PDA

View Full Version : Ertaklarda qolarmi do'ppim?

cianore
04-20-2008, 12:29 PM
Qayga bormay, boshda do`ppim,
G`oz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O`zbekiston, o`zbegim.

http://library.ferghana.ru/uz/gifs/duppi.jpg

cianore
04-20-2008, 12:47 PM
O'zbekistonga boray ilojim boricha ko'proq kiyib yuraman do'ppini...

satik
04-20-2008, 12:48 PM
Postizdan nostalgiya ufurib turipti.
Do'ppi kiygan erkaklardi ko'rgiz kesa Vodiyga keling.
Marg'ilon do'ppi, Anjan do'ppi, Setara do'ppi, Chust do'ppi.
Ayniqsa Anjanda do'ppi judayam ommaviy bosh kiyimi

lost
04-20-2008, 12:56 PM
do'ppi atlasni oldida qolib ketgan : ))

WebMonster
04-20-2008, 01:00 PM
Boshqa variantla yoq ekan da, masalan faqat kuyov bulganimda kiyganman degan :P

uzbek1991
04-20-2008, 01:06 PM
Umuman oganda zamon ozgarvotti. Doppi milliy kiyim lekin zamonga qarash lozimligini esdan chiqarmaslik kere manimcha. Aks xolda zamonni bizaga qarashi esidan chiqib qolishi mumkin :) . Doppi mani fikrimcha hech ham qulay yoki qandaydir foydali bosh kiyimi emas. (na issiq saqliydi na yomg'irdan pana :LOL). Manimcha bu bosh kiyimi oldingi asrlarda halqimizda toy-hasham yoki qandaydir kopchilik toplanadigan ma'rakalarga kiyib boriladigan bosa kere, yana bilmadimu. Endi milliy kiyim ekan deb uni har doim boshimda olib yurish manga ancha erish tuyiladi. Zamonga qarab ish tutish lozim Ozbeklar! Tarih-tarihligicha qolsin, tarihdagi yutuqlar bilan faxrlanaylik, lekin tarixni bugunga olib otish manimcha tog'ri emas. Bobolarimiz kiygan, xosh nima qilishimiz kerak? Bobolarimiz yerni ot yoki eshakda haydashgan bosa, mani qolimda traktor bor xozir, albatta otda haydashim shartmi? manimcha bu postni oqiganlar mani to'gri tushunishadi degan umiddaman.

WebMonster
04-20-2008, 01:13 PM
Ha bu milliylik qaerda qoladi bumasa? duppi eskilik desak, urf odatla eskilik desak, qadriyatlarimiz zamonaviy bumay qoldi desak... O'zbekligimizam eskirib qolmasin yana?

Elegance
04-20-2008, 01:15 PM
Umuman oganda zamon ozgarvotti.

Zamon o'zgargani yo'q, odamlar o'zgargan.

uzbek1991
04-20-2008, 01:27 PM
Ha bu milliylik qaerda qoladi bumasa? duppi eskilik desak, urf odatla eskilik desak, qadriyatlarimiz zamonaviy bumay qoldi desak... O'zbekligimizam eskirib qolmasin yana?

Hamma kamchiligimiz ham shunda: Ozbekchilikda. Ozbekchilik tushunchasini qanaqa tushunishizzi bilmadim, lekin bu orinda millat emas aksincha urfu-odatlar nazarda tutiladi. Urf-odatlar, eskidan qolgan udumlar deb bizning ravnaqimiz yanada susayib bormoqda. Tarixdagi yaxshi, jamiyatga foyda keltiradigan jixatlarni olish va kam joyiga zamonaviy, umumbashariy usullarni olish juda ham muhim manimcha. Eski qadriyatlar deb hech qachon o'zini tiklab olomiydigan davlatni man sizga misol keltiraman: Hindiston. Eskilik sarqitlaridan voz kechmaganliklari uchun bu xalq shuncha intellektual kuchi bolishiga qaramay hamon 3-dunyo mamlakatligidan chiqa olmiyapti. (Man Kastani nazarda tutvomman). Millat tushunchasini hecham postimda korsatganim yoq. Qadriyatlarni zamonga moslash juda zarur narsa: toyga butun qishloq yoki mahallani etib, qarzga botib qilgan yaxshimi yoki chomcheyga qarab qilgan yaxshimi? Endi ozingiz xulosa qiluvring!

uzbek1991
04-20-2008, 01:31 PM
Zamon o'zgargani yo'q, odamlar o'zgargan.
Xalq kotta kuch. Lekin zamonni oldida kuchsiz. Zamon ozgaradi, shunga boshqalar ham moslashadi. Zamon tushunchasi ozi ilgarilash, olga siljish tushunchalari bilan uzviy bogliq. Zamonni hech qanday olchami yoq, u bizga korinmay ozgaradi va odamlarni ham shunga majbur qiladi.

lost
04-20-2008, 01:38 PM
offtop :D

hech qanaqa yomon niyatda soramayamman, uzbek1991, 91-yilda tug'ilganmisiz?
: )

uzbek1991
04-20-2008, 01:53 PM
offtop :D

hech qanaqa yomon niyatda soramayamman, uzbek1991, 91-yilda tug'ilganmisiz?
: )
Sizda niyat yomon digan hayolga manam bormadim. tugilgan yilim emas 91, balki ozbek millatti uzoq yillik qullikdan song qaytadan tugilib, yana millat bolib shakllana boshlagan yil. :lol:

Тюльпан
04-20-2008, 02:24 PM
кошки эди дуппи кийгандан кейин инсоннинг узбеклиги ва узбек маданияти эсига тушиб, у дуппининг тагидаги модда ишлаб кетса... кошки эди узбеклик-узбекмаслик муаммоси дуппи билан хал булиб колса...

Vector
04-20-2008, 02:30 PM
pollda, gohida ubu marosimlada digan option ham qimabsizde...

WebMonster
04-20-2008, 02:30 PM
Eski qadriyatlar deb hech qachon o'zini tiklab olomiydigan davlatni man sizga misol keltiraman: Hindiston. Eskilik sarqitlaridan voz kechmaganliklari uchun bu xalq shuncha intellektual kuchi bolishiga qaramay hamon 3-dunyo mamlakatligidan chiqa olmiyapti

bunaqa misol keltiriladigan bo'lsa sizga mana kontr misol, Yaponiya. Uzini qadriyatlarini qattiq ushlaydi va hozirda rivojlangan mamlakatlar ro'yxatini boshlarida turadi...

uzbek1991
04-20-2008, 02:42 PM
bunaqa misol keltiriladigan bo'lsa sizga mana kontr misol, Yaponiya. Uzini qadriyatlarini qattiq ushlaydi va hozirda rivojlangan mamlakatlar ro'yxatini boshlarida turadi...

hehehe Judayam kotta argument qilibsizku oka. Yaponlar millat tushunchasini yoqotishmagan. Ular yapon bolib qolishgan. Eskidan qolgan kiyimda kochada yuradigan yapon yoq, manga ishonuvring. Yaponlar tarixdan foydali jihatlarni olganlar, befoydasini chiqarib tashlaganlar oz mentalitetleridan. Juda zamonaviy mamlakat. Man otta 2 marta bolishga ulgurganman. Zamon bilan har doim hamnafas, lekin kim bolganlilariyu, xozirda kim ekanliklarini esdan chiqarishmiydi. Ular milliy kiyimlari bilan faxrlanishadi tog'ri, lekin kiyib yurishmiydi baribir. thanks masalasiga keso, notogri buttonni bosvorimman, uzr.:lol:

Opat:)
04-20-2008, 05:47 PM
Man o'g'il bola bo'ganimda faxrlanib kiyib yurgan bo'lardim. Loqal weekendlarda o't-betga chiqqanda kiyvolardim. To'ppiniyam har xili bor, modniy qilib kiyimga moslashtirib kiyib yursa bo'ladi, manimcha. To me it's cool. :D

Abu-Hafiza
04-20-2008, 06:33 PM

Ayollarniyam do'ppisi bor, bemalol kiyib yuraversangiz buladi :D

Opat:)
04-20-2008, 07:36 PM
Ayollarniyam do'ppisi bor, bemalol kiyib yuraversangiz buladi :D

Shu gapni birontasi yozsa kere deb o'ylagandim o'zimam. :)
To'g'ri, ayollarnikiyam bor, undan tashqari hozir atlas, adraslardanam har xil aksessuarlar chiqib ketgan, chiroyli qilib kiyib yoki tutib yursa bo'ladigan. Lekin man erkaklar to'ppisi haqida gapirganidim. Ayollarnikiga qaraganda erkaklar kiyadigan to'ppini xili ko'proq manimcha. Mani o'zimga ko'proq Toshkentni duhoba to'ppisi bilan janubiy regionlada kiyaldigan dumaloq shakldagi gulli to'ppilar yoqadi. :D A tak, o'shanaqadan bittasini olib kiyvosamam, chet elda baribir hichkim farqiga bormasa kere. :lol:

Al Gore
04-20-2008, 08:40 PM
Postizdan nostalgiya ufurib turipti.
Do'ppi kiygan erkaklardi ko'rgiz kesa Vodiyga keling.
Marg'ilon do'ppi, Anjan do'ppi, Setara do'ppi, Chust do'ppi.
Ayniqsa Anjanda do'ppi judayam ommaviy bosh kiyimi
Do'ppi kiyishni hech qanday yomon joyiyi yo'q do'stim, buni eski mattoh deyish ham noto'g'ri, bu milliylik ramzidir! Gapingiz to'g'ri vodiyda deyarlik ko'pchilik do'ppi kiyadi, bunga ajablansihni keragi yo'q hech ham! ular ham O'zbek millatiga mansub insonlar, ularni do'ppi kiyishi bilan kamsitish yo kamsitish ko'zi bilan qarash aslo noto'g'ri!

ikbaljohn
04-20-2008, 10:41 PM
Yilda 2 marta Marg'ilon do'ppisi kiyaman.Ayniqsa,hayit namozi paytida va namozdan keyin 2-3 kun fotiha o'qigani borganimizda kiyib yuraman.Qolgan paytlarda oq do'ppi kiyaman.

WebMonster
04-21-2008, 12:20 AM
hehehe Judayam kotta argument qilibsizku oka. Yaponlar millat tushunchasini yoqotishmagan. Ular yapon bolib qolishgan.

Bizdagi o'zbek tushunchasi yuqolmasligi uchun, o'zbek bo'lib qolishimiz uchun qaysi foydali narsalarni olib qolib, qaysi "befoyda" jihatlardan voz kechishimiz kerak ekan?

Elegance
04-21-2008, 01:21 AM
Ayollarniyam do'ppisi bor, bemalol kiyib yuraversangiz buladi :D

Men ham 11-sinfgacha do'ppi kiyib yurganman. :D

On: Hozir agar erkaklar do'ppi kiyib ko'chaga chiqsa, odamlarni xayoliga "Hmmm, kimdir vafot etibdi-da", degan xayol keladigan bo'lib qolgan, afsus...
Ayollar kiyib chiqsa, "Raqqosa ekan-de", deyishadi... :lol:

MirSa
04-21-2008, 02:03 AM
Hamma kamchiligimiz ham shunda: Ozbekchilikda. Ozbekchilik tushunchasini qanaqa tushunishizzi bilmadim, lekin bu orinda millat emas aksincha urfu-odatlar nazarda tutiladi. Urf-odatlar, eskidan qolgan udumlar deb bizning ravnaqimiz yanada susayib bormoqda. Tarixdagi yaxshi, jamiyatga foyda keltiradigan jixatlarni olish va kam joyiga zamonaviy, umumbashariy usullarni olish juda ham muhim manimcha. Eski qadriyatlar deb hech qachon o'zini tiklab olomiydigan davlatni man sizga misol keltiraman: Hindiston. Eskilik sarqitlaridan voz kechmaganliklari uchun bu xalq shuncha intellektual kuchi bolishiga qaramay hamon 3-dunyo mamlakatligidan chiqa olmiyapti. (Man Kastani nazarda tutvomman). Millat tushunchasini hecham postimda korsatganim yoq. Qadriyatlarni zamonga moslash juda zarur narsa: toyga butun qishloq yoki mahallani etib, qarzga botib qilgan yaxshimi yoki chomcheyga qarab qilgan yaxshimi? Endi ozingiz xulosa qiluvring!

Oho, zo'r gap bo'ldiyu!
do'ppini o'rniga kepka kiyib yursak rivojlanib ketamizmi? :lol:
Yaponlar hali ham kimano kiyishadi... Qoloqlashib ketishmayapti-ku... O'ylashimcha milliy kiyimlarimiz, milliy qadriyatlarimiz va hk rivojlanishimizga hech ham to'siq bo'la olmaydi... To'y masalasiga kelsak, hozirgi bo'layotgan to'ylar hech qaysi bir milliy-urf odatlarimizga to'g'ri kelmaydi. Bu umuman boshqa narsa!

on: O'ylab qarasam, do'ppini faqat juma namozga borganimda kiyar ekanman...

MirSa
04-21-2008, 02:14 AM
On:[/B] Hozir agar erkaklar do'ppi kiyib ko'chaga chiqsa, odamlarni xayoliga "Hmmm, kimdir vafot etibdi-da", degan xayol keladigan bo'lib qolgan, afsus...
Ayollar kiyib chiqsa, "Raqqosa ekan-de", deyishadi... :lol:

Qaerda yashaysiz???
O'zbekistonni hamma yerida, Toshkentda ham, yoshi kottalarni boshidan hech ham do'ppi tushmaydi. Yoshi kotta odamlarning ko'pchiligini boshining tepa qismida soch bo'lmaydi. Do'ppi esa bunday vaziyatda yozda quyosh urishidan, qishda sovuqdan asraydi.
Hattoki ko'pchilik telpakning ichidan eskiroq do'ppi kiyib yuradi. Sababi odamning boshi terlaydi. Bu esa telpakning hidlanib qolishini oldini oladi.

O'sha yoshi kotta amakilar ham, yoshligida sochlarini yelkaga tushirib, klyosh shimlar kiyib yurishganda, qariyalar aytgan ekan: yoshlar do'ppi kiymay qo'ydi deb...
Bizam o'sha yoshga yetsak do'ppi kiyishdan boshqa ilojimiz qolmaydi. Usha kunlarga yetqasin...

Elegance
04-21-2008, 02:18 AM

:rolleyes: Hozir O'zbekistondamasligim aniq...

Bilmadim, shunaqa holatlarni kuzatganim uchun ham yozdim. Endi siz taraflarda deyarli hamma yoshi kattalar kiyishi odatiy holdir, lekin Toshkent shahrida ko'p uchratmaganman.

MirSa
04-21-2008, 02:27 AM
Bilmadim, shunaqa holatlarni kuzatganim uchun ham yozdim. Endi siz taraflarda deyarli hamma yoshi kattalar kiyishi odatiy holdir, lekin Toshkent shahrida ko'p uchratmaganman.

Bilmadim, bilmadim... man ham kuzatuvlarimga asoslanib yozdim. balki Toshkentda o'qib, ishlab yurgan paytlarimda shunaqa mahallalarda yoki kvartallarda yashaganman shekilli...

Masanori
04-21-2008, 02:31 AM
Yaponiya. Uzini qadriyatlarini qattiq ushlaydi

Bulmagan gap...

WebMonster
04-21-2008, 02:43 AM
Bulmagan gap...

sabab? Man yaponlar haqida kup narsa bilmayman, lekin bilganlarimni orasida ular o'z qadriyatlarini saqlab kelayotganlari ham bordir...

Al Gore
04-21-2008, 02:49 AM
Bizdagi o'zbek tushunchasi yuqolmasligi uchun, o'zbek bo'lib qolishimiz uchun qaysi foydali narsalarni olib qolib, qaysi "befoyda" jihatlardan voz kechishimiz kerak ekan?
Fikringizga qo'shilaman, milliy liboslarni kiyish kiymaslik millatni taraqqiyotdan ortga qoldiradi deb qarash noto'g'ri bo'lib ko'rinadi, kimdir zamonaviy, yana kimdir diniy ko'rinishdagi liboslarni , yana kimlardir milliy liboslarni kiyishni yoqtiradi, lekin biz insonlarni o'sha kiyinishda ko'riboq ular haqida salbiy tushunchaga borishimiz ham noto'g'ri qarash albatta, shuni qiziqki, biz kiyinishda, yurish-turish, turmushimizda bizga madaniy jihatdan uzoq bo'lgan xalqlarni kiyimlarini kiyamiz, lekin hali bizi o'zbekka taqlid qilgan millatni ko'rmadim, men bu bilan o'zbeklar qoloq demoqchi emasman, harqaley o'zligimizdan qo'ymasin deymanda!

Abu-Hafiza
04-21-2008, 06:23 AM
UKda toshkent duhoba do'ppisini qayerdan topsa bo'ladi ekan?

Musofirbek
04-21-2008, 07:35 AM
UKda toshkent duhoba do'ppisini qayerdan topsa bo'ladi ekan?
Uzdan yuborishsa, Royalmaildagi postman uyizga opkep beradii 5$ ga :)

Bahoroy
04-21-2008, 07:40 AM
http://library.ferghana.ru/uz/gifs/duppi.jpg

Cianore mavzu judayam yoqdi, rahmat sizga.
Faqat bir narsaga hayronman. Ha bu do`ppini Farg`onachasini qo`ysez bo`masmidi? Rasmdagisi Anjanchayu?:rolleyes::P

FREEMINDER
04-21-2008, 08:31 AM
кошки эди дуппи кийгандан кейин инсоннинг узбеклиги ва узбек маданияти эсига тушиб, у дуппининг тагидаги модда ишлаб кетса... кошки эди узбеклик-узбекмаслик муаммоси дуппи билан хал булиб колса...

Золотые слова..

Do'ppigamas, do'ppini tagidagiga boq, diganakan bittasi.. :lol:

Mirage
04-21-2008, 08:41 AM
Men ham 11-sinfgacha do'ppi kiyib yurganman. :D

On: Hozir agar erkaklar do'ppi kiyib ko'chaga chiqsa, odamlarni xayoliga "Hmmm, kimdir vafot etibdi-da", degan xayol keladigan bo'lib qolgan, afsus...
Ayollar kiyib chiqsa, "Raqqosa ekan-de", deyishadi... :lol:

Росса ярашган булса кере, айникса соч узуууууууууууун булса:)

Уйимизда накши майда ироки дуппилар бор. Жуда ёкади, лекин уни кийиб юришчун гардеробиздаям мос кийим булиши кереда. Кейин ман кийсам, дуппи кийган турист дейишса кере:lol:

WebMonster
04-21-2008, 08:44 AM
Do'ppi ertaklarda qolib ketadi deb havotir olishga o'rin yo'q manimcha. Hech bo'lmaganda turistlarga sotib daromad qilish maqsadida tikilib turiladi :D

FREEMINDER
04-21-2008, 08:49 AM
Sovet dovrida, 70-80 - yillar (aytishlariga ko'ra bu narsa ancha ilgari, sho'rolargacha bo'lgan deyishadi, wallohu a'lam) Toshkanni boylari ichida o'ziga hos moda bo'lgan. Bu ko'k rang duxoba do'ppi. Kimni puli(moli) 100000 rubl'dan oshsa = ko'k duxoba do'ppi kiyishgan va o'ziga xos bir "club" yuzaga kelgan. To'y-marosimlarda ayniqsa bu narsa bilingan; falonchi boy keldilar, yo pismadonchi boy keldilar - albatta ko'k duxoba do'ppida. :lol:

lost
04-21-2008, 11:28 AM
shu toshkentni do'ppisi chiroylida baribir (lekin ba'zilaridan issiqda kleyni hidi keladi :devil3d: )

shu safar O'zbekistonga borsam bitta ovolaman. keyin bu girmonni kattaroq shaharlarga borsam kiyvolish niyatim bor, o'zbekistonnliklarni topishni eng zo'r usulida bu :D
qarmoq :D

SAMARKANDI!
04-21-2008, 11:34 AM
Doppini Uzbda har hil marosimlarda kiyardim. ohirgi marta onamlar kiyib koringchi deganlarida kiyganman uyda :D

uzbek1991
04-21-2008, 01:26 PM
Bizdagi o'zbek tushunchasi yuqolmasligi uchun, o'zbek bo'lib qolishimiz uchun qaysi foydali narsalarni olib qolib, qaysi "befoyda" jihatlardan voz kechishimiz kerak ekan?
Bularni hammasini sanab otadigan bolsam roman bolib ketadi. Eng asosiysi ozbekchilikde deb qiladigan beparvoligimizani yoqotso eng kotta yutugimiz osha boladi. Ozbekchilikka yoyib qilingan koz yumishlarga ozizam kop guvoh bogan bolishiyiz kere manimcha. Mentalitetdagi qoloqlikni yoqotish zarur. Manga bir US lik tarix professori etganidi: Sizlar ozbeklar, qadimdan qolgan o'choqda ovqat pishirib yeb, qora qumg'onda choy qaynatib ichgan vaqtingizda eng baxtli odam his qilasizlar ozlaringni, sizlarga osha turmush tarzi zamonaviy hayot tarzidan kora koproq yoqadi, yangilikni ozlaringga singdirishni hohlamiysizlar, yangilikka intilmiysila digan edi. U professor ozi Markaziy Osiyo tarixi boyicha yoqlagan ilmiy ishini. O'zbekistonda koplab tadqiqotlar olib borgan uzoq yillar davomida. Uning bu fikridan tog'risi jahlim chiqqan edi, lekin oylab korilsa tog'ride. Och qornim tinch qulogim degan gap dunyoda faqat ozbeklarda bosa kere :lol:

WebMonster
04-21-2008, 02:16 PM

Do'ppini qoloqlik deyayotga bo'lsangiz qani uning o'rniga nima zamonaviy kiyimni tavsiya qilasiz? Agar shu siz aytgan mentalitetdagi qoloqlikning hammasiga do'ppi sabab bo'layotgan bo'lsa, qani siz tavsiya qiladigan kiyimni kiyaylikchi mentalitetda hammadan oldinga chiqib olarmikinmiz?

uzbek1991
04-21-2008, 02:44 PM
Do'ppini qoloqlik deyayotga bo'lsangiz qani uning o'rniga nima zamonaviy kiyimni tavsiya qilasiz? Agar shu siz aytgan mentalitetdagi qoloqlikning hammasiga do'ppi sabab bo'layotgan bo'lsa, qani siz tavsiya qiladigan kiyimni kiyaylikchi mentalitetda hammadan oldinga chiqib olarmikinmiz?
Mani siz bilan fikr almashishim allaqachon offtopic bolib ketti. Man milliy kiyim mentalitetga qanchalik ta'sir korsatishini bilmiman lekin hamma urf bolgan narsalarni xozirda qollash notogri dedim xolos. Agar shu doppi bilan mentalitetni kuchaytirib yuborishga kuchiyiz yetsa, avval bir ozizda sinab koring. Pollda qanaqa javob bergansiz, bu manga noma'lum. Tog'risini eting faqat iloji bosa agar: oziz xozirda manimcha chet eldasiz, doppi kiyasizmi osha joylada? Osha joy ham mayli, Uzb-da bogan vohtiyizdayam doim kiyib yurasizmi? Kiyganizda qanaqa mentalitet ozgarishi roy beradi sizda? Roy beradimi ozi? Qadriyatlar, urf-odatlarni avval mohiyatini tushunish zarur manimcha. Doppini tarixini shu thread ochilgandan buyon qidiraman. Bilib qoyinglar Ozbeklar: Doppi - bu asli tojiklarning milliy bosh kiyimi. Ulardan kirib kelgan ozbeklarga. Doppini ozbeklar oylab topishgan degan homhayolga bormanglar yana. Mana sizga kere bosa argument. Bu faktni manga Ozbekiston tarixi boyicha domlam -fan nomzodi- berdi. Yana bilmadim.

cianore
04-21-2008, 05:25 PM
Umuman oganda zamon ozgarvotti. Doppi milliy kiyim lekin zamonga qarash lozimligini esdan chiqarmaslik kere manimcha. Aks xolda zamonni bizaga qarashi esidan chiqib qolishi mumkin :) . Doppi mani fikrimcha hech ham qulay yoki qandaydir foydali bosh kiyimi emas. (na issiq saqliydi na yomg'irdan pana :LOL). Manimcha bu bosh kiyimi oldingi asrlarda halqimizda toy-hasham yoki qandaydir kopchilik toplanadigan ma'rakalarga kiyib boriladigan bosa kere, yana bilmadimu. Endi milliy kiyim ekan deb uni har doim boshimda olib yurish manga ancha erish tuyiladi. Zamonga qarab ish tutish lozim Ozbeklar! Tarih-tarihligicha qolsin, tarihdagi yutuqlar bilan faxrlanaylik, lekin tarixni bugunga olib otish manimcha tog'ri emas. Bobolarimiz kiygan, xosh nima qilishimiz kerak? Bobolarimiz yerni ot yoki eshakda haydashgan bosa, mani qolimda traktor bor xozir, albatta otda haydashim shartmi? manimcha bu postni oqiganlar mani to'gri tushunishadi degan umiddaman.

Zamon o'zidan o'zi o'zgarmayotgandir? Zamon senga boqmasa sen zamonga boq degan gap rost gapdir. Lekin o'sha zamonni zamon qiladigan biz o'zimiz shekilli? Har qalay, O'zbeklar degan siz butun boshli xalqni nazarda tutgan bo'lsangiz kerak.. Zamon deganda nimani nazarda tutdiz? G'arbiy urf odat va kiyinish madaniyatinimi?
Masalan: Kostyum shim ko'ylak galstuk business attire deyishiz mumkin. Lekin arab xalqlari busiz ham ishlarini bitiryapti, hech kim ularni mishig'ini pisht degani yo'qku! Demak, ularni o'zida shunga harakat bor, biz esa osonlikcha yot urf odatlarni o'zimizga singdirishlariga yo'l qo'yib berayapmiz. Bor gap shunda...

Be_Go
04-21-2008, 05:35 PM
Shu deysangiz, duppi uzbekni milliy kiyimi, usha duppini bizni dunyoga mashhur bobolarimiz xam kiyishgan, men xam uzim b-n olib keldim musofir yurtlarga, xar zamon UZBEKligim tutib qolsa kiyamanda oynaga qarab quyaman :)

Lopiddin
04-21-2008, 05:45 PM
Cianore mavzu judayam yoqdi, rahmat sizga.
Faqat bir narsaga hayronman. Ha bu do`ppini Farg`onachasini qo`ysez bo`masmidi? Rasmdagisi Anjanchayu?:rolleyes:

Сурхандарё ни допписини куйса нима килардиз???;)
Бу хар хал вилоятларни допписи хар хил булишига карамай, нима фарки бор, барибир доппику!!:P

cianore
04-21-2008, 05:52 PM
Cianore mavzu judayam yoqdi, rahmat sizga.
Faqat bir narsaga hayronman. Ha bu do`ppini Farg`onachasini qo`ysez bo`masmidi? Rasmdagisi Anjanchayu?:rolleyes::P

Qo'ymoqchi edim...
Kallamga har harda tillo fikrlar kelib turadi.

Ertaga ish ham o'qish ham yo'q, o'zim yashaydigan shaharni do'ppi kiyib bir aylanib kelamanda, tushgan rasmlarimni shu yerga qo'yaman... Iloji bo'lsa, videoga olib youtubega tiqaman... :lol:

cianore
04-21-2008, 05:54 PM
Сурхандарё ни допписини куйса нима килардиз???;)
Бу хар хал вилоятларни допписи хар хил булишига карамай, нима фарки бор, барибир доппику!!:P

Farg'ona Toshkent Samarqand Andijon...
Shu qachon bir birimizni ajratmasdan O'zbekmiz deya olamiz a?

PS. Bahoroyning aytmoqchi bo'lganlari siz Farg'onaliksizu, Andijon nusxa do'ppini qayerdan oldiz? deb tushunas.. uzr, ba'zida o'zbek tilidan o'zbek tiliga ham tarjima qilish kerak bo'lib qolarkan... Keyin, bir birimiz haqida yaxshi gumonga borishni o'rganmagunimizcha rivojlanish bo'lmaydi, yuraveramiz, o' "qizillar" o' "oqlar" deb, hech kim " o' O'zbeklar" demaydi...

Lopiddin
04-21-2008, 06:02 PM

Вот именно!!;) Мен хам айтмокчи булган нарсам шу еди! Хаммамиз бир миллатмиз!!

Bahoroy
04-21-2008, 06:11 PM
Сурхандарё ни допписини куйса нима килардиз???:wink:
Бу хар хал вилоятларни допписи хар хил булишига карамай, нима фарки бор, барибир доппику!!:P
__________________
Вот именно!!;) Мен хам айтмокчи булган нарсам шу еди! Хаммамиз бир миллатмиз!!

Man viloyat yo do`ppi ajratganim yo`q. Hayron bo`ganim, Farg`onalik bo`gandan keyin albatta uyida farg`ona do`ppi bo`ladi, anjamchasi qaerdan kelib qoldi degan hayolga bordim.
Cianorening fikriga qo`shilaman, ba`zan o`zbekka o`zbek tilini tushintirishga to`g`ri kelayapti. Tavba, kosa tagida nimkosa qilib piching qilganingda tushinishmaydiyu, to`g`ri gaplaringdan qiyiq topishadiya!

Opat:)
04-21-2008, 06:42 PM
Eng yaxshi ko'rgan bosh kiyimlarimdan bittasi. :-)

http://img519.imageshack.us/img519/2191/p4215322pd6.jpg

cianore
04-21-2008, 07:02 PM
Xali hamon kechagidek esimda, yoshligimda singilchalarimni shunaqa do'ppisi bo'lardi. Ayajonim sochlarini o'rib, o'smalar qo'yib qo'yishgandan keyin, chopqillab yurishardi xuddi shunaqa do'ppichalarini kiyib olib... :lol:

PS: raxmat shu rasmni post qilganiz uchun, umringizdan baraka toping.
Eng yaxshi ko'rgan bosh kiyimlarimdan bittasi. :-)

http://img519.imageshack.us/img519/2191/p4215322pd6.jpg

Mirage
04-21-2008, 10:38 PM
Opathon, rahmateeeeeeee:)
mandayam huddi shunaqasi bor!

Bahoroy
04-21-2008, 10:43 PM
Eng yaxshi ko'rgan bosh kiyimlarimdan bittasi. :-)

http://img519.imageshack.us/img519/2191/p4215322pd6.jpg

Maktabda o`qib yurganimda huddi shunaqa do`ppim bo`lardi, faqat gullarining orasida mayda naqshinkor harfli Bahoroy degan yozuv bor edi.
Bu Marg`ilon do`ppi adashmasam, nomi Chamandagul.

Arhimed
04-21-2008, 11:16 PM
Azalarga, fotiha, hayit kunlari nomozlarda kiyib turiladi. sal pollni notog'ri tuzibsiz

uzigabek.net
04-22-2008, 12:14 AM
бу кандайин кургулик савдо,
дуппи киймай куйди халойик..
бошга лойик дуппи йукдир ё,
бош колмади дуппига лойик;.

Be_Go
04-22-2008, 01:33 PM
Ertaga ish ham o'qish ham yo'q, o'zim yashaydigan shaharni do'ppi kiyib bir aylanib kelamanda, tushgan rasmlarimni shu yerga qo'yaman... Iloji bo'lsa, videoga olib youtubega tiqaman... :lol:

EE qani rasimlar :) a bu kutub utiribmizku Uzbek uglonini uzga yurtlarda duppini kiyib yurishlarini :)

R.Azimov
04-22-2008, 02:34 PM
To'g'risi odamlar ko'chada kiyib yuriladigan do'ppini oxirgi marta O'tgan yili O'zb.ga borganimda bir tanishimiznikiga ta'ziyaga borganda kiyib borgandim.

Undan oldin esa kuyovlikda kiyganman.

Undan oldinroq yana bitta janazaga borganda...

Undan ham oldin.. bobomning janazasida.

(haqiqatni yozay dedim ...)

RA

Be_Go
04-23-2008, 07:15 AM
RA ni gapiga ilova .....
Yana esimga tushub qoldi , duppini yana xam oldinroq sunnat qiingan kuni, boshga emas usha erga epiq quyishgandi :) ustani quli tekkandan keyin .......:)

MirSa
04-23-2008, 07:43 AM
RA ni gapiga ilova .....
Yana esimga tushub qoldi , duppini yana xam oldinroq sunnat qiingan kuni, boshga emas usha erga epiq quyishgandi :) ustani quli tekkandan keyin .......:)
:lool: Rost! bo'gan shunaqa narsa!
usha do'ppini keyin kiyib ham yurilardi shekilli-a? man chota eslalmadim! :lol:

ikbaljohn
04-23-2008, 07:49 AM
:lool: Rost! bo'gan shunaqa narsa!
usha do'ppini keyin kiyib ham yurilardi shekilli-a? man chota eslalmadim! :lol:

Nimasi kulgili buni? Manam kiyganman o'sha sunnat qilingan joyimga yopilgan do'ppini:cool:
Pashsha qo'nmasin,biror narsa tegib ketmasin deb shunaqa qilinadi.
Esimda,aldab bir qo'limga 2 dona pishgan,qizilga bo'yalgan tuxum berib,2-qo'limga 3 rubl tutqizishgan,man sodda,shunga xursand bo'lib o'tiraverganman.Buyog'da kesib ketishgan ekan:lool:

cianore
04-23-2008, 07:50 AM
EE qani rasimlar :) a bu kutub utiribmizku Uzbek uglonini uzga yurtlarda duppini kiyib yurishlarini :)

Uzr yomg'ir yog'ib turganda do'ppi kiyib bo'lmaydi, aksiga xavo mana ikkinchi kundirki qovog'ini solib, "yig'lab" yotibdi..

MirSa
04-23-2008, 07:52 AM
Uzr yomg'ir yog'ib turganda do'ppi kiyib bo'lmaydi, aksiga xavo mana ikkinchi kundirki qovog'ini solib, "yig'lab" yotibdi..

Selofan paketga o'rab kiyib yursa ham bo'loradiku! :lol:

kitayoza
04-23-2008, 08:10 AM
Hmmm, to'ppimi?:rolleyes:
To'ppini har 5 mahal namozda kiyishga harakat qilaman. Ko'cha kuyda kiyib yurmayman. A tak yurursamam bo'ladiyu, prosto do'ppili odamlar hozirda diqqatni o'zlariga jalb qiladigan zamon hozir. Shunga to'ppi faqat namoz uchun moslashib qolingan.
A tak qalampir gulli do'ppini kiymayman. Oddiy to'qilgan, turk do'ppisini kiyaman. Shu qulay. Cho'nteyga solasiz, kerey payt kiyvolasiz.:D

Bahoroy
04-23-2008, 08:17 AM

A tak qalampirnusha do`ppi ham buklanadi cho`ntakka sig`ar darajada.:P
Ho`jayinim namozda kiyadilar bunday do`ppini, lekin tez-tez o`zim uyda yurganlarida kiygizib qo`yaman, qop-qora sochlariga juda yarashadida do`ppi. Do`ppi chiroylarini ochyaptimi desam, ular do`ppining chiroyiga chiroy qo`shadilar shekilli...:uups::P

kitayoza
04-23-2008, 08:25 AM

Ayol kishiga qanday yarashadide erini ho'jayin" deb atash.:D
Qalampir do'ppini juda ko'p kamchiliklari bor.
Birinchidan kleyda qotirilgani uchun, bitta yomg'irdan keyin stoykasini ushlay olmaydi.
Ikkinchidan issuda o'zidan shunaqa hid taratadiki, o'ziz qolip, yon atrofizdagilarni behush qiladi.:D
Uchunchidan buklanishga buklanadiyu, faqat cho'nteyga solseyz do'ppayib qoladi. Shimiz sal torro bo'lsa, huddi kitob sovoganga o'xshiysiz, noqulay.:D

Borz_man
04-23-2008, 08:30 AM
O'zimizni Do'ppini juda yahshi ko'raman,kastim shim bilanam yarashadi.
Bir paytlar har kuni uzoq muddat kiyib yurardim,keyin oq do'ppi chiqdi,
keyin do'ppi kiyilmi ketti :(.. Hozirda bir do'stim hadya qilgan shu do'ppi bor,
namozga ko'proq to'rlik,yoki materchitiy oq kiyiladi.Gutraga o'rganolmadim.

http://img168.imageshack.us/img168/8593/dsc00013gp9.jpg

Bahoroy
04-23-2008, 08:35 AM
Ayol kishiga qanday yarashadide erini ho'jayin" deb atash.:D
Qalampir do'ppini juda ko'p kamchiliklari bor.
Birinchidan kleyda qotirilgani uchun, bitta yomg'irdan keyin stoykasini ushlay olmaydi.

Do`ppini soni ko`p, havotir olmaymiz. Ja bo`sa paketga o`rab kiydirvoraman.:P

Ikkinchidan issuda o'zidan shunaqa hid taratadiki, o'ziz qolip, yon atrofizdagilarni behush qiladi.:D

O`zini sevgan, hidiniyam sevamizda endi ho`jayinni.:uups:;)

kitayoza
04-23-2008, 08:48 AM
O'zimizni Do'ppini juda yahshi ko'raman,kastim shim bilanam yarashadi.
Bir paytlar har kuni uzoq muddat kiyib yurardim,keyin oq do'ppi chiqdi,
keyin do'ppi kiyilmi ketti :(.. Hozirda bir do'stim hadya qilgan shu do'ppi bor,
namozga ko'proq to'rlik,yoki materchitiy oq kiyiladi.Gutraga o'rganolmadim.

http://img168.imageshack.us/img168/8593/dsc00013gp9.jpg

Oh qaniydi, forumdagi rasmlardan, o'sha muattar hidlarni taratadigan do'ppimizni hidini bir hidlab ko'rsak edika...:lol:
Bunaqa bumajniy kley bilan ter hidini o'zaro aralashmasidan paydo bo'lgan hid hech qachon o'zbeklarni esidan chiqmaydi.:lol:

AKULA
04-23-2008, 09:33 AM
:) . Doppi mani fikrimcha hech ham qulay yoki qandaydir foydali bosh kiyimi emas. (na issiq saqliydi na yomg'irdan pana :LOL).

Hehehe, qora shlyapa bo'sada yonida qalampirgul naqshi bo'lsa, yoki kepka do'ppi naqsh bilan, hehehe funny.

Balki issiq shapka yoki qalin telpak, aa? Anjanchasiga naqshlangan. Nima qipti, zamonaviy, moda :D

Do'ppi jaaaa qulayda okaginam. Bu do'ppini o'zini kiyishmagan avval, bundoo salla o'rashgan ustidan. Yoki telpak kiyishgan ustidan.

To'gri, hozir kulgili tuyiladi do'ppi kiyib, bu yogizga jinsi shim bilan mayka kiyvosayiz. No, do'ppini esdan chiqazmaslik kerakda. Hech bo'lmasa uyda kiysagam mayli.

cianore
04-23-2008, 11:50 AM
Nimasi kulgili buni? Manam kiyganman o'sha sunnat qilingan joyimga yopilgan do'ppini:cool:
Pashsha qo'nmasin,biror narsa tegib ketmasin deb shunaqa qilinadi.
Esimda,aldab bir qo'limga 2 dona pishgan,qizilga bo'yalgan tuxum berib,2-qo'limga 3 rubl tutqizishgan,man sodda,shunga xursand bo'lib o'tiraverganman.Buyog'da kesib ketishgan ekan:lool:

shu yerini o'qimay qolibman ekan, o'qib yumalab qotdim :lol:

AKULA
04-23-2008, 01:04 PM
Nimasi kulgili buni? Manam kiyganman o'sha sunnat qilingan joyimga yopilgan do'ppini:cool:
Pashsha qo'nmasin,biror narsa tegib ketmasin deb shunaqa qilinadi.
Esimda,aldab bir qo'limga 2 dona pishgan,qizilga bo'yalgan tuxum berib,2-qo'limga 3 rubl tutqizishgan,man sodda,shunga xursand bo'lib o'tiraverganman.Buyog'da kesib ketishgan ekan:lool:

Voy, vuy, vuxaaxaxaaaa........ Hozi yiqilib tushaman, vuxaaxaxaxa......
ixxxxaaaxxaaaa.......hiihhhhh.............(napasim ichimga tushib ketdi).

U do'ppini pati yulinib, dumi kesilgan bedanani qolgani uchib ketmasin dib yopib qo'yishadi, bildizzzzzz .... :lol::lol::lol:

nelegal
04-23-2008, 06:32 PM
Nike logosini duppimizdan olgan. Qaniydi kartonniy duppilarimizni urniga, yangicha, yahshi materiallardan duppilar qilinsa.

cianore
04-25-2008, 12:28 PM
mana Sizlarga bitta do'ppili o'zbek, moskvada
(ko'pchilik ko'rgan bo'lsa kerak)

Obid Asomov

VataN
04-27-2008, 08:43 AM
хьар джума - номозга!
метрода юрганим йук лекин, скинхедлар куп))))

kizuna
04-27-2008, 09:32 AM
hali unaqa vahima qilmasa ham bo'ladi. Samarqand, Qashqadaryo, Surhandaryo va Vodiy taraflarda do'ppi kiyish odati qolgan. Toshkentda ham Juma namozlarida bir qator otohonlari yoshlarn boshida o'zbekona do'ppiga ko'zimiz deyarli har hafta tushardi.

VataN
04-27-2008, 09:43 AM
тогликларда шу одат колган,ман хьам тогда усканман :)
альхамдулиллохь.