AKULA
05-03-2008, 12:26 PM
Assalamu Alaykum,
Foydasi tegar degan umidda ...
Bolajonim, har bir inson o’z uyining, millatining yuzidir yuragingning ORIYAT degan joyiga o’yib yozib qo’ygin.
Yigit-qizning orasidagi muxabbat kuchlimi? yoki umr yo’ldoshlar orasidagi muxabbat-mi?
Oila ucnun degan makonda bola uchun ona, jigar uchun jigar kuymalanib yuradi. Ro’zgor “muxabbat”i oldida oshiq mashuqlarning yonib o’tirishlari nima bo’libdi!
Ular bir-birlari bilan yetisha olmagan taqdirda ma’lum vaqt sarg’ayishlari mumkin, ammo tiriklarning tashvishlari davomida yashab boraveradilar, o’z muxabbatiga erisholmay falonchi bir nima bo’lib qolibdi, - degan gapni eshitmaysiz.
LEKIN LEKIN yeri bo’lgandan keyin xotini yoki eri uzoq yasha olmabdi degan gaplar qulog’imizga chalinadi. Chin muxabbat haqiqiy sevgi eru ayolning ro’zgorning oldidagi birligidir!
Bu bor yo’qlikda, o’zaro kechirishda sog’-bemorlikda toblanganda imtihondan o’tgan MUXABBATDIR!
El aytganday qo’sh xo’kiz bo’lib ro’zgorni tebratishdir. Erkak zotining esa zaifligi bor u o’ta samimiy, ishonuvchan. Ta’sirga oson beriladi Shunung uchun umr yo’ldoshlik jiddiy hisob kitob bilan tuzilishi shart.
Bu o’zingacha bo’lgan sulolani davom ettirish javobgarlik ishidir!
Teng-teng bilan! degan naqlga boq. Zot surishtirish asliga tortish degan gap bor sening bolangning sifati belgisi tushib ketsa ota-buvinglarning ruhi seni ta’qib qilayotganligidandir
Shu bois Ro’zgor degan g’orda yo’lingni yoritib turadigan sabrli-sadoqatli yor tilagin, tanlagin emas.
Yigirma yoshingda inson saralashni sen qaydan bilasan.
Boshinga muxabbat savdosi tushganda shayton ma’lun yuragingning qatiga kirib oladi va faqat teskari yo’lga undab turadi, ko’zingni ko’r, qulog’ingni kar qilib qo’yadi.
Mana shu iskanjada or-nomusingni saqlab, pokiza chiqib keta olsang, sen haqiqiy farzandsan, imonli farzandsan, Inshaolloh, sening farzandlaring o’zingdan-da a’lo bo’ladilar!
Bir yilgina kiyadigan kiyim, o’n yilgina minadigan mashina olishda, ota-ona bilan maslahat qilasan-u, umringning oxirigacha bo’ladigan juft tanlashni nahot yosh boshingning bitta o’zi hal qilsa?
O’gil bolaning mag’zi puchligi mana shu masalada bilinadi!
O’glim, o’zing hal qil degan ota-onadan qattiq hato ketadi. Bu masalada farzandni ko’maksiz qoldirish, uning tajribasizligidan xavotirlanmaslik unga beparvo va nomehribonlikdir! Yoki ota-ona ilmini bilmaslikdir!
Albatta, o’z shahring, o’z tumaning, iloji bo’lsa o’z qishlog’ingdan uylan! Keyin xursand bo’lasan!!!!
Eshit deylik, sen oshiq-mashuq, bo’lib boshqa joydan, masalan Samarqanddan-mi, Horazmdan-mi uylanding. Yoshinga yosh qo’shilgan sari qatorga qo’shilganing sari, ishing, insoniy qarzlaring ortib boradi. Bitta joning mingga bo’linadi, o’zing-ku shunday ham tarang tortib turibsan, uylanishdagi hatoying ahvolingni yanada abgor qiladi.
Yon veringdagi kelinlar onasinikiga ertalab ketsa, qechqurun qaytib keladi. Sening ayoling esa har ketganda bir haftasiz kelmaydi. Va yillar davomida shunday bo’laveradi. Avvaliga ko’nib turasan, borgan sari malol kela boshlaydi, har borib kelishi janjalga aylanaveradi.
Hammanikiga kelgan mehmon tongda kelib tunga qolmay ketadi. Ayolingning urug’lari esa uzoqdan keladi, kamida uch kun yotmasdan ketmaydi!
Bu hol yil bo’yi davom etaversa, cho’ntaging ko’tarsa ham, kayfiyating ko’tarmay qoladi, bolajon!
Ayolingning hali u hali bu akasi to’y qilaveradi, amma xolasi olamdan o’taveradi, issiq jon dadasi ogrisa, gox onasi kasalxonaga tushadi. Ayoling – farzand (jigar) bormaslikning iloji yo’q!
Qolaversa xabar olishi burchi, qarzidir. Ammo birgina oyliging oilangni boqsin-mi? bolalaringni xarajatini qoplasin-mi?
Yo’l kiraga yetsin-mi?
Qo’ling yupqalik qilib biror to’yga bora olmay qolsa o’n yillab “sizni deb falonchi qarindoshimnikiga to’yga bora olmadim” degan ta’nadan qutula olmaysan, dimog’-simog’.
Bir bandaning boshida har ish bor, falonchi og’irlashib qoldi, degan habar keladi, o’sha zaxoti ayolingni jo’natasan. Ammo yetgunicha bemor uzilib qoldi, deylik. O’qday uchib ortidan sen ham etib borasan. Bunday paytda yaqin joydan tushganlaring indamaygina ko’rishsa, sening ayoling uzoqqa sizga tegmay men o’lay, seni deb onamning sovuq diydorini ko’ra olmadim, - deya dod-faryod soladi! Yana sen aybdorsan!
O’ttizdan oshganda har ikkalangizda ham o’zingiz tomomndagi urf-odatlarni qo’msash, o’sha ergagina hos bo’lgan taomlarni soginish boshlanadi. Endi ora-kunda janjal mana shundan chiqaveradi.
Yoshing kattalashgan sari iching torayib, biring-biringa bamisoli egov bo’lib qolaverasizlar.
O’glonim, qani aytchi, shuncha ola-ta’sir gap so’z, bo’gilishlardan keyin muxabbat qoladimi?!
Ko’rib turibman vujudingda galayon, birovni yoqtirib qolding. Ammo so’zimni yahshilab tingla butun tuygularingni ichingda dimlab, rangingni o’zgartirmay, ko’zingni o’sha yoqqa alanglatmay tur. Bir oy, ikki oy sabr qil, yana qattiq sabr qilda, yana chida.
Insonning ehtiroslari bamisoli olov, gurr etib yonadi, bora-bora pasayadi. Qolaversa vaqt hakam, sarani-saraga puchni puchga ajratib beradi. Ehtiros bo’roni to’xtagach taffakuring bilan maslahat qil. O’sha yoqtirganingni har xil vaziyatlarda kuzat, bohsqalarga solishtir.
Qaysidir qizga bog’lanib qolgansan, lekin uning qator kamchiliklari, xushomadgo’yligi, lafzida turmasliklarini bilib turasan, bilib turasan-u atrofida aylanaverasan bu muxabbat deb o’ylaysanda falokatga ilashib qolmagin tag’in!
”Bilmayin bosdim tikanni” deganlar qancha. Oilaning yaxshi yomonligi farzandini ulg’aytirib, ko’chaga chiqanda oshkor bo’ladi Insonning tabiati qiziq u xamisha o’zida yo’q sirli bo’lgan narsalarga talpinadi!
Turmushdan ko’ngli to’lmaganlarning ko’pchiligi sevishib turmush qurganlardir. Ularning hayoti balki yaxshidir. AMMO ota-ona roziligini hisobga olmaganlari uchin ALLOH ularga shirin hayotlarini tatitmyadi. Baxt ichida BAHTSIZLIK tuyaveradilar. Dillari to’la armon va tavba. Bundan vazmin kun yo’qdir bolajon!!!
“Sayyora xoji ona o’gitlari”dan