PDA

View Full Version : Question O'zbek ayolini asrangiz


kitayoza
05-05-2008, 10:11 AM
Hammamizga ma'lumki hukumatimiz tamonidan Sog'lom oila qurushga tashviq yuzasidan tug'riqhonlarda yangi tuqqan ayolga majburiy, homila bo'lishlikni oldini olish vositasini o'rtanishadi.
Bunaqa qilishdan maqsad tug'ish sonini cheklash emas, balki soglom avlod voyaga yetkazish maqsadidir.
Lekin bu choradan ham boshqa alternativ choralar mavjud.
Masalan uyg'ur qardoshlarning juda kereyli bir urf odati bor ekan.
2 yillik uyg'ur millatining urf odatlarini o'rganish asnosida shuni guvohi bo'ldimki, uyg'ur ayollari bizning o'zbek ayollarimizdan ko'ra sog'lom va hushbichimliroqdir.
Yani jismoniy baquvvatdir.
Boshida buning sababini qalampir-garimdorini ko'p iste'mol qilishdamikan deb o'ylab yurardim. Rostide, o'zi bo'ladimi 15-20 daraja sovuda bosh yalang ko'chada yurisa.:shock: Biza shapka kiygan holatda ham titrab yursak bularning parvoi palak.

Lekin yaqinda shuni aniqladimki, bu uyg'ur ayoli farzand tuqqanda o'zicha retual-odatlari bor ekan.
Shular haqida silarga ma'lumot bersam. Balki uyg'ur birodarlar ham to'ldirishar.

Ho'sh, birinchi farzand tug'ilishi bilan kelinchak, o'z onasinikiga 40 kunga ketarkan, bolasini ko'tarib.
Yaxshi tarafi.
1.Kelinchak qiynalmaydi. Har holda hali tug'ib, kotta qilmagan teoretikka, o'z onasi yaxshi ustoz bo'ladi.
2.Kelinchak 40 kunga bo'lsa ham qaynona hizmatidan halos bo'ladi. Buyam kooootta ne'mat.

Yana bir juda yaxshi odat, kelinni yani, uyga kelgan qizini ona, shunday o'rmab chirmab tashaydiki, hutti plinyonniy chaqaloqda farqi qolmay qoladi. Tasavvur qiling, qiz 40 kun ko'chaga, hatto hovlisidagi tualetga ham chiqmasdan, o'sha honani o'zida 40 kun o'zini va farzandini parvarish qiladi.
Endi bizani o'zbek ayolini tasavvur qiling. Raddomdan boshlanadi hammasi.
Yoz bo'lsa mayli, lekin qishda tuqqan ayol, raddomni o'zidan muzlashni boshlaydi. Ro'molli ayol bo'lsa ham, tug'riqhonada ochiq sochiq yuraveradi. Birinchi shamol urush o'sha yerdn boshlanadi. Keyin 3-4 kun o'tgandan keyin kuyov bola hursandchilikdan "bolani roddomdan olib chiqish marosimini" boshlab yuboradi.
Uyga kelar kelmas ostonada qaynona boshchiligidagi 10 ta qarindoshlar kutib, kichik to'yni boshlashvoradi. Kelinchak hali issinmasdan, o'ziga kelmasdan, bir bolaga qara, bir mehmonlarga. Ana o'sha yerda ikkinchi shamol tegish bo'ladi.

Avvallari kelinchakning 2 ta obekt vnimaniyasi bo'lsa endi yana bittaga ko'payadi. Ertalab erni yuvintir-tarantir, ovqatini ber, shimini dazmolla, tufligini art va hakozo. Ertalabdan kechgacha qaynonaning hizmati, ovqat, idish yuvish va hakozo. Kechqurun esa dam olaman desa, kichkintoy ahsula aytishni boshlaydi. Agar er degan "balo" yaxshi bo'lib, "ke san damingni ol, bolaga men qariyman" desa dedi, bo'masa ertalabgacha uyqisirab bolaga qarab chiqadi.
Va shu asnoda bolaning 40 ham chiqadi, i hammasi dalshe ketaveradi.
Ho'sh bunaqada o'zbek ayoli sog'lom bo'ladimi? Bunaqada o'zbek ayolidan sog'lom avlod paydo bo'ladimi?:rolleyes:

Shu uyg'ur qardoshlarimizning odatini, o'zbek oilalariga kiritishga nima diysila?
Nima qilib, o'zbek ayolini sog'lom bo'lishligiga va sog'lomda ayoldan sog'lom avlod qolishiga o'z hissamizni qo'sha olamiz?!

Masanori
05-05-2008, 10:13 AM
Ayolingizga uz tengizdagi odam, inson sifatida qarashni urgansangiz, shuni uzi kifoya!

kitayoza
05-05-2008, 10:17 AM
Ayolingizga uz tengizdagi odam, inson sifatida qarashni urgansangiz, shuni uzi kifoya!

uylanmagan odamlarning fikrlari to'liq emas deb hisoblanadi. Faqatgina oila mavzusida.:D

Masanori
05-05-2008, 10:20 AM
uylanmagan odamlarning fikrlari to'liq emas deb hisoblanadi. Faqatgina oila mavzusida.:D


mashnaqa muzokaralda ishtirok etib, urganibb borilik dimande...

kitayoza
05-05-2008, 10:25 AM
mashnaqa muzokaralda ishtirok etib, urganibb borilik dimande...

A unda gap yo'. Bemalol. Shu mavzuni slejkaga qo'yib qo'yseyz, har doim shu mavzu bilan birga bo'lasiz.:D
Qachon to'y Masabek.
Topdizmi o'z tengizni, inson sifatida qaraydigan qizni?!:D

Masanori
05-05-2008, 10:26 AM
A unda gap yo'. Bemalol. Shu mavzuni slejkaga qo'yib qo'yseyz, har doim shu mavzu bilan birga bo'lasiz.:D
Qachon to'y Masabek.
Topdizmi o'z tengizni, inson sifatida qaraydigan qizni?!:D

To`ydan habarsiz qolib ketmaysizlar...topilgandek...

Délice
05-05-2008, 11:49 AM
Lekin bu choradan ham boshqa alternativ choralar mavjud.Masalan uyg'ur qardoshlarning juda kereyli bir urf odati bor ekan.

Ho'sh, birinchi farzand tug'ilishi bilan kelinchak, o'z onasinikiga 40 kunga ketarkan, bolasini ko'tarib.
Yaxshi tarafi.
1.Kelinchak qiynalmaydi. Har holda hali tug'ib, kotta qilmagan teoretikka, o'z onasi yaxshi ustoz bo'ladi.
2.Kelinchak 40 kunga bo'lsa ham qaynona hizmatidan halos bo'ladi. Buyam kooootta ne'mat.


Adashmasam, bu odat ba'zi viloyatlarda hali-hanuz saqlanib qolgan.
Faqat bu odat hozirda odamlarning yodidan ko'tarilib boryapti.

Qaynona xizmatini qilish - "kooootta ne'mat" edi shekilli. :)
Yigitlar-ki tushunibdimi qaynonani ko'ngliga qarash qanchalik qiyinligini, demak, ayollar indamasa ham bo'ladi. :)

Sirena
05-05-2008, 01:43 PM
40 kunga ketsa er jonvor nima qilarkan? Bitta shu tarafi yoqmadi, otasi chaqaloqni ko'rmas ekande?
Yahshi fikrku lekin onani o'rnida qaynona bo'lsa undan ham yahshiroq bo'lar edi.
Hushbichimli qanaqa bo'larkan?

WebMonster
05-05-2008, 04:03 PM
Heh, ja Ayol.Uz (http://www.ayol.uz) bop mavzu bo'lipti ku. :)

Izida
05-05-2008, 04:05 PM
вообщето эта традиция есть в узбекистане. ;)

kitayoza
05-06-2008, 05:16 AM
Adashmasam, bu odat ba'zi viloyatlarda hali-hanuz saqlanib qolgan.
Faqat bu odat hozirda odamlarning yodidan ko'tarilib boryapti.

Qaynona xizmatini qilish - "kooootta ne'mat" edi shekilli. :)
Yigitlar-ki tushunibdimi qaynonani ko'ngliga qarash qanchalik qiyinligini, demak, ayollar indamasa ham bo'ladi. :)

koootta ne'mat?!:shock: Kim etibdi bunaqa safsatani?!:lol:
Qaysi viloyatda bor bunaqa odat? Habar beringchi.

kitayoza
05-06-2008, 05:20 AM
40 kunga ketsa er jonvor nima qilarkan? Bitta shu tarafi yoqmadi, otasi chaqaloqni ko'rmas ekande?
Yahshi fikrku lekin onani o'rnida qaynona bo'lsa undan ham yahshiroq bo'lar edi.
Hushbichimli qanaqa bo'larkan?

Ho'sh 40 kun kak raz erkey uchun kerey bo'magan muddat.:D Mumkinamas...:lol:
Chaqaloqni ko'rish uchun kuyov bola borib kelaveradi kelinning uyiga. Faqat hotini turib kutvomiydi. Yotganicha yotaveradi.
Qaynona?:shock: Nimalar deyapsiz. Kelin bilan qaynona faqat hayolda birga kak ona va bola bo'la oaldi. Ha gap so'zda "palonchihon menga kelin emas, qiz" desayam bu opqocharlikdan boshqa narsa emas. Kelin kelin, qiz bu qiz.:D
Ho'sh hushbichimligi deganda bu belihipchaligi va belanga bo'masligidir. Bizani o'zbek ayollarining 30 ga kirib bel og'rig'i kasalga duchor bo'lishi hech kimga sir emas. Hohlaseyla shu forumda bir so'rovnoma ochamiz.:lol:

kitayoza
05-06-2008, 05:21 AM
Heh, ja Ayol.Uz (http://www.ayol.uz) bop mavzu bo'lipti ku. :)

hali shu mavzuni takommillashtirib ayol.uz ga qo'yamiz, ins.:D

kitayoza
05-06-2008, 05:23 AM
вообщето эта традиция есть в узбекистане. ;)

Qaerda? Qaysi viloyatda? Namanganda tochno yo'.:D Buni bilaman.
O'zi qachon bizani o'zbek ayoli 40 kun qimillamey yotgan. O'lib qoladiyu, qimillab turmasa. O'z onasinikida ham o'zini kak oboza his qilib, ertasiyoq oyoqqa turib, hovli shupurib, suv sepib, qozonga ovqat sop qo'yadi.:rolleyes:

Délice
05-06-2008, 05:33 AM
koootta ne'mat?!:shock: Kim etibdi bunaqa safsatani?!:lol:
Qaysi viloyatda bor bunaqa odat? Habar beringchi.

Qaynonalarni gapiga qaraganda, ularning xizmatini qilish "koooootta ne'mat" de.. :D

Aniq xabarim yo'q, lekin vodiy tomonlarda shu odat haligacha saqlanib qolgan.

Vector
05-06-2008, 05:38 AM
buni Ozbekistonda adaptaciya qilish nevozmojno bosa kere, qaynanala dod devoradi, kuyov bollayam shekil....lekin yahshi tradiciya ekan, man lichno ruhsat berardim. :)

Musofirbek
05-06-2008, 06:09 AM
Kitayozaka Uzbekistondagi ayollani "konslagerdagi uzbek ayollar" dep qoya qolmapsiz de :D
Unqa jaa qorqitmangda, bettagi (kelin)lani ko'pisi Uzda yashamaydi :D


Qaynonalarni gapiga qaraganda, ularning xizmatini qilish "koooootta ne'mat" de.. :D

.
Koootta ne'mat ekanligini kelinlar faqat uzlari qaynona bo'lganlaridagina tushunnishsa kerak :)

Asadbek
05-06-2008, 06:44 AM
Keyin 3-4 kun o'tgandan keyin kuyov bola hursandchilikdan "bolani roddomdan olib chiqish marosimini" boshlab yuboradi.
Bunaqa odat asosan Toshkent, Samarqand kabi katta shaharlarda bo`lsa kerak. Aslida ham Toshkentda boshlangan bu odat.
Bir taksida ketyotganimda, taksist yigit gapirib beryapti: "Birinchi farzandimni, polojeniyam yaxshi edi, yangi Nexiada ob chiqdim roddomdan. 2-farzandim tug"ilganida ishim zo"r edi, kak polojena Mercda ob ketdim. Keyin vaabshe o"tirdi biznesim, 3-farzandimni blin zaparojda uyga obketdim..." deydi. Shu ham gap bo"ldimi... Xudo bergan farzand, aravada ham xursand bo"lib ob ketish kerak, desa, ha endi-de, deydi.

Uyga kelar kelmas ostonada qaynona boshchiligidagi 10 ta qarindoshlar kutib, kichik to'yni boshlashvoradi. Kelinchak hali issinmasdan, o'ziga kelmasdan, bir bolaga qara, bir mehmonlarga. Ana o'sha yerda ikkinchi shamol tegish bo'ladi.Biz tarafda 40 kun chilla vaqtida uyga mehmon kelmaydi. Agar xonadonda yangi chaqaloq tug"ilganligini eshitmasdan kelishmagan bo"lishsa... Yangi onaga ham hovli supur, uni qil-buni qil degan ishlar buyurilmaydi chilla vaqtida.

Bunaqada o'zbek ayolidan sog'lom avlod paydo bo'ladimi?:rolleyes:To"g"ri, kamchiliklar bor. Ancha-muncha narsani yaxshilash kerak. lekin, Uzg"urning farzandi O"zbekning farzandiga qaraganda sog"lomroq ekanmi? :)

NanOnaN
05-06-2008, 06:59 AM
Kitayozaka bizadayam 40 kun chillada kelin hich u bu ish qimidi manimcha, agar jaa otaketgan zolim qaynona bomasa.

Ozini bolasini eplap otiradimanimcha, ungayam sinilarimiye keladi adashmasam.

Uyg'ur qizla soglom deng
Uylanmaganlani oylantirip qoydizku;)