PDA

View Full Version : "Men tayyorlagan birinchi taom :)"


Sakeenah
05-19-2008, 02:25 PM
Assalamu Alaykum!!!
Siz birinchi tayyorlagan taomingizni eslaysizmi? :)

Man 5-6 yoshligimda, o'zim tuhum pishirmoqchi bo'lib, eshik ruchkasiga urganman, tuhum sinib hammayoni bezab qo'yganman :P.
Birinchi osh qilganimda, hammasini yahshi qilganman, adashmasam 10-11 yosh edim. Oshni gruchini solib, biroz qaynagandan keyin dimlashni unutib, qopqog'ini ham yopmi, dugonalarim bilan o'ynagani ketib qolganman.:)
Oyim oshxonaga kirsala, oshim pishib bo'lgan ekan:rolleyes: tegi gazi balandligicha...
Rossa maqtab-maqtab yeyishgan :P
Oshni birinchi bo'lib o'rganganim uchun, (dimlanmagan oshni qilganimdan 2 haftacha keyin) mastava qilganimda piyozini oshnikidaka qilib qovurganman :P keyin tovulaga berishga to'g'ri kelgan :P

Nafees
05-19-2008, 02:29 PM
Man birinchi marta tuxum qaynatganimdan keyin oshhonani remont qilganmiz :lol:

ikkita tuxumni kastryulkaga solib, jiyanim bilan "dendi" o'ynab o'tirganman, esimdan chiqib ketgan, oyimlar ishdan kelib, mizg'ib olaman deb kirib ketgandilar, tutundan bo'g'ilib uyg'onganlar.

o'qlovlarni mazasi haliyam turubdi :lol:

Sakeenah
05-19-2008, 02:48 PM
Yana esimga kep qoldi :P
Bir kuni oyim uyda yo' edila, doim biz sut oladigan, sutchi xola sut op kep qoldila. Uyimizda ammamni qizlari bor edi, mandan bir yosh kotta :) (man 7-8 yosh edim) sutchi hola 2 litr sut berdide "qizlar esilardan chiqmasin, iloji bo'lsa sutni pishirib keyin oshxonadan chiqila"dedila :rolleyes: , biz "ho'p bo'ladi"dep... :uups:
Hovliga chiqib o'yinga berilib ketganmiz. Bir voqt butun hovlidan sutni kuygan isi kevotti :uups: qattan kevottikan deb, (daje sut qo'yganimiz esimizdan chiqib ketgan:rolleyes:) oshaxonaga yugurib borganmiz qarasek sut ....
O'sha tovoni tashlab yuborishga to'g'ri kegan...

Borz_man
05-19-2008, 03:19 PM
Bohchadagi paytimiz edi,o'zimdan 1 yosh kichik singlim bilan ertalab hammadan vahli turib tuhum qovirishlikni kelishib olganbiz. Ertalab vahli turib hovlini narigi tamonidi oshhonaga bordik,skavarodkani qo'ydik,olovni yoqtik,tuhum qovurishni boshladik... Qaravommiz hamma qovurilgan tuhumlarimiz qop-qora bo'b chiqvotti, Onamla uygonib kegunlaricha nechtadur tuhumni habashiy qib qo'yganmiz,keyin bilsak yog solmagan ekanmiz :D ....





P.S.Mejdi vami devushki ga tushib qobmankuuuu :D :D :D ..jk
P.S.S. Haydavormasela bo'ldi :).....

Sakeenah
05-19-2008, 03:26 PM
P.S.Mejdi vami devushki ga tushib qobmankuuuu :D :D :D ..jk
P.S.S. Haydavormasela bo'ldi :).....

O'g'il bollar ham yozishi mumkin. Boshqa qayoqqa ochishni bilmadim, shunchun qizlar bo'limiga ochgandim...

ON: Bir marotaba oyim manga bolochka qilishimni etganlar. (unda sag'al kottaro edim :P)qilgan hamirim ertalabdan kechgacha ham oshmagan :rolleyes: keyin yahshilab eslasam, drojasini solish esimdan chiqgan ekan...:uups:

Borz_man
05-19-2008, 03:49 PM
O'g'il bollar ham yozishi mumkin. Boshqa qayoqqa ochishni bilmadim, shunchun qizlar bo'limiga ochgandim...

ON: Bir marotaba oyim manga bolochka qilishimni etganlar. (unda sag'al kottaro edim :P)qilgan hamirim ertalabdan kechgacha ham oshmagan :rolleyes: keyin yahshilab eslasam, drojasini solish esimdan chiqgan ekan...:uups:



:) .... Hozir qanaqa? Ja bo'masa pesochniy picheni pishirishni eplavosmi?:D...

Uzbekistan2010
05-19-2008, 03:50 PM
Studentlik paytimda pahta yigim terimi sezonida povar dostimiz kasallanib qolgandi.. Usha paytda risk qilib ovqat pishitish majburiyatini olgandim.. Taom (taom deyishga til bormaydi) :))) hullas har hil hashoratlar, va chala artilgan kartoshkalardan makaron shurva qilgandim :))

Sakeenah
05-19-2008, 03:53 PM
:) .... Hozir qanaqa? Ja bo'masa pesochniy picheni pishirishni eplavosmi?:D...

Ja unchali zo'r bo'masayam pishira olaman :P

ON: birinchi marotaba biskivit to'rt qilmoqchi bo'lib, tuhumni ko'prtirip o'tirgizib qo'yganman. Keyin shunaka pisochni picheniga aylanib ketgan :P:uups:

AKULA
05-19-2008, 04:23 PM
O'g'il bollar ham yozishi mumkin. Boshqa qayoqqa ochishni bilmadim, shunchun qizlar bo'limiga ochgandim...


Boya yozgandim, keyin qizlarga ekan dib o'chirib tashlagandim.

Eng birinchi pishirgan "ovqatim" non yopilgandan keyin tandirga kartoshka solib, cho'gda pishirib eyish bo'lgan. Juda ham mazali tuyulardi bolalikda. Adashmasam 6-7 yoshlarimda boshlaganman.

ikki yillcha avval kenoyim non yopib bo'lganlaridan keyin cho'giga 2 kilocha kartoshka soldim, jiyanlarimga hozir bir balo pishirib beraman, silar bilmislar, men silarday paytim rosa yaxshi ko'rardim deb, aldab, qop-qorayib ketgan kartoshkani cho'gdan oldim.

Jiyanchalarim ozginadan eb ko'rishib, yoqtirishmadi :D :D :D (hozirgi yoshlar jaaa nozikdaa :X)

Sakeenah
05-22-2008, 04:49 AM
Yana bir tayyorlagan ajib taomim :P

Bir kun ikkita dugonam biznikiga mehmonga keganidi. Oyim uyda yo'q edilar, o'zimizcha ovqat qimoqchi bo'ldik. O'ylab-o'ylab manti yoki honim qilishga kelishdik :rolleyes: hayotta o'zim qimaganman, lekin doim oyimga yordam qilaridim...
Hamma narsasini zo'r qilib qildik. Keyin tegini olovini qanchalik qo'yishi bilmasdan, judayam past qilib qo'yipmiz :uups: Hamir pishomasdan... hullas bir narsala bo'p ketti qigan honimimiz... O'ziyam 5-6 soat qiludik :?...

mastura
05-22-2008, 05:29 AM
Assalomu alaykum!
Zo'r mavzu bo'ptiyu :) .
Man en birinchi osh qilgandim zo'r chiquvdi..(undan keyingi oshlarni birortasiyam unaqa yaxshi chiqmagan..) hammaga yoqqandi oyimdan boshqa..:lol::lol::rolleyes:.

Тюльпан
05-22-2008, 06:13 AM
Молодцы кизлар! Хонимга гап йук ))):D Манам биринчи килган маставамни эсладим энди ))) гуручи кам куриниб, солуврибман-солуврибман, карасам купйиб кетибди, кейин нима килишимни билмасдан газни учириб кочворганман ))) 1 соатдан кейин келиб карасам - :rolleyes: уёги фантазияйлага хавола :P

Sakeenah
05-22-2008, 06:15 AM
Молодцы кизлар! Хонимга гап йук ))):D Манам биринчи килган маставамни эсладим энди ))) гуручи кам куриниб, солуврибман-солуврибман, карасам купйиб кетибди, кейин нима килишимни билмасдан газни учириб кочворганман ))) 1 соатдан кейин келиб карасам - :rolleyes: уёги фантазияйлага хавола :P

Manimcha shovla bop qogan bo'sa kere?! :rolleyes::P

Тюльпан
05-22-2008, 06:21 AM
Manimcha shovla bop qogan bo'sa kere?! :rolleyes::P
Шовла десам шовлага ухшамиди, ошгаку якинам кемийди, сабзиси кубик шаклида тугралганди, унинг устига гуручни солгандан кейин битта аралаштириб учириб куйганим учун гуруч мени ивитиб куйишди деб уйлаган булса керак, тирик-тирик дона-дона булиб колувди :D адашмасам кейин бу киёмат аралашмани хамир хасип килворишувди кенайиларим:D

FREEMINDER
05-22-2008, 06:32 AM
1 соатдан кейин келиб карасам - :rolleyes: уёги фантазияйлага хавола :P


Makwaytar (c) bo'pti-de. :lol:

On: Mahallamizdan Anxor oqib o'tadi. Shunaqangi chiroyli joylar bor edi-ki, buni afsus kech tushundik.. Xullas ana shu joylarda olov yoqib - cho'g'ida kartoshka pishirardik. 5-6 yoshlar bo'sam kerak.

Musofirbek
05-22-2008, 06:43 AM
9-10 yoshligimda uyda bitta uzim qorin och, bir uydagila keguncha oshdamliy deb, anuu qaliin kootta UY rozg'orlary enseklapediyasi degan kitib bo'lardi ushanga qarab osh damlamoqchi bo'ldim. Gosh, sabzi ( uziyam sabzi, sabzi bo'lganiga afsuslanipketgandi shakil) piyoz yog' hullas hammasini oldindan tayarlap oldim. Keyin ( kitobdagidek) qozon qoyib gazzi balaan qilib, ketmakeet hammasini solib qovurdim de suv soldim innankeyin TV da qanqadur kino boshlanib qolib aa hali guruch solishga vaqt bor dep ketvorimmande :)
Bir payit hammayo tutuun, kuygan hiid bopketi, tezda borib gazni ochirdim keyin nega unqa boldiykan deb usha instruksiyasini boshqattan oqisam Gazni qozondagi suv qaynagandan keyin olovni pas qilish degan joyini o'qimay ketgan ekan man :)

usha kuni qorin ooch edimi keyin majburan qasur qusur qilip usha qotib tarasha bopqogan goshini yegandim :)
( Pulikygan qozo garimdorini chaynab yiydi dermidi ? :) )

Uziyam 3 kungacha kuygan hid oshhonamizdan aramadi :)

FREEMINDER
05-22-2008, 06:51 AM
Ishonsez agar kuni kecha mastava qiluwdim. Shunaqangi qowurimman-ki, rangi choyxona palownikidaka chiqibti. Guruchni soganimdan keyin 1 soatdan oshiq qaynatdim. Guruch tez pishadigan guruch edi. Qaynivurib-qaynivurib (orada suv sop turdim) salkam shovla bo'liy diganda o'chirdim. Man o'ylovdim tamom, qop-qora bir-balo bo'ldi dip, yo'q - yanglishimman. Shunaqangi bir mazali owqat bo'ptiki.. ehh 1 kosa ichmasela - ta'rifim ojiz. O'ziyam shunaqangi kuchli bo'ptiki - xatto "kunduzi yulduz ko'rwomman". :lol:

Musofirbek
05-22-2008, 06:54 AM
Ishonsez agar kuni kecha mastava qiluwdim. Shunaqangi qowurimman-ki, rangi choyxona palownikidaka chiqibti. Guruchni soganimdan keyin 1 soatdan oshiq qaynatdim. Guruch tez pishadigan guruch edi. Qaynivurib-qaynivurib (orada suv sop turdim) salkam shovla bo'liy diganda o'chirdim. Man o'ylovdim tamom, qop-qora bir-balo bo'ldi dip, yo'q - yanglishimman. Shunaqangi bir mazali owqat bo'ptiki.. ehh 1 kosa ichmasela - ta'rifim ojiz. O'ziyam shunaqangi kuchli bo'ptiki - xatto "kunduzi yulduz ko'rwomman". :lol:
BU t'aommizni nomi mastavamas Pahlavonlar bo'tqasi bopketiptiku :)

Godunov
05-22-2008, 07:14 AM
Men ovqat qilishga ulgurolmay qolganman, yog' yonib ketgan :D

Fragile
05-22-2008, 07:20 AM
Men ovqat qilishga ulgurolmay qolganman, yog' yonib ketgan :D

Siz-ku qozonga yog' solishga ulgurgan ekansiz.

Man bo'lsa, ovqat qilishga berilib tayyorlanib, qozonni qaytadan yuvib shundoq plitani tepasiga qo'yib, qiziyotgan qozondagi suv tomchilarinning chars-churs etgan ovozini eshitiboq, qozonni tegini o'chirib qo'ya qolganman. :lol::lol:

O'sha kuni sho'rva qilmoqchi edim. Afsus, ro'yobga chiqmagan bu "orzu"im. :lol:

NanOnaN
05-22-2008, 07:30 AM
Birinchi ovqatimni eslomiman, lekin ovqat qip turardim.

Boshida kartoshka qovurish, kegin mastava moshhorda, keyinchali oshla ham qilardim.
hamma ovqatlarim ortacha chiqardi.

Boshida yogni qizdirip piyozni solishga qorqardim (yog pahta yog bolardide oshanga oq tutun chiquncha qizdirardik:D) opamla soberardila.

Opamla kopincha ertalab ishga ketishda ovqatni boshlap ketardila, man oqishdan kelip davom etirardim.

Eng yomon korganim singlim bilan galmagaldan dejurniy bolardik har kuni:)).
Man stolni yegsam singlim idish yuvardi yoki teskarisi.
Idish yuvishni olgidey yomon korardim, ayniqsa 2-3 qoshimcha mehmon kesa, idish kopayip ketardi:)

FREEMINDER
05-22-2008, 07:36 AM
Siz-ku qozonga yog' solishga ulgurgan ekansiz.

Man bo'lsa, ovqat qilishga berilib tayyorlanib, qozonni qaytadan yuvib shundoq plitani tepasiga qo'yib, qiziyotgan qozondagi suv tomchilarinning chars-churs etgan ovozini eshitiboq, qozonni tegini o'chirib qo'ya qolganman. :lol::lol:

O'sha kuni sho'rva qilmoqchi edim. Afsus, ro'yobga chiqmagan bu "orzu"im. :lol:


Uzr, Off uchun.

NIKiz (Fragile) manga bittasini eslatwordi.. :rolleyes:

Godunov
05-22-2008, 07:41 AM
Siz-ku qozonga yog' solishga ulgurgan ekansiz.

Man bo'lsa, ovqat qilishga berilib tayyorlanib, qozonni qaytadan yuvib shundoq plitani tepasiga qo'yib, qiziyotgan qozondagi suv tomchilarinning chars-churs etgan ovozini eshitiboq, qozonni tegini o'chirib qo'ya qolganman. :lol::lol:

O'sha kuni sho'rva qilmoqchi edim. Afsus, ro'yobga chiqmagan bu "orzu"im. :lol:

Men hali hammasini aytmadim ;), yonayotgan yog'ni o'chiraman deb unga qarata bir chelak suvni sepganman va olov bo'roni ichida qolib ketganim hali-hali kechagiday ko'z oldimda, ximiyani yaxshi o'qimaganligim oqibatida yosh va begunov o'lib ketishimga oz qolgan :)

Frida
05-22-2008, 08:02 AM
:lool: eslasa odam rosa qotadi. nodira degan o'rtog'im bilan ovqat qilamiz deganmiz. 1 sinf bo'lsak kerak. har birimiz o'zimizni uyda qilib keyin tashqariga olib chiqib xola-xola o'ynaymiz deganmiz. man uyga borib nima qilaman deb rosa o'ylaganman. keyin tuxum pishiraman deganman. ishqilib tuxumni gazga qo'yib keyin nima qilishni bilmaymande. qo'shimdan so;rasam, avval gugurtni yoqib keyin gazni yoqasan degan. go'gurtni yoqib, gazni buragunimcha gogurt o'chib qolavergan. ishqilib xunob bo'lib oyimni ishxonalarida telefon qilganman. pishirma tuxum --- xolodilnikdan kolbasa olib buterbrod qilib ye! deganlar. ishqilib, mayli deb, buterbrod qilib o'rtog'imnikiga chiqsam -- unikida komediya :lol: u ham aqlli tuxum pishirmoqchi bo'libdi, mandan yaxshiroq shekilli gazni yoqibdi. lekin bitta qilgan ishi tuxumni plastmassa idishga solib qaytnatibdi. plasmassa tog'oracha gazga yopishib qolgan. nodi, polga o'tirvolib yig'lab o'tiribdi. :lool:

shunaqa. -- lekin haqiqiy birinchi ovqatim, agar eslasam, mastava bo'lgan, eng oson ovqat.

Fragile
05-22-2008, 08:53 AM
Uzr, Off uchun.

NIKiz (Fragile) manga bittasini eslatwordi.. :rolleyes:

Bilmadim, kim ekan "u" Fragile? :)

On: Yana bitta voqea. Faqat bu "Turmushga chiqishidan oldin qozon-tovoq oldiga yaqinlashmagan qizning boshidan kechirganlari" turkumidan. :lol:

Shunday qilib, yangi kelin-kuyov to'ydan keyin yangi uyga ko'chib chiqibdi. Kuyov bolani qorni ochganidan kelinga "Tuxum bian kartoshka qo'vurvoring, ilimos", debdi.

Oshxonaga kirib, masalliqlarni tayyorlagan kelin qozonga nimani birinchi solishni bilmay, oxiri kuyovdan so'rashga qaror qilibdi.

- Avval tuhum solinadimi yoki kartoshkami? - degan savolni eshitgan kuyov, o'zi sekingina oshxonaga chiqib, ovqatni tayyorlagan ekan. :lol:

Frida
05-22-2008, 09:01 AM
Bilmadim, kim ekan "u" Fragile? :)

On: Yana bitta voqea. Faqat bu "Turmushga chiqishidan oldin qozon-tovoq oldiga yaqinlashmagan qizning boshidan kechirganlari" turkumidan. :lol:

Shunday qilib, yangi kelin-kuyov to'ydan keyin yangi uyga ko'chib chiqibdi. Kuyov bolani qorni ochganidan kelinga "Tuxum bian kartoshka qo'vurvoring, ilimos", debdi.

Oshxonaga kirib, masalliqlarni tayyorlagan kelin qozonga nimani birinchi solishni bilmay, oxiri kuyovdan so'rashga qaror qilibdi.

- Avval tuhum solinadimi yoki kartoshkami? - degan savolni eshitgan kuyov, o'zi sekingina oshxonaga chiqib, ovqatni tayyorlagan ekan. :lol:

siz ham anekdot ekansiz :)

yana bitta misol, ukam bilan o'rtoqlari biznikida "ovqat" qilishgan. Bozsuvdan chomilib kelishgan (4-5)ta, yo'ldan kelishvotganda kichik magazinga kirib sosika olishgan. biznikiga kelib qo'vurmoqchi bo'lishgan. qo'vurishgan. qo'vurishgan vaqtda g'alati hid kelyotanmushde (bu ukamni gapidan). o'tirib yemoqchi bo'lishsa sosiska rosa shirinmushde. qarashsa, polvonlar, sosiskani asalga solib qo'vurishgan ekan. :lol: voy, biz o'lib qoli deganmiz kulovirib. ichaklar uzilgan (oyim ja kulmaganlar, "chak-chak qilaman deb olib keb qo'ygan asalimni nima qilding deb, avval rosa lekciya o'qiganlar"). hali hali mahallada shu gap yuradi. uzhe og'izdan-o'gizga o'tirverganidan, boshqacha bo'lib ketgan. uje sosiska emas, palonchini o'g'li bilan o'shani o'rtoqlari oshni asal solib damlashibdi bo'lib ketgan. :)

yana bir kun "dimlama" qilishgan o'rtog'i bilan. uyga kelsak, qozonni ichida 4 kartoshkani ustiga bir litr pomidor ikrasi solingan. kartoshkalar pishmasdan ichida suzib yuribdi. :lol:

lekin bitta narsani aytish kerak, qaynatma sho'rvani ukam zo'r qiladi. afsuski, qaynatmani "ishqibozlari" deyarli yo'q, oilamizda.

Sakeenah
05-22-2008, 09:03 AM
On: Yana bitta voqea. Faqat bu "Turmushga chiqishidan oldin qozon-tovoq oldiga yaqinlashmagan qizning boshidan kechirganlari" turkumidan. :lol:



Bu o'zizzi boshizdan o'tganmi? :rolleyes::P

Fragile
05-22-2008, 09:05 AM
Bu o'zizzi boshizdan o'tganmi? :rolleyes::P


Yo'q, hozircha unaqa "baxt"ga sazovor bo'lganimcha yo'q. Asablari baquvvat turmush o'rtog'i uchraydi degan umiddaman. :lol::lol:

napmor
05-22-2008, 09:31 AM
Bilmadim, kim ekan "u" Fragile? :)

Shunday qilib, yangi kelin-kuyov to'ydan keyin yangi uyga ko'chib chiqibdi. Kuyov bolani qorni ochganidan kelinga "Tuxum bian kartoshka qo'vurvoring, ilimos", debdi.


Bir-birlariga mos er-hotinla ekan :rolleyes:

victoria
05-22-2008, 09:38 AM
man tuydan oldin ovqat qilishni bilmasdim, chunki kuni bilan uqishda, keyin har hil yazikoviy centrelar va kutubhonalarda kunimni utkazardim, uyimizda kichkina ukamni qaraydigan ayol ovqat qilib quyardi, turmushga esa Amerikada chiqdim, oddiy ovqatlar, esa buladigan darajada chiqardi ( har holda uyda bulgan kunlarim, ovqat qilishga sabzi piyoz archirdim). Bir kun turmush ortogim tel qilib kotleti qilgin dedilar. man hop dedim, jaa yomon berilib qildim, turmush urtogim uqishdan kelib kotletni eb kurib, " kotletga piyoz solmabsanku" deganlar
- bilasizmi, bizani uyda kotletga piyoz solishmaydi -deganman.:)) turmush ortogim:
-keyingi safar mayda tugrab solib kur, qanaqa chiqar ekan- deganlar. uzim shu kotletni eb ham kurmaganman.

1 chi yil turmushimizni rasmlarini kurselar edi, rosa kulasizlar, hujayinim 8 kg ozganlar. Qaynanam har tel qilganlarida:" ovqat bervosizmi? " deb surardilar; turmush urtogim esa mani hafa qilmay deb, qilgan ovqatimni erdi, ( krasniy borshni boshida yashaganimizda rosa qilganman shekilli, hozir borsh eysizmi? desam "nikogda" deydilar) . Keyin man ham yomon yurakka yaqin olaman hamma gapni ovqat chiqmabdi desa, yiglashga tayyor turardim. rasmlarni kurgan Adam manga ovqat qilish haqida encyclopedia junatvorganlar. SHundan keyin ancha urgandim, lekin haligacha ovqat qilishni yoqtirmayman. Hamir ovqat qilishga uzimni ropa rossa 2 kun moralno tayyorlayman va 3 kun qilaman.

victoria
05-22-2008, 09:45 AM
aytgancha, 9-10 yoshimda birinchi marta tuhum qovurishni urganmoqchi bulganman, ertalab turib, gazga skovorodkani quyib, ichiga yog' solganmanku, lekin shu tuhumlarni skovorodkani ichiga chaqa olmaganman, birinchisi erga tushgan, ikkinchisi yoniga. uchinchisiga harakat qilaman deganimda opam kelib qolganlar.

birinchi marta pyure qilaman deganman, kartochkalarni kastryulaga quyib olovni baland qilib kuchaga uynashga chiqib ketganman, uyda unda hech kim yoq edi. hayriyat yon qushnimiz oynamiz oldidan utvotganlarida kuygan hidini sezganlar, keyin mani chaqirib uyga kirganmiza, kirsak ,kartoshkalar tarasha bulib yotibdi.:)) kasrtyula dabdala bulgan.

Sakeenah
05-22-2008, 09:48 AM
Eng yomon korganim singlim bilan galmagaldan dejurniy bolardik har kuni:)).
Man stolni yegsam singlim idish yuvardi yoki teskarisi.
Idish yuvishni olgidey yomon korardim, ayniqsa 2-3 qoshimcha mehmon kesa, idish kopayip ketardi:)

Biz ham shunaka edik. Novbatma-novbat ish qilaridik, sababi man bitta qiz bo'ganim uchun, oyim okalarimi ham ishlataridila :P:uups::rolleyes:

Avval yoqmasidi, hozir eslash yoqimli : ))) :D

victoria
05-22-2008, 10:00 AM
Biz ham shunaka edik. Novbatma-novbat ish qilaridik, sababi man bitta qiz bo'ganim uchun, oyim okalarimi ham ishlataridila :P:uups::rolleyes:

Avval yoqmasidi, hozir eslash yoqimli : ))) :D

bizada navbatma navbat qilib kurganmiz, uxshamagan, chunki g'irromlik qilishni boshlaganmiza, shunda opam bitta qattiq urushganlar, shu shu hammasini birga yig'ishtirardik, bir marta "san qil- man qil" deb turganimizda opam eshitib qolganlar, ikkalamizni hovliga stulchikka utkazib quyganlarda, uzlari uy yig'ishtirganlar, rosa kechirim surasak ham, uyga kirgizmaganlar, man uzim qilaman deb, shu shu hech qachon opam uyda bulsalar bir birimizga ishga buyurmasdik. tag'in kuchada rosa issiq bulgan usha kuni. hech esdan chiqmaydi, singlim ikkalamiz yig'lab utirganmiza.

Frida
05-22-2008, 12:14 PM
victoria gaplaringizni o'qib rosa qotdim. hammani uyida bo'lar ekan-ku, kastrul'ka kuydirish. men faqat biznikida deb turibman. :rofl:

Fragile
05-22-2008, 12:23 PM
Bir-birlariga mos er-hotinla ekan :rolleyes:

Nimasini aytasiz?! :lol:

Siz ham ajoyib ekansiz-ku, mani imlo xatolarimdan er-xotinning bir-biriga mos-mosmasligi haqida xulosa chiqarib qo'yibsiz. :D

Alesser
05-22-2008, 12:38 PM
birinchi marta ovqat qiganim esimda yuq, menam kupchilik qatori tuxum-puxum qugrib quygan busam kerak! lek birinchi marta osh qilganim esimda bor, Jizzahdan 1ta voenniy okahon kegandi biz tomonlaga, shu okam menga qushni edi... U vaqtlar ancha yosh bola edim, usha okamizi ayoli Avgust oyi edi Jizzahga ketib qoldi tuqqani, homilador edi... ancha vaqt utkandan keyin haligi akamiz ismi Sunatilla oshni sogingan shekilli, Anjanlila oshga usta buladi bir osh qilib ber deb turib oldi... uzim shu oshni boplab tashiman deb maqtanibam quygandim, uzi umrimda qimagan busamam... bupti deb osh qibergandim, shu 2ta aybi suvini juda kup qiyvoribman i tuz solish umuman esda yuq... haligi osh uziyam oppoqqina bup pishgan, okamiz u oshni olib usha kuni smenda ekan, borib ukam qibergan osh deb kasbdoshlar bilan bir narsa qilib yevorishibdi... qanaqib yedila desam, ha qorin ochib ketudi ja unaqa bilinmadi deb aytudi... shuncha vaqtdan beri osh qigan busam faqat ushanisida "mess up" qiganman holos:)!

London
05-22-2008, 12:42 PM
Tuxum qaynatganman. Sarig'i pishmay qolgan edi, uni yedim lekin ta'mi shunaqa yoqmagan undan keyin tuhumni umuman yoqtirmiydigan bo'p qolganman.

AKULA
05-22-2008, 04:54 PM
Kichkina opam non yopgandila bir kuni (hali turmushga chiqmagan, talaba edilar). Nonniku qoyillatib yopgandila, shirmoygina, po'rsillab chiqqan. Shu desayiz ro'dapo deydimi qo'lga kiyadiganni, o'shani shundoooo tandirxonadan olib kelib, o'zlarining xonalariga kiradigan koridordagi ilgichga ilib qo'yibdilade hayol bilan o'zlari xonalariga kirvolib, ijodiga berilib ketibdilar (rassomla).

U ro'dapoga cho'g' ilashgan ekan, shu cho'g bilan sal qolgan butun uyimiz yonib ketishiga. Uyda nimadir qilayotgandim, opacham baqirib yig'lab chaqirdilar, yugurib borsam bu ro'dapo digani neftdanam battar yonarkan, olov to'gri shiftga o'rmalab, potolokni qop-qora qilib qo'ygan, potolokga ham cho'g ilashgandi. Ayni yoz payti, hamma narsa qup-qurib, tirsillab turibdi.

Birinchi qilgan ishim yugurib borib qo'lim kuysa ham ro'daponi yulib olib, tashqariga otvordim. Keyin chopib borib, shchetchikni uzib, shiftga suv sepdim (kallam avtomatik ishlab ketgandi), undanam ko'nglim to'lmay narvonni olib kelib, potolokni ko'chirib tashladim, chunki potolokning ortida qamish bo'lib, o'zilar bilasilar qanaqa yonib ketishini. Xullas kamida 3 soat suvni ermak qilib sepib o'tirdim.

Kechga dadamlar kelishlariga yangi potolok qoqib, devorni qayta oqlab, hech narsa bo'lmaganday tekislab tashladik jinoyat joyini :D :D :D

QIZLAR, SIZLARDAN ILTIMOS, OVQAT QILGANDA, NON YOPGANDA UMUMAN HAMMA VAQT HUSHYOR BO'LINGLAR, PLZZZZZZZ........ :P

Musofirbek
05-22-2008, 05:58 PM
K



Birinchi qilgan ishim yugurib borib qo'lim kuysa ham ro'daponi yulib olib, tashqariga otvordim. Keyin chopib borib, shchetchikni uzib, shiftga suv sepdim (kallam avtomatik ishlab ketgandi), undanam ko'nglim to'lmay narvonni olib kelib, potolokni ko'chirib tashladim, chunki potolokning ortida qamish bo'lib, o'zilar bilasilar qanaqa yonib ketishini. Xullas kamida 3 soat suvni ermak qilib sepib o'tirdim.


... :P

Shu gaplarizni o'qivomman ku hayolda : BU vajohatida hozir uyini ko'chirib, buzub tashasa kerago'ov .. dep qomman :)
ee hartugur olov ham ochip qoyaqopti Alhamdulilloh :)

victoria
05-22-2008, 07:01 PM
yana esladim, bir kun turmush urtogim bilan dam olishga tog'ning eng tepasidan cabin oldik. ovqat qiladigan mahal ikkalamiz birga ovqat tayyorlavotgan edik. qozonni quydik, ichiga yog' soldik. Yog'ni tutuni chiqib ketguncha gap sotib, tv kurvotuvdik, shu payt anu qozondagi yog' yonib ketdi. na qozonni qopqog'ini topa olamiz, gaz plitani tepasidagi dimohodni ichida temirlar kuyib ketgan. ( cabin - kottedj sifat uy faqat tahtadan yasalgan buladi) ohiri turmush urtogim amallab qozonni balkonga obchiqib otvordilar. kuhnyaga kisek, gaz plitani ustidagi shkaflar , potolok qop-qora. turmush urtogim qullarini yomon kuydirvogan.shu 3 kun damni 2 kunini shu shkaf bilan potolokni tozalash bilan utdi. Shu shu boshqa cabin olmaydigan, tinchgina okeanda hotelda dam olamiz ,kuchadan ovqat olib. :)

mastura
05-22-2008, 07:15 PM
On: Yana bitta voqea. Faqat bu "Turmushga chiqishidan oldin qozon-tovoq oldiga yaqinlashmagan qizning boshidan kechirganlari" turkumidan. :lol:

Shunday qilib, yangi kelin-kuyov to'ydan keyin yangi uyga ko'chib chiqibdi. Kuyov bolani qorni ochganidan kelinga "Tuxum bian kartoshka qo'vurvoring, ilimos", debdi.

Oshxonaga kirib, masalliqlarni tayyorlagan kelin qozonga nimani birinchi solishni bilmay, oxiri kuyovdan so'rashga qaror qilibdi.

- Avval tuhum solinadimi yoki kartoshkami? - degan savolni eshitgan kuyov, o'zi sekingina oshxonaga chiqib, ovqatni tayyorlagan ekan. :lol:

Bir tanishimmi yaqinda to'yi bo'ludi.. To'ydan ikki kun oldin keganakan tog'asinikiga (tog'asi bizaga qo'shni) gaplashib turse etib qoldi. Kuyovga "man ovqat qilishshi bilmiman" diganakan kuyov "hich qisi yo' man o'zim ovqat qilaman" dipti. Yana "man oddiy kir moshinada kir yuvishshi bilmiman" diganakan kuyov: "man kirlani yuvberaman san chayib yoyip qo'ysen bo'ldi" debdi :D :D :rolleyes: :lol:. Ishqilib to'y o'tib 4-5 kunladan keyin ko'rgani borudik keneyisi "oshxonada biror narsa yo'mi qarashvoraman" desala "hozir idishlani yuvip qo'ydila" diydi-de rasa kulimmiz o'ziyam :lol::uups::lol:

Qizaloq
05-22-2008, 08:47 PM
Birinchi tayyorlagan taomim :

Avvalo 3 sinfda o`qib yurgan chog`larimda 7 yoshda edim, Oyimla uyga kelgunimcha 5 ta kartoshka, 4 ta piyoz, 1 ta sabzi artib tozalab qo`y derdila,
ko`chada o`ynab-o`ynab ,hamma dugonalarimni uyga opqchiqib , qo`liga bittadan pichoq berardim:

-Davay hammela shulani tozalela, kim birinchi tozalasa o`sha "Chaqqon qiz" bo`ladi derdim, keyin hammamiz shu 4-5 tagina narsani ,huddi competition bovotgandek shosha-pusha tozalashga tushardik.
Albatta o`zim 1 chi bo`lardim ;)

Birinchi tayyorlagan taomim QAYNATMA SHO`RVA bo`lgan, hammasini qozonga solib , miltillatib, past olovda qaynatganman, hamma maqtab ichgan, o`sha -o`sha sho`rva qilish kere bo`lsa , manga etishardi.

Etganchaaaaaaa ovqat qilishdan oldin GAZ yoqishni o`rganishim ancha komediya bo`lgan :laugh:
Plaskagupsi (ombir) ga bittagina gugurt cho`pni qistirvolib, karobkaga ishqalaganman, plaskagupsini nuqul qattiq qisvorganimdan ,gugurt cho`p sinib tushardi :lool: (qo`lim kuyib qolishidan juda qo`rqardim.

Bahoroy
05-22-2008, 09:20 PM
Oilada katta farzand bo`lganim uchun ayam manga ovqat qilishni erta o`rgatganlar, hali maktabga bormasimdan tuhum qaynatganman. 6 yoshda bo`lsam kerak, ayam avvalo gazni yoqishni o`rgatib(gugurt ishlatmaganman, batareykali gaz zajigalkasi sotib olishgan man uchun),tuhumni gazga qo`yib o`n minut qaynatsang bo`ldi, pishadi, keyin sovuq suvga solasan deb o`rgatganlar, ko`z oldimda bitta tuhumni pishirib ko`rsatganlar. Dadam va ayam kechgacha ishda bo`lganlari sabab, bog`chadan har kuni qo`shni olib chiqib, uyga kiritib yuborardi. Bir kuni ayam kelgunlaricha tuhum pishirmoqchi bo`ldim, gazni yoqib, idishga 3ta tuhum soldim(menga va ikkita singlimga), to`ldirib suv quydim. O`yladim: ayam 1ta tuhumni 10 minut pishirdilar, demak, 3ta tuhumni 3ta o`n minut pishirish kerak! Tuhumlarni qaynatishga qaynatganmanu, 3ta o`n minut qancha bo`lishini bilmay, suvi tugaguncha olmaganman. Suv tugab tuhumlar yorilishni boshlagach, sovuq suvga solish kerakligi esimga tushgan, kranni burasam suv yo`q(u paytda domda turar edik, kunduzi suvni o`chirishar edi), esimga ayamning vannaga suv to`ldirib qo`yishlari tushib ketdi, sochiq bilan issiq, qorayib, yorilib ketgan tuhumlarni olib, suv to`la vannaga tashlaganman.Ayam kelgunlariga qadar haligi tuhumlarni majburlab sho`rlik singillarimga(o`zim emaganman;)) edirganman ham.
Shu mening qilgan birinchi *ovqatim* bo`lgan.:P

serenity
05-22-2008, 10:16 PM
Man birinchi marta tuxum qaynatganimdan keyin oshhonani remont qilganmiz :lol:

ikkita tuxumni kastryulkaga solib, jiyanim bilan "dendi" o'ynab o'tirganman, esimdan chiqib ketgan, oyimlar ishdan kelib, mizg'ib olaman deb kirib ketgandilar, tutundan bo'g'ilib uyg'onganlar.

o'qlovlarni mazasi haliyam turubdi :lol:


Hammela kadr bo'ganakansilayu:lool:

Mani birinchi qigan oqatim manimcha moshhordi bo'gan.(manimcha undan oldin hammaga ohshab tuhum,kartoshka pishirganmanam..)

Lekin Nafeesni yozganlarini o'qib o'zimda bo'gan voqea esga tushib ketdi.

Manam biir kartoshka qo'vurmoqchi bb,uyda opamla bilan manidim.kartoshkala hammasini tog'rab tayarlab qo'ygandim.
skvarotkaga yog'ni quydimde qarasam qiziguncha vaqt bor,undan azgina oldinam internetda edim.opam yoga qarabtur didila.ula boshqa ish qivotgandila.
keyin yog' qiziguncha netda bo'pturi,oshhona kompyuter turgan honani pochti torisida qarab turamanu deb vapshe netga ''sho'ng'ibketimman''.
bir payt qarasam skvarotkada yog' yonvotti!!

janavar yonishdayam yonish bordee =) uje patalokgacha chiqvotti.qorqib ketganimdan uyaqqa yugiraman buyaqqa yugiraman,:Dhozi eslasam nima qilishshi bilmi ptirchilab yurganimga o'zim kulgim keladi.(lekin usha payt situatsiya kulgidan aaancha uzog'idi) opamni chaqirdim.''etdima sanga
e internetam qursin'' deb kepqoldila :lol::uups:
kuhenniy mebelni ustiga uzun maktablada bo'ladigan lampochkani qop qo'ygandim ishlatmimizu korinmidiyam dib,uyam issudanmi bilmadim dumalab erda chil-chil bo'ldi.
hullas skvarotkani qopqog'ini olib tez yopdim.nechchidur minutdan keyin bo'ldi o'chgandur dib ochishimmi bilaman yana guppp etsadee
qosh,kipri,soch,ketishiga azgina qoganovv..:-D
yana yopib keyin sovigandan keyin qarasam bechara, ichida qogan azgina yog'ni rangi yashil bo'p ketibdi.:mrgreen::uups:
ehh usha paytlaa:D

bo'masa boshqa oqatla,hamirli ovqat ili tortlayam yahshi o'hshagan..

PainKiller
05-22-2008, 10:50 PM
Birinchi marta onam tug'ruqhonalaridaliklarida kaynatma mastava bulgan edi. Bitta togorachaga onamdan korganimdaka kilib sabzavotlarni tugrab, korkib-korkib pishirganidim. Dadam korib "Kim kildi, ozingmi?" deb suragandilar. yahshi chikkan.
Kegin 11-12 yoshlarimda birinchi marta osh kilgan edim. Ramazon oyida edi. Onamlar buvamni korgani ketgan edilar, saharlikka buterbrod emasdan osh esak zor buladi degan fikr kallaga kelib, otirvolib sabzi tugraganidim. Bir tomondan akam, bir tomondan dadam "Nima kilayotganini uzi bilasanmi? :shock:" deb surab turishgan. Oshni kechkurun kovurib, suvini kuyib yotganman, saharlikka damlagan edim. Osh jonivorni suzayotganimda, kapkirdan laganga tushmaydida, botka bop kopti :lol:
Egani utirdik, tuzi umuman yoq. Ustidan tuz sepit, sepib, tuzlangan pomidor bilan eganmiz. Onam kelganlaridan kegin, holodilnikdan hech kim emagan oshni topib, "Woy ozimmi molodes kizim" deb tatib korib, "bugun senga osh kilishni orgataman" deganlar. kegin man kiganman, ular karab turganlar. Gap yoq osh bogan:D

Pythagor
05-22-2008, 10:53 PM
qozonga, yog' va massaliqlani birga tashab studenlani ovqatidan qigandim, pishiy deganda, bittasi tuzini kuraman deb tatib kursa, yog' dog'lanmagan ekan, keyin uni tashlavoruvdik.

PainKiller
05-22-2008, 10:56 PM
Yana bir vokea. Bu ham oshhonada bogan ish, lekin ovkat kilish emas.
Ukam bilan uzimiz uyda kolgan edik, tuni bilan yiglab chikdi-kulogi ogrib koldi usha tun. Ukamni juda juda yahshi korar edim, usha paytda ja bosa 8-9 yosh bulsam kerak, ukam hali toddler. Nima kilishni bilmasdan oyim bir mahal kulogim ogriganda kulogimga isitilgan koy yogi kuyganlari esga tushib ketdi. Oshhonaga chikib, koy yogi kidirdim-yok. Butilkadan pahta yogini koshikka kuyib, gazning goreklasi ustida isita boshladim. Lop etti, yondi. Korkib kettim. Koshik poshigi bilan oynadan kochaga otvordim:lol: bir amallab yogni ilitib ukamni kulogiga pahtaga botirib joyladim. Yordam berdi, ukam uhlab koldi. Ertasiga onam uyga kelib uzlari tugri yul bilan davoladilar.
PS. Ana u koshikdagi yog yonganda peshanadagi soch bilan kiprik, kosh kuyib ketibdi. Panikada sezmabman ham. ertasiga ertaman kordim.:D

Sirena
05-22-2008, 11:31 PM
Hammelar komediyasilar:D
Man hich eslay olmadim ishkallarimni:D
Faqat orasi pishmagan olmali piroglarimni, umuman ishmagan teptekis bezelarimni esladim:D
Ovqatlarim zo'r chiqardi, tuhum qovurishdan boshlaganman shekilli 9-10 yoshimda.

NanOnaN
05-23-2008, 12:41 AM
bizani uyda bir payita (3-4 sinf bosam kere) yangi boshqaruv sistemasi ishga tushdi.:D
U ham bolsa bollani yozgi kanikulda band qilish uchun qizli va qora yulduzchalar sistemasiedi.

Hullas opamla bita jurnal tutganla unga har kuni qiladigan ishlani royhatini manga va singlimga yozib chiqanla.
Va har kuni kelip tekshirardila, ham,a bajarilsa bitta qizil yulduzcha, bajarilmasa qora yulduzcha.:D

Hullas har oymidiya haftamidiye, itogo qilinip qizil yulduzchalar kop bosa bizani u bu parkkami, hayvonat bogigamiye oborishardi.:D

ehh shunaqa ishlayam otip keti uje kishi bopqovomiz:(

saturn
05-23-2008, 01:40 AM
эх... ёшлик....

шунча харакат qилме - эслолмадим..
мастава миди ёки qайнатма шурва?
балки биринчи булиб тухум qовурганмидим? ёки qайнатгандмидим?
3 та кеннойим дастидан овqат qилиш навбати хеч qачон манга етиб кемасиди... .


Ош дамлашни лекин яqинда урганганим эсимда. Кореага келиб :-)


лекин шуни эслиманки, хали мактабга чиqмасимдан аввал Онам олиб келган куйлак материалларидан опачамни мошиналарини ишлатиб, qугирчогимга куйне тикканман :-)

Sakeenah
05-23-2008, 05:56 AM
QIZLAR, SIZLARDAN ILTIMOS, OVQAT QILGANDA, NON YOPGANDA UMUMAN HAMMA VAQT HUSHYOR BO'LINGLAR, PLZZZZZZZ........ :P

Akulani hikoyalarini o'qib bir voqia esimga kep qoldi :P.
Devor qo'shnimiz bilan oyim maslahat qilib, birgalikda tandir qurishgan. Shahar uylarini hovlisi kichkina bo'gani uchun, tandir qurishga joy yo'q edi bizni hovlimizda. Devor qo'shnimiz bilan bizni o'rtamizda ozgina bo'sh joy bor edi o'rtada eshik ochib o'sha yerga tandir qurdirishgan.
Bir kuni, shoshilib mehmonga ketvotudik ammamikiga. Qo'shnimiz non qivotgan ekan, bizga "o'g'liz gazi o'rnatvoradilami?"deb qoldila. Tandir yengi qurilgani uchun, hali qonuni gaz tushirib ulgurmudik. Bizi gulzorga suv quyadigan uzun shlang boridi. O'tin ham problema....hullas bir narsala... Shunchun gaz yoqaridik, o'sha shlang bilan.
Shoshilib hammamiz ketish uchun tayyorgarli ko'rvommiza, okam shlangni o'rnatib eshudan turib ichkariga "oyi man yoqvorin disam, yoqasiz gazzi hopmi?"deb, chiqib kettila :lol:
Oyim uni "gaz yoqin"deb tushunib gazzi yoqib qo'yibdila :beat: hullas bir voqt hovlida "goooopppp"etgan ovoz eshitildi :microwv: hammamiz uchib tashqariga chiqsek....... na kulishi na "vay nma bo'ldi" diyishi bilamiz, okami na qoshi na kiprigi na chochi qogan yuzi oppoq :lool: o'shanda biludim qoshsiz, kipriksiz odam qanaqa bo'lishin. Alloh chevar zotte :)
9-snifda o'qirdila, (adashmasam 2000yilla) maktabga ham borme 1 haftagacha hech kimga ko'rinme o'tirganla :multi: :rolleyes: bir haftadan keyin, oyimi surmalarini qoshlariga surib o'qishga borganla :rofl:

ikbaljohn
05-23-2008, 06:04 AM
Maqtanishmasu,og'il bola bo'samam,1-qigan ovqatim yaxshi,mazzali chiqqan:cool:Makaron qilganman.
Litseyda o'qib yurgan paytimiz,kvartiraga chiqib ketuvdik yotoqxonadan.Kvartirada un borakan,xamir qilib,duxovkada non pishiruvdim:D
17-18 yoshimdan beri ovqatimmi o'zim qilaman,kirimmi o'zim yuvaman,dazmol,uyni supurish deganlariday.Balkonga joy qilib,sigir opkeganman,ertalab va kechqurun sog'aman disam-a:lol:
O'rtoqlar bilan gaplashib qolib,uyga ketaman disam,muncha shoshilasan,bo'ydoq bo'sen dishadi.Manam sigirni sog'ish kere diman:D Ishonishmasa,uyga borila,domimizi devoriga tappi yopib tashaganman diman:lol:

T.Yusupov
05-23-2008, 06:33 AM
Man birinchi qilgan ovqatim 8 - sinfda litseyda o'qib yurgan vaqtlarimda, kvartirada grechkadan ovqat pishirganman. Grechkani yaxshilab tozalab, yuvib, suvda qaynatib pishirganman, suvini tortib ketguncha olovda turgan, keyin ustiga sosiska pishirib, tug'rab, palaovxonto'raga o'xshatib, yeganmiz kvartiradagilar bilan. Lekin baribir birinchi qilgan ovqatim tuxum pishirish bo'lgan ;)

Silvia
05-23-2008, 08:51 AM
Birinchi tayyorlagan ovqatimni men ham hech yodga ololmadim...
Lekin bitta narsa esimga tushib ketti, unda bog'chaga borardim... piyozni artib, gaz yoqib, bitta idishga suv solib, qaynatganman... biroz vaqt o'tib eendi yiyman dib turganimda oyim kelib qolganlar......uyog'ini o'ziz bilasiz:-p

blogger
05-23-2008, 09:12 AM
Erinmasdan boshidan o'qib chiqdim, mazza qildim :)

Hammeylar buyuk oshpaz ekansizlar :)

Men birinchi ovqatni uchinchi sinfda pishirishga tog'ri kegan, o'shanda oyim kasal edilar, aytib turgandilar, piyoz sho'rva pishirganman :)

O'shanda ham piyozi kuyib ketgandi :(

Keyin sekin sekin o'rganib ketdik, ammo Angrenda praktika qilganimda bir marta oshim bilmayman, bir nima bo'lgandi.

Angrenda gaz yo'q ekan, kvartira egasining plitkasi bor edi. Keyin bilsak u jonivor plitka ham juda yomon ishlarkan. Qozonni qizdirish uchun atrofini o'rab turganmiz, shamolda sovib qolmasin deb :laugh:

Shuncha harakatga qaramay, osh shavlaga aylangandi, chunki guruch pishavermagandan keyin suv solaverganman. :rolleyes:

Hozir elektr plitkada ovqat qilishga ham o'rganib ketdik!

Fragile
05-23-2008, 09:57 AM
Oy, yana bir narsa-de... :lol:

Esilarda bo'lsa, akamlar bilan sho'rva qilganimizni aytib o'tdim yuqorida.
Endi o'sha kuni rosaaaaaaaaa maqtov eshitganmiz o'zi ham, diselar. Shu maqtovlardan erib ketib Xudoni bergan kuni, o'ziyam bir hafta qo'vurma sho'rva qilgan ekanmiz birgalikda. :laugh:

Oxiri uydagilar ham "Mayliku, lekin silar qo'vurma sho'rvadan boshqa ovqat qilishni o'rganmoqchimasmisilar?" deganidan keyin o'zbek milliy oshxonasida bosha ovqatlar ham borligi esimizga tushgan. :laugh:

Mirage
05-23-2008, 10:18 AM
Hammelar komediyasilar:D
Man hich eslay olmadim ishkallarimni:D
Faqat orasi pishmagan olmali piroglarimni, umuman ishmagan teptekis bezelarimni esladim:D
Ovqatlarim zo'r chiqardi, tuhum qovurishdan boshlaganman shekilli 9-10 yoshimda.

maniyam hech esimga tushmadi qanaqa ovqat pishirganim.
Lekin tort biskvitini birinchi martasi kuydirvorganman. Ikkinchi martasi umuman ichi pishmagan:lol:

AKULA
05-23-2008, 12:25 PM
Shu gaplarizni o'qivomman ku hayolda : BU vajohatida hozir uyini ko'chirib, buzub tashasa kerago'ov .. dep qomman :)
ee hartugur olov ham ochip qoyaqopti Alhamdulilloh :)

birov o'laman disa yana birov kulaman derkan, heh.
Shu tekkizmalarga hicham chidolmiymanda.

AKULA
05-23-2008, 12:32 PM
Oyim uni "gaz yoqin"deb tushunib gazzi yoqib qo'yibdila :beat: hullas bir voqt hovlida "goooopppp"etgan ovoz eshitildi :microwv: hammamiz uchib tashqariga chiqsek....... na kulishi na "vay nma bo'ldi" diyishi bilamiz,

Pojarniylaram bekorga tekshir-tekshir qilishmas ekanda-a?
Ko'p hollarda ko'rib-bilib turib texnika-xavfsizligiga rioya etmaymiz :D :D :D

Manimcha bu qonimizda bo'sa kerey. O'zimdayam ko'p bo'lgan shunaqa narsala :)
Okayiz shundan keyin tandirri 20 metrdan aylanib o'tadigan bo'ldilami?

Sakeenah
05-23-2008, 12:35 PM
Pojarniylaram bekorga tekshir-tekshir qilishmas ekanda-a?
Ko'p hollarda ko'rib-bilib turib texnika-xavfsizligiga rioya etmaymiz :D :D :D

Manimcha bu qonimizda bo'sa kerey. O'zimdayam ko'p bo'lgan shunaqa narsala :)
Okayiz shundan keyin tandirri 20 metrdan aylanib o'tadigan bo'ldilami?

Ha pojarnila ham halqni tinchligini o'ylashadide ;):P
Yo' okammas, oyim shundan keyin tezda gaz o'rnattirib qo'yganla :):P

Musofirbek
05-23-2008, 06:42 PM
birov o'laman disa yana birov kulaman derkan, heh.
Shu tekkizmalarga hicham chidolmiymanda.

Hmm tekkizma ? qiziq qaysi gapim tegip kettipti ...
Hullas, Akulajon man bu gaplani hazilsipat qilip gapiurgandim, agar jaa tegip ketgan bo'lsa ,,... uzir

On:

Ko'pchilini birinchi pishirgan ovqati tuhum ekanmi ? :)

B.TURKISTANI
05-24-2008, 02:46 AM
Man adam bilan Sho'rva qilganman. Adam etib turganlar man yeganman!

KOYUNCU
05-24-2008, 02:56 AM
Sakina, man bu konuyu tushunmadim.
Bu nima hakkında

Fragile
05-24-2008, 03:03 AM
Man adam bilan Sho'rva qilganman. Adam etib turganlar man yeganman!

:laugh::laugh::laugh:

Adam etib turganlar, man sho'rva qiganman, desalar kerak desam... Yeganmanmush-de. :lol:

napmor
05-24-2008, 03:14 AM
:laugh::laugh::laugh:

Adam etib turganlar, man sho'rva qiganman, desalar kerak desam... Yeganmanmush-de. :lol:

Kaltak yegandir-de, qilib bo'gandan keyin.

Sakeenah
05-24-2008, 07:36 AM
Sakina, man bu konuyu tushunmadim.
Bu nima hakkında

Kendiniz birince dafa yapgen, yemek hakinde konisyuruz :)
Sizde yemek yapiyormisiniz evde?

KOYUNCU
05-24-2008, 07:38 AM
Kendiniz birince dafa yapgen, yemek hakinde konisyuruz :)
Sizde yemek yapiyormisiniz evde?
Ha, ilk defa yemek yapınca hissettikleriniz mi,
Ben omlet, pilav yaparım.

Пушкарева
05-24-2008, 08:58 AM
Mastava edi. Yahshi chiqqan. Keyin oilam har hafta mastava egan - vse jalovalis, "hvatit uje mastavu gotovit" deb, a papa el, hvalil i prosil povtorit :)

kitayoza
05-24-2008, 09:59 AM
Mastava edi. Yahshi chiqqan. Keyin oilam har hafta mastava egan - vse jalovalis, "hvatit uje mastavu gotovit" deb, a papa el, hvalil i prosil povtorit :)

Oteyz sizni ovqat qilishni o'rganganiz uchun hursand bo'gan. Povtarit deganda faqat mastavamas, balki boshqa sho'rva, mampar, ugraga o'xshagan ovqatlarni ham o'rganib olsin deganla. E siz bo'seyz...:D

Nu cho miru mirmi?!:cool:

Royal
05-24-2008, 08:24 PM
Mastava edi. Yahshi chiqqan. Keyin oilam har hafta mastava egan - vse jalovalis, "hvatit uje mastavu gotovit" deb, a papa el, hvalil i prosil povtorit :)

albatta maqtab ishganla...bolasi qip kegan taommi albatta ichadi, shundan boshqasini bilmagamligini bilip yiglap-yiglap ichadi: bolam shirin bopti, achchiqqina bopti kozlarimdan yosh chiqip ketti, lekin yahshi bopti dip ichishgan....

Fotima
06-07-2008, 08:12 PM
Qoil :lol: :D:D hammela vopshe zo'r oshpazla bo'ganakansila .

ON: man birinchi qigan ovqatim, kartoshka bo'gan :lol:
Kartoshkani yoqqa solib qovurganman namakob qilib, yetmagande kuyib ketgan :lol: :uups:

Vector
06-07-2008, 08:28 PM
Oshpazlik karyerami tuhumdan boshlaganman, uyam bir san'at :D

Kalon Bek
06-07-2008, 10:42 PM
Kartoshka dimlama:D

Asilzoda
06-09-2008, 10:11 PM
Birinchi taomim aynan nimaligini bilmimanku lekin 9 yoshimda ugra kesmoqchi bo'lganman.Osh hamir olganmande faqat achitqi solib qilganman hamirni. :uups:Oshirishga qoyganman.Kutaman hamir oshmidi.Buyoda sho'rvam qurib ketvotti.O'yimlani ishdan keladigan vaqtlari yaqinlashvotti.Mahallamizani boshida ishchilani tashidigan mashina ko'ringanda uyga yugurib kirib supralani yig'ib olib qoyganman.Hamirni tog'orachasi bilan kladovkaga tiqvorganman. :rolleyes:Oyijonimla uyga kelib qaynab turgan sho'rvaga makaron so'lganlade juda husand bo'lganla.Maniyam hamma narsa esimdan chiqib ketkan.Ertasiyam keyingi kunlayam kladovkadegi hamir hayolimgayam kemagan.O'yijonim bazan hamir qoradigan kichik tog'orachani so'rab qo'sala topomiman .Uyimizadan ajib hid keladi hich kim bilmidi nimaligini.:twisted:Dam olish kuni oyijonim kladovkani tozalaganla achib ko'karib ketkan hamirni ko'rib qorqib ketkanla. :rolleyes:Nima bu dib soraganlarida bilmiman deganimmi bilaman o'lov bilan massaj boshlab qolganla. ;)Nima qilsen qil yolg'on gapirma deb.Ehhh bolalik haliyam eslab turamiza o'qlovli massajlani:uups: