PDA

View Full Version : Buncha Go'zal bu Hayot (Bahor), Yulduz Usmonova


yulduzcha
09-10-2001, 08:44 AM
Hush kelibsan hushro'yginam, humorim bahor,
Kimlar yetib kim yetmagan go'zalim bahor.
Dardi borga darmon bo'lib kelgansan bahor,
Gulga o'ra yurakdagi ozorim , bahor.

Uch oygina ko'zimizga mehmonsan, bahor,
Qishni quvib o'zing yozga mezbonsan, bahor.
Umr g'alat kelganki bor ketarkan, bahor,
Oh bahorim, nahot ko'zga hazonsan, bahor?

Hayot buncha achchiq buncha shirinsan hayot?
Hayot buncha g'alat buncha go'zalsan hayot?
Hayot buncha ajoyibsan, ajoyibsan hayot?
Buncha go'zalsan hayot!

Sog'inganim sog'intirib keldingmi, bahor
Chiroyingga sog'intirib keldingmi, bahor
Onam qo'li sog'ingandi sochlarim bahor
Samo bo'lib boshginamda yeldingmi bahor
Qarg'alar bor ko'rmoq istar zavoling, bahor
Yomonlarni tutgay seni uvoling, bahor
Mening maysam, mening guncham, chechagim bahor
O bahorim ko'rgim kelar kamoling sening

Hayot buncha achchiq buncha shirinsan hayot,
Hayot buncha g'alat buncha go'zalsan hayot.
Hayot buncha ajoyibsan, ajoyibsan hayot,
BUNCHA GO'ZALSAN HAYOT!


Shunchaki bahorni sog'indim:)

Asadiy
09-10-2001, 09:27 AM
Hali bahor utmay turib,
Yetib keldik kuzga ham...



Rahmatlik Oxunjon Madaliyevdan

naughty
09-11-2001, 11:43 AM
to'g'ri Yulduz Usmonova uchun har doim hayot go'zal

stranger
09-13-2001, 12:03 AM
Hayot gozal !!! ;) bahor bosa undan ham go'zalroq bolib ketadi, isn't it?
lekin aytmoqchi bogan gapim: bahor bir kalendar yilini 25% tashkil qiladi, a bazi bir odamla 1 yilda deyarli har kuni bahor bolib otadi :) faqat shunga intilish kere...

best regards

sherzodr
09-13-2001, 01:58 AM
Bahorda bog' na go'zal
Qor yog'sa tog' na go'zal...