PDA

View Full Version : Qiyomat???


dahshat
08-06-2001, 11:08 PM
Qiyomatda qorayar quyosh
Osmon qora dudga to'ladi
Munofiqlar mushukday yuvosh
Fohishalar otin bo'ladi

Qiyomatda qullar qorni to'q
Boyvachachalar bo'lar nonga zor
Shoir bilan shohning ishi yo'q
Zindondonlar qo'shiqlar yozar

Qiyomatda bo'lmaydi hiyla
Yomg'ir-- araq, gazagi--ilon
Hech kim qusmas do'stlari ila
Bir qadah may ichib, bir jom qon!