PDA

View Full Version : KUZAK SEVGISI


zodagon
09-20-2001, 06:02 AM
KUZAK SEVGISI
Meni sevib qolma, Oymoma! Men Quyoshni yig`latmoq istamam. O, nimalar deyapman o`zi? Axir mening Quyoshim o`ta mag`rur, ustiga ustak u yuksiz yuksaklikda!.. U mening sevishimni bilmaydi – va ehtimol umrbod bilolmas.
Bu «ishqi behuda»ni tark qilishimga undayotgan Bulutlar men sarkashga gap uqdirolmay dog`dalar. Bilmadim, uni unutishim uchunmi yoki mening jahlimni chiqarish uchunmi – ular uzzukun yig`laydilar. Lekin aminmanki, ertami-kechmi yig`loqilar «Muhabbat» otliq bu «mudhishlik»dan boshqalarni ham qaytarmoq qasdida yo`llariga ravona bo`ladilar.
Yuraklarim yig`ilardan ezilgan bir paytda meni sevib qolma, Oymoma… Chunki pirovardida men Quyosh oldida ozimni oqlamoq bo`lib, tiz cho`kib yig`lamoqni istamam. Axir men haddan ziyod mag`rurman, ustiga ustak tubsiz tubanlikda…

bratishkaa
09-22-2001, 04:50 PM
Sen o'zing bilding tuban,
Unda dunyo yig'lasin...
Sof qalbing etib pora,
Aylama, do'st, dilga jabr...

Mr GANGSTER
09-23-2001, 02:19 PM
Hoosh...
Yahshi uslub tanlangan...
Paragraflar joy-joyiga tushgan...
Fikrlarda qandaydir izchillik bor...
Faqat ma'no juda ham yashirin, ahir badia topishmoq emasku. Ociqroq yozilishi kerak.

bratishkaa
09-23-2001, 02:53 PM
Mr.Ganster, bilasizmi aslida mana shu yashirinlik kishini tafakkur qilishga undaydi.. Muallif hamma narsani ochiq-oydin qilib qalamga tushirsa, unda kimdir skepsis bilan qaraydi, kimdir yana shu gapmi deb qo'yadi.. Yashirinlik tafakkurga undaydi, to'g'ri tafakkur qilib mag'ziga yetmay qolish ham mumkin unda muammo boshqacha hal qilinishi kerak...
"Kuzak sevgisi" ni yozgan -Zodagon ilgari ham qalam tebratgan bo'lsa kerak, shunday ekan ilgarigi va albatta keyingi yozuv-chizuvlari bilan oshno qilsa ajab zo'r ish bo'lardi-da...

Surgeon
09-24-2001, 04:04 AM
Бадиий мунозаралар укиш жуда кизик, кани курайликчи давоми булармикан...

zodagon
09-24-2001, 05:03 AM
bratishkaa,
manim kamtarona luqmamga iliq munosabat bildiribsiz - tashakkur! Yana boshqa "yozuv-chizuv"ga oid nimarsalarni ko`rmoqqa rag`batiningiz bo`lsa, elektron unvoningizni zodagon@maktoob.com/ga jo`nating - bisotimdagi osori atiqalar bilan "siylay".
Maktubingizni kutaman.

Mr GANGSTER,
protokol uslubida yozilgan taqrizingin uchun rahmat! Nafsilamrini aytganda, topishmoq aytib, siz janobning muborak bosningizni qotirmoqqa qasdlanganim yo`q. Lekin, menimcha, gizlilik doimo rostmana adabiyotimizning xususiyati bo`lib kelgan. Ramziylikdan qo`rqish sobiq sho`ro tanqidchilariga xos sarqitdir.
Salomat bo`ling...

zodagon
09-24-2001, 05:09 AM
bratishkaa,
manim kamtarona luqmamga iliq munosabat bildiribsiz - tashakkur! Yana boshqa "yozuv-chizuv"ga oid nimarsalarni ko`rmoqqa rag`batiningiz bo`lsa, elektron unvoningizni zodagon@maktoob.com/ga jo`nating - bisotimdagi osori atiqalar bilan "siylay".
Maktubingizni kutaman.

Mr GANGSTER,
protokol uslubida yozilgan taqrizingin uchun rahmat! Nafsilamrini aytganda, topishmoq aytib, siz janobning muborak bosningizni qotirmoqqa qasdlanganim yo`q. Lekin, menimcha, gizlilik doimo rostmana adabiyotimizning xususiyati bo`lib kelgan. Ramziylikdan qo`rqish sobiq sho`ro tanqidchilariga xos sarqitdir.
Salomat bo`ling...

Surgeon
09-24-2001, 05:13 AM
Шу билан мунозаралар тугади дейилгани-ми бу?

bratishkaa
09-29-2001, 02:12 AM
Ramziylik va sho'ro munaqqidlaridan so'z ochgan ekanmiz, Abdulla Qahhorning bir so'zi esimga tushib ketdi...
Hayvonot bog'ida bir ustunga zanjir bilan boyloqlik b-a-ahaybat fil bor ekan, yuz yil erinmay shu ustun atrofida girdikapalak bo'lgan ekan boyaqish, ko'ngli sust tomoshabinmi xizmatchilardan biri bir kun o'sha zanjirni yechib qo'yibdi, e-ana hayriyat filni ro'shnolikka chiiqardim deb ko'krak keraman deganda fil yana o'sha ustun atrofida o'zining 'salb yurishini' davom ettiribdi va shu kuyi yana ikkiyuz yil aylanib turgan ekan...
Demoqchi bo'lgan ikki narsa bor...
- jamiyatimizda chuqur ildiz kotgan 'fil kompleksi'dan qutulish qay tarzda olib borilishi kerak
- Bizda Qodiriy , Cho'lpon , Fitrat, Nosirlarni haqli ravishda ulug'lash bor,lekin shu bilan birgalikda boshqa o'z so'zi va o'z fikriga ega bo'lib shu fikrini baralla aytgan va fikridan qaytmagan boshqa qalam zahmatkashlari- Qahhor bo'lsin, Shayxzoda bo'lsin nega nazardan chetda qolib ketayapti...