PDA

View Full Version : Jinoyat va Jazo 2: so`zlarimning tasdig`i


Masanori
06-19-2008, 08:29 PM
Oldindan hurmatli adolatpesha va haqiqatparvar administratorlarimizdan iltimos qilmoqchi edim, agar mavzu bazi bizlarga nomalum sabablarga kura maqul kelmasa, uchirib tashlashdan oldin, yana bir bor uylab kuring...uz hurmatingiz haqida!

Hullas, kecha bir mavzu ochganim va unda uzbek millatiga hos bulmagan bazi tamoyillar va g`oyalar haqida fikr yuritgan edim.

Jumladan, Uzbek millati demoktarik qoidalar, adolat va qonun oldida tenglik, holislik tamoyillari asosida faoliyat yurita olmaydi degan masalani kutarib chiqqan edim.

Ha, kuriniishidan uta qaltis bir fikr. Yozgan suzlarimdan bir oz uzim ham seskanib ketdim...Nahotki?! Adashayotgan bulay...ahir bizning halq ham taraqqiy etgan davlatlar qatori yashashga nega sazovor bulmasin degan fikrlar hayolimdan utdi!

Afsus, ming afsus...froumda ketma-ket bulib utgan voqealar va ayniqsa kecha ochilgan ana shu mavzuning butunlay uchirib tashlanishi, uz goyalarim ne choglik haqiqatga yaqin ekanligini kursatib berdi...

Voqeani bir boshdan suzlab berishni lozim topdim:

Bundan bir necha kun oldin Uzbekiston muammolari bulimida "Sohta vatanparvarlar uqisin...saboq uchun"$ degan mavzu ochgan edim. Gap uz egasini topdi, man aytgan ana shu sohtalar ochilgan mavzuda uzlarini himoya qilishni boshladilar. Hullas soglom munozaraga chorlagan edim, maqsad amalga oshdi, bahs uchun imkon vujudga keldi!

Sohtalar haqida ochilgan mavzuga bir ikki izoh yozishni lozim topdim. Mavzu nima sababdan ochildi?

Malumki, forumda ikki tomon mavjud: 1. Uzbekistonda joriy rejimga moyil bulganlar; 2. Uzbekistonda mavjud rejimga dushmanlar.

Man va boshqa bir qator userlar aynan birinchi guruhga kiramiz. Nega joriy rejimni qullab-quvvatlashimiz esa, bundan oldingi kuplab mavzularda batafsil bayon qilingan edi.

Uz-uzidan ikkinchi guruh azolarini man sohta vatanparvarlar deb bilaman. Buning sabablari ham oldingi mavzularda ancha kup marotaba yoritilgan edi. Lekin sunggi vaqtlarda ana shu ikkinchi guruh azolarida saviya bir oz tushib ketdi. Man va maning safdoshlari dalil isbot bilan, bosiqlik bilan gapirsak, ana shu ikkinchi guruh azolaridan kurakda turmaydigan mazah va kamsitishlarni kup eshtia boshladik. Dalil va fikrlar qolmaganda, sohtalar shahsiyatga utish, haqoratlash usulini tanlashni boshladilar. Faqat, iltimos, mana shu gapimni yurakka jud yaqin olmanglar, minglab misollar keltirmana hohlasangiz...

Shu yerda bir oz lirik chekinish qilib, UzLand mavzusiga tuhtasam. Ban olib bu forumda kurinmay ketgan UzLandning ketishini kup jihatdan man ham qullab quvvatlagan edim. Sababi, asosiy goyaviy raqiblarimizdan bir bulgan UzLandning ancha asosli va mazmunli argumentlari endi bilarga halaqit bermas edi.

Shu kunlarda afsuslana boshladim...sababi, UzLand siyosiy va huquqiy hamda ijtimoiy mavzularda bahs yuritish uchun ancha yetarli bilim va saviyaga ega bulgan userlardan edi. U bilan bahs qilish oson emas edi, hamda unga qarshi fikr bildirishda ancha puhta uylash, u yoki bu maummo yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalarni asoslab berish lozim edi.

UzLand - uta mohir munozarachi ham edi. Argumentga argument, fikrga fikr bilan javob berar edi. Argumentlari qolmaganida esa, jimgina kurinmay qolardi holos :)

Hullas, UzLand ana shu ikkinchi guruhning hurmatga sazovor yetakchisi edi. UzLand ketti hamki, ikkinchi guruh bebosh podaga aylandi qoldi. Endi fikr, goya, dalil va isbot emas, quruq oldi qochdi suzlar, haqoratlash va mazah eshitadigan buldik. Sabab ham aniq...1-guruhda ancha faol ishtirok etgan userlar, jumladan Darvesh, Djigit, Mr. Putin, Alban Dra va boshqalar diplomli mohir siyosatshunoslar va iqtisodchilar ekanligi hammamizga malum. Ikkinchi guruhda esa, ana shu professionalizmga dosh berib, tugri va hurmatga sazovor fikr bildira oladigan user UzLand edi holos. Qolganlarni ikkinchi planga surgan bular edim. Sabab, halqimizda chumchuq suysa ham qassob suysin degan naql bor. Davlat, uning mehanizmi, ishlash tartibi, qonun, uning qabul qilinish jarayoni, jinoyat, uning tarkibiy qismlari, jazo, uning jinoyatga mutanosibligi, konflikshunoslik, mintaqashunoslik va hokazo sohalarda umuman hech qanday hattoki boshlangich bilimga ega bulmay turib, sohtalar birinchi guruh bilan bahsni davom ettirdilar. Bilim va saviya etishmasligi bois, ularning bahslari kup hollarda shahsiyatga utish bilan uz yakuniga yetar edi...

Hullas, UzLand boshqa frontlarda qanday kirdikorlar qilganini aniq bilmadimu, lekin siyosat va huqu sohasida ancha professional raqib edi.

Nega ikkinchi guruh azolarini sohta deb atayotganim ham endi sizga malum bulsa kerak...sohta qassoblar...chumchuq suyaman deb, uni harom uldiradilar...

Ana shu sohtlar bilan muloqotda, argument va dalil keltirish befoyda bulib qoldi. Dalil va isbotni anglab yetishga ojizlik qila boshladilar.

Natijada, ana shu sohta vatanparvarlarga saboq tariqasidagi mavzu ochildi. U mavzuda, Uzbekistonda mavjud siyosiy munosabatlardan holi, biroq uz ota tuprogi uchun joni achigan Turkiyalik vatandoshimizning sodda va chapani fikrlari keltirilgan edi. Hech qanday dalil, hech qanday argument topmaysiz uning fikrlarida, faqat ochiq, dildan bildirilgan fikrlar edi.

Endi tushungandirsiz, nega ana shu mavzu ochilganligi...Ikkinchi guruh saviyasiga mos va hos edi. Oddiy bir insonning uz vatani haqidagi chapani, sodda fikrlari bilan tanishib oling degan edim...

Hozircha mavzu tafsilotlari bilan mana bu yerda (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=46326)tanishib turing...suhbatning qizigini esa, Jumadan keyin davom ettiramiz...

Bahoroy
06-19-2008, 09:36 PM
Janobi Masanori, Forumning teng huquqli userlari sifatida Sizning shahsiy fikrlaringizni, dunyoqarashingizni hurmat qilishga majburmiz har birimiz. Fikrlaringizga qo`shilish-qo`shilmaslik esa boshqa masala...
Lekin, nima uchun O`ZBEK millatini forum yoki uning a`zolari miqyosida ko`rasiz? O`zbekning qanday millat ekanligini forumning tor(kechirasizlar, lekin MILLAT oldida FORUMNI tor deyishga majburman!) doirasi bilan o`lchaysiz? Umuman, nima uchun virtual hayotni TAQDIRdek qabul qilasiz? Bu bilan o`zingizni ham, boshqalarni ham qiynaysiz? Baraka topkur, sal o`ylab ko`ring, bulardan nima foyda? O`zingiz aytmoqchi, sohta vatanparvarlik bo`lib chiqyaptiku hammasi chetdan qaraganda.

Kechirasiz, Sizning fikrlaringizni tahlil qilish yoki bo`lmag`ur safsata sotish emas maqsadim, shunchaki o`zbek undoq, o`zbek mundoq deb falsafa so`qiganlarni ko`rgani ko`zim qolmaydi ba`zida!

Postimga javob yozishingiz esa SHART EMAS!!!

savol
06-19-2008, 10:10 PM
how about spending some time, efforts, using some nice words, sharing your love, showing your real patriotism (so we could praise you) and posting at least one useful comment on this thread for the sake of your beloved Motherland's healthy generation and future?



forum(tochka)arbuz(tochka)com/showthread(tochka)php?t=33305



no?

okay, sorry.

Masanori
06-19-2008, 11:13 PM
Jinoyat qonunchiligida "adolatli jazo" tushunchasi

Hullas, sohta vatanparvarlarga doir mavzu ochildi. Sezib turibman, hozir "sohta" degan suzning uzi haqorat edi deydiganlar ham topiladi...Birinchidan haqorat emas, haqiqat, ikkinchidan, sohta desam nega darrov uzlariga olib, shahsiy harakterga ega bulgan javob qaytaradiganlar hoziru nozil...

Abu Hafiza san sohtasan, Kizuna san sohtasan va hokazo deb nomma nom kursatilmagan bulsada, bazilar sohtalikni yurakka yaqin olib yuboribdi.

Shunga qaramasdan, mavzu Vector, serendipity, island22 kabi userlarning soglom munozarasiz natijasi ularoq, jonlanib ketti.

Ana shu mavzuda man kuplarni haqorat qilib chiqdim. Buni tan olaman. Haqoratning har qanday kurinish, har qanday vaziyatda - salbiy holat va bunday hatti-harakat jazolanishi lozim.

Lekin shu urinda, haqoratimdan aziyat chekkan Vachachga uz uzrimni aytishni lozim topdim holos. Sababi uni hehc qanday sababsiz haqoratladim va mazah qildim. forum gallereyasida yuz bergan nohushlikdan asabim tarang edi, Vachach ana shu paytga tushib qoldi. Uzr.

Yana kuplarni haqorat qildim...Ana shu kuplar haqida suz yuritishdan oldin, qoidaga zid qilmishga baho berish va shunga yarasha jazo tayinlash tartibi haqida, umuman olganda adolat haqida bir ikki suz:

Qadimda ugrilik qilganlarning quli kesilgan ekan...Kunlardan bir kuni ikki ugri ushlanibdi. Har ikkisi bir hil jinoyat sodir etganiga qaramay, qozi ikki hil jazo huhm qilibdi.

Bir ugrining ikki barmogi kesilishi lozim topilibdi. Ikkinchi ugrining har ikki kafti kesilishiga buyruq berilibdi.

Bir qarashdan adolatsizlik bulib tuyulgan hukmga qarshi olamon uz noroziligni bildira boshlabdi. Shunda qozi har ikki vaziyatga izoh berib, ikki hukm ne choglik adolatli ekanligini kursatib beribdi.

Ikki barmogi kesilgan ugri ilgari bir boyning qaramogida mehnat qilgan ekan. Boyning manmanligi va zolimligi tufayli kup aziyat chekibdi. Boy vada qilgan maoshning uchdan bir qismini berar, ish miqdorini esa hamisha oshirib borar ekan. Bu yovuzlikka chiday olmagan hizmatkor ishdan ketibdi va uz oilasining ruzgorini tebratish uchun ish qidira boshlabdi. Hech kim ishga olmagach...imkonsizlikdan ana shu boyning uyiga ugrilikka tushibdi, va tulanmay qolgan ulushini ugrilabdi.

Qozi ikki barmogi kesilishga hukm bulgan odamning hatti-harakatini adolatli biroq noqonuniy deb baholabdi. Ulushni qaytarib olishning qonuniy yullari turgan bir vaziyatda, hizmatkor qonunga hilof ravishda uz uzlushini qaytarishga harakat qilgan degan baho berilibdi.

Ikki barmogi esa, qonun borligi va hamisha qonuniy ish tutmoq kerakligini hamisha bildirib turish uchun kesib tashlanibdi.

Ikkinchi ugri esa, uta zulmkor, ilgari bir necha bor ugrilik sodir qilgan odamlardan ekan. Har safar jazo belgilanib, quli kesilishi lozim bulgan paytda zindondan epchilik bilan qochib qolar ekan. Sunggi safar Haj safariga ketayotgan bir musofirni bor mol-mulkini ugrilabdi.




Qozi bir qulini shahsiy mulkni ugrilagani uchun, ikkinchi qulini esa, dinis Islomga hiyonati uchun kesishga buyuribdi.

Afsus, adolatli jazo degan tushuncha zamonamiz qozilari - moderatrolarga begona chogi...

Ohhoooooooooo "saboq" uchun "haqiqiy vatanparvarlarimiz" g'irt savodsizcha berilgan fikrlarni dalil tariqasida keltirishiptiyu. Ha masaboy, demak chet elliklarga bizni ko'priklarimizni ko'rsatish xalqni och qolishidan muhimroq ekanda?

Boshqa bir mavzuda Masanorining butun tarihini yozib chiqishga shaylangan abu Hafiza, uz suzlarini haqorat deb baholamaydi chogi...

Etibor bering...savodsiz degan suz ilk bor kim tomonidan va qachon qullanilganini...

Mavzuni davomiga nazar tashlasangiz,abu Hafiza suzlariga hech qanday etibor qaratmaganimni kurasiz.

Dodani ...larini uqalidiganla jaa ko'payib ketwotti-de shu kunlada. Bir kun kelib ketsalar kimnikini uqalarkin bular...?!

Bu suzlarga ham umuman etibor bermadim...



Yana ichibdi...


Mana bu postga esa chidam va bardoshim bulmadi...

Hush, janob adolatpesha moderator, aytingchi, yana qancha haqorat va tuhmatga chidashib zarur edi!?

Manga nisbatan bulgan haqorat va mazah keyin ham davom etganiga etibor bering:

Kaypi oshib qolibdi...
Dalbayop, men sen o'ylagan yerlarda emasman. Bu yerdan chiqib ketganimga bir xafta bo'lmoqda. Agarda o'sha yerda bo'lganimda maydalab tashlar edim.

OOoooooooooooooooo masaboy, endi yoshlar kanalida chiqdim deb saviyangiz oshib ketiptimi? Siz bilan bahs yuritishga oldin ruhsat olib, imtihondan utib, keyin yuritish kerak ekanda?

Endi nimayam derdik, yoshlar kanalida chiqqandan keyin odamni qo'liga osmon tushib qolar ekanda Saviya emish, hali hurofot nimaligini bilmay hurofotda ayblaydimi-ey, mohir huquqshunosimiz yo'q davlatni yo'q konstitutsiyasi buyicha prezidentlar saylaydimi-ey, konvertatsiya tuhtatilishini islamistlarda ayblaydimi-ey, vinoni halol deb ichidagi ilon yoki tashbaqa harom qildi deydimi-ey. Forumdagi avatar bilan rossiyadagi taqirboshlanri adabini berib bo'ldingizmi janobi oliylari?

Keyin sal gapga so'kib ketishiga o'laymi a "haqiqiy vatanparvar?" Axloqingiz qanchalik "haqiqiy vatanparvar" ekanligingizni ko'rsatib turipti.

Maqolani bo'lsa o'qigandim va aytgan gapim haligacha o'rinli. Demak chet elliklar ko'priklairmiz haqida nima o'ylashi xalqni ochligidan muhmroq ekanda? Va qachondan beri shahsga sig'inish haqiqiy vatanparvarlik bo'lib qoldi?

PS: masaboy, tag'in mangayam tashab qolmang "razborka" qilaman, deb hohlasangiz so'ramasizdan teleofnimni junatvoraman

va hokazo...

Umuman olganda man moderatorlar faoliyatiga kamdan kam aralashaman. Forumga kirib, uzimga kerakli narsani olib ketishga urganganman. agar mavzu umuman boshqa moderator tomonidan yopilgan, umuman boshqa moderator tomonidan manga jazo berilganida edi, balki indamay ketavergan bular edim. Lekin R. Azimov degan moderatorning bu hatti-harakatni amalga oshirishi va uzini quyidagi suzlar bilan adolatpesha qilib kursatishi bu qadar qarshi principial holatda turib olishimga sabab buldi.


Siylaganni sigir bilmas degan maqol bekorga kelib chiqmagan ekan.

Forumda hadeb janjallashaverib, boshqalarni haqorat qilaverib hammayoqni axlatga to'ldirganiga ko'zimni yumib O'ziga kelarmikin, tushunarmikin - desam tushunmabdi bu kishi!

Qaytanga warning bermasdan o'zim baloga qoldim. Kecha usha "maslahat" mavzusini yopganda qarsillatib ban berib yuborsam bo'larkan, ayblarini ko'rsatib.
Esiz, kichkina xato qilgan ekanman.


Masanori, sizga 3 kun dam olish.
Kayfiyatni yaxshi qilib, sog' omon qaytib keling.
Kutamiz.





Nega R. Azimov jazolanishi lozimligi haiqda bir oz keyinroq...

Hammasi isbotlanadi...agar bu mavzu ham uchirib tashlanmasa...

kizuna
06-20-2008, 12:07 AM
yuqorida, meni oldingi postlarimni quote qilibdi.
oooooo' bola, o'sha gapimga chidaysanmi yo'qmi, ichasanmi ichmaysanmi ishqilib hadeb boshqacha ma'noda tushunavermagin. Senga berilgan, ogohlantirishdan keyin R.Azimovdan menga ikkita warning berildi. Hotirjam bo'laver.

Masanori, Xudo haqqi senga gapirganim bo'lmasin. Hatto shu forumdagi biron-bir ayol sendek emas. Wallohi... O'sha ayollardan birontasi iffatini yo'qotib moderlarni ustidan adovat qilib shang'illab chiqib, uyquni keltiradigan uzundan uzun post qoldirmagan. Qoldrishganidaham biz "Ha ayol kishida, uyda o'tirib nima qilishni bilmayotgandirda" deb qo'yar edik. Ammo xudoga shukur hali unaqa ayol userlar bu forumda yo'q ekan.
Ammo erkak bolib turib g'ururingni, o'bro'yingni o'z dunyo qarashing bilan poymol qilib tashlading.
Erkak degan bitta pozitsiyada, shahdamlikda va botir bo'lishi kerak. Bo'yingni qara, basharanga e'tibor ber. Uylantirsa o'ntasini tug'diradigan yigit kishisan, qilayotgan va yozayotgan ishlaringni ko'rib odam hayron qoladi.
Sal elegant va diplomat bo'lishni qachon o'rganasan bilmadim. Ishqilib bundan keyingi hayotgda omad tilab qolaman. Bunday ketaversang senga tekkan qiz erta beva qolishi mumkin. Shunga tarbiyangni yangila!
Uchrashmoqchi bo'lsang aytdim va yana aytaman. 仙台dagi 東北 Universitetiga kel!

Muhtaramlar, mana shunday odamlar ham vatanimizda borligi va biz tanib olishimiz ham zarur. Chunki ertangi hayotda kimlar bilan qanday aloqa va munosabat qilishimizni oldindan o'ylab bilib olamiz.

LIBRA
06-20-2008, 12:42 AM
Masanori, yomon ekansiz-ku a? Otni kallasidek post yozasiz, o'qib e'tiroz qilganlarni saviyasini aniqlab tashlaysiz? Bularni hammasini nima yozishini o'zingiz boshidayoq, ya'ni o'sha mavzularni ochish jarayonidayoq bilar edingiz! Shunday emasmi? Bilmayman demang, ko'p narsani ko'zga olib, bilib turib ochgansiz. Xatto, shu shunday yozsa shunday javob qaytaraman, javob topa olmasam saviyasini tushuraman deb hozirlik ko'rgansiz menimcha :lol: Boshida ''meni taqlid qilishibdi'' deb ochgan mavzuingizda bu niyatlaringiz haqda habarim bo'lmasdan, ''Kim ekan O_o'' deb qiziqib javob qaytardim, mavzuni o'chirib tashlashganida qiziqishim yanada ortdi! Yana ''nega o'chirdilaring'' deb ochgan mavzuingizda sizga qo'shildim. Hammasi maroqimdan :lol:, hozir qarabmanki..... adashganimni angladim. Modam siz aytgandek sizga ''protiv''larni banlamasdan ''za''larga qarshi chiqishsa, unda nima qilasiz u oltin vaqtingizni bu yerga sarflab, nozik barmoqlaringizni charchatib? Hmmm... Yana birnarsa, qiziq meni saviyamni ham aniqlab bering? Sizni ko'zingizda ko'rishni hohlayapman :lol: Ja siz kabi baland saviyali yurist bo'lmasam ham... Yanada qiziq boshqalarni ko'zi bilan qanday saviyada ekanligini bilish! :lol:

Asadbek
06-20-2008, 12:44 AM
Nega R. Azimov jazolanishi lozimligi haiqda bir oz keyinroq...

Hammasi isbotlanadi...agar bu mavzu ham uchirib tashlanmasa...Hey, Masanori, ko'p chiranmang buncha...

R.Azimovga qarshi hech qanday jazo berilmaydi, uning moderatorlik vazifalaridan birortasi ham olinmaydi, bunga men kafil.
Diydiyo qilaverib Forumda hammani o'zingizga qaratib, kayfni olib bo'lgandursiz?..

Bir xil mazmunda takror mavzular ochaverganingiz, Forumda guruhbozlik qilayotganingiz, Moderator R.Azimovga nisbatan haqoratli, kamsituvchi postlar qilishda davom etayotganingiz va eng yomoni, oxirgi kunlarda tartibbuzarlikdan voz kechmayotganingiz uchun sizga 1 haftalik BAN.

Yangi taxallus ochsangiz, Ban muddatiga ta'sir qiladi.
Umid qilamanki, vaqtdan unumli foydalanib, Forumga mazmunli, Userlar foyda oladigan, janjal-tortishuvlardan yiroq mavzu va postlar bilan qaytasiz.

Vaqtingiz unumli o'tishini tilab
kamina