View Full Version : Yosh bolali ota-onalar...
Godunov
05-07-2008, 10:51 AM
Yosh chaqaloq bilan chet elda yashashga nima deysizlar, kimda qanday fikr va maslahatlar bor?
Erkak kuni bo'yi ishda bo'lsa, ko'chaga chiqib kelishga bolaga qarab turadigan odam bo'lmasa ayolga kishiga ertalabdan-kechgacha qimillamasdan bolaga qarab o'tirish azob bo'lsa kerak deb o'ylayapman, yoki bu tabiiymi? Moms, nima deb o'ylaysizlar?
LIBRA
05-07-2008, 11:43 AM
mom bo'lmasam ham o'z fikrimni bildirmoqchiman, harholda sizni yosh oilangiz mavjud. Istar Uzb.da istar chet-elda bo'ling, ayollar bunga qo'pol aytganda mahkum, siz ertalabdan kechgacha ishda bo'lasiz, ayolingiz esa bola boqadi. Bu tabiiy hol. Ho'p aytaylik vataningizda qo'ni-qo'shni, qarindosh urug', balki yoningizda ota onangiz (ya'ni kelin bolaga ko'maklashadigan qaynona) bordir, lekin orada uncha katta farq bo'lmaydi, qaytaga bu + bir tarafdan, agar farzandingiz bo'lmasa edi aytardim ''Yosh kelin ertalabdan kechgacha bir o'zi uyda ho'jayinini ishdan kelishini zerikib kutib o'tirar ekande'' deb, agar masalan ular ishlamasalar siz ketgan joyda... Lekin bola yonlarida bo'lsa kun bo'yi bir ish bilan mashg'ul bo'lib zerikmaydilar... =) bola tarbiyasi bilan shug'ullanadilar. Keyin u yerdagilar ham inson, qo'shnilar bilan do'stlasharlar balki?! balki 1-2ta vatandoshlar topilar? hullas boshida saaaaaaaaal boshqacharoq tuyulishi mumkin lekin vaqti bilan o'rganib ketadilar. =) Keyin harholda oylarcha tashqariga chiqmaydilar emasku, kechkipaytlar, yakshamba kunlari.... Hullas uncha qiyinchilik bo'lmaydi, menimcha albatta
victoria
05-07-2008, 11:59 AM
agar boradigan joyni tilini bilsalar va yana yul yuriq kursatuvchi bironta opahonlar bulsa, unda unchalik qiynalamaydilar, lekin sizga kuproq tayanishlari kerak buladi, shunda siz turib berishingiz kerak, uyni ham ovqatni ham baravar qilib, chunki bola katta qilish oson emas. mashina haydashni urgating agar mashinasiz yurilmasa)
uzimni 2 ta bolam kattasi 2.5 kichkinasi 1 oylik, ikkalasini ham uzimiz ( turmush urtogim bilan birga) katta qilib kelvomiz. ozgina qiynalsam ham, lekin toshkentda otasiz bolalarimni ustirmayman va turmush urtogimni yolgiz tashlab ketmayman. oila bulgandan keyin, oila birga bulish kerak. bolani ham birga katta qilish kerak. man kun buyi uyda utirmayman, kuniga 2 mahal bolalarimni parkka oboraman, qizim haftada 3 marta bogchaga boradi. aytmoqchi bulganim katta qilsa buladi.
P.S. toshkentda ham katta qilishni uzining ijobiy salbiy tarafi bulgandek ,chetda ham shunday, maslahatim olib kelishdan oldin, shu erdagi dustlariz tanislariz oilali bulsa, surang qaerga duhtirga borishida, qaerda duhtir yaxshi, qanaqa strahovka hamma hamma narsa haqida surishtiring, qaerda bogcha yaxshi, uzbek honadon topsang , undan yaxhsi usha erdagilar ayolingizga yol yuriq kursatishadi hamma narsani urgatib.
Yenge
05-07-2008, 12:24 PM
Biza bolamiz 7 oyligida chetga chiqqanmiz. Asosiy qiyinchilik sog'liq bilan muammo bo'lganda bo'lishi mumkin. Chunki hamma joyni sog'liqni saqlash tizimi o'ziga xos. Ko'proq e'tiboringizni shunga qarating. Kelishdan oldin doktorlar bilan maslahatlashing, yaxshi pediatr bo'lsa telefonini olvoling. Maslahat kerak bo'lganda qo'ng'iroq qilish uchun. Ba'zi dorilarni zapas ovolish mumkin.
SmIlIk
05-07-2008, 12:38 PM
Yosh chaqaloq bilan chet elda yashashga nima deysizlar, kimda qanday fikr va maslahatlar bor?
Erkak kuni bo'yi ishda bo'lsa, ko'chaga chiqib kelishga bolaga qarab turadigan odam bo'lmasa ayolga kishiga ertalabdan-kechgacha qimillamasdan bolaga qarab o'tirish azob bo'lsa kerak deb o'ylayapman, yoki bu tabiiymi? Moms, nima deb o'ylaysizlar?
Oson emas, lekin qilib bo'lmaydigan ish ham emas. Kuni bilan ishda bo'lsangiz, ishdan keyin ozma-oz yordam berib yuborsangiz ham bo'ladi. Shanba otdih uy ishlarini bo'lishib olsangiz ham yaxshi bo'ladi. Yoki siz bolachaga qarang, turmush o'rtog'ingiz ishlarni qilib ozgina dam olib olsinlar.
Turmush o'rtog'ingiz birinchi ikki oy ancha qiynalishlari mumkin. Yaxshi gapirib, ortiqcha ularga yuk qilmasdan dalda bo'lib, butun dardlarini sizga to'kib sochganlarida tog'dek turib bersangiz shuni o'zi juda katta gap. Iloji boricha bola tug'ilgandan keyin ikki haftaga bo'lsa ham ishdan off oling. Sizga ham bola bilan yaxshi bonding bo'ladi, turmush o'rtog'ingizga ham juda katta yordam bo'ladi. Zerikishga vaqt bo'lmaydi hisob. Lekin ozgina depressiya bo'lishi mumkin. Shuning uchun ozgina sabrli bo'lishga to'g'ri keladi. Nastroeniyalarini ko'tarib turishingiz juda maqul ish, chunki onaning kayfiyati bolaga juda tez o'tadi.
Keyinchalik havo yaxshi bo'lsa ko'chaga o'zlari birrov chaqaloqcha bilan aylangani chiqib kelsalar bo'ladi. Eng asosiysi farzand kunduzi ko'pgina uhlaydi, uhlagan vaqtda turmush o'rtog'ingiz ham uhlashlari kerak/shart.
Turmush o'rtog'ingiz yaxshi ovqatlansinlar. Ko'krak bilan emizadigan bo'lsalar bolacha ham ancha kasalliklarga immune bo'ladi. Uyda ovqat qilolmasalar jahlingiz chiqmasin. Bir amallab bir ikki oy ozgina qiynalsangiz ham ko'chadanmi, o'zingiz qilibmi, tuhum qo'vuribmi yeb turing :) Ayolingiz sizni och qoldirishni hohlamasdan ham rosa harakat qilishlari aniq. Lekin, juda qattiq charchab qolmasinlar. Bir biringizga shunday yordam berib chaqaloqqa qarashni boshlasangiz oilangiz mustahkamlashadi, ayolingizning sizga bo'lgan muhabbatlari yanada ortadi. Maslahat kerak bo'lsa, shu yerga yozavering. Bolalari bor ayollar forumda talaygina. Aminmanki, maslahatlarini sizdan darih tutmaydilar.
blogger
05-07-2008, 01:26 PM
Tajribalilarga bir yana bir savol :)
Besh oylik chaqaloq bilan yo'l yursa bo'ladimi, sog'lig'iga hafvli emasmi?
Bo'lsa, qaysi biri qulay samolyotmi, poyezd?
~Atirgul~
05-07-2008, 02:23 PM
Tajribalilarga bir yana bir savol :)
Besh oylik chaqaloq bilan yo'l yursa bo'ladimi, sog'lig'iga hafvli emasmi?
Bo'lsa, qaysi biri qulay samolyotmi, poyezd?
O'zim 6 oylik bolam bilan samaletda uchgandim, bezovta bolmagan, faqat diper almashtirish noqulayroq, Agar ayolingiz bolani emizsala undan ham yahshi, samoletda qulay bo'ladi o'zlariga, bola emib uhlab ketadi.
SmIlIk
05-08-2008, 08:53 AM
Tajribalilarga bir yana bir savol :)
Besh oylik chaqaloq bilan yo'l yursa bo'ladimi, sog'lig'iga hafvli emasmi?
Bo'lsa, qaysi biri qulay samolyotmi, poyezd?
Samoletda Atirgul uchganla . Biza bir yoshgacha samoletga chiqmaganmiz, lekin, moshinada yo'lga chiqqanmiz (va juda ko'p marta). Kerakli hamma narsalairni olib olsangiz, har 1 soatda car seatdan chiqarib ozgina shamollatsangiz, shu vaqt ovqatlantirib ham olsangiz tinchgina borasizlar. Lekin o'ta issiq bo'lmasin. Issiqda moshinani ichida katta odam pishib qoladi. Keyin mashinani oynasini tanirovka qilish yaxshi ideya (UV protection bilan). Oynasiga quyosh tushirmaydigan pardacha ossangiz ham juda yaxshi bo'ladi. Biz pardachadanam o'ta, oynani o'ziga o'g'limni oq sochig'ini qistirib qo'yardik. Chunki pardachadan baribir quyosh o'tadi, bezovta bo'lardi. UV protectionli tanirovka bo'lmasa pediator bilan maslaxatlashib yo'lga yozda chiqqanda sun block surtsangiz ham bo'ladi.
Godunov
05-08-2008, 09:13 AM
Katta raxmat hammaga!
Ha yosh oilamiz, medical insurance bilan muammo bo'lmasa kerak, faqat yaqin do'stlarimni oilasini ko'pchiligi Pragadamas, keyin oilamni chex tili bilan muammosi bor, shuni uchun hamma narsaga o'zim chopishim kerakmi deb qo'rqayapmanda :D
Ladies, sizlarga yana bir bor raxmat maslahat berishga hohish bildirganliklarringiz uchun, agar yana maslahat kerak bo'lib qolsa, albatta so'raymiz.
SmIlIk
05-08-2008, 10:31 AM
Katta raxmat hammaga!
Ha yosh oilamiz, medical insurance bilan muammo bo'lmasa kerak, faqat yaqin do'stlarimni oilasini ko'pchiligi Pragadamas, keyin oilamni chex tili bilan muammosi bor, shuni uchun hamma narsaga o'zim chopishim kerakmi deb qo'rqayapmanda :D
Ladies, sizlarga yana bir bor raxmat maslahat berishga hohish bildirganliklarringiz uchun, agar yana maslahat kerak bo'lib qolsa, albatta so'raymiz.
Tilni biladigan oila bo'lsa atrofingizda shular bilan ayolingiz do'stlashsinlar. Sekin sekin tilni ham o'rgansinlar. Chunki baribir mayda narsalarni o'zlari uyda qilib o'tirganlari ma'qul. Bill to'lash bo'ladimi, telefonda vrachga telefon qilish bo'ladimi sizga ancha yordam bo'ladi. Agar uyda tilni faqat siz biladigan bo'lsangiz o'ziz yugurishingizga to'g'ri keladi. Sizga ham oson tutib bo'lmaydi. Lekin turmush o'rtog'ingizni ham moslashtirib o'rgatib borishingiz kerak.
Vrachlarga o'ziz olib borishiz kerak bo'ladi. Bir amallab birinchi bolangizga vaqt topib shunday qilavering. Keyingilarida kelin oyi o'zlari eplab tashlaydilar :)
Odildustov
05-11-2008, 10:49 AM
Godunov, imkoni bulsa oldizga yurganlari ma'qul. qiyinchilik bulgani bilan farzandiz bir tabassum qilsa hammasini esdan chiqarib yuborasiz :). ayol kishi tem bolle sizni yonizda birga bulish uchun hamma qiyinchilikka ham rozi buladi. eng yomoni farzadizni qanday katta bulayotganini kurmasligiz. lekin ikkinchi tomoni shundaki, bolalariz kattagina bulib qolsa 3-4 yoshlik, ana ula bobomni, momomni kuraman deb boshizni ogritadi.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.