PDA

View Full Version : Men nechun forumdaman?

Logoscience
05-10-2008, 07:11 PM
Assalomu-alaykum forumdosh.

Bu savolni o'zingizga bir necha martalab bergan bo'lsangiz ajabmas. Men ham bu savolni o'zimga berdim. Javobi esa quyida.

Tanishuv
Men bu forum haqida chet elga chiqqanimning 2-haftasida xabar topdim. Google da uzbek deb izlaganimda forum useri uzbekvoice ning uzbekvoice.tk sayti topiladi va bu saytdan yana bir forum useri (aytish joiz bo'lsa eng faol useri) Asadbekning saytiga yo'llanma ochiladi. Bu esa forumning topilishiga asosiy sabab bo'lgan sayt edi.

Ilk davrlar
Forumdagi ilk davrimda ko'proq o'qir edim. Ayniqsa siyosiy postlarni. O'sha paytda rasmiy axborotdan farqli axborotga chanqoq edim-da. Post qilishga dastlab jur'at yetmadi, keyin esa o'ylab ko'rsam bilim ham yetmas ekan. Har bir yozgan postga asos bo'lishi shartligi meni post yozishdan tiyib turardi. Keyinroq o'zimni "baliqdek" his qiladigan adabiyot hovuziga kalla tashladim. Asosiy postlarim shu bo'limda edi va hozir ham shunday.

Adabiyot bo'limi
Bu bo'limning o'ziga tortadigan jihati odamga ko'proq ma'naviy ozuqa berishidadir. Dastlab o'zimdagi zapas she'rlarni asta post qila boshladim. Keyin DIDO, 6972 va yana bir qancha userlar bilan mushoira bahona on-line she'rlar yozila boshlandi.

Ba'zi she'rlarni o'qib boshqa mazmunga hayol ketib qolganda, shu mazmunlarni boshqalarga aytsam qandoq bo'larkin deb o'ylab qoldim va natijada Abdurayim Hay-hay va Mamarayim Bay-bay paydo bo'ldi.
Keyinroq Anvar Obidjonning Gulmati sabab "g'azal" yozishga ishqibozlik boshlandi va buning natijasi o'laroq Shomil Vos-vos paydo bo'ldi.
Erkin Vohidovning Matmo'sasidan ilhom olib shu shaklda turli sayohatnoma va sarguzashtnomalar paydo bo'ldi. Va so'nggi yangilik Bahoroy sabab jo'qichilikka o'tib ketdim.

Savolga javob
Endi savolga javob bersam. Meni hanuz forumda ekanimga asosiy sabab uning userlari. Mening temir daftarimdan joy olgan userlarning postini o'qish uchun ham forumdaman. Qolaversa, adabiyot sahifasi orqali boshqalarga ozgina bo'lsa ham yaxshi kayfiyat ulashish maqsadi ham tinchlik bermaydi.

Ha albatta forum ancha vaqtingizni oladi. Lekin siz forumda o'tgan vaqtingizdan unumli foydalansangiz ham bo'ladi. Har bir kirganingizda nafaqat ma'naviy ozuqa, balki biror foydali ma'lumot (bilim) olishga harakat qiling. Men doimo shunday qilishga intilaman.

Forumning yana bir tortadigan tomoni o'zingizga qiziq mavzuda o'zgalar fikrini bilishingiz mumkin va alal oqibat bu sizning tugal fikringizni shakllanishiga ijobiy ta'sir qiladi. O'zingizga kerak biror ma'lumotni yoki savolingizga javobni forumdan topishingizga imkoniyat katta. Uning ustiga yangi tanishlar orttirasiz. Bu tanishlar hayotda juda asqotadi. O'zimning tajribamdan kelib chiqib aytyapman.

Xullas, hali gap ko'p edi-yu vaqt yo'q. Qolgan gaplar keyinroq.

kitayoza
05-10-2008, 09:55 PM

va alaykum assalam.
O'ziyam shoirsipat yigit ekansiz.:lol:
A tak manabu aytgan gaplarizga 100 da 100 qo'shilaman:
"Ha albatta forum ancha vaqtingizni oladi. Lekin siz forumda o'tgan vaqtingizdan unumli foydalansangiz ham bo'ladi. Har bir kirganingizda nafaqat ma'naviy ozuqa, balki biror foydali ma'lumot (bilim) olishga harakat qiling. Men doimo shunday qilishga intilaman."

Bizayam sizning savol-javobizga o'xshab post qilsak bo'ladimi?:rolleyes:

Logoscience
05-11-2008, 04:15 AM

Bemalol, Kitayoza. Men uchun ham boshqalar uchun ham qiziq bo'lsa kerak deb o'ylayman.

kitayoza
05-11-2008, 11:05 AM
Bemalol, Kitayoza. Men uchun ham boshqalar uchun ham qiziq bo'lsa kerak deb o'ylayman.

E man o'zimam tolkom tushunmayman. Nimaga 2-3 soat umrimni shu yerga sarf qilishimni.:lol:
manimchali humor qilsa kerey. Bo'ladiku qanaqadur narsalarga bog'lanib qolib, kirmasa, bosh aylanib, ko'z tinadigan holatchi. E mandayam shunaqa bo'ladigan bo'pqogan forumga kirmasam.:D
Qisqa qilib aytsam, humorni ketkazadigan joy bu forum.:lol:

blogger
05-11-2008, 11:20 AM
Men ham bir necha kundan beri shu savol haqida bosh qotirib yuruvdim, shunaqa savol qo'ysam forumchilarga qanaqa javob kelarkin, deb.

Kitayozaning javobini xuddi o'zi yozgandek tasavvur qiluvdim :)
Xoji akaga forum bir uyday bo'p qolgan busa kerak deb yurardim :)

O'zimga kelsak, men bu yerga asosan ikki mavzu, islom va ijtimoiy siyosiy postlar uchun kiraman. Islomda biror narsani o'rganayin desam,

Siyosat va ijtimoiy masalarga qiziqsihdan maqsad: Menga boshqalarning fikri qanday, nima haqda o'ylayabdi, shu narsalar ko'proq qiziq.

Kasb shuni taqozo etadi :)

Logoscience
05-11-2008, 11:33 AM
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy postlarning ichida "yuki og'ir"lari ko'p emas. Lekin siz o'zinggiz uchun muammolarni turli tomonlama yondoshishdan kelib chiqadigan xulosalarni chiqarasiz. Umumiy xulosalar bo'yicha otchetni kimga qay tarzda topshirish turli tashkilotlarda turlicha. ;)

Logoscience
05-11-2008, 07:09 PM
Amaki pishib qopti :))

YouTube - Uzbek Prikol

Logoscience
05-11-2008, 07:23 PM
Isxoqjon qori qo'shiqlari

YouTube - Uzbek song Bilmay (Ishoqjon)

YouTube - Uzbek song Yetim, Orphan (Isoqjon Qori)

YouTube - Uzbek song Onam Uchun (ISOQJON)

YouTube - Uzbek song EY ONAM (Isoqjon Qori)

Logoscience
05-11-2008, 07:26 PM
YouTube - Uzbek song Adashdim (Isoqjon)

YouTube - Uzbek song Yaxshilar (Isoqjon)

YouTube - Uzbek song Duosini ol (Isoqjon)

YouTube - Uzbek song Kelib Ketgan (ISOQJON QORI)

Logoscience
05-14-2008, 07:30 PM
Vatanda ham deyarli dardi bor qo'shiqlarni eshitishni yoqtirardim. Chet elga chiqqandan keyin bu dardli qo'shiqlarning ta'siri ikki hissa oshganday. Nimagadur Amriqoning qo'shiqlariga hech ko'nikolmadim. Oz-moz "kantri-muzik" eshitib turmasam, qolganlari hech ko'ngilga o'tirmadi. :? Dard yo'qday, ovozlarida ham shira bilinmaydi.

Kalon Bek
05-15-2008, 12:22 AM
Bu sizni shahsiy bloginggizmi endi Erkin aka?

Yahshimisiz? Shirin suvni suvini sog'indizmi?:D

Logoscience
05-15-2008, 04:33 AM
Bu sizni shahsiy bloginggizmi endi Erkin aka?

Yahshimisiz? Shirin suvni suvini sog'indizmi?:D
Ha, bu mening shaxsiy blogim. Boshqa threadlarga off top qilmasdan shu yerga dardimni to'kib turaman. :D

Shirin suvning suvini Kichkina Xitoyning o'zida ham sog'inaman. ;)

O'zingizda chi gaplar? Yo'q bo'lib ketdingiz. Tornadoning qo'rquvi hali ham o'tmadimi? ;)

Logoscience
05-15-2008, 02:59 PM
Yo'lni tushuntirishning o'ziga xos yo'li. :D
Anvar Obidjonning "Gulmati" men uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai. :D

Beshyag'och bozorida yurg'on edim tinglab g'ovur,
Bir musofir so'rdikim qayda deb Shayhontovur.

Man dedim: shundin yurib, shung'o borib, shundog' buril,
Uchrag'ay bir to'p baqa bulbul bo'lib turg'on zovur.

Ko'frigin taslim etib o'tg'och zovurdin nariga,
To'g'ri yur hushtakfurush attori bor joyga dovur.

So'ng buril chaproq yana sertoshu tufrog' ko'chadin,
To'xtama kelguncha duch lag'mon cho'zib turg'on povur.

San oning lag'monidin bir quloch yutqon bo'l-u,
Asta yo'l so'rsang keyin so'ylaydi rostin, haytovur...

Ketdi ul qulluq ila, boqsamki - cho'ntak qup-quruq,
Vaysatib Gulmatni, vah, kartmonni urdi kissavur.

Logoscience
05-17-2008, 06:42 PM
President Bushni virtual bo'lsa ham o'ldirishibdi.
Bunaqasini endi ko'rdim. O'ziga xos kino.

http://intv.ru/view/?film_id=16598

Logoscience
06-04-2008, 08:12 AM
Abdujalil Qo'qonovning (Oltiariqning Jeksoni) "Olifta qiz" ashulasiga qaytatdan "kasal" bo'ldim shekilli. Kunda 7-8 martadan eshityapman. :?

Bahoroy
06-04-2008, 11:34 AM
Qo`shiqni eshitib mazza qildim, katta rahmat! F`arg`onada to`yda o`tirgandek bo`ldim o`ziyam!:( O`g`lim bilan qizimga o`yinga han tushib berdim yoshlikni eslab. Abjaldi bu qo`shig`i bizning yoshligimizda ja mo`da bo`ludida, har bir to`yda olifta qizga o`ynardi hamma.:P

Logoscience
06-12-2008, 06:21 PM

Uyda raqs bo'yicha musobaqa uyishtirsak qizim ikkimiz o'glim va ayasini doim yutib qo'yamiz. :)

Bikr paytlar Qo'qonda ushbu qo'shiq ham moda bo'lgandi. (Yopishtirmaga qarang :D, I mean see an attachment)

Logoscience
06-12-2008, 06:35 PM
TOEFLga tayyorlanishim kerak edi. 1 haftadan beri TOEFL kitobini o'qishni boshlasam 1-2minutdan keyin voobshe qaragim kelmay qolyapti. Ingliz tilini o'rgangani ishtiyoq umuman yo'qolib qoldi. Vaholanki, bu men uchun juda zarur. Bilmadim, o'ta mas'uliyatsiz bo'p ketyappan shekilli. :?
Kim qanday maslahat beradi? Boshdan o'tkazganlar bormi shunday holatni. Axir boshdan o'tkazgan tabib deydilarku. :rolleyes:

Vector
06-12-2008, 06:40 PM

porumga kamro kirib turin, davosi shu :lol:

Logoscience
06-12-2008, 06:43 PM
porumga kamro kirib turin, davosi shu :lol:
To'g'ri aytasiz. :D
Bu forum janavaram 1 soatimni o'g'irlab qo'yyapti kunda :x

NYyankNY
06-12-2008, 06:52 PM
To'g'ri aytasiz. :D
Bu forum janavaram 1 soatimni o'g'irlab qo'yyapti kunda :x

Dardiz hech balo mas ekan 1 soat atiga

biza kuniga 5 soatimni ogirlap ,undan tashqari yarim soat PM ishlatiladi :lol:

AKULA
06-12-2008, 07:53 PM
Assalomu-alaykum forumdosh.

Endi savolga javob bersam. Meni hanuz forumda ekanimga asosiy sabab uning userlari. Mening temir daftarimdan joy olgan userlarning postini o'qish uchun ham forumdaman. Qolaversa, adabiyot sahifasi orqali boshqalarga ozgina bo'lsa ham yaxshi kayfiyat ulashish maqsadi ham tinchlik bermaydi.

Ha albatta forum ancha vaqtingizni oladi. Lekin siz forumda o'tgan vaqtingizdan unumli foydalansangiz ham bo'ladi. Har bir kirganingizda nafaqat ma'naviy ozuqa, balki biror foydali ma'lumot (bilim) olishga harakat qiling. Men doimo shunday qilishga intilaman.

Forumning yana bir tortadigan tomoni o'zingizga qiziq mavzuda o'zgalar fikrini bilishingiz mumkin va alal oqibat bu sizning tugal fikringizni shakllanishiga ijobiy ta'sir qiladi. O'zingizga kerak biror ma'lumotni yoki savolingizga javobni forumdan topishingizga imkoniyat katta. Uning ustiga yangi tanishlar orttirasiz. Bu tanishlar hayotda juda asqotadi. O'zimning tajribamdan kelib chiqib aytyapman.

Xullas, hali gap ko'p edi-yu vaqt yo'q. Qolgan gaplar keyinroq.

Salom Logoscience amaqi,
bu temir daftar debsiz :D MMX da ishlamismi mabodo :D :D

Forum fikrlash doirasini kengaytiradi, bu gapizda jon bor.

Forumga birinchi kirishim sababi to'grisini etiymi :D chochlari uzuuun, kipriklari manamundoooo, ko'zlari manamundoooo... aqlli, esli, chiroyli MALIKAMni qidirib kirganman :D

Birinchi threatim: UZBEK GIRLS WANTED bo'lib chiqqandi. Prikol-prikol bilan yozvorsam, seryozniy javoblar olgandim. Qizig'i faqat bollar yozishgan, yozgandayam off-offff-offffffff qiptashashgandi :D

Keyin tushunib etdim, bu forumda hamma seryozniy odamla o'tirisharkan.

Bir marta Bahoroyning: QALBGA SANCHIB SHERIYATNING PICHOG'INI threatidan ONAMGA MAKTUB

Mastu alast, beg’am do’sti yor,
Toliqtirar qalbimni manim.
Shunda birdan bo’ladi oshkor,
Yolg’izlardan yolg’iz ekanim.
(Usmon Azim)

she'rini o'qib o'z holatimni ko'rganman. Bahoroyning JO'QI SHE'RLAR threatida ham ko'p marotaba hazillar bilan ko'nglim ko'tarilgan.

Yana nima .... ha, forumdoshlar ichidan XITOYLIK AMAQI (kitayoza) post va threadlari juda yoqadi, o'sha kishi bilan bir qo'l berib ko'rishish niyatim yo'gamas ommalekin.

Umuman forumdaligm sababi: NEW UZBEK GENERATION bilan fikr almashish, do'stlashish, ko'ngil ko'tarish, maslahat olish va hakozo-hakozolar :).

P.S. Ba'zan rezkiy yozvorib xapa qib qo'ysam uzr.

Exclusive
06-12-2008, 07:56 PM

Bratan, new generation sizga ancha tasir qiganga o'hshiydi ... :lool:

AKULA
06-12-2008, 08:00 PM
TOEFLga tayyorlanishim kerak edi. 1 haftadan beri TOEFL kitobini o'qishni boshlasam 1-2minutdan keyin voobshe qaragim kelmay qolyapti. Ingliz tilini o'rgangani ishtiyoq umuman yo'qolib qoldi. Vaholanki, bu men uchun juda zarur. Bilmadim, o'ta mas'uliyatsiz bo'p ketyappan shekilli. :?
Kim qanday maslahat beradi? Boshdan o'tkazganlar bormi shunday holatni. Axir boshdan o'tkazgan tabib deydilarku. :rolleyes:

Kamina tajribasidan kitob o'qigiz kelmasa English kinolarni ko'proq ko'ring, radio tinglang, audio booklar bo'ladi, o'shalarni tinglang. Keyin Native English speaker topvolingda, gaplashavering, gaplashavering, gaplashavering...... Orada grammatikaniyam takrorlab qo'ying :)

O'ylasayizam inglizcha o'ylang, tush ko'rsayizam inglizcha ko'ring ana 1-2 oyda Toefl iz 990ga ko'tarilib ketadi :D

AKULA
06-12-2008, 08:00 PM
Bratan, new generation sizga ancha tasir qiganga o'hshiydi ... :lool:
Nimaga unaq dediz? :)

AKULA
06-12-2008, 08:03 PM
E man o'zimam tolkom tushunmayman. Nimaga 2-3 soat umrimni shu yerga sarf qilishimni.:lol:
manimchali humor qilsa kerey. Bo'ladiku qanaqadur narsalarga bog'lanib qolib, kirmasa, bosh aylanib, ko'z tinadigan holatchi. E mandayam shunaqa bo'ladigan bo'pqogan forumga kirmasam.:D
Qisqa qilib aytsam, humorni ketkazadigan joy bu forum.:lol:

Men buni qonim kamayib ketgan dib yurimman :D :D :D
Endi tushundim, davosi UZFORUM :D

Exclusive
06-12-2008, 08:05 PM
Nimaga unaq dediz? :)

Sizam "amaqi" , "malikam" so'zlarini kop ishlatadigan bo'psiz :lol:

Frida
06-12-2008, 08:15 PM
chunki AQShdasiz, scholar sifatida olib kelisgan. work permit yo'q, ishlay olmaysiz. scholar sifatida campusdagi internetda bemalol o'tirish mumkin. tunu-kun. --- shuning uchun. :D

SAMARKANDI!
06-12-2008, 08:39 PM
chunki AQShdasiz, scholar sifatida olib kelisgan. work permit yo'q, ishlay olmaysiz. scholar sifatida campusdagi internetda bemalol o'tirish mumkin. tunu-kun. --- shuning uchun. :D

Ie under the table paying ishlarchi? :D

Logoscience
06-13-2008, 05:08 AM
Kamina tajribasidan kitob o'qigiz kelmasa English kinolarni ko'proq ko'ring, radio tinglang, audio booklar bo'ladi, o'shalarni tinglang. Keyin Native English speaker topvolingda, gaplashavering, gaplashavering, gaplashavering...... Orada grammatikaniyam takrorlab qo'ying :)

O'ylasayizam inglizcha o'ylang, tush ko'rsayizam inglizcha ko'ring ana 1-2 oyda Toefl iz 990ga ko'tarilib ketadi :D
Siz aytganday qilayapman. "Sariq" jurnallar such as People, Globe, Insider and etc. larni o'qiyman. Bir Narimon (Normon) degan qoravoyni kallasini qotiraman. Turli xil mavzularda atay gap boshlab, bilgan soz'lardan gap yasab gaplashib o'tiraman. Yalqovlik sabab bo'lsa kerak yangi so'z yodlashga toqat yo'q. Shuning uchun eskilaridan foydalanib gap tuzaveraman. Ba'zida Narimon aka juda formal gapirasan deb qo'yadi. O'zini gapini esa zo'rg'a tushunaman (o'ta unformal gapiradi). South dialektini eshitaverib, o'zimam wrov-wrauv deb gapiradigan bo'p qolaman shekilli. Ba'zida unga ruscha so'zlarni o'rgataman desam qiynalib qoladi. Masalan trotuar degin desam "tuatua" deydiyu, hech r ni aytolmaydi. (O'ziyam so'zni topgan ekanmanmi .:))

Xullas, sal grammatikaga o'rganishim kerak. Yozgan ilmiy maqolalarda ham asosan inglizchang very poor, artikllarni ko'p noo'rin ishlatyapsan deb zamechaniye berishadi (I mean reviewers).

Maslahatlar uchun katta raxmat, lekin.
Fridaxonim, hech kimga aytib qo'ymasangiz, bir sirni aytay, stol tagi yaxshi ekan, tax dan holi. :)

VatanparvaR
06-14-2008, 07:59 AM
Ingiliz tilida tortinmay gaplashishni o'rganish uchun, (agar tilshunos bo'lmasangiz), tilni sizga nisbatan ancha yomon biladigan odam bilan gaplashish kerak, yoki o'qitish kerak. Shunda o'zingizda jamlangan bilimlarni butunlayicha ishlatasiz, va hatolaringizni qo'rqmay to'g'rilab olasiz. Yani bu, o'sha sizdagi "xato gapirip qo'ysam nima qilaman" degan to'siqni olib tashlash, kompleksni yo'qotish uchun juda-juda foydali narsa, ishono'ring aka :)

Logoscience
07-05-2008, 05:30 PM
Kuniga forumda 1 soatlar vaqtimni ketkazayotgan bo'lsam, ba'zida azabaroyi qiziqish sabab OFF TOP lar makoniga aylnagan threadlarga kirib qolaman. Hayronman, odamlar forumdan biror ijobiy narsa olish uchun kiradimi yoki biror bir bema'ni narsa tashlab ketgani kirarmikan? :rolleyes:

Oxirgi paytda forumdan ijobiy narsa o'rganish amri mahol bo'lib ketyapti. Endi bundan buyog'i faqat qadrdon bo'lib qolgan ba'zi userlarning fikrini bilish uchun kiraman shekilli. :?

KeSha
07-12-2008, 02:55 PM
It's a good question Logoscience :)
Men nechun forumdaman or Men nechun sevaman forumni :)

Logoscience
07-12-2008, 03:46 PM
2 kundan beri forumga kirsam asabiylashmaydigan bo'ldim. Sababi esa 3-4 ta userlarni ignore listga qo'shganim bo'ldi. Ularning postlarini ham, ochgan threadlarini ham o'qimay qo'ydim. Sizlarga ham shunday maslahat berardim. Bu userlarning kimligini ko'pchilik deyarli biladi. ;)

KeSha
07-12-2008, 03:48 PM

Ishqilib men emasmi Logoscienceaka? :)

Logoscience
07-26-2008, 08:40 AM
Ishqilib men emasmi Logoscienceaka? :)
Siz bo'lganingizda postingizni ko'rmas edim.
--------------------------
USA ning hayoti ham jonga tegdi. Communityga ancha o'rganib qolgan ekanman. Bu yerda sal hayol opketib qolib bir nuqtaga tikilib qolsang o'sha tomonda odam bo'lsa darrov reaksiya qiladi. Endi osmonga qarab hayol suraman shekilli. O'ziyam oxirgi paytda "ajoyib xayolparast" bo'lib ketayapman.

o'zbek
07-26-2008, 11:17 AM
men ham shu savolni unaqasiga ham bunaqasiga ham berib ko'rdim, lekin hali javob ustida bosh qotirib ko'rmadim :)

KeSha
07-29-2008, 09:02 PM
Siz bo'lganingizda postingizni ko'rmas edim.
--------------------------
USA ning hayoti ham jonga tegdi. Communityga ancha o'rganib qolgan ekanman. Bu yerda sal hayol opketib qolib bir nuqtaga tikilib qolsang o'sha tomonda odam bo'lsa darrov reaksiya qiladi. Endi osmonga qarab hayol suraman shekilli. O'ziyam oxirgi paytda "ajoyib xayolparast" bo'lib ketayapman.
eh bratan America ne dlya slabih ludei =))
Gotta be strong dawg :)