PDA

View Full Version : Esga tushib qoldi, yoki... men seni yodga oldim


kanzler
09-10-2001, 06:34 AM
Tulin oy derazangdan iliq nurlarini sochib, shirin jilva hadya qilib, sen bilan shirin suhbat qilib turgan dam - nima bu, qanaqa tuyg'u bu?
Bu sog'inch, qalbingni o'rtaydigan sog'inch bu!
Uni eslab xayollar ummoniga chumasan beixtiyor (tulin oy sening xayollaring yorqin bulsin deb bulutlarni quvish bilan ovora), misralar oqib keladi she'rlar tuqilib...
Uni eslatguvchi, Uni eslashga chorlaguvchi kuyni tinglaysan beixtiyor qushiq hirgoyi qilaturib... tugalmas kuy-qushiqlar... lekin U eshitmaydi sening kuylaganing, afsus...
har doimgi xayollar... (Oy sekin jilmayib quyadi senga hamdardman, menda ham shu dard deya...)


Shoir demoqchi:

Samoda kezadi hanuz tanho oy,
Yolg'izlik qiynaydi uni hoynahoy.
Yuqlikdan izladim sening vaslingni,
Men qayga qarasam, ka'ba usha joy.

Duma
09-10-2001, 06:46 PM
Haligi "Yoshlik" jurnalining "Qatortolga maktublar" sarlavhasi ostida chiqadigan, Qashqadaryolik bir hayolparast qizning hatiga o'xshab ketdi :D Kulaverib boshimni monitorning uchqur joyiga urib teshib oldim.

Shu U kim ekan deb boshim qotib turibdi? :)

Umida, Uktamoy, Uda, Ursula, Ulla, Ulrike, Ulli, Ute , Uschi.. egh.. yana qanaqa ismlar bor edi ;)

Qonday endi, Kanzler Janoblari?

kanzler
09-11-2001, 05:42 AM
:-D ,
Duma, gap yo'q!

haligi Muhayyo, Surayyo, Ra'no Muqaddasdan olivoribsizu a :-)

Yuribmiz SR71 janobi oliylari ;-)