PDA

View Full Version : Yigitchilikmi?!


Sakina
07-03-2008, 10:53 PM
Tohirbek uylanganiga endi bor yo'g'i uch kun bo'ldi. O'zini shu qadar bahtli his qilar ediki, go'yoki dunyoda undan bahtli kuyov yo'q edi.
Ha u bahtli bo'lmay kim bahtli bo'lsin?! Ahir butun mahallasini og'ziga tushgan Nafisadek qizga uylandiya.
Qanchadan, qancha yigitlarni armonda qoldirib, Nafisaga yetishdi ortiq baht bormi?!
Qoshu-ko'zi qop qora, oy yuzidan nur yog'iladi, qarashlari, nigohida o't bor. Har qanday yigit oshiqu beqaror bo'lishi tayin.
"Kim bahtli" deb so'ralsa albatta Tohir bor ovozi bilan baqirib "mana men bahtli" deyishga arzugudek bahti bor.
Nafisadek qizga uylanish hamma yigitlarga ham nasib etmaydi. Bu bahtga u erishdi...

3 kunlik bo'lgan kelinchak sahar turib hovlilarni supirdi, uylarni chinni chiroqdek qilib saranjomladi.
Bugun Tohirni uylangani sharofati bilan bazim uyishtirgan. Barcha snifdosh do'stlari kelishadi...

Bazim ko'ngildagidek boshlandi, Tohirni bahtidan hursand bo'lgan yoru birodarlari ham Nafisaga yetisholmasdan armonda qolib hasad qilgan "do'st-dushmanlari ham hammasi shu yerda.
Do'stlarini ko'ngli qolmasin deb, shu bugun Tohir bir shisha shompanni op qo'ygan edi, shuni dasturhonga qo'ydi. Ahir yigitchilik do'stlaridan naq malomatga qoladiya ichkilik bo'lmasa.
Qadahni stakanlarga qo'yib do'stlaridan biri qo'lini ko'tarib "Qani do'stimizni shunday go'zal, oydek jononga uylangani munosabati bilan ko'taramiz" hammasi birdaniga "Tohirni bahti uchun" deya, "do'stona" baht tilashdi.

Ziyofat bir necha soat davom etib, ketish vaqti yaqinlashganda (armonda qolgan) hasadchi, do'stlaridan biri gap boshladi:
- Tohir, endi kelinni qo'lidan bir piyola choy ichmay ketsak bo'lmas?!
Tohir kulib:
- Qo'ysangchi oshna.
- Heh do'stlaringga bir piyoladan choy quyib berishga yaramaydimi?
- Yo'q nega endi, shu shartmi dimande.
Do'stlardan yana bittasi qo'shildi:
- Eee qanaqasan oshna, uylanding shunday qizga endi bir piyola choyini qizg'anvossanmi? Sani har kuni hizmatini qiladiku endi, bizga bir piyola choy ham quyib berolmaydimi?
Tohir birdaniga jonlandi. Ichkilikni ham ta'siri bo'ldi shekilli, yigitchilik keyin gaplarni ko'tara olmaydi. Ha hotini bir piyola choy quyib bersa biroryog'i kamayib qolmas?!
Eshikidan boshini chiqarib, oshxonada yugurib-yelib hizmat qilayotgan
kelinchakga:
- Nafis buyoqqa ke, sani qo'lingdan bir piyola choy ichishmoqchi oshnalarim, dedi.
Nafisa, nafasini ichiga yutib, tajublandi. Ahir yangi kelinchakku?! Ichib olgan erini oshnalarini yoniga borishi va choy quyib berishini tasavvur ham qilolmas edi, tajublanib oyisiga qaradi. Oyisi:
- Nafisa bormaydi! dedi.
Tohir jahil otiga mingan edi:
- Nafis man sanga kelib bir piyoladan choy quyib ber dedim!
Oyisi o'g'lini jahli chiqayotganini bilib:
- Mayli bora qoling bir piyoladan choy bersangiz hech narsa bo'lmas...
Nafisa oyisini gapi yerda qolmasin deb, choy damlay boshladi.
Kelinchak, tez kelavermagach hasadchi do'stlari endi Tohirga tosh ota boshlagan edi.
- He Tohir besh ketmadim, bitta hotinni eplolmadingmi? qoil...
Boshqasi qo'shildi:
- San qachon uylanasan?! Ehtiyot bo'l Tohirni kuni boshinga tushmasin. Hahaha..
- Tohir ishqilib kirlarini ham yuvib bermayapsanmi?
- Bu qizni qalam qosh desam ja balo ekanku.
- Hotin degani shunchalik bo'ladide.
Hammasi qah-qah otib kula boshlashdi.
Tohir boshi aylanib, o'zini tuta olmay qolgan edi. Jahildan ko'zlari qizargan titrashni boshlagan edi.
Yugurib tashqariga chiqib, baqira boshladi:
_ Nafis sani taloq qildim! Uch taloq keremi? Sani uch taloq qildim!
Taloqsan eshittingmi? taloqsan!!!
Qo'liga patnos olib, choy ko'tarib kelayotgan Nafisa hayratdan
yo'lni o'rtasida qotib qolgan edi.
Oshxonada turgan onasi boshini urib dodlay boshladi:
- Oh sho'rim quridi odamlar yordam beringlar sho'rim qurudi. Tohir bolam nma qilib qo'yding???!!!
Nafisa patnosni yerga tushirib yuborib, qo'llari bilan yuzlarini mahkam to'sib olgan edi.
Ta'jub... Bor yo'g'i uch kunlik kelinchak... Gapirishga holi yo'q hatto "Vay
Tohir aka, nima deb qo'ydiz?!"deb ham aytolmas edi....

Ichkaridagi do'stlari shu vaqtgacha vaziyatni tushunmay qotib Tohirga qarab turishgan edi. Tohir ichkariga kirib:
- Ko'ngillaring joyiga tushdimi???! ana taloq qildim...
Degan gapidan, cho'chib o'zlariga keldilar.
Hammasi shoshib o'rinlaridan turib o'zlarini ko'chaga urishdi. Hasadchilar go'yo maqsadlariga yetishgan, do'stlari esa hali hamon vaziyatni tushuna olishmayotgan edi....
__________________________________________

Hozirgi kunda shunday holatlar yo'q emas. Bu hikoyani bir necha yil oldin gazetada o'qigan edim (davomi ham bor ammo yozmayman yigit ancha qiynaladi) menimcha bo'gan voqia edi. Voqiani yozishdan maqsad; "mujikchilik" , "qilmasam oshnalairm nma deydi" degan gaplar bilan yigitlarimiz ko'p no maqbul, ahmaqona, no jo'ya ishlarni qilib yuborishadi. Bu holat ayniqsa Toshkentlik yigitlarimizni orasida ko'p uchraydi.

Bu narsa kundalik hayotimizda juda ham ko'p uchraydi. Shu narsa tufaylik turmush qurgan oilalarda ora sovushlar ko'p bo'ladi.
Yana oddiy misollardan biri, sigareta chakish, aroq ichish v.k narsalar. Ha nma disa "yigitchilik" ziyofatga borib qolganda yoki to'y po'yda ichishvotganini ko'rsayiz "oshnalarim nma didi? ichmiman disam" yoki shunga o'hshash gaplarni gapirishadi.
Ho'sh Alloh nima deydi?! deb so'raydigan odam yo'q...

Shu holatni siz qanday izohlaysiz?!

P.S voqiani o'qiganimga ancha yillar bo'ldi... hatolar bo'lsa avvaldan uzr so'rayman...

Warrior
07-03-2008, 11:30 PM
ÿõøè àòèãà 3 êóí ÿøàáòè, áèð óìð øóíàêà àõìîê ýð áèëàí êîëãàíäà áîðìè...

Gulbasheker
07-03-2008, 11:49 PM
Tog'ri shunaqa ahmoqlar yo'q emas. Bu shunchaki fictional hikoya bolsa ham tagida ko'p ma'no bor.

Don Corleone
07-04-2008, 07:32 AM
Tohirboga tan bermadim lekin, haqiqiy yigit bunaqa ish tutishiga umuman ishonmayman. Allohni o'zi asrasin bunaqa "dustlardan". Astag'firilloh.

Izida
07-04-2008, 07:38 AM
äóðàê îí è åñòü äóðàê. ÷òî áû íå ñëó÷àëîñü âñå ê ëó÷øåìó. ;)

Sirena
07-04-2008, 08:14 AM
Umaman jinnilik, ahmoqlik, pastkashlik, ayolga hurmatsizlik, idiotizm. Umuman bu hikoya primitiv qanaqadir, oshnalar bilan shampanskiy ichadiganlar bor ekanmi, bitta shampandan shunchalik mast bo'lar ekanmi, odatda aroq ichishadiku.

Sakina
07-04-2008, 08:18 AM
Umaman jinnilik, ahmoqlik, pastkashlik, ayolga hurmatsizlik, idiotizm. Umuman bu hikoya primitiv qanaqadir, oshnalar bilan shampanskiy ichadiganlar bor ekanmi, bitta shampandan shunchalik mast bo'lar ekanmi, odatda aroq ichishadiku.

Ha to'g'ri etasiz balki aroq ichishgandur. Lekin bir narsa tayin yigit asosan ichkilik tufayli emas, yigitchilik tufayli shunday qilib yubordi.
Uzrlarim yuqorida ta'kidlab o'ttim hikoyani o'qiganimga ancha bo'lib qoldi kamida 5-6 yil. Shuning uchun ba'zi hatolarga qaramaysizlar :)

Uz_Yasmin
07-04-2008, 10:55 AM
Men tushunmadim. "Taloq" nima?

Fotima
07-04-2008, 11:03 AM
Men tushunmadim. "Taloq" nima?

Taloq digani :rolleyes: eri hotiniga etadigan narsade :lol: agar shu gappi etib qo'ysa birga yashashi mumkin emas :rolleyes: nikohi buziladi :uups:;)

Uz_Yasmin
07-04-2008, 11:04 AM
Taloq digani :rolleyes: eri hotiniga etadigan narsade :lol: agar shu gappi etib qo'ysa birga yashashi mumkin emas :rolleyes: nikohi buziladi :uups:;)

Ajrashdim deganimi?

Fotima
07-04-2008, 11:06 AM
Ajrashdim deganimi?

ha shunaka digani, lekin bu yomon so'z shunchaki ajirashdim diganimas :uups::rolleyes:

LIBRA
07-04-2008, 11:07 AM
looooooolll Uz_Yasmin :lol: tag'in o'zbekchani bilmaysiz desam hafa bo'lasiz
Taloq bu ''menga bundan keyin haromsan'' degani deb tasavvur qiling. Agar er hotiniga ''senga taloq berdim'' desa u ayol eriga harom bo'ladi, yarashsalar ham yangidan imom nikohi qilishlari lozim!

Sakina
07-04-2008, 11:10 AM
looooooolll Uz_Yasmin :lol: tag'in o'zbekchani bilmaysiz desam hafa bo'lasiz
Taloq bu ''menga bundan keyin haromsan'' degani deb tasavvur qiling. Agar er hotiniga ''senga taloq berdim'' desa u ayol eriga harom bo'ladi, yarashsalar ham yangidan imom nikohi qilishlari lozim!

Islomda taloq qilingan ayol o'sha taloq qilib yuborgan eri bilan boshqattan turmush qurolmaydi toki ayol boshqasi bilan oila qurib ajirashmaguncha.
Bu yigit shu narsa tufaylik keyingi hayotida ancha qiyinchiliklarga duch keladi ;)....

Uz_Yasmin
07-04-2008, 11:14 AM
Islomda taloq qilingan ayol o'sha taloq qilib yuborgan eri bilan boshqattan turmush qurolmaydi toki ayol boshqasi bilan oila qurib ajirashmaguncha.
Bu yigit shu narsa tufaylik keyingi hayotida ancha qiyinchiliklarga duch keladi ;)....

Davomini ham yozing.
Menga yokhmaedi bitta narsani ohirigacha oqimasam

Sakina
07-04-2008, 11:17 AM
Davomini ham yozing.
Menga yokhmaedi bitta narsani ohirigacha oqimasam

Hmm qo'limdan kelgancha harakat qilaman... Lekin afsuski bu hikoyani ohirigacha o'zim ham o'qolmaganman:?
Sababi bu gazeta mani adami do'stlari Muhtor Nosir ismlik shoir, yozuvchi tamonidan chop etilayotgan edi bosh muharriri.
Shu odam yurak huruji tufayli vafot etib kettilar Alloh rahmatiga olsin bu gazetani bor yo'g'i 5-6ta soni chiqgan ....

Sakina
07-05-2008, 12:09 PM
Davomi...

Tushga yaqin Tohir ko'zlarini ochdi. Boshi qattiq aylanayotgan edi, hayollari hamon nimalar bilandir band. Kechagi voqialar birma-bir ko'z oldidan o'ta boshladi. Nimadur yodiga tushgandek tez o'rnidan turib atrofiga qaradi, yonida yaqindagina yetishgan rafiqasi, Nafisa yo'q edi...

Qani endi kechagi kun bilan uyg'onsada, kechagi qilgan ishini hech qachon takrorlamasa. Kechagi kun qanday go'zal, qanchadan-qancha orzu, niyatlar bilan uyg'ongan ediya... Ajiib...

Tashqariga chiqib hamma xonalarni birma-bir qarab chiqdi hatto xojathonani ham qaradi. Lekin ming afsuslar bo'lsinki Nafisa hech qayerda yo'q edi... Boshini urgancha bor ovozi bilan baqirdi "Yo Rabb, Nafisa" ...

Bu vaqtta Nafisa uni eshitmas, faqatgina ona uyida xonasini eshigini qulflab olgancha hong-hong yig'lar edi. Uydagilari vaziyatni hamon anglab yetmagan, Nafisani faqat "taloq berdilar, taloq berdilar" degan gapini ta'jub bilan eshita oldilar halos. "Nima bo'ldi biror ayib ish qilganmiding?" degan savollariga, Nafisa faqatgina "yo'q" deya oldi halos...

Yosh boshimdan, baht ne uchun yuzini burdi?!
Ne qasti bor?! Taqdir menga tarsaki churdi...

Kechagina ne, ne orzular bilan chiqib ketgan edi bu xonadan. Bor yo'g'i uch kungina qaynonasinikida turib, qaytib kelishini hayolini bir chetiga ham keltirmagan edi shu uch kun avval... Shu xonasida o'tirib, orzular bilan chiqib ketgan edi. Ne sinov bo'ldiki uch kundan so'ng bir dunyo g'am bilan qaytib kelib o'tiribdi shu xonasida... "Yo Rabb sabr ber" ....

Tohir og'ir hayollarga cho'mdi, bu kecha uyquga ketti. Tong yarmida uyg'onib yana Nafisa haqida o'ylay boshladi. Nima qilib bo'lsa ham Nafisani uyga qaytarishi kerak! Ha qaytarishi shart! Shiddat bilan o'rnidan turdi, o'zini ko'chaga urdi.

* * *
Tong saharlab, Mulla eshonning darvozasi taqilladi. Ajib, shu mahalda kim bo'lishi mumkin?!...

Mahallada "Mulla eshon" nomi bilan, ovozasi chiqgan "Chala Mulla" Abdurahmon eshik taqillayotganini eshitib, havotirda ko'zini ochdi. "Ishqilib tinchlik bo'sinda"...
Eshikni ochib hayrattan qotib tezda savolga o'tti:
- Tinchlikmi Tohir?!
- Mullaka manga tez yordamingiz kerak!
- Yahshi ostonada gaplashmassan?! Ichkariga kir.
Ikkovlon ichgariga kirishdi, supaga kelib o'tirishdi. Atrof suv quygandek jim-jit, ahir tong saharda xo'roz o'yg'onmagan vaqtta kim uyg'oq bo'lishi mumkin?!

Tohir gap boshladi:
- Hullas gap bundoq mullaka, manga yordam qilmasangiz bo'lmaydi. Faqat so'z bering yordam beraman deb?!
Mulla eshon ta'jublanib qaradi:
- Otang yahshi odam edi, Alloh rahmat qilsin. Eng yaqin do'stim edi, sanga man yordam qilmasam kim yordam qiladi ahir?!
- Rahmat aka, gap shundaki xotinimga jahil ustida taloq qo'yib yubordim...
Mulla eshon ko'zlari joyidan chiqgudek Tohirga qaradi:
- Esing joyidami sani?
- Aka jahil keganda aqil ketadi, deganlari shu ekanda...
- Hmm... - uzoq sukutdan so'ng, ishing og'ir jigar ishing og'ir...
- Aka boshqattan nikoh qilib qo'ying.
- Bunday qilish mumkin emas deb eshitganman katta mullalardan...
- Nega endi?! Ahir xotinim ediku.
- Xoting bo'lgani uchun ham bo'lmaydi!
- Nahotki?! Biror yo'li yo'qmi?!
- Hmm, men qidirib ko'raman. Ertaga kel.
- Yahshi mullaka faqat iltimos man xotinimmi uyga qaytarishim kerak, chunvossizmi?! qaytarishim shart!
- O'zing qilar ishni qilib menga do'q urganing nimasi?! Heh sen yoshlar, yoshlar..
- Uzr akajon, iltimos yordam qiling.
- Ha san ham o'z o'g'limdeksan, qo'limdan kelganini qilaman.
- O'zimdan qaytmasa hudodan qaytar domla...
- Bo'pti endi uyingga bora qol. Biroz borib dam ol, ikkinchi bunaqa tunda yurma uqdingmi?!
- Hop bo'ladi domla...

Bu yerdan Tohirni yuragiga biroz taskin topib, umid bilan qaytti. Ammo baribir ichini nimadir kemirayotgan edi, go'yoki oldida yana hatarlar kutayotgandek...

Sakina
07-05-2008, 12:30 PM
Tong otib, quyosh ufqqa ko'tarila boshladi. Xo'rozlar qichqirig'idan Tohir ko'zlarini ochdi. Miyyasida g'uvur-g'uvur nimalardur asabiga tegar, uni hech holi qoldirmas edi.
Yuz-qo'lini yuvib yana yo'lga otlandi. Onasini a'zali, mayus ayni paytta qahirli nigohlariga qarolmas edi. Ertalab uchun tayyorlangan dasturhondan, onasi ham hechnarsaga qo'lini tekkizmagan. Ukasi va singlisi ularni dastuhonga chaqirdi, ammo Tohir ularga qaramay o'zini tashqariga urdi, tamog'idan endi yemak ham o'tmas edi...

* * *

Bu vaqtta Nafisani ota-onasi vaziyatni bilishga shoshilmas. Kuyov tamondan biror sas chiqishini kutishayotgan edi. Harholda qizi bor oilani dardi og'ir, biror gap qilgudek bo'lsa mahhalani og'ziga elak tutib bo'lar ekanmi?! Hammayoqda "Nafisa qaytib kepti, demak bir balosi bor" "Ha aytovdima nega kelib, kelib shu Tohirga turmushga chiqdi deb" degan gaplar bir zumda tarqalishi hech gap emas. Ayniqsa birinchi bo'lib, Nafisani kelin qilolmay dog'da qolgan g'iybatchilar jonlanadi. Nafisani ota-onasi bunday nomusdan qo'rqishadi albatta.
Sabr tagi sariq oltin deganlaridek, kuyov tamondan biror yahshilik chiqib qolishiga umid qilishar edi...

* * *

Tohir yana eshik qoqib, Mulla eshonni uyiga bordi. Eshikni Mulla eshonni katta nevarasi ochdi:
- Assalomu alaykum.
- Va alaykum asalom dodang uydamilar?!
- Ha uydalar Tohir aka kiring.
- Yahshi, bor chaqir.
Mulla eshon munkillab chiqib keldi.
- Ha keling keling kuyov bola.
Ovozidan biror yangilik borga o'hshaydi, Tohirni nafas olishi biroz yengillashgandek bo'ldi.
- Qani ichkariga kirdik.
Mulla eshon mehmonxonasiga kirib "mullalardek" chordona qurib yerga o'tirdi. Tohirga "yonimga o'tir" degandek imo qildi. Tohir ham kelib o'tirdi.
- Men bir yo'lini topdim, faqat biroz murakkabroq ish ekan.
- Domla nima bo'sayam qilaman Nafisa uyga qaytsa bo'ldi...
- Yahshi unda eshit.
Mulla eshon xontahta ustidan bir eski kitobni qo'liga oldi, varaqlar orasidan xatcho'p bilan belgilab qo'yilgan sahifani topib o'qiy boshladi:
- Agar er ayoliga uch taloq qo'ysa, qayta nikoh qilish halol bo'lmaydi...
Tohir bu gaplardan nafasi ichiga tushib ketti, sabr bilan davomini eshitti:
- Alloh quronda yozibdurki «Agar er xotinini ikki bor taloq qilganidan so‘ng uchinchi taloq qilsa, xotini unga halol bo‘lmay qoladi. Faqat xotini boshqa erga tegib chiqqanidan so‘nggina unga qayta uylanish halol bo‘ladi». Ya'ni, uch taloq qilingan xotin boshqa erga tegib, u boshqa er ham taloq qilsa, iddasi o‘tganidan so‘ng birinchi eriga halol bo‘ladi...
Tohir bir zum jim qoldi, savol nazari bilan qarab turgan mulla eshon javob kutayotganini bilib tezroq javob berishga shoshildi.
- Yahshi domla, shunaqa qilamiz!
- Nafisa rozi bo'ladimi?!
- Men rozi qilaman.
- Yahshi, ota-onasichi?!
- Ular bilan gaplashib ko'raman.
- Onangchi?!
- Ularga hech narsa demaymiz.
- Yahshi, bir odamni topamiz. El-halqga ham bildirmaymiz. Nafisani ota-onasidan rozilik so'raysan va ikkita odamni guvohlikka topasan, begonalarni! Qo'liga ming so'm ikki ming so'mdan berib og'zini yopamiz. Hech qanday manzil bermaymiz, ular bizni tanimaydi. 3 kun o'tgandan so'ng taloq qildiramiz va iddasini chiqqandan keyin, senga nikohlab beraman.
- Yahshi, lekin kim?!.... haligi.... 3 kunga... ???!!
- San bu yog'idan havotir oma men odam topib qo'yganman.
Tohir nafasini ichiga yutib ko'zlari chiqgudek mullaga qaradi, shoshilib so'radi:
- Kim?!!
- Tentak Ilhom!!!

Tentak Ilhom mahallada "Tentak, jinni" nomi bilan dong taratgan. Kattayu kichik hamma biladi, yosh bollar ham uni "tentak" deb atashadi. Xotini bilan ko'p yashamay ajirashib ketgan, bir farzandini ham xotini olib ketgan.
Tohir talvasaga tushib baqrayib:
- Mullaka, esiz joyidami ahir u tentakku?!
- Sog' odamga Nafisani topshira olasanmi?! Keyin Nafisadek qizni qo'yib yuboradi deb o'ylaysanmi?!
- Ha to'g'ri ... ammo...
- Endi bu yog'i hudodan, duo qil. Bundan boshqa odam topolmaymiz! Sabr qilishinga to'g'ri keladi Nafisani qaytarmoqchi bo'lsang.
- Yahshi... kelishdik...

Sakina
07-05-2008, 12:50 PM
* * *

Tohir to'g'ri Nafisalarnikiga yo'l oldi, uyiga borib hammasini tushuntirdi. Hech kimga bildirmaslikga so'z ham berdi. Ota-onasi ming hafsala bilan rozi bo'lishdi. Ahir qizlarini nomi badnom bo'lishini qaysi ota-ona istaydi?!

Tentak Ilhomni uyiga borib, bir yo'lini qilib mulla eshonni o'zi Tentakni ko'ndirdi. Tohir ikkita begona yigitchalarni olib Mulla eshon imomlik qiladigan kichik mahalla masjidiga olib keldi, barchalari yig'ilib nikoh o'qitishdi.
Nikohdan so'ng yigitlarning qo'liga bir necha so'mdan pul berib, hech kimga og'iz ochmaslikka va'dalarini olib jo'natib yuborishdi...

Nafisani tentak Ilhomni uyiga kuzatishdi, mulla eshon qo'liga qur'on olib tentak Ilhomga qasam ichirdi. "3 kundan so'ng Nafisani taloq qilaman"..
Mulla eshon tentakka qayta-qayta eslatti:
- Seni hudoni qur'oni uradi agar qasamingni buzsang unutma uqdingmi?!
- Yahshi, yahshi endi ketlaring mani holi qo'ylaring!
Eshikni zarba bilan yopib qo'ydi. Tohir eshik ovozidan cho'chib ketti, mulla eshonga hayrat va havotir aralash qarab qo'ydi. Mulla eshon:
- Havotir olma qasamini buza olmaydi.
- Agar buzsachi?! Ahir tentakku?!
- U holda hudo hali seni sinab bo'lmagan bo'ladi, sabr qilasan inim...
- Nafasizzi yel uchirsin domla.
- Bo'pti, bo'pti o'zing ham yahshi niyat qil.
- Ho'p bo'ladi domla....
Tohir yosh bolalarcha jilmayib qo'ydi...

* * *

Tohir ich etini kemirar, bir joyda turolmas edi. Tunda ham ko'ziga uyqu kelmaydi faqat Nafisa va Tentak Ilhom haqida o'ylaydi. Ularni ustiga bostirib borishdan o'zini zo'rg'a to'htatadi. O'zini ustiga qarg'ishlar yog'diradi, "Qani edi shu kunimdan yo'q bo'lganimda. Qani edi o'sha kuni ahmoqlarcha do'stlarimga quloq solmaganimda. Ha endi o'zing aybdorsan Tohir o'l shu kuningdan o'l!! Ahmoq bo'lmaganingda shunday qilarmiding?! Oh bechora Nafisa mani deb ne kunlarga qolding. Menga turmushga chiqguncha boshqasiga turmushga chiqganingda bo'lmasmidi?! Ey hudo o'zing yordam ber.."

Ha endi afsuski qancha o'ylasa ham foydasi yo'q. Oqar suv oqib o'tgan, orqaga qaytarib bo'lmaydiku?! Bo'lar ish bo'lib bo'lgan, endi faqat Tohirdan sabr talab qilinadi. Har qanday devorga boshini urmasin, devor uni eshitmaydi...

Tohir uchun ikki kun ming azoblarda, bedor tun bilan o'tti. Tunlari tentak Ilhomni darvozasi oldidan u yoqdan bu yoqga o'tar, o'tirib olib unsiz yig'lar edi. .. Uchinchi kun qoldi, bu kunni ham sarosima ichida sabrsizlik bilan kech bo'lishini kutyapdi. Qani endi vaqt tezroq o'ta qolsa...

Va nihoyat uchinchi kunning oqshomi ham keldi, tong otishini sabrsizlik bilan kutadi. Tong otgan zahoti Nafisani yoniga, ha Nafisani yoniga uchib borib telba Ilhomni qo'ynidan ozod qiladi. Lekin... lekin, u taloq qilarmikan?! "Yo'q endi Nafisani taloq qilmayman u meni hotinim" deb turib olsa qo'lidan nima keladi?! Yo'q, yo'q o'zini o'zi ovutadi, ahir qasam ichdiku?! Ha lekin u tentakku, telbaku?! Qasami esida bormikan?! Ey hudo o'zing yordam ber...

Va nihoyat tong ham otmoqda, uzoqlardan xo'rozlar qichqirishni boshlagan. Ko'cha o'tgan uyqusiz tunlari qanchalar cho'zilganini faqat Tohir o'zi biladi. Naqadar ozobli, intizorli tong!!!

* * *

Tong otishi bilan mulla eshonni uyiga yuguradi. Eshikni shoshib uradi, tong azonda uyqusirab mulla eshon chiqib keladi.
- Buncha shoshilmasang jigar?! Tentak qo'chib ketayapdimi?!
- Domla Nafisani tezroq u yoqdan olib ketishim kerak!
- Shoshma jigar, shoshma. Hali xo'rozlar ham uyg'onib ulgurmadiku. San tong sahardan kelib olganingni qara.
- Endi domla to'g'ri tushunasiz...
- Ha yoshlar, yoshlar... Qani kettik.
Mulla eshon, to'nini egniga tashlab yo'lga tushdi. Yo'lda nasihat boshladi:
- Bu yog'iga endi ehtiyot bo'lib ish qil jigar. Anavi shaytonni suvini Alloh bekorga harom qilib qo'ymagan, endi bu odatlarni yig'ishtir. Asta sekin ibodatni boshlasang ham bo'ladi, kop-kotta yigit bo'lding uylanding ham. Bu yog'iga besh mahal namozni ado qilmasang bo'lmas.
Tohir yosh bolalarcha hayol surib astagina:
- Hop bo'ladi domla hudo hohlasa boshlayman namozni ham...

Shu tariqa tentak Ilhomni uyiga yetib kelishdi. Eshikni tagida uzoq kutishdi, lekin hech ham tentakdan darak bo'lavermagach Tohir havotirga tusha boshladi.
- Domla bu nega eshikni ochmayapdi?!
- Bular sizga o'hshab xo'roz emasdan, tongdan turib sayrasa jigar.
- Ha endi domla...
Yuzi yerga qaradi...

Shu vaqt ichkaridan tentak Ilhomni uyqusiragan ovozi eshitildi:
- Kim?!
Mullaka baqirdi:
- Men Mulla Abdurahmonman.
- Nima kerak senga?!
- Iye inim, kelinimizni op ketgani keldik Nafisaxonni.
- Nafisa sizni keliningiz emas, u meni xotinim!
Tohir titrab ketti, ko'zlarini katta-katta ochgancha Mulla eshonga qaradi.
Mulla eshon "sabr qil" degandek imo qilib:
- Eshikni oching gaplashib olaylik.
- Yo'q, eshikni ochmayman.
- Ilhomjon ahir qasam ichgansiz, keyin u birovni xotini...
- Birovni emas meni xotinim, o'zingiz nikoh o'qiganingiz esizngizdan chiqdimi?!
- Ha, lekin biz kelishgan edik, qur'on uradiya qasam ichgansiz.
- Meni hech narsa bilan ishim yo'q! Tentak bo'lsam ham Tohirga o'hshagan beparosat emasman. Nafisadek qizni qo'ldan boy berib o'tiribdiya, heh ahmoq! Uni birovga berib qo'yadigan ahmoq bor ekanmi?!
Oraga Tohir aralashdi:
- Iltimos, Ilhomjon aka eshikni oching!
- Yo'q ochmayman, meni boshqa bezovta qilmalaring. Xotinimni birovga berib qo'ymayman!....

Tohir ham, mulla eshon ham biror narsa deyishga imkonlari qolmagan edi. Tentak bilan tortishib o'tirish be foyda, hozir bu yerdan ketishdan boshqa choralari yo'q edi...

Taqdir charhlari, charhlamoqda meni.
Nahotki Nafisam yo'qottim seni?!...
Qing'ir qilgan ishlarim ham qildi boshim.
Bu taqdir yana qancha sinaydi doshim?!...

- Oh yigitchilik, boshimni ham qildi...

Sakina
07-05-2008, 12:56 PM
Asli mavzu butunlay boshqa maqsadda edi, hikoyaga aylanib ketti (:uups:) :)

P.S hikoyadagi ko'p hatolarga etibor qilmaysizlar. Ko'p holatlarni ijod qilishga to'g'ri keldi (:uups:) Balki ba'zi mazmunlarini ham o'zgartirib yuborgandurman. Lekin ba'zi iltimoslarga binoan, hikoyani asil mazmuni bilan (ba'zi joylari o'zgargan bo'lsa ham) yozishga harakat qildim....
Hikoyani davomi bor... o'qimaganman...

P.P.S yozuvchilik oson kasp emas ekan :uups: : )))

mastura
07-07-2008, 02:42 AM
Asli mavzu butunlay boshqa maqsadda edi, hikoyaga aylanib ketti ()

P.S hikoyadagi ko'p hatolarga etibor qilmaysizlar. Ko'p holatlarni ijod qilishga to'g'ri keldi () Balki ba'zi mazmunlarini ham o'zgartirib yuborgandurman. Lekin ba'zi iltimoslarga binoan, hikoyani asil mazmuni bilan (ba'zi joylari o'zgargan bo'lsa ham) yozishga harakat qildim....
Hikoyani davomi bor... o'qimaganman...

P.P.S yozuvchilik oson kasp emas ekan : )))

Assalamu aleykum.
Ijodni boshlabsiz ...davom ettirib ko'ring :lol: CHiroyli davom etayotgan ekan....

Sakina
07-07-2008, 10:02 AM
Assalamu aleykum.
Ijodni boshlabsiz ...davom ettirib ko'ring :lol: CHiroyli davom etayotgan ekan....

Wa alaykum assalom.
Davominiyam ijod qivorilikmi?! :D ... yo'g'ee, ohirini nima bilan tugatishi bilmiman, agar ohiri oqibatsiz bo'lsa o'quvchilar no rozi, yahshilik bilan tugatvorsek unda yana nimalardur..
Yozuvchigayam qiyin ekan : P (:uups:)
Yahshisi sho'tta tugatamiza ; )

tnsunique
07-09-2008, 04:07 AM
Wa alaykum assalom.
Davominiyam ijod qivorilikmi?! :D ... yo'g'ee, ohirini nima bilan tugatishi bilmiman, agar ohiri oqibatsiz bo'lsa o'quvchilar no rozi, yahshilik bilan tugatvorsek unda yana nimalardur..
Yozuvchigayam qiyin ekan : P (:uups:)
Yahshisi sho'tta tugatamiza ; )

endi tugatib qo'ýaqoling endi, betta xalq kutib qoldi...
hohlaseyz ijodiyzga qarashvoraman..