PDA

View Full Version : Dinimizni va axloqimizni to'g'rilaylik


Compromise
04-23-2008, 06:31 PM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh Forumdoshlar,
Bu mavzuda Dinimizni yaxshilash, axloqimizni tuzatish, sunnatga amal qilishda duch kelingan qiyinchiliklarni yengish yo’llari, birodarlaringizni bir biriga munosabati ila Dinga bo’lgan muxabbati kuchayishi haqidagi hikoylarni qoldirsak…

Faqat shu bazi bir qoidalarga amal qilsak:

Har bir post qilganingizda shu postingizni qoldirgan ma'lumotingizga kura Post Mavzusini uzgartirib qo'ysangiz. Sababi Postingizni o'qishdan oldin, o'quvchi nima haqida gap ketayotganini darrov fahmlab anglab olishiga yordam beradi.
Agarda sizga biror bir insonni qoldirgan ma’lumoti yoki fikri yoqmasa bu haqida unga PM orqali murojaat qilib bildirsangiz. Agarda u fikrini to’g’rilash lozim deb topgan bo’lsangiz PM orqali buni u insonga uqtirishga harakat qiling. Shunda ham taasir qilmasa unda shu qoldirgan ma’lumot yoki fikriga qarama qarshi fikringizni asos va dalil ila keltirib qoldrisangiz. Shunda ham qoniqmasangiz Moderatorlaga murojaat qiling.

Iltimos shaxsiayatlarga o’tib Mavzudan chetlashmaylik…

Hurmatlar ila,
Compromise

Compromise
04-23-2008, 07:11 PM
Bu ilk bor namoz o’qishni va Islomni o’rganishni boshlayotganimda ro’y bergan edi. :uups:
Ikki birodarimdan shu Namoz o’qishni va Islomni o’rganayotgan edim. Biri 2-3 oyda buyon Ibodatda ikkinchisi esa 3-4 yildan buyon ibodatda edi.
Biz bir honada edik. Men shoshilib kelib ko’chada kiyib yurgan kiyimimni almashtirib uy kiyimga o’tayotgan edim. Shunda shimimni almashtirib shalvorni kiyayotganimda birodarim
- Eyyy qanaqa odamsiz shunaqa ham qilasizmi, avratni ko’rsatmay boshqa joyda kiyinsangiz bo’lmaydimi - deb tanbeh berdi.
Izoh: Men to’g’risi erkak kishini avrati kindikdan tizzasini tagigacha ekanligini eshitgan lekin amal qilmayotgan edim
Ikkinchi anchadan buyon ibodatda bo’lgan birodarimiz (u inson men kiyinayotganimda teskari qarab o’tirgan edi) yangi ibodatga kirgan birodarimizga qarab.
- Siz unda nima qilasiz avratga qarab. Bir inson gunoh qilayotan bo’lsa siz ham qo’shilib gunoh qilasizmi? - degan edi.
Shundan keyin o’zim uyalib nima qilganimni tushunganman. Shu shu hech ham biror kishiga o’z avratimni ko’rsatmaslikka tirishib harakat qilib yuraman alhamdilillah.
Hulosam shuki yaxshi narsaga ming baqir chaqir, tanbeh berib chaqirgandan ko’ra, sabr ila go’zal muomila ila chaqirilsa insonga shuncha yaxshi taasir qilar ekan.

Hurmatlar ila,
Compromise
assalomu alaikum

Compromise
04-24-2008, 11:01 AM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh Birodarlar
Bu voqea sababli namozda azolarni to’g’ri tutushni o’rgangan edim.
Bir birodarimni honasiga tez-tez kirib turar edim va u yerda birodarim bilan birga Jamoat bo’lib namoz o’qir edim. Bir kun birga namoz o’qiyotganim edim, sajdaga ketganda o’ng oyog’im barmoqlari joynomazdan ko’tarilib ketaverdi. Namoz o’qib bo’lgandan keyin birodarim sokinlik bilan oldiga chaqirib, “Sizga Namoz odoblarini o’rgataymi” dedi. Keyin rozi bo’lib kuzatib turdim. Namoz odoblarini ko’rsatib bo’lib, shunday qo’shib qo’ydi: “Namoz o’qiganda o’ng oyog’ni boshida qanday qo’ygan bo’lsangiz shunday tursin va uni qimirlatmaslikka harakat qiling, shunda qiynalmaysiz namozingiz ham yaxshi bo’ladi”
Birodarim meni koyimay, tanbeh bermay hatoni qanday tuzatishni, uni qilmaslik uchun nima qilish lozimligini o’rgatdi. Bu bilan birodarim tanbeh berib ko’ngilni qoldirmadi, odob ila hatoni to’g’riladi.
Hulosam shuki, tanbeh bermoqchi bo’lsak shoshma shosharlik qilib darrovda sen bunday ekansan bunday ekansan deb yuziga hatosini (huddi insondan kir qidirgandek) aytib quymasdan sabr ila muomila qilishni. Hatoni aytganda umumiy qilib aytilsa insonning ko’ngliga botmasligini tushundim. Shunday keyin men ham boshqalarga tanbeh berishdan oldin shunday chiroyli tanbeh bera olamanmi degan savolni o’zimga beraman, agarda qo’limda kelsa keyin shu insonni hatosini imkon qadar chiroyli to’g’rilashga harakat qilaman…
Go’zal ahloqli kishilarga yaqin bo’lsangiz sizni ahloqingiz ham go’zallashaverar ekan.

Compromise
05-05-2008, 10:13 AM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh Birodarlar
Bir kun masjidga borganimda bir birodar bilan gaplshib turgan edim. Shunda bir boshqa birodar gapl tashladi, suhbat davomida ikkalasi tushunadigan bir tilni bilishini aniq bulib qoldi. Shunda usha tilda gap tashlagan birodar ikkalasi tushunadigan tilda gapirayotgan edi, uni tuhtatib bir hadisni keltirdi. Alloh u birodardan rozi bulsin. Aytdiku Payga'mbarimiz (SAW) agarda 2 kishi bir joyda bulsa 3chi kelgan kishi tushunadigan tilda suhbatlashishsin toki u inson ham nima haqida gapirlayotganini tushunsin deb aytgan ekanlar.
Men ham shundan keyin hayotimda qancha qancha joylarda shu hadisga amal qilmaganim va bu bilan qanchalik boshqalarga qupol muomilada bulganimni tushundim. Hulosa qilib aytgandan suhbatlashayotganda e'tiborlik bulaylik faqatgina uz qulayligimizni uylab uzimizga oson tilda gapirmay boshqalarni ham hurmat qilaylik.

Uzr men bu hadisni eshitganim uchun va hali aniq manbaasini hozircha topa ololmaginim uchun manbani keltira ololmadim. InshaAlloh shu hadisga manba topsam keltirib quyaman va biror kim topsa shu yerga quysa nur ustiga a'lo nur bular edi.
Hurmatlar ila,
Compromise
assalomu alaikum

kitayoza
05-05-2008, 10:17 AM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh Birodarlar
Bir kun masjidga borganimda bir birodar bilan gaplshib turgan edim. Shunda bir boshqa birodar gapl tashladi, suhbat davomida ikkalasi tushunadigan bir tilni bilishini aniq bulib qoldi. Shunda usha tilda gap tashlagan birodar ikkalasi tushunadigan tilda gapirayotgan edi, uni tuhtatib bir hadisni keltirdi. Alloh u birodardan rozi bulsin. Aytdiku Payga'mbarimiz (SAW) agarda 2 kishi bir joyda bulsa 3chi kelgan kishi tushunadigan tilda suhbatlashishsin toki u inson ham nima haqida gapirlayotganini tushunsin deb aytgan ekanlar.
Men ham shundan keyin hayotimda qancha qancha joylarda shu hadisga amal qilmaganim va bu bilan qanchalik boshqalarga qupol muomilada bulganimni tushundim. Hulosa qilib aytgandan suhbatlashayotganda e'tiborlik bulaylik faqatgina uz qulayligimizni uylab uzimizga oson tilda gapirmay boshqalarni ham hurmat qilaylik.

Uzr men bu hadisni eshitganim uchun va hali aniq manbaasini hozircha topa ololmaginim uchun manbani keltira ololmadim. InshaAlloh shu hadisga manba topsam keltirib quyaman va biror kim topsa shu yerga quysa nur ustiga a'lo nur bular edi.
Hurmatlar ila,
Compromise
assalomu alaikum
va alaykum assalam va rahmatullahi va barakatuh.
E bormisiz birodar.
Bu yerda ko'pchilik bunga amal qilmaydi. Qachoooon qarama inglizcha yozishgani yozishgan.
E odam zerikib ketib "Bizayam tushuniyluu" diseyz, "hojaka ko'k choyizni damlab ichib o'tirin" deb yana biz tushunmaydigan tilda gaplashib ketishaverishadi. Bu yaxshimas...:lol:

Sirius_s
05-05-2008, 11:21 PM
Studentlik vaqtimizda biznes plan tayyorlayotgan vaqtimiz edi,gruppa bo'lib o'tirgan edik, shunda bir islomga qiziqa boshlagan bir kursdosh dugonamning boshqa bir kursdosh bola bn baxslashayotganini eshitib qoldim, ularning baxsi kofirlarga musulmonlarning munosabati haqida borardi.SHunda u bola, Qur'onda oyat borki:"Kofirlarni qayerda tutsangiz ularni o'ldiringiz" degan deb qolsa bo'ladimi, u qizni hoatini ko'rsangiz,o'zi umuman islom haqida ma'lumotga ega bo'lmagan musulmon qiz,lekin bir yaqin odami islomda emas edi, bu gap shunaqangi yomon ta'sir qildiki, o'shandan keyin islom haqida gapirilsa undan kamchilik izlay boshlaydigan va hadeb baxs qilaveradigan bo'lib qoldi. U bolaning kofirlar haqidagi gapining o'z o'rnida ishlatilmaganligi, u oyatning qaysi holda nozil bo'lganligini tushuntirmaganligi bu dugonamga yomon ta'sir qilgandi.Alhamdulillah, keyin ilmi bor odamlar bilan gaplashib yurganidan keyin ancha narsa o'rganib, islom haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'la boshladi.
Xulosam shuki, odamlarni fitnalantiradigan narsalar haqida gapirmaslik lozim, xatto u biror bir oyat yoki hadis bo'lsada,toki u odam hali u narsani tushunmas ekan,hali ugacha o'rganib yetmagan ekan,uning ilmiga yarashasini aytish, o'rgatish lozim, keyinchalik o'zi tushadigan vaqtida yetkazish kerak bo'ladi, bo'lmasa islomni yaxshi tushunmay butunlay ko'ngli sovib ketishi mn.

PainKiller
05-05-2008, 11:39 PM
Diningiz Mukammal. Iymonni mustahkamlashga harakat kilishga etiborni karatsa bolar edi.

kitayoza
05-06-2008, 03:59 AM
Diningiz Mukammal. Iymonni mustahkamlashga harakat kilishga etiborni karatsa bolar edi.

To'g'ri gap. Lekin imonni mukamallashtiradigan narsa nima?
Qanday imoni mustahkam qilsa bo'ladi?

kizuna
05-06-2008, 04:08 AM
Qanday imoni mustahkam qilsa bo'ladi?
Ular aytmoqchilarki, duch kelgan joyda hammaga vohobiysan demgani deyaptilar. Birovga aql o'rgatma o'zini bil qabilida.

kitayoza
05-06-2008, 04:28 AM
Ular aytmoqchilarki, duch kelgan joyda hammaga vohobiysan demgani deyaptilar. Birovga aql o'rgatma o'zini bil qabilida.



bekorga ham tormoznoy bola dimaganmande sani.
Yana buksovat qivossanmi?

kizuna
05-06-2008, 05:23 AM
bekorga ham tormoznoy bola dimaganmande sani.
Yana buksovat qivossanmi?
Ignored...!

Black
05-06-2008, 05:46 AM
Mavzuga juda "mos" tushibdida ohirgi postlar...

Compromise
05-06-2008, 07:14 AM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh
Bu voqea kasal bo’lib qolgan birodardan hol ahvol surash va chiroyli tanbeh qilish haqida.
Bir birodar shamollagan birodaridan hol ahvol surabdi va nega bu shamollashi ketmayotganini debdi. U davolanayotganini, oz-moz dori ichayotganligini aytibdi. Keyin boshqa kuni hol ahvol suragan birodar u birodar bilan uchrashish niyati borligini surabdi.
Keyin uchrashib unga o’zida mavjud bo’lgan dorilarni ba’zilarini beribdi.

Berishdan oldin esa unga shunday murojaat qilibdi. Birodar menga yordam kerak, men bir birodarni bilaman u shamollagan kasal. Bir necha kunlardan beri shamollagan lekin o’zi haqida qayg’urmaydi vaqtida dorilarini ichmaydi, shunga unga dori bermoqchiman lekin qaysarlik qilib olmaydi deb o’ylayman deb u birodarni ko’ndirish uchun yordam so’rab iltimos qilibdi. Shunda mayli kim ekanligini uni tanish tanimasligini so’rabdi va albatta qo’lidan kelgancha ko’ndirishga harakat qilishini so’ragan ekan.
Ha taniysiz bu Siz debdida qo’liga olib kelgan dorilarini beribdi. Keyin dorini olgan birodar hazillashmayapsizmi debdi kungli bo’shab yoshlanib ketibdi. Balkim bir birodari u haqida qayg’urayotgani u ham kimgadir aziz ekanligini angalagani uchun bo’lsa kerak. Shunday qilib ular orasidagi birdarlik aloqalari yanada mustahkamlanibdi. Kasal bo’lgan birodar tuzalib o’z sog’lig’i haqida ko’proq o’ylaydigan bo’libdi.
Hulosa qilib aytmoqchimanki birodarlaringizga e’tiborli bo’ling doimo ularga yordamga shoshiling, tanbeh qilayotganizda ehtiyot bo’ling kamchiligini illatini to’g’rilayman deb undanda katta hatolarga yo’q qo’yib o’rtaga hafarchalikni oralatib, ko’ngil qoldiruvchi holatlarni yaratmang. Imkon qadar tanbehni chiroyli qilishga harakat qiling.

Hurmatlar ila,
Compromise

assalomu alaikum

Compromise
05-08-2008, 04:11 AM
:salam:

Juda yahshi mavzu ochilibdi. Mavzuga doir gapirishdan oldin ushbu bo'limdagi ba'zi xabarlarni o'qib ushbuni eslatib o'tishni o'zimni burchim deb bildim. Musulmon kishi har doim boshqa brodari haqida yaxshi gumonda bo'lishi kerak. Agar biror voqeaning zoxiri(ko'rinishi) bizni yomon shubhalarga olib boradigan bo'lsa, kishi yaxshi gumon qilishni uddalayolmaslikka ko'zi yetsa, ko'nglini xotirjam qilish uchun sekingina o'sha yomon shubha qilishga majbur qilgan narsa haqida o'sha kishining o'zidan so'rab olish kerak. Sababini bilmay turib darrov bad gumon bo'lishlik mo'min kishiga yarashmaydigan illatdir. Shuning uchun brodarlarimiz haqida yaxshi gumonda bo'lishga harakat qilaylik. Zero bu brodarlar orasidagi mehrni oshiradi.
Mayli mavzuga qaytsak. Bilmadim qanchalik bu mavzuga to'g'ri keladi qanchalik yo'q. Lekin buni riyo yoki vhk deb tushunilmasin, faqat balkim ba'zilarimizga ibrat bo'lar...
***
Allohga tawakkul qiling, Alloh tawakkul qiluvchilarni yaxshi ko'radi....
***
Chet elda talabalik davrlarim edi. Hech qanaqa nafaqa(stependiya) olmasdan o'qigan paytlarim. Aksar chetda o'qigan shunday talabalar kabi, bizham tatilda bir oz ishlab keyin o'qish boshlangach yana o'qish bilan band bo'lardik. Bir kuni Yangi musulmonlikka qaytgan Olmon brodar Arab davlatlaridan birida o'qishga ketish uchun biz bilan xayrlashayatgandi. Boshqa brodarlarga bildirmasdan brodarimni chetga caqirib o'zim biroz muhtoj bo'lsamda man uchun biroz katta miqdor bo'lgan bir miqdor pulni qog'zga o'rab sekin bergandim. Olmon brodarim biroz hijolat bo'lib qo'y sizlarning o'zlaringiz talaba kerakmas dedi. Men esa yo'q san olish uchun ketayatgan ilming ohirat ilmi, biz esa dunyo ilmi ketidan quvib yuribmiz. San o'zingga ilm olish uchun sarflaysan, bizga Alloh beradi deb vhk gaplar qilib o'sha miqdorni brodarimning olishiga ko'ndirdim...
Brodarim o'sha Arab davlatlaridan biriga ketdi..oradan kunlar o'tdi. O'sha paytlarda moliyaviy tarafdan biroz muammoga uchrayatgandim. Lekin buni hech kimga bildirmaslikka harakat qilardim...
O'sha kunlarda bir uzoq shahardan boshqa millatga mansub bir brodarim farzandlari bilan meni ziyorat qilishga kelibdi. O'tirib birga ovqat tayyorladik bolalari (yoshroq) bilan kulib uynadik. Namozlarni o'qib bo'lgandan keyin brodarim uylariga qaytadigan bo'ldi. Bolalarning buvisi ularning millatining oshxonasiga mansub non pishirib yuborgan ekanlar, uni dasturxonchaga quyib ketishdi...Ular ketgandan ma'lum bir muddat keyin kech tushdi...kechki ovqat vaqti bulgandi. Bolalarning buvisining noni bir dasturxonday bir matoga o'ralgandi,qanday ekan deb dasturxonni ochsam nonlarning ustida pul miqdori turibdi, Eng qizig'i haligi brodarimga bergan miqdor...
Subhanallah dedim...qalbim erim ko'zimdan yosh to'kildi. O'shandan beri Alloh beradi deb xayr ishlarga yanada muhabbatliroq, Allohga yanada ko'p tawakkul qiladigan bo'ldim...
O'qish yillari tugab soham buyicha chet elda ishlab yuribman,
Yodimdan haligi voqea hech ham chiqmaydi.
Kishilar o'zlariga xolislikni kasb qilar ekan, Alloh hohlasa ularning rizqiga barakani ham beradi, ajr hasanotni ham...Zero ko'rinishida boshqaga qilgan muruvatingiz oxiratda faqat o'zingizgagina eng manfaatli bo'lib Inshaallah jahannamga tushishingizdan saqlab qoluvchi sabab bo'ladi....

Kishilar turli xil moddiyatliklar uchun, shon sharaf vhk lar uchun musobaqalashishadi. Alloh bizlarga Sahobalardek xayrli ishlarda (riyosiz) musobaqalashni odat qildirsin....

hikoya qahramoni: Anonym.

wassalam....

P.S. Abu Hurayra birodarmizni ruhsatlari ila...
Manbaa: http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=45232

Huzuri
05-08-2008, 09:10 AM
Қàíäàé ҳàäèÿ êåëòèðàé?
Àáó Aáäóëëîҳ Tóðóғáîäèé áóþê çîòëàðäàí á¢ëèá, Tóñ øàҳðèäà âàôîò ýòãàí. Áó çîò èêêè ¢ғëèíè ÷àқèðèá;
- Àâëîäëàðèì! Áó êå÷à òóøèìäà Ҳàçðàòè Ðàñóëóëëîҳíè ê¢ðäèì.
äåäèëàð.
¡ғèëëàðè ñ¢ðàäèëàð:
- Õàéðäèð èíøàëëîҳ. Қàíäàé á¢ëäè îòàæîí?
- Ìåíãà ñåâãè áèëàí қàðàá; ”Ýé ¢ғèë, åòàð ýíäè äóí¸íèíã òàøâèøèíè òîðòäèíã. Áàñ ýíäè ìåíãà êåë!” áóþðäèëàð.
¡ғèëëàðè қèçèқèøèá:
- Ñåí íèìà äåäèíã îòàæîí?
- Áîø óñòèãà! äåäèì àëáàòòà. Ôàқàò îðқàñèäàí; ” ¨ Ðàñóëàëëîҳ! Ñèçãà îëèá êåëàäèãàí ҳå÷ àðìóғîíèì é¢қ. Ҳàäèÿ қèëèá íèìà êåëòèðàé? ” äåÿ ñ¢ðàäèì.
¡ғèëëàðè ҳàÿæîíëàíèá:
- Íèìà äåäèëàð øóíäà?
- ”¡ғèëëàðèíãíè îëèá êåë!”, áóþðäèëàð.
Ñåâèí÷ëàðèäàí ñàêðàé áîøëàãàí ¢ғèëëàðè:
- Øóíäàéìè, қàíäàé ÿõøè, íàқàäàð қóâîí÷ëè!
- Ýíäè àéòèíãëàð ìåíãà. Ðàñóëàëëîҳíèíã ҳóçóðèãà áîðãàíèìäà қàéñè áèðèíãèç ìåí áèëàí áîðàñèç? Қàéñèíãèçíè îëèá êåòàé?
Èêêèñè ҳàì áèð îâîçäàí;
- Ìåíè îëèá êåòèíã! Ìåíè îëèá êåòèíã!
äåá ¸ëâîðèøäèëàð.
Îòàëàðè øóíãà ê¢ðà, øó êóíè¸қ ”Ó÷ òîáóò” èøëàòèá ҳîçèðëàòäèëàð. Âà øîì âàқòèãà ÿқèí ó÷àëàñè ҳàì ê¢÷äèëàð áó îëàìäàí, àáàäèé îëàìãà.

Uzr. Bu hikoya temaga aloqali bola oladimi bilmadim.

Compromise
05-08-2008, 09:26 AM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh

Men bir birodarim bilan tez-tez uchrashib turar edim. U doimo diniy ilmini oshirish uchun kitob o'qir o'qigan kitoblarini menga maqtab menga ham taklif qilar edi.

Ba'zan uning honasiga kirib suhbatlashib o'tirar edim. Shunday paytlarda doimo o'qigan biror bir kitobini olib vaqraqlab o'zida kuchli taasir qoldirgan joylarini menga o'qib berar, o'zi tushunganicha bu nima degani ekaligini aytib berar edi. Shu birodarimni g'ayrati har doim shunday kitoblarni ta'riflab o'qib berish taasiridan men ham diniy kitoblarni sotib olib o'qiy boshladim. Alloh undan rozi bo'lsin.

Hulosam yaxshi birodarlar bilan, ilmga intiluvchi taqvoli birodarlar bilan do'st tutinishga harakat qiling-ki hech bo'lmaganda o'qimasangiz ham eshitib ilm olib turasiz. Ular sizga ilm olishni eslatib turadi, dinga bo'lgan muhabbatingizni yanada oshiradi.

Ilmi tolib bo'lsangiz boshqalarni ilmga chaqiring va ularga sabrli holda muomila qilib ularni duo qilinga inshaAlloh ular ham sizlarni qatoringizga qo'shilib ilm orqasidan izlanib qoladilar ;).

Salomatlik tilab,
Compromise

assalomu alaikum

Compromise
05-12-2008, 11:50 AM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh

Men bir birodarimga chet elda yurgan paytimda pul o'tkazish orqali bir qancha miqdorda pul bergan edim. Undan ba'zi bir narsalarni sotib olib uyimga jo'natish va boshqa narsalar uchun edi. Shundan keyin qaytib kelgan paytimda u birodarim bilan uchrashdim. U menga bir narsa bermoqchiligini aytdi va bergan pulimdan 30 000 so'm pul qolganini aytdi va uni qogoz qutidan oldi. U pulni usha qog'oz qutiga solib qo'ygan ekan alohida qo'yib ishlatib qo'ymaslik uchun. Bu chiroyli tanbehdan taasirlanganimdan u pulni birodarimga kamchilgingizga ishlaarsiz ilmi tolibsiz, yana studentsiz, qilgan hizmatingizga roziman va shuni sizga hadya qildim deb zo'rg'a ko'ndirib bergan edim.

Men to'g'risi juda ham hayrat va hayajonda qoldim. Sababi shu omontga sal be'etiborroq edim. Hech kimdan qarz bo'lib qolmaganman deb o'ylayman lekin ko'proq Omonatni qaytarib berishni cho'zib yoki e'tibor bermay ishlatib qo'yib yurar edim.
Mana shu bo'lib o'tgan voqea meni qattiq taasirlantirdi shundan so'ng men ham omonatga ehtiyot bo'la boshladim. Sizlarga va o'zimga maslahatim omonat haqida gapirishdan oldin uni himoya qilishni o'rganish va amal qilish lozim. Shunda boshqalar sizdan ko'rib o'rganib uni tadbiq qilar ekan.
Alloh (SWT) bizni Ilmlarimizga amal qilguvchilardan qilsin inshaAlloh
Shu o'rinda bir hadisni keltirib ketmoqchiman.
Qatoda rivoyat qiladi:
-Ey Allohning Rasuli! Men sabr qilib, qochmasdan, dushman qarshisida, Alloh yo'lida o'ldirilsam, Alloh meni gunohlarimni avf etadimi?
Rasululloh aytidilar:
-Ha!
So'ngra u odam burilib ketayotganda orqasidan shunday deb qoldilar:
-Alloh shaxidning hamma gunohini avf etadi, faqat qarzini avf etmaydi.

Omonatga ehtiyot bo'linglar birodarlar!

Hurmatlar ila,
Compromise
assalomu alaikum

Compromise
05-13-2008, 01:37 PM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh

Birinchi hikoya men ibodatni boshlab 5 mahal namoz o'qishni boshlaganimda ko'p narsani bilmagan paytimda ro'y bergan edi. Hozir ham unchalik ilmlik emasman. Ilmlarim juda ham sayoz. :( Shunday qilib bir kun o'zimda savol tug'uldi har 5 mahal namozda Azon aytishim lozimmi yoki yo'q degan. Sababi namozni jamoat ila emas o'zim o'qir edim. Keyin interntdan qidirgandek bo'ldim, bir ibodatga yaqinda kirgan lekin ilm olishga intilayotgan birodarimdan shu haqida so'radim. U shart bo'lmasa kerak deb aytdi. Keyinroq bu haqida yana ilmlik musulmonlardan so'rashni ham aytib qo'ydi. Men shunga ishonib azon aytmay namozni o'qiy boshladim. Bir qancha muddatdan so'ng o'sha birodarim bu Azon sunnati muaakda ekanligi va yashab turgan joyimga yaqin Masjid bo'lmasa Azonni aytib keyin namoz o'qishim yaxshi bo'lishini aytdi.
Mana shundan keyin Azon aytib keyin namoz o'qiydigan bo'ldim.
Ikkinchi hikoya men va jiyanim o'rtasida bo'lgan edi.
Men bir kun qazo qilgan namozimni o'qishni boshlaganimda jiyanim Azon aytmaysizmi deb so'radi. Negaligini so'rasam bizga Masjidimiz imomi qazo bo'lgan namozlarga ham Azon va iqomat aytilish kerakligini aytdi. Men o'zimcha bilimdonlik qilib bunday bo'lmasa kerak deb. Buni qabul qilmadim. Sababi o'sha paytgacha namoz haqida o'qigan bir ikki kitobda qazo namozlari haqida to'liq yoritilmagan shuning uchun bo'lsa kerak qazo namozga Azon va iqomat aytilishini aytib o'tilmagan edi. Uning ustiga kibrga berilib jiyanimni imomi bir qishloq imomi bo'lgani uchun gapini pisand qilmadim. Men esa o'qimagan va eshitmagan bo'lsam demak yo'q deb oz'imnikidan qolmadim. Keyinchalik shu haqida o'zimda shubha paydo bo'lib izlanib qazo namozlariga ham azon va iqomat aytilishini qonun qoidalarini o'qib bilib oldim. Keyin qilgan ishimdan qattiq afsusda qoldim.

Hulosa qilib aytganda birinchi hikoyada agarda biror bir masalada shubhangiz ilmingiz mustahkam bo'lmasa bilmayman deb qo'ygan yaxshiki toki o'sha izlanuvchi inson o'zi qidirhsda davom etib inshaAlloh izlaganiniz topadi. Bo'lmasa javob olgan sizga ishonib gunohga qolishi yoki siz ham qo'shilib noto'gri yo'l ko'rsatib adashtirib qo'yishingiz mumkin. Yana bir narsa muhimki so'rovchi kishingiz ilmlik ilmi mustahkam bo'lmasa u insonni ovora qilib gunohga botirib noto'g'ri fatvo chiqarib qo'yishga va sizni adashtirib qo'yishdan saqlash uchun undan insondan savol so'ramagan ma'qul. Bo'lmasa ikkala tomon aziyat chekadi.
Ikkinchi hikoyaga hulosaki hech ham kibrga berilmaslik bir narsani bilsangiz bu mutlaq haqiqat degani emas doimo izlanib shu boshqa fikrlarni ham tekshirish lozimligini tushundim. Eshitmagan o'qimagan bo'lsangiz bu noto'g'ri degani emas ekanligini tushundim. Kichiklarni ham qishloqdanmi shahardanmi tog'ri gapirayotgan bo'lsa albatta qabul qilish kerakligini kibrga berilmaslik kerakligini tushunib yetdim.

Hurmatlar ila,
Compromise

assalomu alaikum

Black
05-14-2008, 02:53 AM
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh

Birinchi hikoya men ibodatni boshlab 5 mahal namoz o'qishni boshlaganimda ko'p narsani bilmagan paytimda ro'y bergan edi. Hozir ham unchalik ilmlik emasman. Ilmlarim juda ham sayoz. :( Shunday qilib bir kun o'zimda savol tug'uldi har 5 mahal namozda Azon aytishim lozimmi yoki yo'q degan. Sababi namozni jamoat ila emas o'zim o'qir edim. Keyin interntdan qidirgandek bo'ldim, bir ibodatga yaqinda kirgan lekin ilm olishga intilayotgan birodarimdan shu haqida so'radim. U shart bo'lmasa kerak deb aytdi. Keyinroq bu haqida yana ilmlik musulmonlardan so'rashni ham aytib qo'ydi. Men shunga ishonib azon aytmay namozni o'qiy boshladim. Bir qancha muddatdan so'ng o'sha birodarim bu Azon sunnati muaakda ekanligi va yashab turgan joyimga yaqin Masjid bo'lmasa Azonni aytib keyin namoz o'qishim joiz ekanligini aytdi.
Mana shundan keyin Azon aytib keyin namoz o'qiydigan bo'ldim.
Ikkinchi hikoya men va jiyanim o'rtasida bo'lgan edi.
Men bir kun qazo qilgan namozimni o'qishni boshlaganimda jiyanim Azon aytmaysizmi deb so'radi. Negaligini so'rasam bizga Masjidimiz imomi qazo bo'lgan namozlarga ham Azon va iqomat aytilish kerakligini aytdi. Men o'zimcha bilimdonlik qilib bunday bo'lmasa kerak deb. Buni qabul qilmadim. Sababi o'sha paytgacha namoz haqida o'qigan bir ikki kitobda qazo namozlari haqida to'liq yoritilmagan shuning uchun bo'lsa kerak qazo namozga Azon va iqomat aytilishini aytib o'tilmagan edi. Uning ustiga kibrga berilib jiyanimni imomi bir qishloq imomi bo'lgani uchun gapini pisand qilmadim. Men esa o'qimagan va eshitmagan bo'lsam demak yo'q deb oz'imnikidan qolmadim. Keyinchalik shu haqida o'zimda shubha paydo bo'lib izlanib qazo namozlariga ham azon va iqomat aytilishini qonun qoidalarini o'qib bilib oldim. Keyin qilgan ishimdan qattiq afsusda qoldim.


Hurmatlar ila,
Compromise

assalomu alaikum

Walaykum assalom,

Birodar, yakka yolg'iz namoz o'qiganda Azon shart emas, Jamoat bilan o'qilganda shart. Albatta, agar o'zingiz hohlasangiz Azon aytishingiz mumkin, savob bo'ladi, lekin shart emas. Siz namozni farzlari va vojiblarini bir ko'rib chiqing, shularni orasida Azon bormikan. Iqomat aniq ayta olmayman, har ehtimolga qarshi yakka o'qiganda ham aytib qo'ysa zarar qilmaydi.

Demir Kağan
05-14-2008, 03:51 AM
Islomiy axloq mi uylamoqchisiz? Read "Kimya-i Saadet" of Imam Gazali.

Compromise
05-14-2008, 04:07 AM
Islomiy axloq mi uylamoqchisiz? Read "Kimya-i Saadet" of Imam Gazali.
Assalomu alaikum wa rahmatullohu wa barakatuh Birodar
menimcha o'rganmoqchimisiz deb so'ragan bo'lsangiz kerak. Agarda sizda shu kitob bo'lsa shu yerga link yoki o'zini upload qilib qo'yib ketsangiz hursand bo'lar edik. Oldindan rahmat!

Hurmat ila,
Compromise
assalomu alaikum