View Full Version : Bir nazar tashlab qo`ying
Lonely
05-05-2008, 08:36 AM
Assalamu alaykum
Forum vakillari, mavzulari, baxslarining turli-tumanligi bilan meni doim ajablantirib kelgan. Huddi hayotdagi kabi bir yerda turli dunyoqarashli insonlar to`planishgan.
Men ham bu ajib makonda qo`nim topishni niyat aylagan ekanman o`z aytajaklarimni ushbu erdan boshlashga ahd qildim.
Biror noto`g`ri so`z aytsam qattiq koyimaysiz deb umid qilaman, biror so`zim ma`qul bo`lsa, duo qilib qo`ysangiz...
Shambles
05-05-2008, 08:47 AM
Once you're here, you're not lonely any longer...
Lonely
05-05-2008, 08:51 AM
Shunday vaziyatga hech tushganmisiz?
Tilingiz uchiga birorta qo`shiq matni yopishib oladiyu, uni hirgoyi qila boshlaysiz. To barcha so`zlarini aytmaguningizcha tilingizdan tushmay mahkam yopishib oladi.
Shu arzimas narsaga qancha vaqtingiz ketishi haqida hech o`ylab ko`rganmisiz?
Endi esa yana bir savol:
Qul ozod qilish haqida hech orzu qilganmisiz? Qanday yaxshiya:
birovga qaram bo`lib umrini otkazayotgan insonning ozod bo`lishiga, erkin nafas olishiga sababchi bo`lsangiz. Ko`nglingiz qanchalar mamnun bo`lardi, qanchalar baxtiyor his qilardingiz o`zingizni...
Bu ikki aytilganlar orasida qanday aloqa bor deysizmi?
Demoqchimanki, biror bekorchi narsa bilan tilni band qilgandan ko`ra quyida keltirilgan hadisga amal qilgan holda vaqtimizdan unumli foydalansak qiyomatda bizga savol-javobdan o`tish ancha engil bo`lardi...
Abu Hurayra R.A.dan rivoyat qilinadi:
Rasululloh SAW: "Kim "La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva `ala kulli shay`in qodiyr" deb bir kunda 100 marta aytsa, 10 ta qulni ozod qilgan barobarida bo`libdi. Unga100 ta hasanot yozilib, 100 ta yomonligi o`chiriladi, kech kirguncha shaytondan omon bo`ladi. Uning bu amalidan afzalroq hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko`proq aytgan kishi o`zib ketishi mumkin" dedilar. Va yana Rasululloh: "Kim: "Subhanallohi va bihamdihi" deb bir kunda 100 marta aytsa, hatolari dengiz ko`pigicha bo`lsa ham kechib yuboriladi" dedilar".
Buhoriy va Muslim rivoyatlari
kitayoza
05-05-2008, 09:51 AM

va alaykum assalam.
Kuchli faylasuf ekansiz.
Lekin gaplarizda jon bor. Albattade, haq so'z aytilganda hamma tan olishga majburdir.
Allah rozi bo'lsin.
Shunday eslatmalardan bo'lsa qo'yavering. Kimgadur nafi tegib qolar.:D Omad.
o'zbek
05-05-2008, 04:30 PM
gaplariz naqadar to'g'ri va aslida qilsa bo'ladigan. ammo, kop'incha shunaqa oddiy va oson haqiqatlarni esdan chiqarib qo'yamiz, afsus...
Lonely
05-05-2008, 10:20 PM
Latifalar, hangomalar, kulgu kechalari...
Xalqimiz - kulgusevar, hushchaqchaqdir. "Quvnoq bo`ling, Kulib yashang, umringiz uzoq bo`ladi" degan shiorlarni ko`pchilik eshitgan.
Lekin bizni kulishga nima majbur qilayotgani, to`g`riroq qilib aytganda nimaning ustidan kulayotganimiz haqida bir zum mulohaza qilib ko`rsak yaxshi bo`lardi.
Keyingi paytlar kulgu ustalarining chiqishlarini yurak hadiksirab ko`radigan bo`lib qolganmiz. Nega? Oila davrasida u yoki bu mashxur qiziqchining koncertini ko`rib bo`lmaydi. Chunki ba`zilar o`z dasturlarini faxsh hangomalar bilan to`ldirib tashlashgan. Onangiz, yo singlingiz , yo farzandlaringiz oldida bunday gaplarni eshitib o`tirish - ochig`i o`zbek oilasiga to`g`ri kelmaydi. Yuqoridagi e`tirozlarni juda ko`p odamdan eshitganman, hoh ayol bo`lsin, hoh erkak.
Shu o`rinda bir qancha savol tug`iladi:
Xo`sh, erkaklar davrasida yoki faqatgina ayollar bo`lgan davrada bunday koncertlarni bemalol ko`rib-kulishib o`tirish mumkin ekanda? Nega bu koncertni ko`rib bo`lmasligi haqida aytgan kishi, faqat oila davrasida ko`rib bo`lmasligiga urg`u beradi? Nega "Umuman bunday narsalarni ko`rish kerak emas" demaydi?
Bir latifani esladim (yozayotganim uchun uzr). Uning qisqacha mazmuni shuki, bir bojxona xodimi uyiga erta qaytadi va ayolida bir o`zgarish sezib o`z uyidan begona erkakni izlay boshlaydi. Hullas, berkinib o`tirgan odam unga pul qistirgach bojxonachi ko`rmaganga olib ketadi.
Bu latifa ko`pchilikni kuldiradi. Attang. Attang!
Agar uning negizida yotgan asl ma`noni ko`ra bilsak edi: birinchidan - bojhonachining o`taketgan da`yus va po`raxo`r ekanligini, ikkinchidan - eri bor ayolining zinokorligini, uchindidan - begona kishining eri bor ayol bilan zino qilgani etmaganday bandasining qahridan qo`rqib pora berib yana bir katta gunohni qilganini ko`ramiz.
Azizlar, nimani so`zlab kuldirayotganimizga va nimaning ustidan kulayotganimizga e`tiborliroq bo`lishimiz kerak. Bu kabi latifalar bilan tilimizni band qilmay uning o`rniga biror hadis yoki dunyo va ohiratda foydasi bo`ladigan kerakli maslahat beraylik yaqinimizga. Be`tayin kulgu o`rniga duo olishga harakat qilsak a`lo bo`lar edi. So`zlay olish, eshita olish ne`matlarining qadriga etish kerakligini unutmaylik...
o'zbek
05-06-2008, 03:53 AM
lekin, afsuski, qiziqchilarni gapida ham jon bor...
Lonely
05-06-2008, 07:47 AM
Kuni-kecha bir o`zbek telekanalida oilalarda ajralishlar soni ko`pligi
haqida bahs ketayotgan edi. Bir fond vakili chiqib ajrashgan ayollar o`rtasida so`rov o`tkazilgani va so`rovning natijalari haqida e`lon qildi. Qizlarimiz ajrashishga olib kelgan sabablar ichida asosiylari (ko`p tilga olinganiga qarab joylashtirilgan) deb quyidagilarni ko`rsatibdilar:
1. Erining hiyonati
2. Erining ichkilikka berilgani
3. Uning giyohvandligi
4. Qaynona-qaynota aralashuvi
5. Erining do`stlari aralashuvi
6. Oiladagi iqtisodiy muammolar
O`ylanib qoldim. Demak, iqtisodiy muammolar va qaynona bilan elishmovchilik asosiy muammo emas ekanda. Erining hastaligi haqida esa umuman og`iz ochilmagan. Bu statistikani o`qigan inson turmushga chiqishdan avval o`ylanib qolishi hech gap emasga o`xshaydi. Ammo shunday toifadagi yigitlar borki, ular bilan oila qurishga qaror qilgan singillarimiz yuqorida ko`rsatilgan
sabablarning birinchi beshligidan havotirlanmasalar ham bo`lsa kerak.
Yana Alloh bilguvchidir.
Unday yigit:
1) Zinokor emas - undan hiyonatning hidi ham kelmaydi
2) "Shaytonning suvi" nomini olgan zahar bilan nafsini sug`ormaydi
3) Giyohvand moddalarga umuman yaqinlashmaydi
4) Ota-ona bilan ayolini hurmatini murosa qilib, o`rniga qo`ya biladi
5) Uning do`stlari ham o`ziga monand bo`lib, yomon yo`lga boshlamaydilar, holisona va foydali maslahatlar beradilar, uni yaxshilikka da`vat qiladilar.
6) Topganiga harom aralashtirmaydi va behudaga sarflamaydi, ro`zg`orga esa baraka kiradi, inshaAlloh.
U yigitni kimligini aytmasam ham bo`lsa kerak.
Asosiysi - u Allohdan qo`rqadi.
Singlim, siz baxtli bo`lishga juda haqlisiz. Tanlashda ziyrakroq bo`lsangiz va Allohdan yaxshilikni so`rasangiz, niyatingizga etasiz degan umiddaman.
PS. Birodarlar, biz ham yuqoridagilardan hulosa chiqaraylik...
--------------------------------------
Kitayoza va O`zbek, iliq sozlaringiz uchun raxmat.
o'zbek
05-06-2008, 07:54 AM
mana shu postingiz ham qiziqchilarni gapida jon borligini ko'rsatib turibdi.
prosto, biz mustaqillikdan keyin "mustaqil bo'ldik, bo'ldi bundan buyog'i faqat besh bo'ladi" deb sal hovliqip qoldik ( hech bo'lmasa mutasaddi shaxslar). lekin, mana sekin sekin muammolar bir bir dogonyat qivolishyapti.
AKULA
05-06-2008, 03:54 PM
Rasululloh SAW: "Kim "La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva `ala kulli shay`in qodiyr" deb bir kunda 100 marta aytsa, 10 ta qulni ozod qilgan barobarida bo`libdi. Unga100 ta hasanot yozilib, 100 ta yomonligi o`chiriladi, kech kirguncha shaytondan omon bo`ladi. Uning bu amalidan afzalroq hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko`proq aytgan kishi o`zib ketishi mumkin" dedilar. Va yana Rasululloh: "Kim: "Subhanallohi va bihamdihi" deb bir kunda 100 marta aytsa, hatolari dengiz ko`pigicha bo`lsa ham kechib yuboriladi" dedilar".
Buhoriy va Muslim rivoyatlari
Ba'zilar bor tilidan siz aytganday tilidan qo'shiq tushmaydi, lekin dilida Ollohga iymoni butun.
Ba'zilar bor siz aytganday duolarni o'n, yuzmartalab o'qib yurishadi, lekin qilayotgan ishlarini ko'rganlar ISLOM shu bo'lsa..... degan hayolga borishadi.
Aytgan bilan dilda bo'lmasa nima foyda? Mening shaxsiy fikrim avvalo chin-dildan his qilish kerak buso'zlar ma'nosini, keyin amal ham qilish kerak, tilda boshqa-dilda boshqa bo'lgani foydasiz.
Lonely
05-06-2008, 09:16 PM

Gaplaringizda jon yo`q emas. Lekin inson zoti borki yanglishadi, hatolarga yo`l qo`yadi. Shuning uchun ham ojiz banda degan unvonimiz bor. Odamlardan kamchilik topish ko`p vaqtni talab qilmaydi, bir oz kuzatuvchan bo`lsangiz bas, o`zimizdan topish uchun esa bir muncha vaqt talab qiladi. O`sha siz aytib o`tgan kishilarning ham hato va kamchiliklari bordur, lekin har holda qo`l qo`vushtirib o`tirganlari yo`q. Harakat qilyaptilar, izlanyaptilar. Balki shu ibodatlari, duolari zaminida ularning iymonlari yanada mukammalashib, hozirgi kunda yo`l qo`yayotgan xato va kamchiliklarini tark etarlar.
Ammo "ko`nglimda bo`lsa bo`ldi" deb Alloh buyurgan amallarni ochiqdan-ochiq ignorirovat` qilish, ta`qiqlangan ishlarni tap tortmay qilish avvalambor shu inson uchun juda achinarli oqibatlarga olib kelishi aniq. Balki bu dunyoda bo`lmas, biroq oxiratda har bir qilgan amali uchun javob berishi muqarrardir.
Ko`p eshitamiz, hijobli qizlar haqida hijobsiz qiz-juvonlarning fikrlarini. Huddi siz aytgandek "ko`nglimda bo`lsa bo`ldi" deydilar. Ammo ko`ngilda bor inson amali bilan tasdiqlamasa, aytingchi bu qanday ko`ngil bo`ldi?
O`zimizning oxiratimizni obod qilish uchun bu o`tkinchi dunyoda poydevor qo`ymasak, biz uchun boshqalar harakat qilmaydi.
Qiyomat kelganda hamma o`zi bilan band bo`lib qoladi.
Shuning uchun, "ko`nglida bo`lganlar" boshqa amal qilayotganlardan kamchilik qidirishga vaqt sarflamasdan o`zlari harakat qilishni boshlashlari o`rinli deb o`ylayman. Izlaning, o`rganing, amal qilishni boshlang. Sizning fikringizcha o`sha 1000 ta duo o`qib turib, boshqa qilayotgan amallari bilan Islom sha`niga dog` tushirayotganlarga o`rnak bo`ling. Allohning roziligi uchun bilmaganlarga o`rgating, kamchilkiklarini ko`rsating.
Biror qattiq so`z bilan hech kimning ko`nglini ranjitmadim degan umiddaman.
Lonely
05-06-2008, 09:26 PM
mana shu postingiz ham qiziqchilarni gapida jon borligini ko'rsatib turibdi.
prosto, biz mustaqillikdan keyin "mustaqil bo'ldik, bo'ldi bundan buyog'i faqat besh bo'ladi" deb sal hovliqip qoldik ( hech bo'lmasa mutasaddi shaxslar). lekin, mana sekin sekin muammolar bir bir dogonyat qivolishyapti.
Birodar, qiziqchilarni juda yaxshi ko`rasiz shekilli ))
Muammolar avvaldan ham bo`lib kelgan, biroq Sovet davrida bizda ular bilan kurashishga etarlicha qurol yo`q edi.
Hozir esa Alhamdulillah, muammolarni echimini topish uchun qo`limizda o`ta kuchli qurolimiz bor - bu bizning dinimizdir. Agar astoydil urinib, o`rganib, Islom qonun-qoidalari bo`yicha yashashga harakat qilsak har qanday muammoni osonlik bilan hal qila olishimiz mumkin. Allohning o`zi qo`llasin.
AKULA
05-07-2008, 11:15 AM
Unda kelishdik, ham ko'ngilda ham tilda bo'lsin. Sizdan ugina, bizdan bugina, deal?
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.