Don Corleone
04-26-2008, 10:44 AM
Assalomu alaykum ahli mo'minlar. Ko'p hollarda eshittib qolganman va o'zim ham shunga guvoh bo'lganmanki, xeshu aqrabolarimiz HAJ yoki bo'lmasa UMRA ziyoratiga borishadi. Hozirda O'zbekistondagi mavjud ahvol shu darajadaki HAJga boraman desangiz eng kamida (har holda, Farg'ona viloyatida holat shunday) 3 yil yoki undan ham ko'proq kutishingiz kerak ekan. Sababi navbatda turgan odamlarning ko'pligi. Albatta bu quvonarli holki, kishilar HAJ safariga borishlikka ahd qilganlar. Biroq, UMRA ziyoratiga boradigan bo'lsangiz har holda hech qanaqa navbatga turishning hojati yo'q ekan. Shunda ham omadlilar safiga kirib qolsangiz, bo'lmasa unda ham navbatga turar ekansiz.
Kecha qo'limdan kelgancha bu mavzuga oid kitoblarni ko'rib chiqmoqchi bo'ldimu, lekin HAJ va UMRA orasidagi farq mandaqa omilarga tushinarli qilib yozilgan biror bir maqolani topolmadim. Agarda imkoni bo'lsa shu yerda HAJ va UMRA o'rtasidagi farqni batafsil tushuntirib bersalaring. Odamlar orasida keng tarqalgan Katta Haj (Haj) va Kichik Haj (Umra) tushunchalari qanchalik islomiy asosga ega. Asosiysi Makka va Madinani ziyorat qilish emasmi? Ikinchi savolim esa, kuyov o'z qayinonasini mahram sifatida Umra ziyoratiga kuzatib borishi mumkinmi? Uchinchi savol: Hali voyaga yetgan farzandlari bo'la turib ota-ona Umra ziyoratiga borishi mumkinmi, agarda bunga imkon tug'ilgan bo'lsa va farzandlarning o'zlari ularni bunday yo'l tutishlariga rozilik berishsa yoki bunga ularning o'zlari undashsa.
Javoblaring uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.