View Full Version : n0xyl aka To`ylar Muborak bo`lsin! :))))
Qizaloq
07-13-2008, 02:11 PM
Assalamu alaykum !
Nay-nay-nay -nay To`ylar Muborak, ko`rgoni keldik ...
Raz-raz , bir-bir, mikrafon ishlayapti :laugh:
Mana bugun ikki yoshning nikoh kechasida yig`ilgan ekanmiz, fursatdan foydalanib Ikki yoshga ulkan BAHT, charog`on Hayot, qo`sha-qo`sha farzandlar tilab qolamiz!
Iye-iye mehmonlarimiz Asadbek, Shokirbek, Amiri Turkiston, Mas`ud akalar kirib kelishyapti .
Asadbek : n0xyl kelinni oyog`ini bosing !
Bu tomondan Dutorchi qizlar ansabli Nigorabegim,Mirage,Zlyuka,..... ohho qo`llarida qo`sha-qo`sha tog`oralar.:laugh:
n0xyl akanikida 1 hafta ovqat qilinmeydigan bo`ldi :laugh::lool:
Ehhh hayolga berilib ketibman :uups::uups::uups:
Inshallah sizlarni 11 avgust 2008 yil Termiz shahriga taklif qilib qolamiz!
n0xyl sizga chin dildan BAHT tilab qolaman !
PS Qizaloq hamisha birinchi ;) ertaga Asadbek, Mas`ud akalar Dilkashda nega bizga birinchi aytmadiz deyishadi :laugh:
http://img148.imageshack.us/img148/2442/400f4516782xqbo6adxolc6uc1.jpg
Nevidimka
07-13-2008, 07:30 PM
Tuylar muborak !!! . Eng sof tilaklar siz uchun..:D Bahtlik bo'linglar kelin qiz bilan..
Guardian
07-13-2008, 07:55 PM
I wish you and your other half a very happy life. May You have all your dreams come true. Happy Marriage! :D
TÜRKÇE
07-14-2008, 12:53 AM
Aka, Ham Tugilgan Kununguz, Ham Toylaringiz Mubarek Bolsin.
(darisi Bizim BaŞimiza :d)
Amiri Turkiston
07-14-2008, 03:42 AM
man naryoda tabriklovdim lekin to'ylar va tug'ilgan kunlar bilan.
mana yana bittasi ketti unda...ushang.... :-)
oka hamisha qor-bobode kon'gli ochiq inson bulib yuring!
LIBRA
07-14-2008, 04:07 AM
Men ham tabriklayman ^^ hamisha bahtli bo'linglar...
Asadbek
07-14-2008, 05:27 AM
PS Qizaloq hamisha birinchi ;) ertaga Asadbek, Mas`ud akalar Dilkashda nega bizga birinchi aytmadiz deyishadi :laugh:
:D Eeeee, bor bo'ling!
Boyagina n0xyl bilan ko'rishgandik. Rosa semirib ketibdi... quvonchi ichiga sig'may yuribdi :)
Xudo hohlasa, Termizdagi to'yga kimlar bormoqchi :)
Uyyonli
07-14-2008, 05:32 AM
Assalamu alaykum !
Nay-nay-nay -nay To`ylar Muborak, ko`rgoni keldik ...
Raz-raz , bir-bir, mikrafon ishlayapti :laugh:
Mana bugun ikki yoshning nikoh kechasida yig`ilgan ekanmiz, fursatdan foydalanib Ikki yoshga ulkan BAHT, charog`on Hayot, qo`sha-qo`sha farzandlar tilab qolamiz!
Iye-iye mehmonlarimiz Asadbek, Shokirbek, Amiri Turkiston, Mas`ud akalar kirib kelishyapti .
Asadbek : n0xyl kelinni oyog`ini bosing !
Bu tomondan Dutorchi qizlar ansabli Nigorabegim,Mirage,Zlyuka,..... ohho qo`llarida qo`sha-qo`sha tog`oralar.:laugh:
n0xyl akanikida 1 hafta ovqat qilinmeydigan bo`ldi :laugh::lool:
Ehhh hayolga berilib ketibman
Inshallah sizlarni 11 avgust 2008 yil Termiz shahriga taklif qilib qolamiz!
n0xyl sizga chin dildan BAHT tilab qolaman !
PS Qizaloq hamisha birinchi ;) ertaga Asadbek, Mas`ud akalar Dilkashda nega bizga birinchi aytmadiz deyishadi :laugh:
http://img148.imageshack.us/img148/2442/400f4516782xqbo6adxolc6uc1.jpg
vah vah vah :-) o'zimni tuydadek his qildim :uups:
nOxil aka sizni tabriklayman. Bahtli bulinggiz yoringgiz va kelajak farzandlaringgiz murodiga erishib qusha qarib hursan bulib yuringlar :)
ikbaljohn
07-14-2008, 05:32 AM
To'ylar muborak!
Nigorabegim
07-15-2008, 06:18 AM
n0xyl!
To'ylar muborak bo'lsin!
Ota-onangiz tug'ilgan kuningizga ajoyib syurpriz tayyorlashibdi. Ana syurprizu, mana syurpriz. Mana buni syurpriz desa bo'ladi!
Baxtingiz bitmas-tugamas bo'lsin. Shirindan-shakar bolajonlarning adajonisi bo'lib yuring!
PS Qizaloq oqibat shu-de, yaxshi xabarni hammadan oxirida eshitamiz. ;-)
Yaxshi hamki, forumga kirib qolganim. Shu qilganingizga chuppa-chupsiz qoldingiz. :-)
Shokirbek
07-15-2008, 07:37 AM
To'ylar muborak! Barcha ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
ikbaljohn
07-15-2008, 07:50 AM
Noxyl brat,bu uylanadigan odam tayyorgarlik bilan yurmedimi? Odamlar,noxyl aka Toshkentda moshinada katatsya qilib yuribdi Xalqlar Do'stligi ko'chasida,yarim soat oldin ko'rdim :-D
n0xyl
07-18-2008, 12:03 AM
Noxyl brat,bu uylanadigan odam tayyorgarlik bilan yurmedimi? Odamlar,noxyl aka Toshkentda moshinada katatsya qilib yuribdi Xalqlar Do'stligi ko'chasida,yarim soat oldin ko'rdim :-D
=) To'yni tashkiliy ishlarin bilan yugurib yuruvdim
Asadbek
07-18-2008, 01:37 AM
Noxyl brat,bu uylanadigan odam tayyorgarlik bilan yurmedimi? Odamlar,noxyl aka Toshkentda moshinada katatsya qilib yuribdi Xalqlar Do'stligi ko'chasida,yarim soat oldin ko'rdim :-D
Eeee, qiziqmisiz :)
To'ydan keyin "Er-xotin do'stligi" ko'chasida kataysa qiladi, hozircha esa Xalqlar do'stligi ko'chasida kataysa qip turaversin :D ;)
n0xyl jo'ra, qiynalmayapsizmi tashvishlar bilan?
n0xyl
07-18-2008, 05:19 AM
Eeee, qiziqmisiz :)
To'ydan keyin "Er-xotin do'stligi" ko'chasida kataysa qiladi, hozircha esa Xalqlar do'stligi ko'chasida kataysa qip turaversin :D ;)
n0xyl jo'ra, qiynalmayapsizmi tashvishlar bilan?
Bu tashvishlar o'tadi ketadi, hotin esa yonga qoladi :)
The Reaper
07-18-2008, 11:42 AM
Congrats! May you be happy together, have a great family, and enjoy everything there is!
TR
Qizaloq
07-19-2008, 01:40 PM
Bu tashvishlar o'tadi ketadi, hotin esa yonga qoladi :)
:lool::lool: voy Akaginam tushmagureyyyyyy :lool:
Asadbek
07-31-2008, 02:49 AM
Kuni kecha n0xyl jo'ramizni turmushga "uzatib" keldik :)
Kelin tarafning to'yi bo'lib o'tdi, shu munosabat ila kechqurun Toshkent markazidagi to'yxonalardan birida qavmu qarindosh, oila do'stlari taklif etilib, dasturxon tortilibdi.
Forumdoshlardan himalay ikkalamiz kuyovjo'ralar qatorida bordik.
To'y zo'r o'tdi. n0xyl alpomishdek kuyov bo'ldi o'ziyam :) Bir qancha rasmlar oldim. Endi, shaxsan kuyovning ruxsati ila e'tiborlaringizga to'ydan kichikkina fotoreportaj qilsam.
Suratlarga hazil tariqasida sharhlar berib boraman :)
http://img227.imageshack.us/img227/3738/malik02bl8.jpg
Kelin-kuyov to'y davrasiga kelib, davlat nikoh qaydnomasi taqdim etiladigan joyda turib qolishdi. Hozircha ikkalasida chuqur hayajon, yuraklari dupur-dupur etayotganiga shubha qilmasa ham bo'ladi...
http://img293.imageshack.us/img293/894/malik01uo9.jpg
Nikoh qaydnomasiga n0xyl o'z imzosini qo'ygach, kelin-kuyov quyidagicha aytishib qolishdi:
Kuyov: - mana, men imzo qo'ydim. Marhamat, bir imzo qo'yvoringchi siz ham!
Kelin: - Yo'q! Asal oyiga Turkiyaga obormayman deyapsiz-ku, imzo qo'ymayman! :)
Kuyov: - Qanaqa Turkiya?! Asal oyini Termizda o'tkazamiz! Davay, imzo qo'y ko'p gapirmay! :D
Kelin dugonasi: - Voy o'laaayyy, halittan shuncha baqir-chaqir...
http://img227.imageshack.us/img227/2151/malik03vq9.jpg
Kelin: - Dugonajon, san xavotir olma! Men hali bu pochchangni shunday jilovlab olay-kii...
Kuyov: - Ha, qo'l qo'ya qolsinlaaar endi!
himalay: - Yaxshiyam, yaxshi zamonlarda uylanib olgan ekanman...
Ishqilib, kelin oxiri imzo qo'ydi. Keyin ikkala yosh davlat oldida qonuniy er-xotin deb e'lon qilindi va davra to'rida o'z joylarini egallashdi.
http://img329.imageshack.us/img329/3746/malik04ko1.jpg
Kuyov: - Heh, qo'l qo'ymay qayoqqa ham borardi! Menday yigit bilan turmush qurayotgan bo'lsa! Haaa, yaratganga shukrlar, shu kunlarga ham yetdim mana!
http://img227.imageshack.us/img227/6617/malik05wu5.jpg
Keyin davrada o'yin-kulgu, kelin-kuyovni tabriklashlar boshlanib ketdi. Bir qancha taniqli san'atkorlar xizmatda bo'lishdi. Lekin mana bu rasmdagi ikki onaxon mana men degan G'ulomjon Yoquvobni orqada qoldirib ketishdi. Ular kelinning otasini o'rtaga olib, "Soy bo'yida-yo turgan yigit" deb xirgoyi qilishni boshlashganda, davrada hamma qiyqirib yubordi. Rostdan ham, davrani zo'r qizdirib berishdi. Folklor gruppalari bor ekan umrlari uzoq bo'lgurlarning!
Asadbek
07-31-2008, 02:51 AM
http://img291.imageshack.us/img291/373/malik06ht1.jpg
Kelin: - Hm-hmm, Turkiyaga oborsalar nima qilardi, Termizlari qochib ketmaydi-yu...
Kuyov: - 2 haftada Termizda katta to'y bo'ladi, o'tingizlar hammalaringiz!
http://img247.imageshack.us/img247/2325/malik07qp3.jpg
To'y nihoyalagach, qarindosh-urug'lari, do'stlari kelin-kuyovni davra o'rtasiga olib, raqsga tushirishdi. n0xyl ham hassaaa deb boshlavordi :)
http://img247.imageshack.us/img247/5926/malik08zy1.jpg
Kelin: - Aziz otajon, aziz onajon, shunday yigitga uzatayotganlaringiz uchun sizlarga behad tashakkur! Ta'zimimni qabul etingiz!
Kuyov: - Shundoq qiz tarbiyalab berganlaringiz uchun sizlarga tashakkur! O'ylamangizlar, qizingizni Turkiyaga albatta oborib kelaman!
http://img227.imageshack.us/img227/2729/malik09ym3.jpg
Qaynota: - O'g'lim, sen mening boyligimni olib ketyapsan. Bu boylikka sendek ega chiqqanidan juda xursandman. Bir narsani unutma: oila muqaddas. Unga nisbatan doimo mas'uliyatli bo'l!
Kuyov: - Gap yo'q, bu yog'ini o'ylamang, jonini chiqarvoraman! Endi bizga ruxsat-mi?..
Qaynota: - Ha mayli, boraqolinglar! Baxtli-taxtli, uvali-juvali bo'linglar!
Shunday qilib, bu yog'i 2 haftadan keyin qadim shahar Termizda katta to'y ekan.
FARA!!
07-31-2008, 02:57 AM
To'ylar muborak! Bahtlik bolishin :D
Biz boydoklagayam shunaqa kunla tezro nasib qisin .:P
p's ogayni rasimla uchin rahmat , ozimi toyda bogandey his qildim .:lol:
rosefire
07-31-2008, 03:04 AM
Kelin: - Hm-hmm, Turkiyaga oborsalar nima qilardi, Termizlari qochib ketmaydi-yu...
Kuyov: - 2 haftada Termizda katta to'y bo'ladi, o'tingizlar hammalaringiz!
To'y nihoyalagach, qarindosh-urug'lari, do'stlari kelin-kuyovni davra o'rtasiga olib, raqsga tushirishdi. n0xyl ham hassaaa deb boshlavordi :)
Kelin: - Aziz otajon, aziz onajon, shunday yigitga uzatayotganlaringiz uchun sizlarga behad tashakkur! Ta'zimimni qabul etingiz!
Kuyov: - Shundoq qiz tarbiyalab berganlaringiz uchun sizlarga tashakkur! O'ylamangizlar, qizingizni Turkiyaga albatta oborib kelaman!
Qaynota: - O'g'lim, sen mening boyligimni olib ketyapsan. Bu boylikka sendek ega chiqqanidan juda xursandman. Bir narsani unutma: oila muqaddas. Unga nisbatan doimo mas'uliyatli bo'l!
Kuyov: - Gap yo'q, bu yog'ini o'ylamang, jonini chiqarvoraman! Endi bizga ruxsat-mi?..
Qaynota: - Ha mayli, boraqolinglar! Baxtli-taxtli, uvali-juvali bo'linglar!
Shunday qilib, bu yog'i 2 haftadan keyin qadim shahar Termizda katta to'y ekan.
to'yga borgandek bo'ldik. Zo'r chiqibdi, demak kelin tarafda alohida to'y, kuyov tarafda alohida to'y bo'larkanda. Bu juda zo'rku!
Ikki yoshga baht tilemiz:), doimo bahtli bo'lilar!
InshaAllah, uvali-juvali bo'linglar! :-) Baxtli bo'linglar, InshaAllah.
NanOnaN
07-31-2008, 10:40 AM
Toylar muborak , bahtli bolinglar.
a tak chunmadim tepada 11-Avgustda dep yozipsilaku, nma uje toy boldimi?
anticipator
08-01-2008, 05:31 AM
EE Malades aka, bu yog'iga hamisha baxtli bo'ling. Yangamga biiir Termiz degan taraplarni tanishtirib keling... to'yam zo'r bo'bdi. Rasmchigayam gap yoq, Himalay akamizam o'zini yana uylanayotganday his qigandir....
Mas'ud
08-01-2008, 01:11 PM
Assalamu alaykum...
noxyl aka, to'ylar muborak bo'lsin...Alloh shirin-shirin farzandlar ato qilsin...Kelin bilan, ilohim, qo'sha qaringlar... Inshaallah, keyingi yili shu paytlarga beshik to'yini nishonlash nasib etsin... :-)
NYyankNY
08-01-2008, 01:33 PM
Tabriklayman Bahtli boling :D
SeminoleX
08-01-2008, 06:56 PM
Baraka toping. Rasmlarga gap yok.
Tuyla muborak busin! Doimo baxtli bulila!
Don Corleone
08-09-2008, 05:39 AM
Barcha samimiy tilaklar ikki yoshga yor bo'sin. Hamma qatori biz buydoqlargayam shunaqa ajoyib kunlar nasib qisin.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.