PDA

View Full Version : Inson, uning Adolat va Haqiqatga munosabati yohud R. Azimovga berilga savollarga izoh


Yakudza
06-13-2008, 01:03 AM
Inson ajoyib bir mavjudot...Uning hislatlaru illatlariga chegara yuq! Hayvon zotidan biz insonlarni ajratib turgan narsalardan biri - bizning uz hayotimizni murakkablashtirishga bulgan intilishimizdir!

Aslida Oliy Zotga tegishli bulgan, hamda inson uchun 100 bir qismini ham egallash qiyin bulgan mezonlarga intilamiz. Sevgi, muhabbat, Rahm, Azizlik, Buyuklik, Qahr, Rahmdillik kabi noinsoniy ulchovlarni, his va tuygularni uzlashtirib olganmiz! Aslida-chi, ularni anglab yetish, ularni his qila olishda har birimiz uzimizgagina hos bulgan usulda, turli qarash va fikrlar, nazariyalar bilan yondashamiz.

Adl va Haqni uzlashtirishga bulgan intilish esa, insonni zulm kuchasiga yetaklashi, hidoyat qolib zalolatga boshlashi bugun yana bir bor uz tasdigini topdi!

Adl va Haqni taniganlar, Adolat va Haqiqat ulchovlariga munosabat qilishda, ehtiyotkorlik bilan harakat qiladilar. Bu harakat faqat aql va tafakkurda muayyan darajada yetuklikka erishgan insonlarga hos bulishi mumkin. Aks holda, inson uz mavqai va manfaatini Haqiqat deb belgilab oladi. Va uz navbatida ana shu mavqe va manfaatni mustahkamlashga qaratilgan harakatni Adolat deb biladi.

Natijada, Haqiqat va Adolat zulmga aylanadi. Zulm esa alohida olingan bir insongina emas, butun jamiyatda parokandalik, zalolat va jaholatni, saviyasizlik va savodsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Zulm, yuqorida tasvirlanganidek, aql va tafakkuri yetuk bulmagan insonning Adl va Haqqa taqlid qilishi natijasi ularoq vujudga keladi. Bu holat bir necha bor qaytarilgach, jamiyat ana shu sohta Haqiqat va Adolat juftligiga kunikib qoladi. Bu esa butun jamiyatni g`aflatga yetaklaydi, insonlarda hidoyat, taraqqiyot va ziyo bulgan intilish yuqolib, sohta juftlikka erishish meyor bulib qoladi.

Afsus, afsus...

Bugun ana shu mudhishlikning yana bir kurisnihsi sizga namoyon buldi. Aql va tafakkuri darajasini belgilashda bir oz hatolikka yul quygan chogi, Adl va Haq zulmkorona ravishda uzlashtirildi.

Ana shu zulmga qarshi chiqish imkoni ham berilmadi...sabab yana usha - tafakkur va aqldagi muayyan muammolar! Zulmkorning na aqli, na zehni va na saviyasi bulmadi zulmga barham berishga intilganlarga imkon berish uchun! Yana usha zulmda namoyon bulgan Haqiqat va Adolat!

Dustlarga aytganim, bugun rozi bulib, kuz yumib ketmang, ertaga g`aflatga tushib qolasiz!

...ga aytganim, Adolat va Haqiqatni amalga oshirishga noloyiqliging kurindi, sharmanda bulding. Safdoshlaringni ham sharmanda qilma.

uzbekcfa2
06-13-2008, 01:34 AM
wow...uzbekchangiz juda zur ekan! (your uzbek is very advanced:D)

but i guarantee nobody will read till the end...you guys better stop fighting.

Asadbek
06-13-2008, 03:13 AM
Masanorining "zapas"da turgan va ban olib endi qayta foydalana boshlagan Yakudza taxallusiga permanent ban qo'yildi.

Mavzu esa yopildi.