantirish uchun chiqaman, yoki erkaklar uqishga , ishga boradi, u erda tiqilib yotipti avratini ochgan ayollar, nima qilishsin ular uyda o'tirishsinmi hammasi

Abu Hurayra
04-19-2008, 01:57 PM

Oldin O'zbekistonda shunday fitnalardan omon qolishni ilojisi qanday degan savolga to'xtalsak:
Kishi avvalambor o'zligini anglashi lozim. O'zligi degani o'zi nima uchun bu dunyoga kelgan, Alloh uni nimaga yaratgan, uning bandalik burchlari nima vhk savollarga javob topib avvalambor o'zini o'nglashi, keyin atrofdagi yaqinlarini vhk kengroq ko'lamdagi shaxslarni o'nglashga, o'nglanishga da'vat qilishi kerak. Musulmonchilik (masalan O'zbekiston misolida) faqat tildagina emas amalda ham bo'lishi kerak. Shunda bunaqa fitnalar o'z o'zidan yo'qoladi. Bunday fitnalarning vaqtida Islom Buxoriy, Termiziy, Samarqandiy va boshda ulamolari yetishib chiqargan yurtda haliham mavj urib borayatgani juda achinarli holat....

Endi chet elga kelsak, albatta kishining niyati yaxshi bo'lishi mumkin, lekin shaytonning kechayu kunduz faqat musulmonlar bilan kurashishini ularga vasvasa qilishligini hisobga olsak mana man degan musulmonning ham bugungi fitnalarni ko'rgach (garchi ko'zini, nazarini unaqa narsalardan olib qochsada) iymoniga zarar yetmaydi degan kafolat yo'q. Kamolotga yetgan musulmonlar, halol va haromni anglaganliklari uchun balkim bunaqa fitnalardan o'zlarini imkon qadar himoyalaydilar, nazarlarini uzoqda tutadilar.
Lekin bola uchun buning zarari eng katta bo'ladi. Chunki bola voyaga yetish paytida ma'lumotlarni miyasiga yozib boradi. Bola beg'ubor bo'lganidan bunaqa narsalarni odatiy hol deb qabul qila boshlaydi. Chunki atrofi shunaqa fitnalar bilan to'lgan bo'lsa, har kun shunaqa holatlarga duchor kelsa uni tushunib, nimaga aynan harm ekanligini anglamaganligi uchun salbiy ta'sir qiladi.
Shaxsiy hatotimdan bir misol, bir kun br brodarimning(brodarimning oilasi amalli) o'g'ilchasini (6-7 yoshlarda) muzqaymoq olish bahonasida ko'cha chiqdik. Muzqaymoqchi tarfga ketayatgandik. Brodarimning bolasi mendan ilgari roq bazan yugurib ba'zan to'xtab sho'xlik qilib ketayapti...Birdan ko'chada bir katta gul tuvakning ichidan chala qolib, ochib qolgan sigaret ni olib ogziga quyib huddi chekayatganday qilib menga ko'rsatdi. Men bolaning bunday qilganini ko'rgan zahoti uning qo'lidan olib tashladim... Endi bola gap tushunadigan yoshda emas. Nega unday qilding deganimda: " Men bog'chaga borib kelayatganimda ko'chada odamlarni ko'raman shunday qiladilar" dedi. Ota onang buni yomonligini aytishmaganmi dedim. Bola aytishgan nima bo'libdi shunday uynagim keldi dedi....
Keyin bolaga bola tilida u narsaning yomonligini tushuntirdim. Muzqaymoq olib qaytdik...
Endi ayb kimda? bunday misollarning juda o'irlari ham bor, o'shalarni ham bir kun bularni ko'rib ulg'aygan bola qilmasligiga kim kafolat beradi?
Shuning uchun iloji bo'lsa fitnadan uzoq bo'lgan yurtlarda yashashning g'amini qilish kerak. Agar atrofingizdagilarni isloh qila olishga qurbingiz yetmasligini hisobga olsangiz...

Alloh g'ariblarga jannatni nasib qilsin, g'ariblar atrofi fitnagan to'lgan bir zamonda dinida mahkam turganlar, dinini ko'z qorachigidek saqlaganlardir...

:salam:

Odildustov
04-20-2008, 07:58 AM
Bu narsa to'g'ri emas. Suvga tushgan odam biladiki, suvga tushganda agar odam kiyimda bo'lsa, kiyim tanasiga yopishib qoladi va tana a'zolarini bilintirib qo'yadi. Shuning uchun, bu kiyim hatto suvga tushmasdan oldin keng bo'lib tursa ham, tushgandan keyin kiyimga yopishib, tana a'zolarini bilintirib qo'yadi.

Yana masalaning boshqa taraflari ham bor, ya'ni muslimalarning nomahramlar oldida shunaqa tor kiyimlarni kiyib yugurib yoki suzib yurishi to'g'rimi? Shahsiy fikrim, va o'ylaymanki ko'pchilik bunga qo'shilsa kerak, bu Islom diniga to'g'ri kelmasa kerak.

suzish musobaqasiga qatnashuvchilar hatto oyoq qulidagi tuklarini ham qirib tashlashadi-ki suzishga halaqit bermasin deb. kiyim bilan kiyimsizlar orasiga musobaqaga kirishish dunyoviy mantiqqa ham tugri ish emas, hali islomiy tomonini gapirmay turib.