bayram54tr
08-29-2001, 02:33 PM
USMON AZIMOVDAN
ALPOMISH XUSUSIDA SHOIR DO'STIMGA MAXFIY XAT
Arpali cho'lida Alpomish uxlar.
Uni uyg'otmayman.
Uyg'onsa, nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?
Ukam kabi Eski Jo'vada pista sotadimi?
Akamday paxta teradimi ikki ming tonna?
Nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?
Imonni sotmoqlikni o'rganadimi amakimizdan,
Yoki mukofot olmoqning yo'llarini?
Ammamizning qilmishini ko'rip,
O'zini osib qo'yadi-ku!
Nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?
Biz bilan pivo ichishni udda qilarmikin,
Birovning kitobini ko'chirishni-chi?
Uni uyg'otmasdan...
O'ldirib qo'ysakmikin?
Bizga nima?
Alpomish uchun
Xun olsa,
Otamiz oladi-da...
Ammo, otamiz qanday uyg'onsin,
Alpomish uxlasa...
ALPOMISH XUSUSIDA SHOIR DO'STIMGA MAXFIY XAT
Arpali cho'lida Alpomish uxlar.
Uni uyg'otmayman.
Uyg'onsa, nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?
Ukam kabi Eski Jo'vada pista sotadimi?
Akamday paxta teradimi ikki ming tonna?
Nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?
Imonni sotmoqlikni o'rganadimi amakimizdan,
Yoki mukofot olmoqning yo'llarini?
Ammamizning qilmishini ko'rip,
O'zini osib qo'yadi-ku!
Nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?
Biz bilan pivo ichishni udda qilarmikin,
Birovning kitobini ko'chirishni-chi?
Uni uyg'otmasdan...
O'ldirib qo'ysakmikin?
Bizga nima?
Alpomish uchun
Xun olsa,
Otamiz oladi-da...
Ammo, otamiz qanday uyg'onsin,
Alpomish uxlasa...