View Full Version : Matmusaning eshagi yoki Eshaklardan odamiylik kutish mukunmi
sherzodR
08-13-2001, 10:51 PM
Matmusaning eshagi aynib qoldi daf'atan
Yaqinlaship bo'lmaydi na orttan na orqadan
QO'sh-qavat arqonni ham uzar bo'ldi haromi
Xangraganda olamni buzar bo'ldi xaromi
Yaqinlashib bo'lmaydi, koptok qilib otadi
Bo'ldi, endi Matmusa eshagini sotadi.
Lekin qadimdan qolgan bozordagi qoida
Nima sotsang aybini aytish kerak joyida
Hech kimsa Matmusadek qiyin xolga qolmaydi
Bachchag'arni aybini aytsang birov olmaydi
Aytmasang, yana gunoh, Matmusa ko'p o'yladi
O'ylab - o'ylab bozorda shunday deya so'yladi
Eshagim bor xaloyiq, o'ta yuvosh jonivor
O'zi eshak bo'lsa ham to'rtta otning kuchi bor
Eshagim chaqqon eshak, ko'p xushnafas eshagim
Lekin bitta aybi bor: odam emas eshagim
sherzodr
08-13-2001, 11:02 PM
[davomi]
Bozor axli kulardi: "shunaqa ham bo'larmi?"
"Eshak axir eshakda, eshak odam bo'larmi"
"Boshqa aybi bo'lmasa bunday jonvor qayda bor"
Eshakni olib ketti arzonga bir xaridor
Qutuldim dep azobdan xursand bo'ldi matmusa
Pulni cho'ntakka solib uyga qaytti Matmusa
Qaytdi-yu, qoldi xayron: axvol o'sha kechagi,
Og'ilda bog'liq turar pishqirgancha eshagi
Aftodaxol xaridor yig'lab turar qoshida
Qo'li, oyog'i bog'liq, to'rtta g'urra boshida.
Matmusaga der: "Inson, iymoningdan qayttingmi?!"
-Eshak sotting, "tepadi", "tishlaydi" dep aytingmi.
Eshak emas ajdarku bu maxluqing, meni yer.
Mening boshqa gapim yo'q, eshakni ol, pulni ber.
Matmusa der "men senga bu eshakni sotganman"
-Xush yor bo'l dep tayinlab, odammas deb aytganman
....
Do'stlar siz ham Matmusa hikmatin unutmanglar
Eshaklardan hech qachon odamiylik kutmanglar :)
P.S. U-bu misralari xato ketgan bo'lishi mumkun... yodalaganimga ancha bo'lgan...
sanjar
08-14-2001, 12:30 PM
:D
"Matmusa"ga voobsche gap yo'q! Agar multik qisa qichchu chiqsa kerak!
"Yurar-uy keldi deya [kalishini] yechib ketgan peronga..." :)
p.s. SherzodR, cheers, mate!
SJ 8)
bolalar
08-16-2001, 02:43 AM
BU ozimizni Matmusade a Donokishloklik:)
Multik hehe zor chiksa kerek. Agar Golivuidda Temur tugrisida kino ishlashsa ham 25 ta OSKAR olsa kerek, lekin bizzani ozimizza ohshatolmimizade:((((
regards.
sherzsodR
08-16-2001, 07:07 AM
Aha, xuddi o'sha o'zimizni Donishqishloqlik Matmusa. Agar esizda bo'sa, o'zining "Amerika ochish rejasi" dep ko'p mashxur bo'p ketudi. Rejasi bo'yicha og'ilxonani tegidan qazib, to'g'ri Oq uyni tegidan chiqmoqchi edi.
Xush-ovoz xonanda ham xuddi shu. "Ovozimga taqlid qilma" - deya Donishqishloqdagi barcha xo'rozlarni ottirgan :D . Oxiri butun DOnishqishloq Matmusaga o'xshab qo'shiq etib boshlagan... XOzir ham etishivotti os'ha qo'shiqlarini :)
Shahardagi to'yga borib o'g'rilardan tayoq yep kelgani-chi... "Karnay-surnaydan uzoqda yur" degan maslahati shuning natijasi-de :)
Manimcha Donishqishloq axli Matmusaga haykal qurip to'g'ri qilshgan :). Axir arzidide.
(Matmusa yaxshi odam,
Matmusa zo'r insondir
Unga tirik bo'sa ham
Xaykal qurmoq darkordir
Yig'ilishdi donolar
Tashabbuskor ko'p edi.
Matmusachi, u-kamtar
"Yo'q" - demadi, "xo'p" - dedi...)
To'g'ri, xaykalni qurishivotganda yoz edi, o'shanga Matmusa avvaliga yaxtakda bo'gan...
Ammo haykal qurib bo'lingach esa, qish kegan... Ular uni buzib tashab, boshqasini qurip boshlashgan... qalin choponda, eshagiga esa qalin egar-jabduq qadashadi... Lekin u bitguncha yoz kep qoladi :) . So'ng Oliy Majlis yig'ilishida shunaqa qarorga kelishadi:
"Har bir faslga ayrim haykal qurilsin; yozda yaktakda, qishda esa etik-chopon...
Eshagini qalin kiyintirish ham esdan chiqmasin"
BOlalar, siz xavotir omeng, haykal qurildimi, demak yaqinda kino ham qilamiz. O'xshatamiz :)
P.S. Erkin aka omon bo'sinla... Shunaqa Matmusalardan ko'p-ko'p yetqizib tursala... ;)
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.