View Full Version : Muhammad Yusuf bizni va bu yolg'onchi dunyoni tashlab ke
adiba
08-01-2001, 02:50 AM
Hammaning sevimli xalq shoiri Muhammad Yusuf bevaqt olamdan u'tdi..:(( Bu xabarni ilk bor eshitarkanman, 1 yil ilgari Qashqadaryo yoshlariga keng zalda turib she'r uqiganida hammaning sel bulib tinglagani, she'r aytayotganida kuzlarini yumib , qu'llarini sheriga hamohang ohangda siltab uqishlari yodimga tushdi. Bu mening shoirni oxirgi marotaba ku'rishim ekan...:-(
Kazzob Stalindan zorlanmang hadeb,
U'sha ham bolasi bitta insonning.
Su'ramoq bu'lsangiz qabri qayda deb,
Laganbardorlardan su'rang Chu'lponni.
U oddiy va shuning barobarida buyuk inson edi...San'atkorlar undan doim yangi sh'er su'rashdan tortinmasdilar.Chunki u yozgan har satr ku'ngilga chuqur yetib boradi va ayniqsa musiqa bilan uyg'unlashib, gu'zal qu'shiq dunyoga kelar edi..
Bir qiz yig'lar buloq boshida
Mayus majnuntollar qoshida
Bor alami ku'zin yoshida
Bevafo ku'p ekan dunyoda
Muhabbat yu'q ekan dunyoda...
Ijod ahlining samimiy va takrorlanmas yagona vakilini hali ku'plar dilda bir u'zgacha sog'inch va qu'msash bilan eslaydilar.. Shoirning oxirati obod bu'lsin....
Ku'nglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar bu'lsam bir kun axir tildan ham,
Jonsiz tanam ustida ham bedor u
Onam yig'lar, onam yig'lar onam u....
xxxxxxxxxxxxxxx
Giyohning bag'rida pirpiragan dil,
Birinchi va su'nggi su'nishi ham bor,
Ovundim :(- yig'lagan, u'rtangan ku'nglim
Va u'zim sig'ingan mozorlarim bor..
(Adiba) :'(
bolalar
08-01-2001, 05:01 AM
Shunday insonni ohirati obod bolsin ilyoim...........
maniax
08-01-2001, 10:27 AM
Yahshi inson va juda ham yahshi qo'shni edi. Nevara, o'glilari bilan birga katta bo'lgan edik.
Inshallah, Joylari Jannatdan bo'lsin.
hurmat bilan
hayron
08-06-2001, 11:16 PM
Adiba, hamma bu dunyoni tashlab ketadi, shuni unutmang! Va, 'Bevaqt olamdan ko'z yumdi' deyishga umuman haqqiz yo'q. Chunki bu dunyoyu u dunyo hech narsa o'z vaqtidan erta yoki kech sodir bo'lmidi. Bu Allohning hohshi. Dinda she'r 'shaytonning a'zoni' hisoblansa-da, men unga ohirati obodlik tilayman
Tinch bo'ling
qichiq
08-07-2001, 10:09 AM
Hayron endi shu narsani razbor qiling, qoyil sizga...
P.S: MAbosdo Toshkentdan emasmisiz?
qichiq
08-07-2001, 10:09 AM
Hayron endi shu narsani razbor qiling, qoyil sizga...
P.S: MAbodo Toshkentdan emasmisiz?
sanjar
08-07-2001, 12:39 PM
Hayron,
Parishonga o'xshaysiz, birodar. ;-)
"Bevaqt olamdan ko'z yumdi" degan jumlani asli ma'nosiga yetib tushinmagan ko'rinasiz chog'i.
Yaxshi shaxslar vafot etsalar, yoki "yosh ketsalar" o'sha ibora ishlatiladi. Yaniy aytilmoqchiki: "Dunyoda yana qiladig'on ishi ko'p edi (e.g. yomonlikka qarshi kurash), lekin Alloh (SWT) o'sha shaxsga shuncha umr bergan ekan, Alloh (SWT) o'zi rahmat qilsin".
Allohdan kelganmiz va unga qaytajakmiz.
SJ
shuhratillo
08-09-2001, 12:38 PM
Hayron,
Sizga hayronman,nega endi she'r shaytonning ozoni bo'larkan?Ahir Qur'on ham dunyodagi eng go'zal she'r emasmi?Qur'on dunyoga tusha boshlaganda usha zamonning arap badavilar orasida sher etish va yozish avc olgan edi ,va arab she'riyat tarihining eng usta sho'irlari usha zamonda yashagan,lenkin bunga qaramasdan usha usta sho'irlar ham Qur'onning tiliga tan berishkan.Qisqacha etkanda ular :-"Bu Muhammadning (S.A.V) sherlariga gap bo'lishi mumkin emas!" deyishgan !Siz ham oshiqcha qilib yubordiz.
Ikkinchidan:
Olamdan hech narsa va hech kim o'z vaqtidan oldin o'tmidi vafot etmidi debsiz.
Bu gapizga ham qo'shilmayman(hafa bo'lman u lekin shunaqa.)Nimaga, desangiz.
Siz etingchi manga,Said Nursi Hazratlarini bilasizmi?
Bilmasangiz mani nima demoqchi ekanligimni barinir tushunmaysiz,bisangiz agar eslab kuring usha zoti muhtaramga ham zahar berib uldirishmoqchi bo'lishkanida ularning eng yaqin shogirdlari bilan bo'lgan suhbatlari bor.Bilarsiz?
Shogirdi:"Men sizga o'z umrimning qolganini beraman " digan.
Bular oddiy insonlar emas unutilmasin,karomat ko'rsatishka qodir ulamolar.
Ushanda Saidi Nursi Hazratlari bazi martabalardagi zo'tlarning interference'i natijasida shogirdining shartini qabul qilishkla macbur bo'lganlar.
Yana bir misol hohlasangiz:
Hazrati Muhammad (S.A.V) o'lim tushagida yotkanlarida Hz.Azroil ularga kelib "Hohlasangiz bugun coningizni olmayman "deganlarini esa bilarsiz?
Bu oddiy narsalar emas Hayron!
Bundan kegin gapirishdan oldin yahshilab o'ylanib ko'ring.
The Manager...
Hayron siz ozingiz hech bir gunoh qilmaganmisiz,sizni boshqalarni bunday deyishga haqqingiz yoq.Har kim ozini gunohi uchun ozi javob beradi.Agar siz Muhammad Yusufni yoqtirmasangiz sizi u haqida bunday deyishga haqqiz yoq.U bizi halqimiz uchun qilganini siz hali ondan birini ham qilganiz yoq!!!!
hayron
08-11-2001, 03:56 PM
Zo'rsilaru bollar!
Men parishonmishman! Mayli bunisigayu chidaymiza, lekin Qur'onni SHE'R deydiganlarni endi ko'rishim! Avval Islom haqida o'qib ko'ring, oka! Chiroyli gap tuzishni bilaman deb, hayqiravermay! Bironta sal-pal islomdan habari bor odamga aytib ko'ring, 'Qur'on dunyodagi eng so'zal she'r' deb, nima qilar ekan! Eng kamida boshizga g'ish kelib tushadi! Men Muhammad Yusufga hech qanday g'arazligim yo'q. Ohirati obodlik tiladimku, yana nima qilay. Faqat she'r yozish islomda qoralanganligi uchun, unga biroz achindim.Ishqilib Robbisi qarshisidagi so'rov oson bo'lsin!
hayron
08-11-2001, 04:34 PM
Shuhratillo
----------
Oshna, yana qaytarib aytaman, hech kim o'z vaqtidan avval yoki keyin vafot etmidi. Taqdiri a'zalda nima yozilgan bo'lsa, o'sha bo'ladi. Barmog'izga kirgan zirava ham taqdirda yozilganligi uchun bo'ladi. Bu juda ham oddiy haqiqatku, nahotki shuni tan olsish qiyin bo'lsa?
Omon bo'lilar oshnalar.
adiba
08-12-2001, 05:43 AM
Umr nima ??? Umr aslida bir yumaloq tugmacha yu'l,
Tugmadan sal kattaroq, yo yana bir nimacha yu'l,
Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yu'l
Men ketarman bir kuni navolarim, zorim qolur..
Bu uzun hijron y'ulidir, bu uzun azob yu'li,
Har sahar kulib chiqib, yig'lab botar oftob yu'li,
Kim uchun savob yu'lidir, kim uchun gunoh yuli,
Harna dil har biriga ortimda iqrorim qolur..
Yaxshilik murodi bor har dilga men jonim beray,
Yaxshilargga qu'lda boru, y'ug'u imkonim beray,
Kungli pok shogirdiman, bulbul bu zabonim beray,
Men ketarman bir kuni zor yig'labon torim qolur...
"Ol" deya bir kun Egam, osmonga uchsa ruhlarim...
Bir ajib moviy diyor qu'ynini quchsa ruhlarim,
Ku'k mening ku'ksim bu'lur, yulguzlari-anduhlarim
Gul u'pib, gul yopinib HAR DILDA MOZORIM
QOLUR..
Muhammad YUSUF
Shokir
08-12-2001, 07:54 AM
Muhtaram Lbchi do'stlar.
Avvalo shuni eslatib o’tmoq lozimki, Alloh taolo nomidan bilmagan so’zlarni , quruq taxminlarni so’zlash gunohi kabiralardan, ya’ni juda katta gunohlardan bo’lib, bandalarni bundan qattiq ogohlantirgan. A’rof surasining 33-oyatida Alloh subhanahu sanab o’tgan ba’zi harom amallarning orasida shirk bilan yonmayon ravishda Allohga bilmaydigan narsalarni gapirishni ham keltirgan. Islom dini Alloh tarafidan yuborilgan muqaddas Gur’on ta’limotini yoyuvchi din bo’lganligi bois Islom haqida bilmasdan : Islomda bunday deyilgan, unday deyilgan, deyish nihoyatda katta gunoh hisoblanadi. Islom haqida gapirmoqchi bo’lgan kishi, marhamat, Islomni avval o’rgansin, Qur’on ma’nolarini, Qur’onda ijmoliy – qisqa keltirilgan joylarni bayon qilib bergan Payg’ambarimiz sunnatlarini o’rgansin (zero rasululloh to’g’risida Qur’oni Karimning najm surasida u zotning hech o’z havoyi nafsidan gapirmasligi, gapirgan gaplari faqat vahydan iboratligi aytib o’tilgan).
Endi she’r mavzusiga qaytadigan bo’lsak, Qur’oni karimda hamda rasululloh sallallohu alayhi vasallamning bu xususda nima deganligini bilib chiqmog’imiz kerak.
Alloh ta’olo shu’aro (ya’ni shoirlar) surasining oxirida shoirlar xususida bir necha oyatlarni nozil qilgan, shu bois ham bu suraga shuaro degan ism berilgan. 224-226- oyatlarda shunday deydi: “shoirlarga yo’ldan ozganlar ergashur. Ularning (so’z vodiylaridan) har vodiyda daydishlarini (ya’ni o’zlariga yoqib qolgan eng tuban kimsa yo narsalarni ham ko’kka ko’tarib, yoqtirmaganlarini tuproqqa qorishlarini ) va o’zlari qilmaydigan narsalarni aytishlarini ko’rmadingizmi?!” (Qavs ichidagi sharhlar tarjimonniki).
Shu o’rinda suraning oxirgi oyati kelmasdan burun muhtaram ustoz Alouddin Mansurning yuqoridagi oyatlarga beirib izohini to’la to’kis keltiraman: (Bu oyatlar barcha zamonlardagi Allohdan qo’rqmaydigan, ustlaridagi hokimiyat – siyosat o’zgarishi bilan yozayotgan mavzulari, qahramonlari ham o’zgarib ketavaeradigan, o’zgalarga to’g’rilik, ezgulik haqida lof urib, o’zlari nopok yo’llardan yuradigan maddoh qalamkashlar va o’zlarining bor ilhom-iste’dodlarini ma’shuqalarining ta’rif-tavsiflariga sarf qiladigan nazmbozlar haqidadir. Lekin iymonli, ezgu amallar qiladigan va doimo Allohni yodda tutadigan shoirlar bundan mustasno ekanligi to’g’risida quyidagi oyati karimada aytib o’tiladi. Yana bu xususda payg’ambar alayhissalomdan ko’p hadislar rivoyat qilingan. Shulardan biri mana bu hadisdir. Sahobalardan bo’lgan bir shoir kelib, payg’ambar alayhissalomga, Olloh taolo shoirlar haqida aytgan bu so’zlardan keyin bizlarning holimiz ne kechadi, deganlarida hazrat shunday javob berganlar: “Mo’min kishi ham tig’i bilan, ham tili (ya’ni qalami) bilan Olloh yo’lida jihod qilur. Yaratgan egamning nomiga qasamki, sizlar otadigan o’qning tig’i o’tkirroqdir”. )
227- Oyatda Olloh taolo o’sha yuqorida aytib o’tilgan istisnoni keltirib shunday deydi: “Magar iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Ollohni yodda tutgan va (ilgari) mazlum bo’lganlaridan keyin (Islom zafar topgach) g’olib bo’lgan kishilar (ya’ni shoirlar yo’ldan ozdirguvchi emaslar,(ya’ni tepadagi oyatdan mustasnodirlar)). Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar”.
Yuqoridagi gaplardan xulosa shuki, iymon keltirib solih-ezgu amallar qilgan va hayoti davomida Ollohni yod etib kelgan kishi shoirlar orasida najot topuvchi ekan. Shu o’rinda bir muhim narsani esdan chiqarmaslik lozim. Iymon va amali solih (ezgu amallar) deyilganda bu ikkiy shar’iy so’zni (ya’ni shariat olib kelgan so’zni) har kim o’zicha talqin qiladi. Aslida esa buning izohini Islomdan axtarishimiz kerak. Bu ikki muborak so’zni sharhlash uchun butun boshli bir kitob yozsangizda buning sharhini ado etib bo’lmaydi. Zero, dunyo va oxirat saodati ham shu ikki narsaga bog’liq. Lekin shunday bo’lsada, buni qisqacha qilib aytish mumkin. Ollohning iymon keltirishga buyurgan narsalariga chin dildan ishonib, qilgan amru farmonini bajarib, qaytargan qaytariqlaridan qaytish degani. Haqiqiy baxt –saodat ham, ozodlik ham Ollohga qullik qilishda! Mavzudan chetga chiqib ketmaslik uchun bu to’g’rida ko’p to’xtalmadim.
Endi Qur’on she’rdan iborat, degan masalaga kelsak. Ma’lumki, har bir payg’ambar yuborilganda Olloh taolo ularga odamlarni ojiz qiluvchu mo’jizalar bergan va bu mo’jizalar o’sha davrda odamlar ilgarilab ketgan jihat qaysi bo’lsa, o’shandan berilgan. Muso alayhissalomga o’sha paytda sehrgarlik nihoyatda avj olganligi uchun ularning sehrini yutib yuboruvchi katta ilonga aylanuvchi aso berilgan bo’lsa, Iso alayhissalom paytida tib ilmi juda taraqqiy qilganligi bois odamlar har qancha urinsalarda uddalay olmaydigan mo’jiza – odamlarni tiriltirish mo’jizasi berilgan. Oxirgi payg’ambar bo’lmish Muhammad alayhissalom davrida esa odamlar orasida she’riyat beqiyos darajada rivojlangan bo’lib, balog’at, fasohat bilan yo’g’rilgan qasidalari, she’riy to’plamlari bor bo’lgan shoirlar juda ko’p bo’lgan. Hatto hozir yuksak fasohati tufayli zavq bilan o’qiladigan ba’zi mumtoz qasidalarni o’sha davr shoirlari badahiy suratda, ya’ni birdaniga, ilgari o’ylab ko’rmasdan, to’g’ridan to’g’ri aytganligi kishini hayratga soladi.
Ana shunday bir davrda osha zamon shoirlarini lol qoldirgan Qur’oni Karim nozil bo’la boshladi. She’r desalar she’rga o’xshab vaznga solinmagan bu kalomni eshitib, tillari kalimaga aylanmay qolaverdilar.
Shokir
08-12-2001, 07:55 AM
Ulug’ sahobalardan biri Jobir ibn Abdulloh (Olloh u kishi va dadasidan rozi bo’lsin) quyidagi voqeani hikoya qiladilar: “ Quraysh qabilasi a’yonlari bir kuni to’planishib, shunday maslahat qilishdi: Oramizdan sehr, kohinlik va she’riyat haqida eng ko’p biladigan (ta’bir joiz bo’lsa: bu to’g’rida eng oliy ma’lumoti bo’lgan) bir kishi tursinda, jamoatimizni ikkiga bo’lib qo’ygan, ishimizni parokanda qilgan, dinimizni so’kib, ayblagan o’sha odamga (ya’ni Muhammad alayhissalomga) borsin. U bilan gaplashib ko’rsin, nima javob qaytararkin, deyishdi. Ular shunda : bu sifatlar mos keladigan Utba ibn Rabi’a (Abul Valid) bor, undan boshqa kishi bo’lmaydi, deb unga qarata: Ey Abul Valid, sen borgin, deyishdi.
Utba Muhammad alayhissalom oldilariga kelib:
Sen afzalmi, yoki dadang Abdullomi, dedi. Muhammad alayhissalom sukut bilan javob berdilar. U yana: sen afzalmi yoki bobong Abdul Muttalib? Deb so’radi, u kishi yana sukut qildilar. Shunda Utba gapira ketdi: Agar ularning o’zingdan afzal ekanligiga iqror esang, ular sen so’kayotga o’sha xudolarga – olihalarga ibodat qilib o’tishgan. Agar ulardan afzalman deb da’vo qilsang, gapir, eshitaylik. Xudo haqi, sendan ko’ra oz qavmiga shumqadam bo’lgan bolani ko’rmadik (yoshi ancha erga borib qolganligi uchun Utba qirqdan oshib ketgan Muhammad alayhissalomni bola deb atayapti). Jamoatimizni bo’lib tashlading, ishlarimizni parokanda qilding, xudolarimizni ayblading, arablar ichida bizni sharmanda qilding. Hatto arablar orasida: Qurayshdan bir sehrgar, kohin chiqibdi, degan gap tarqab ketdi. Xudo haqi, shu ketishing bo’lsa, oxiri bir birimizga qilich yalang’ochlaymiz, bir-birimizni tugatmaguncha qo’ymaymiz. O’ inson, agar shu ishni muhtoj, kambag’al bo’lganliging uchun qilayotgan bo’lsang, biz mol-dunyo to’plab beraylik, toki Qurayshning eng boy kishisi bo’lgin. Agar niyating uylanish bo’lsa, Quraysh ayollaridan xohlaganingni tanla, biz senga o’nta qiz olib beraylik. Bordiyu podsholikni orzu qilayotgan bo’sang, o’zimizga podshoh qilib olaylik. Agar bu ishlarni biror ruhiy kasallikka chalinganing uchun qilayotgan bo’lsang, unda buni ham izhor etgil, toki yaxshi tabibga ko’rsatib, muolaja qilaylik.
Shokir
08-12-2001, 07:56 AM
Nihoyat, gapini tugatib bo’lgach, Muhammad alayhissalom undan : Gapingiz tugadimi? deb so’radilar. U : ha, dedi. Shunda Muhammad alayhissalom u kishiga fussilat surasining boshidan o’qiyboshladilar. 13- oyatga: “Bas agar ular (ya’ni Makka mushriklari mana shu tafsilotdan keyin ham yolg’iz Ollohga iymon keltirishdan ) yuz o’girsalar, u holda ayting: Men sizlarni xuddi Od va Samud (qabilalarini urgan) chaqmoqqa o’xshagan bir chaqmoq-halokatdan ogohlantirdim” etib kelganlarida Utba ornidan sakrab turib, Muhammad alayhissalomning og’izlarini tutib, qarindoshchilikni o’rtaga qo’yib otindi, to’xtashni talab qildi, keyin esa uyiga kelib, hech joyga chiqmasdan yotib oldi. Shunda Abu Jahl odamlarni yig’ib: Utba ham Muhammad tomonga o’tib ketgan ko’rinadi. Muhammad unga ziyofatni quyuq qilgqan shekilli. Yuringlar, bir oldiga boraylik, dedi. Oldiga borishdi va Abu Jahl gap boshladi: Ha Utba, nima uchun uyda tuxum bosib yotishingni bilamiz. Muhammad ziyofatni quyuq qilibdida, unga ergashvoribsan, deb piching otdi. Utba bu so’zdan qattiq g’azabga kelib, o’lguncha Muhammadga gapirmayman, deb ont ichdi va shunday dedi: Xudo haqi, sizlar yaxshi bilasizlar, men Qurayshning eng badavlat kishilaridanman (ya’ni Muhammad meni ziyofat bilan alday olmaydi). Biroq, men uning oldiga kelib, sizlar tayinlagan gapni aytgandan keyin u menga shunday so’zlar bilan javob berdiki, qasam ichib aytamanki, u she’r ham emas, kohinlik ham, sehr ham emas. Bir joyiga kelganda uni arang to’xtatib qoldim, qarindoshchilikni o’rtaga qo’yib yalindim. Ozingiz yaxshi bilasiz, Muhammad bir narsa deydigan bol’sa hargiz yolg’on bo’lib chiqmaydi. Ey Quraysh jamoasi, agar mening gapimga quloq solsalaring, shu odamni tinch qo’yinglar. Qasam ichib aytamanki, men eshitgan bu so’zlarda bir narsa bor, kelajakda muhim bir o’zgarish bo’ladi. Agar arablar buni (ya’ni Muhammadni ) tinchitadigan bo’lsa, sizlarning ko’nglingizdagi ish bo’ladi. Bordiyu g’olib kelib, ishi rivoj topadigan bo’lsa, uning obro’si sizning obro’yingiz.
Shunda Qurayshliklar: seni Muhammad o’z so’zlari bilan sehrlab qo’yibdi, deyishdi.”
Yuqoridagi hikoyadan xulosa shuki, o’sha zamondagi arablarning eng she’riyat bilimdoni ham Qur’oni Karimning she’r emasligini tan olgan. Bunga Qur’onning o’zidan ham dalil keltirish mumkin. Olloh taolo al-hoqqa surasining 41- oyatida shunday deydi: “U biron shoirning so’zi emasdir!Sizlar (ushbu Qur’on Ollohning kalomi ekanligiga) kamdan-kam iymon keltirursizlar!” . Yosin surasining 69- 70 oyatida esa bu ma’no ochiqroq beriladi: “ (Muhammadga) she’r o’rgatmadik va (shoirlik) uning uchun durust emasdir. (Muhammad tilovat qilayotgan narsa) faqat u tirik bo’lgan kishilarni ogohlantirishi uchun va kofirlar ustiga So’z – azob haq bo’lishi uchun (nozil qilingan) bir eslatma va ochiq-ravshan Qur’ondir”.
Men muhtaram LB oquvchilaridan uzr so’rayman. Gapni cho’zib yubordim va adabiyot sohasiga aloqasi bo’lmagan ba’zi narsalarni aytib o’tishga to’g’ri keldi. Shuning uchun taqdir masalasida ham gap qo’zg’amaslik ma’qul korinyapti. Zero, uning adabiyotga aloqasi yo’q. Faqat hurmatli o’quvchilar bunga mayl bildirsalar, o’shanda Islomda taqdir masalasi to’g’risida o’zimning bilganlarimni muhtaram LB o’quvchilari bilan o’rtoqlashar edim.
hayron
08-12-2001, 12:00 PM
shokir
- - - - - - - - -
Oshna, yashang! Men ilmim unchalik ko'p bo'lmaganligi uchun, bu 'adabiyot ahllariga' tushuntira olmagan edim. Lekin sizga rahmat! :) Muhammad Yusufning sh'erlarini unchalik ko'p o'qimaganman. Lekin she'rlari orasida Alloh haqida she'rlar ham yo'q emas edi. Shunisi borki she'rlari faqatgina din haqida ham emas edi. Haqiqatdan ham, ba'zan biz bandalar bilib bilmay, boshqalarga hukm chiqarib qo'yamiz. :(
Hohlasangiz, taqdir mavzusida bilganlarizi ham bahamlashing.
bayram54tr
08-24-2001, 09:35 PM
O'zbekistonning sevimli shoiri Muhammad Yusufning o'limini o'rganish menga juda yomon tasir ko'rsatdi, yuragim xunob bo'ldi. Shoirga Xudodan rahmat tilayman.
Hayronga bir so'z: Islom dini se'rni hech qachon yomonlagani yo'q. siz aytgan so'z faqatgina Paygambarimiz Hazrat Muhammadga aytilgan hacviyalar uchun bo'lishi mumkun.
hayron
08-26-2001, 11:59 AM
Jonga tegdilaru bollar! Namuncha manga osilib oldilar? Bilaman, hammelarni sohelar 'gap sotish', shu qatori o'nni yo'q she'rlar yo'zish. Shuning uchun tarafkashlik qivosslar. Hech qachon 'open minded' bo'lsa olmas ekansizlada! Mayli, omon bo'lilar, va hadeb 'Hayron'ga deb 'comment' qilavermelar. O'zi adabiyot sahifasi- ulamolar olamiga kirib, hato qilgan edim.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.