PDA

View Full Version : Yaratding olamni.......


nana
08-06-2001, 11:03 PM
Yaratding olamni, qurraye arzni
Yubording Qur'onni, besh madad farzni
Biz qanday uzamiz, yo Rab bu qarzni?
Alhamdu Lillahi Robbil Alamin

Seni inkor qildi kofirlar hurib
Dunyo to'pladilar bir-birin urib
Ketarda olgani bir quloch surip
Alhamdu Lillahi Robbil Alamin

NAUGHTY
08-08-2001, 05:52 AM
(ruhsatiz bilan davom ettirsam)

Koinotga yuborib nurli bir Sarvar,
U Nur ila butun olam munavvar
bu nur bilan butun qalblar pur anvar
Alhamdu Lillahi Robbil Alamin

U nurga ki, bir abd bo'lsa muyassar
va Robbiga ibodatga tursa har safar
Yotsa, tursa, doim dilda mukarrar
"Alhamdu Lillahi Robbil Alamin"

Ibodatta, mavjudotdan har nafar
Oqillarga, Alloh Qudratin ko'rsatar
Mo'minlar qalbidagi imonlar ortar
Alhamdu Lillahi Robbil Alamin