Mavlono
08-04-2001, 05:55 AM
Hamma baxt tushunchasini o'zicha talqin qiladi...
Esimda, 11-sinfni bitirib, endigina 1-bosqich talabasi bo'lgan kezlarim... Burun osmonda, tasavvurimizcha akang qarag'aydan bilimdonroq, donoroq inson yo'q.
Bir kuni darsda ("Adabiyotshunoslikka kirish" fanidan lektsiya edi) o'qituvchimiz "Baxt nima?" degan savol berib qoldi. Shunda 300 chog'li nozanin qizlar ham, mo'ylovi endigina sabza ura boshlagan xushsurat yigitlar - ya'ni bizlar ham jo'yaliroq javob topa olmadik.
Baxt nima o'zi? U abadiymi? Bu dunyodagi Baxt tushunchasi mening nazarimda judayam nisbiy. Absolyut Baxt esa - Allohning rizoligi bo'lsa kerak. Alloh rizosiga erishgan inson - Abadiy, Absolyut BAXT ga erishmog'i muqarrar.
Yana meni va'zxonlik qilyapti, deb o'ylamanglar. Hozir shunchaki ichimdagi so'zlarni kimgadir aytish ehtiyojini sezyapman, shuning uchun Baxt mavzusini o'zimcha tahlil qilayapman. Zero, mening so'zlarim yangilik emasligini o'zim ham juda yaxshi bilaman.