PDA

View Full Version : Yuragimning oynasiga yog'ar yomg'ir..


adiba
08-12-2001, 05:14 AM
"Yuragimning oynasiga yog'ar yomg'ir.. " Yulduz Usmonovaning shu satrli yangi qu'shig'i chiqibdi, M.Toyirov she'ri ekan, shuni eshita turib shu she'rga kichik bir muxammas tug'ildi :))









Yuragimning oynasiga yog'ar yomg'ir...
Har tomchisi lab berganda sim-sim og'rir..
Ovunaymi, ovutaymi, bilolmayman..
Jonim og'rir, borim og'rir, biram og'ir.. :(




Yuragimning oynasiga yog'ar yomg'ir...
Seldek quyar, ku'zyoshimdek shu'rxok, sag'ir, :'(
Izingga zor, su'zingga zor kunim u'tdi,
U'zimdan ham arazladim, tunim dilgir..





Yuragimning oynasiga yog'ar yomg'ir..
Pahlavonim- sog'inganim u'sha bag'ir.. :(
Ohlarimdan unib chiqqan qizg'aldoqlar,
Diydoringni kutib-kutib su'lur oxir..







Yuragimning oynasiga yog'ar yomg'ir...
Har tomchisi lab berganda sim-sim og'rir..

elDoraDo
08-12-2001, 01:05 PM
wow

D :) D

Elmurod
08-13-2001, 07:21 PM
Yana "Razborki vMalenkom gordke TOKIO"

mylediss
08-15-2001, 11:02 AM
Adiba,bu she'rni yozishga qachon va qaerda ilhomingiz kelganini aytaymi? :-) :-) Ammo lekin shuuunday shiriin uyqumni bizdingizdeee ;-) No she'r SHE'R bo'libdi!!! :-)

Yaxshilar qarshilar nima desa dersinlar
Kuysalar suysalar nima desa dersinlar!!!! ;-)

Asadiy
08-17-2001, 08:32 AM
"Jonim og'rir, borim og'rir, yomon og'rir..."

woydoooddddd, Medsestraaaa, qattaseeez...???


:-P

zerikkan
08-22-2001, 12:33 PM
LBdagilarga rahmat,
bu dunyo mashmashalaridan zerikib bu yerga kirib ko'pincha dam (bazida, g'am ham) olaman.
ishlaringizga rivoj!

Adiba, sheringiz ajoyib, shundoq quyilib kelaveradi tilga. Faqat bir joyida chaynalib qoladi odam.

Har ohimdan ku'kargan lolaqizg'aldoq,

nima dedingiz?

shuni

Ohlarimdan unib chiqqan qizg'aldoqlar

desangiz til erkin harakat qiladi, dil ham.

albatta menimcha.

adiba
08-22-2001, 02:41 PM
Rahmat,zerikkan :) Ana qarang bu'ldi. Ku'pchilik yaxshida baribir :-)

Dani
08-23-2001, 07:26 AM
Когда плачут весной облака - не грусти.

Прикажи себе чашу вина принести.

Травы эти, что радуют взоры,

Завтра будут из нашего праха расти.