PDA

View Full Version : Islom va imon


naughty
08-18-2001, 04:22 AM
Aqllar johil, qalblar nursiz edi u zamon
U qalblar imon suvisiz, quruq biyobon
Hokim edi her yerda zulm va tug'yon
U kungacha yer yuzida, kufr hukmron
U kunda tug’ilib, munis bir O'g'lon
U kun ka’ba butlari, bo’lib yuztuban
Kisroda bor edi, ulkan bir ayvon
U kecha u ham yiqilib, boldi u vayron
Ular surib bolgandi, davr va davron
Koinot edi masrur, hursand va shodon
Ko’p bahtiyor edilar, yerlar va osmon
Chunki uzun yillardir, ular Uni kutgan
Shu kuyi katta boldi, u nurli O'g'lon
"Amin" ismin oldi, gapirmadi u yolg'on
Bir qancha oylar, kunlar o'tib oradan
Hiro g'origa borardi ahyon va ahyon
Bir kun edi yolg’z va halqdan pinhon
“O’qi” amrin eshitti, birdan nogahon
Shirin bir qo’qruv ila bo’lib u hayron
Usha choq Makkaga, qaytib u hamon
Yaqinlarga qildi u, arzi hol bayon
Hammasi Injilda, Tavrotta yozilgan ayon
Dedilar “sen qo’rqma Alloh mehribon
SENSAN DEMAK ASRLARDIR KUTILGAN INSON"
Ha U edi kutilgan, Rasul ur Rahmon,
Ham U edi olamga, Payg'ambar Zishon.*
Ayollardan Hadicha, ilk musulmon (RA)
Sadoqatli, muazzaz va ko’p pok domon
Erkaklardan Abu Bakr keltirib imon (RA)
Siddiq bo’ldi, do’st bo’lib, taqdirga shoyon
Ali ham Islom bo’ldi, bo’lib u mardon (RA)
Ham Zinnurayn bo’ldi, Usmon bir Avfon (RA)
Keyinroq Umar ul Faruq, qo’lida Furqon (RA)
Shu tariqa boshlanib da'voyi Qur’on
Koinotga u bo'lib, oliy bir Farmon
Ham bo'lib U hasta qalblarga darmon
Chunki oyatlarda bor edi mu'jizul-bayon
Shunda uni dedilar "Qur'oni Azimushshon"
Dunyolarni etib u, oydin va charog’on
Shu zaylda bo'ldi u, ham virdi zabon*
Lek, Abu Jahl, Lahab va Abu Sufyon*
Qarshi kelib u nurga, nodon notavon
Ham shu bilan Allohga ko'tarib isyon
Bilmadilar u-yerdagi bir Moh Tobon
O'ziga qorong'i qilar, ko'zlarin yumgan
Ularga boshliq edi u botil Shayton
Qora ruhlari uchdi, jahannam tomon
Halqlar shu tariqa qilib ahd paymon
Mu'minlar oz edi ko'p edi dushman
Johillar zulmiga uchrab beomon
Mu’minda imondan, zirhli bir qalqon
U qalqonki daf’iga bormi hech imkon?
U qalblar endi imon mevasi bergan
Munavvar, ulviy, buyuk bir bos’ton
U imon ki ta’rifi tillarda doston
U imon ki ta’rifida ojizdir lison
Guli Muhammadi (SAV) ila go’zal guliston
Dedilar “bu yo’lda mollarimiz ila jon
Alloh uchun, bo’lsin fido va qurbon”
Ham ko'rsatdilar, "Sobran Jamilan"*
Oradan 13 yil vaqt o'tib bir zamon
Shaxri Yasrib tomon, bo'ldi U ravon
Madina bo’ldi Unga nurli bir oshiyon
Nuri Qu’ron sekin asta, tarqalib har yon
Zulumat o’rtasida, misli bir shamdon
Johillar va kufforga bermasdan omon
Hamzalar, Sa'dlar ham Forsiy Salmon
Kurashdilar har biri bo'lib qahramon
Hayron qolardi, ko'rsa Rustami Doston
Zolimu mushriklarni etdilar yakson
Robbim mu'minlarga, etib lutf ehson
Makkaning fathi bo'ldi, bag'oyat oson
So'ng u nur sahobalar, tarqalib Jahon
Islom bo'ldi olamga odil bir Sulton
Taslim bo'lib mulki Rum, ham halqi Eron
Islom bo'ldi shunda, ham buyuk Turon
Keyinroq dunyoda, davlati Usmon,
Osiyoda katta bir, mulki Huroson,
Dunyoga tarqatib Islom va Irfon
har yerda imon nurin etib namoyon
U nur bilan olamni, etdi nurafshon.
Ularga yarashardi sharaflar va shon



ojizmiz, hato ko'p, nuqson behisob. Allohdan mag'firat so'rayman

Naughty


* Ma’lum ki Abu Sufyon keyinroq Islom bo’lgan
*virdi zabon-- tilda har doim takrorlanadigan zikr
*shon sharaf sohibi
*"Chiroyli sabr" (oyattan)

naughty
08-18-2001, 04:28 AM
..............
Ham shu bilan Allohga ko'tarib isyon
Bilmadilar u-yerdagi bir Moh Tobon
.............
Noto'g'ri anglashilmasin "u-yerdagi bir Moh Tobon" Payg'mbarimizga aytilgan

Happy
08-26-2001, 05:40 PM
She'r uchun katta rahmat! Juda ham chiroyli yozilgan ekan. Hech bunaqasini o'qimagandim. :) Alloh sizdan rozi bo'lsin va to'gri yo'lda sobitqadam qilsin!

Assalamu-alaykum

Fazo
08-29-2001, 04:49 AM
Raxmat oshna!
Shunaqa she'rlardan yozib turgin, iltimos.

With regards!!!

naughty
08-29-2001, 07:57 AM
thanks Fazo & Happy

If you want to be Happy
You should solli ala-n Nabi
and always try to be with Robbi
and try to live with Hubbih*

Hubbih=His LOVE (ar.)

mylediss
09-08-2001, 08:30 AM
naighty! Yana davomini yozing. iltimos!

pushkin
09-08-2001, 03:31 PM
naghty, ti sam napisal eto. Eeee mandan ham o'tib ketibsizu hamkasb...

:)

Jesus Christ
09-09-2001, 02:02 PM
Tugri gappi yozipsan , naghty.
Bilasanmi, maniyam boshimdan shu narsala utgan.
Lekin mani qavmim manga ergashmadi,
mani davatlarimni notugri talqin qilishdi,
mani hudoni ugli deyishdi.
Uzlaricha mani nomimdan christianity degan
yangi dinni uylab topishdi, dolbani.
Vse oni bezmozgliyi churbani...

naughty
09-12-2001, 11:22 AM
pushkin (Sep 08, 2001 15:31):
naghty, ti sam napisal eto. Eeee mandan ham o'tib ketibsizu hamkasb...

:)

otahon sizdan o'tishga bizaga yo'l bo'sin :):)
go go da bir adaship kep qoladi de

uni chiroyli (agar chiroyli bo'sa) qipturgan mani so'zlarimmas, balki uning mavzusi mani so'zlarimmi bezab turibdi.

Buni OLTOY yozgan Alihonto'ra Sog'uniyning bir she'ridan ilhomlanib yozgan edim


inson agar bo'lsa mustahkam e'tiqodliq
atrofida u nuroniy malaklar parvonadur

u kishiki bu o'tkinchi dunyodan ketsa imonliq
u bandaga ul jannat bir mukofothonadur

hayotida Allohidan topgan bo'lsa rizoliq
Jannatda bol ariqlardan, ko'p qonadur

agarki u qulning qalbida bor imonsizliq
shayton, bechorani har kuylarga soladur

Dunyosida qilgan bo'lsa o'z nafsiga zolimliq
Oxiratda u kishi jahannamga ravonadur

hayotining asli bo'lsa uning gunohkorliq
gunohlarla u dahshatli olovlarda yonadur