PDA

View Full Version : BAHTLIK NEDUR?


OLTOY
08-30-2001, 09:37 AM
Sharqi Turkiston Respublikasining prezidenti, marhum Alihon To'ra Sog’uniy janoblarining 1969 yilda yozgan ibratlik she’rlari:


Tiri baht dar vatan ijod g’arib mikunad,
Gar bechiliy miqtodi hisht hamon bin kol ast...
(Bedil)

Shu bayt mazmunidan ilhom olib, tubandagi so’zlarni nazmga chekdim:


BAHTLIK NEDUR?

Qara, bahtiqarolar o’z joyida bo’lg’ay g’arib,
Chinni kosa darz topsa, Chin anga binkoladur.

Bahtsiz bo’lg’an kishi hech yerda o’zin topmag’ay,
O’z elida bo’lsa ham qardosh unga begonadur.

Bahti yo’qlar qo’lig’a tushsa oq oltin kul bo’lur,
Bahtlik ilgida bo’lsa qora tosh durdonadur.

Bahtlik bilsang nedur, badbahtlik qaydin kelur?
Bilmas ersang, aytayin, bu bir qiziq hangomadur.

Bahtsizlik – bahtlik majbur emas inson aro,
Ilm o’qib topsang hunar bahting chirog’i yonadur.

Och ko’zing, payqab qara, dunyoda kimlar bahtlik,
Qaysi elning bahti yo’q, bilgin, jaholathonadur.

Barchaning bahti ochilg’ay ilm o’qib topsa hunar,
Lekin Islom yo’lidin yurgan murodin topadur.

Ilm o’qi, o’rgan hunar, chiqma diyonat yo’lidin,
Bu eshikdin kirmagan horlikda doim qoladur.

Yo’q erur dunyoda dini Mustafodin to’g’ri yo’l,
Kim bu yo’ldin chiqmasa, qilg’an ishi mardonadur.

Ilm o’qib, dinsiz bo’lan har qancha ul olim esa.
Aqli yo’q, fikri buzuq, ko’ngli qaro devonadur.

Kimki Qur’on haqligin bilsa, bu yo’ldin chiqmag’ay,
Chiqdi ersa Darvin-u, Lappas kabi hayronadur.

Ilm o’qi, ko’rsat hunar, ayrilma Ahmad dinidin,
Kim Muhammad keynidin ergashsa jannat boradur.

Bu ulug’ ne’mat qadrini bilmagan bechoralar,
O’ldi ersa ko’rgusi shayton lain hamhonadur.

Fazli haqdur Sog’uniy tushgan esa haq yo’lig’a,
Shu uchun diniy chirog’ atrofida parvonadur.

Qilma do’stim ko’p malomat Sog’uniy bechorani,
Kim Vatan qayg’usida bag’ri ani biryonadur.

Ilm o’qib, topsang taraqqiy ayrib o’t zirofa bor,
Lekin Islom yo’lidin ayrilma-rohat jonadur.

26.Dekabr 1969 / TOSHKENT

1 May
08-31-2001, 06:07 AM
Mana shu Oltoy degan shaxs "Sharqi Turkiston Respublikasining prezidenti Soguniy" deb quyibdi yu :) U nima degan gap? Turkiston degan u - qozogstonda buladi. Chimkentda ku, bilmaysilarmi. :) u shahar :) shaharni yam prezidenti bularmishmi :)

naughty
08-31-2001, 07:41 AM
Do'stim 1 May,

Turkiston bilan Sharqiy Turkiston farqini bilmaslik yaxshi emas.
agar hazillashib gapirgan bo'ses unda man uzr so'riman

agar haqiqatan bilmases unda siz etgan Turkistondan sharq tarafga qarab borib Hitoyyi chegaralaridan o'tib ichiga kirses Sharqiy Turkistonga borgan bo'las. Ushatta Hitoy davlatining zulmi ostidagi kamida 20 million (balki raqamda adashgandirman) mazlum musulmon turk xalqi bor do'stim.!

omon bo'l

OLTOY!
Alihonto'ra SOG'UNIY u yerning prezidenti ekanini hech eshitmagan ekanman
rahmat soyangizda bilib oldik
xurmatlar
n

naughty
08-31-2001, 08:15 AM
OLTOY
yuqoridagi baytlar juda yoqdi. mangayam birdan adaship kep qoldi. siznikichalik bo'masayam e'tiborga havola qilmoqchiman

inson agar bo'lsa mustahkam e'tiqodliq
atrofida u nuroniy malaklar parvonadur

u kishiki bu o'tkinchi dunyodan ketsa imonliq
u bandaga ul jannat bir mukofothonadur

hayotida Allohidan topgan bo'lsa rizoliq
Jannatda bol ariqlardan, ko'p qonadur

agarki u qulning qalbida bor imonsizliq
shayton, bechorani har kuylarga soladur

Dunyosida qilgan bo'lsa o'z nafsiga zolimliq
Oxiratda u kishi jahannamga ravonadur

hayotining asli bo'lsa uning gunohkorliq
gunohlarla u dahshatli olovlarda yonadur

xurmatlar
n

OLTOY
08-31-2001, 03:30 PM
Hurmatli Do'st...

Alihon To'ra Sog'uniy, Sharqiy Turkistonning eng ulug' prezidentlarining biridir. U boshlatgan ozodlik kurashida Sharqiy Turkiston armiyasi (Usmon Boturning rahbarligida) Hitoy armiyasini ikki marta yer bilan yakson etgandur. So'ngra Sharqiy Turkiston Hitoyga qarshi mustaqilligini ilon etib, Alihon To'ram prezident bo'lgan. Afsuski bir yildan keyin, bir Rus uchag'i (allaqalay) kelib, Alihon To'rani olib Toshkentga olib qochisgan. O'zi u paytdan boshlab ko'p yillar Toshkentda "uy habsida" yashab, yana Toshkent shaharida vafot qilgandirlar.

Shu masala to'g'risida hali kungacha yahshi ma'lumot yo'q. Nimaga, qalay, qaysi kuch bilan?

Ul ketgandan keyin Ahmad Apandi (Uyg'ur) prezident bo'ladi.

Hazrat haqda katta bir maqolani Turkchaga tarjuma qiliyapman. Uni tugatgan so'ng, agar hohlasangiz, yana-da keng izohot beraolaman.

O'tgan yil, Alihon To'ra prezident bo'lgan paytda uning armiyalarida askar bo'lib so'g'ishgan bir choldan qulog'im bilan eshitganman osha ginmni:

Alihon To'ra kelib boshladi, hay..
Eski odat toshladi, hay..

Alloh yor, Alloh yor,
Islom tug'i qo'lda bor,
Yangi talab qaharmonlar
Qadam bosib, olga bor...

Alihon To'ra kelib boshladi, hay..
Eski odat toshladi, hay..