PDA

View Full Version : Jahonda oziq-ovqat nisbatan arzonlashishi kutilmoqda


dobersek
05-25-2008, 12:31 PM
Oziq-ovqat mahsulotlari bahosi yaqin orada pasayishi mumkin, lekin avvalgidek arzon bo’lishi amri mahol. BMTning yangi hisobotida mazkur taxminlar bu yili hosildorlik oshishi bilan izohlanadi.
Qimmatchilik sabab qator davlatlarda norozilik namoyishlari o’tgan. BMTning 47 a’zoli Inson Huquqlari Kengashi hukumatlarni chora-tadbirlar bilan chiqishga undayapti.
Saudiya Arabistoni BMT Oziq-ovqat dasturi uchun 500 million dollar yordam puli ajratishga qaror qilgan. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ta’biricha, tashkilot tarixida kiritilgan bu eng yirik yordam millionlab odamlarni ochlikdan saqlab qolishi mumkin.
BMT hisob-kitobiga qaraganda, bugun jahonda 850 million kishi och-nahor va 2 milliard odam to’yib ovqatlanmaydi.
Har bir insonning och bo’lmaslik huquqi xalqaro qonunlarda bitilgan ekan, BMTning Inson Huquqlari Kengashi bugungi ahvolni huquqning poymol etilishi deb baholamoqda.
Kengash rahbari Liuz Arbur inqirozni ba’zi joylarda tabiiy ofatlar, ba’zi hududlarda esa chuqur o’ylanmagan iqtisodiy siyosat keltirib chiqarmoqda deydi.
Arbur xonim hech bir mamlakatni tilga olgani yo’q, biroq kuzatuvchilar fikricha Birmadagi Nargis to’foni asoratlari va harbiy hukumatining sustkashligi bunga yaxshi misol.
Talab va taklif o’rtasidagi nomutanosiblik hamda adolatsiz savdo siyosati qimmatchilikka turtki bergan omillar deb ko’rsatilmoqda.
Chora ko’rilmasa, deydi BMT rasmiysi, sog’liqni saqlash va ta’lim olish kabi fundamental huquqlar ham buziladi.
Guruch, bug’doy, makkajo’xori va yog’ kabi mahsulotlar narxi mart oyidan beri ikki baravarga ko’tarilgan. Aholi daromadining 80 foizini yegulikka sarflovchi qashshoq davlatlarda, bu - namoyishlarga sabab bo’lgan.
BMT rasmiysi Olivier de Shutterning ta’kidlashicha, ba’zi mahsulotlarning bioyonilg’i ishlab chiqarishga yo’naltirilgani ham qimmatchilikning bosh sabablaridan biridir. AQSh va Yevropa qishloq xo’jaligi siyosatini qayta ko’rib chiqsin, deydi Shutter.

cianore
05-25-2008, 03:55 PM
Jahon bozorida oziq ovqat mahsulotlarini oshib ketishini ko'plab sabablari bor. so'nggi g7 summitida ko'pchilik aqshning bioyonilg'i dasturini qoraladi.
dunyodagi hozir ijtimoiy iqtisodiy xolat aslida ochlik masalasiga nuqta qo'yish imkonini bersa ham, bunga shaxsiy, guruh yoki milliy manfaatlar yo'l qo'ymaydi

...otni o'limi itni bayrami
...qorni toq'ning qorni och bilan nima ishi bor...
va hokazo

uzbekcfa2
05-25-2008, 04:35 PM
food prices are expected to rise, not decrease.

fidis
05-26-2008, 05:08 AM
500 million dollar bilan 6 mlrd aholi to'ydi, ana raxmat! Bir dollardan hammaga berganda ham 500 mln odamga yetardi :D

Dunyo bo'ylab odamlar pul topishi yaxshilashgani uchun Go'sht mahsulotlarini yeyish kopaygan, uning uchun esa yem-hashak, don mahsulotlari kere. Ikkinchisi, bio-fuel, ya'ni makkajo'xori va shunga o'xshash don maxsulotlarini benzin chiqarishda foydalanish.

Yaqin orada odamlar na go'sht yeyishni to'xtatishadi va na narxlar tushishi kutiladi. Albatta Amerika volidamiz sal-pal fermerlarini qo'llab-quvvatlasa, och qolmasak kere (testosteron garmonlari qonida ko'p bolgan prezident kelmasligi kere uning uchun).

MUHLIS
05-26-2008, 05:11 AM
Bug'doy va guruch narxlari oshadi.

VataN
05-26-2008, 08:51 AM
бундан ташкъари хьозир хьамма жойда сув етишмаяпти, хьаттоки тогъли жойлардаги сув омборлар тула эмас, хоразм, бухоро, навоий ва бошкъа вилоятларда унданам чотокъ.

Kamina
05-26-2008, 10:13 AM
бундан ташкъари хьозир хьамма жойда сув етишмаяпти, хьаттоки тогъли жойлардаги сув омборлар тула эмас, хоразм, бухоро, навоий ва бошкъа вилоятларда унданам чотокъ.
у холда охири замон якинлашибди

kitayoza
05-26-2008, 10:43 AM
у холда охири замон якинлашибди

habarni tekshirib ko'ring birodar.:lol:

FREEMINDER
05-26-2008, 10:52 AM
BMT - qo'g'irchoq - "kerakli" joyda ma'lum davlatlar ishlatadigan siyosiy bosim turi.

VataN
05-26-2008, 11:09 AM
habarni tekshirib ko'ring birodar.:lol:
балабол куринмай деб умиддаман.

Масалан: Джизахь вилояти: тогъли жойларида ( Дугоба деган оулдаги сув омборда сув хьозир жуда хьам кам. Кушимча, шу сув жуда баланд тоглардан тушип чушади - 3000метрдан ортикъ)

Кегин - Чорвокъ- у хьам шу ахьвол.

Бухоро вилояти: битта дехькон-ака билан гаплашдим, зурга пахтани эккан экан.(апрель ойида). Крандаги зурга окиб кетаетган сувни умуман ичиб булмас - жуда шур. Фильтр куйиш керак. Улар пахтадан утказиб ичар экан.

Навоий вилояти: Сув жуда кам, Лангар, Сармиш, Нурота тоглари курип кетган. Нуротодаги Чашмаси куриган хьозир :( Баликълар улаяпти аста секин.

Хоразм: Шур куллар ва кумлар. Пахтадан сувни утказиб ичади. Бундан кегин пахтам къорайиб кетар экан. Сув барибир шур - почкада тузлар йигилиб куп одам вафот этаяпти.

Самарканд вилояти, сув хьакида билмадим, лекин хаво 36 эди.

Кашкадарье,Сурхондаре: Майнинг бошида даражалар 30-35дан ортган. Нима езида булишини билмайман. Булокъ сувлар камайган.

Водийни билмийман, шу томонга борганим йук.

Kamina
05-26-2008, 11:48 PM
habarni tekshirib ko'ring birodar.:lol:
siz Prezident voqealari bilan aralashtirib yubormang, alomatlarga qarab oxiri zamon yaqinlashganmi yuqmi shundan bilsa xam buladi. Kinoyangiz urinsiz. Demak, mani gapim sizga tegib ketibdi, aks xolda bunday demagan buladingiz. Xazil ostida xam biroz chin yotmasa, xazillashmanglar deyilgan, manimcha

kitayoza
05-26-2008, 11:56 PM
siz Prezident voqealari bilan aralashtirib yubormang, alomatlarga qarab oxiri zamon yaqinlashganmi yuqmi shundan bilsa xam buladi. Kinoyangiz urinsiz. Demak, mani gapim sizga tegib ketibdi, aks xolda bunday demagan buladingiz. Xazil ostida xam biroz chin yotmasa, xazillashmanglar deyilgan, manimcha
Nimaga "tegib ketibdi" deysiz. Uncha munchaga ishonmaydigan birodarlardan ekansiz. Shungayam yaxshilab tekshirib qo'ying deb maslahat berdim.:rolleyes:
Siz bilan hali hazillashmadim. Hazillashadigan bo'sam, chinini ichiga qo'yib hazillasharman, ok!:D

Asadbek
05-27-2008, 06:14 AM
O'tgan yili yozda sut mahsulotlari narxi oshib ketgandi...
Hozir yangiliklarda o'qib qoldim, Germaniyada sut yetishtirib beradigan dehqonlar 100 lab liter sutlarni to'kib tashlashyapti ekan... Literiga 43 Cent talab qilib chiqishyapti ekan, shunga sut xarid qiluvchi industriya bilan kelisholmay, mana senga, deb sutni to'kib tashlashyaptiykan.
Tey kunlarda kelishib olishmasa, yaqin orada Germaniya supermarketlarida sut mahsulotlari kamayib, bori ham qimmatlashadimi, deyman-da...

O'zbekistonda esa odamlar orasida yog', guruch qimmatlashadi, degan gaplar yuribdi...

Тюльпан
05-27-2008, 06:19 AM
O'tgan yili yozda sut mahsulotlari narxi oshib ketgandi...
Hozir yangiliklarda o'qib qoldim, Germaniyada sut yetishtirib beradigan dehqonlar 100 lab liter sutlarni to'kib tashlashyapti ekan... Literiga 43 Cent talab qilib chiqishyapti ekan, shunga sut xarid qiluvchi industriya bilan kelisholmay, mana senga, deb sutni to'kib tashlashyaptiykan.
Tey kunlarda kelishib olishmasa, yaqin orada Germaniya supermarketlarida sut mahsulotlari kamayib, bori ham qimmatlashadimi, deyman-da...

O'zbekistonda esa odamlar orasida yog', guruch qimmatlashadi, degan gaplar yuribdi...
Туркияда хам худди шу ахвол. Биринчи булиб нимагадир гуручни нархини сунъий равишда оширишди. Мамлакатдаги хамма гуручни ва экспорт булиб келаётган гуручни ёппасига бир гурух мафия сотиб олди. Гуруч тула кемалар хафталарча Мармара денгизида кутиб турди нархларни ошишини. Мана энди икки бараварига сотишяпти. Бензинга бир ойда 3 марта нарх ошгандан кейин автоматик равишда хамма нарса ошиб кетди.

Al Gore
05-27-2008, 07:07 AM
Markaziy Osyo mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlarni oshib ketishiga asosan suv resuslari yetishmasiligi birinchi omil bo'laoladi, chunki aksariyat ekin maydonlarida sug'orish ishlari amalga oshirlmasa bozorlarda oziq-ovqat maxsulotlarning keskin ko'tarilishi bu tabiiy xol albatta , bundan asosan O'zbekiston ekin maydonlari zarar ko'rishi mumkun, va natijada butin mintaqada oziq-ovqat maxsulotlari ko'tarilishi aniq,chunki O'zbekistonda yetishtirilgan dexqonchilik maxsulotlari butun Markaziy Osiyodagi dexqon bozorlarida sotiladi, o'z o'zidan narx navo shu yo'nalishda oshaveradi, buni oldini olish uchun MO hukumatlari birgalikda ish olib borsa , suv mahsulotlarini tajab tergab foylanilsagina bu narsani oldini olishi mumkun, xozirch bu xolat jiddiy emas, davr kelib pulingiz bo'la turib yegulik narsa topaolmasangiz bundan yomoni bo'lmasa kerak.

MUHLIS
05-28-2008, 09:15 AM
don va sholi mahsulotlarining narxi butun dunyo bo'ylab oshyapti, buni mafiyaga aloqasi yo'q. Buning sababi oddiy:
1. Bug'doy va sholi yetishtiruvchi mamlakatlarda (msln: Avstraliya yoki Thailand) hosil kamayib ketdi (tabiiy ofatlar, qurg'oqchiik, yoki zararkunanda hashoratlar ta'siri ostida).
2. Iste'molchi davlatlar kamchilikni (msln: Xitoy yoki Yaponiya) ikkilamchi yetishtiruvchilardan (msln: Qozog'iston) mahsulot sotib olish bilan to'ldirishdi.
3. Hosil kamaygan bo'lsa ham talab o'z tabiiy o'sish sur'atida davom etyapti.
Bu holatlar natijasida iqtisodi shunday ham zaif bo'lgan mamlakatlarda (msln: O'zbekiston yoki Tojikiston) don va sholi mahsulotlarining narhi oshib ketdi.
Ba'zi bir "tree hugger" environmentalistlar bu holatni AQShdagi etanol ishlab chiqarish tehnologiyasiga bog'lashmoqda. Ammo bu umuman o'rinsiz, chunki AQShda etanol bug'doydan emas balki makkajo'xori donidan ishlab chiqarilmoqda.

VACHACH
05-28-2008, 09:23 AM
endi arzonlashgani bilan avvalgi holiga qaytishi judayam qiyin.
hammasi o'sha dollarni qadrsizlanishiga borib taqaladi asosan.
neftning dollardagi qiymati pastga ketgandan keyin, neftning narhi o'sha yo'qolgan qiymatni tiklash uchun oshib ketdi dollarda.
a bundan spekulyantlar yahshi foydalanishdi. hamma joyda transport harajatlari oshib ketdi. shundan keyin har qanaqa mahsulotlarniyam narhi oshdi.

judayam qiyin masala bu narh-navoni tushib avvalgi holga qaytishi.

blogger
05-28-2008, 09:30 AM
Chashmada suv qurib qolibdimi? :(
Hali bunaqasini eshitmagan edim, exe, qancha baliq bor edi u yerda.

Oq va Qora tog' orasidagi chorvador va dehqonlarga ham qiyin bo'libdi-da unda :(




Навоий вилояти: Сув жуда кам, Лангар, Сармиш, Нурота тоглари курип кетган. Нуротодаги Чашмаси куриган хьозир :( Баликълар улаяпти аста секин.

VACHACH
05-28-2008, 09:42 AM
Chashmada suv qurib qolibdimi? :(
Hali bunaqasini eshitmagan edim, exe, qancha baliq bor edi u yerda.

Oq va Qora tog' orasidagi chorvador va dehqonlarga ham qiyin bo'libdi-da unda :(
:D bu adashib bu tarafga post qivordiz shekilli a??

kitayoza
05-28-2008, 09:58 AM
:D bu adashib bu tarafga post qivordiz shekilli a??

Ilhom kep qoganda mehsat qimaseyzchi.:D
Davom ettiraverin bloggerbek. Judayam qiyin bo'pti bu yil bizani dehqonlarga, aha yana....:lol:

VACHACH
05-28-2008, 10:14 AM
Chashmada suv qurib qolibdimi? :(
Hali bunaqasini eshitmagan edim, exe, qancha baliq bor edi u yerda.

Oq va Qora tog' orasidagi chorvador va dehqonlarga ham qiyin bo'libdi-da unda :(

Ilhom kep qoganda mehsat qimaseyzchi.:D
Davom ettiraverin bloggerbek. Judayam qiyin bo'pti bu yil bizani dehqonlarga, aha yana....:lol:

ana endi u yerni dehqonchiligi bilan chorvadorligi qiyinchilikda qolgan bo'gandan keyin, ularni mahsulotini narhi tushmasligi aniq!

:D endi mavzuga bog'lab qo'ydim-de...

blogger
05-28-2008, 11:01 AM
Rahmim kelib ketdi-da, u yerdagi odamlarni, joylarni bilaman, shunga qarab turolmadim :D

Adashmadim, post qilmasam ham kirib o'qib turaman. Ayniqsa Hoji akaning namyoklarini :lol:

Tak chto kuzatuvdasizlar :)

:D bu adashib bu tarafga post qivordiz shekilli a??

VataN
05-29-2008, 05:19 AM
Э! Нимаси кулгили? Клоунчилик шутта керак эмас.

Ман Нурота ерларини яхши биламан,уларда сув камайса чотокъ булади :evil: