View Full Version : Oqibat nima?
bratishkaa
09-22-2001, 05:55 PM
Dunyoda minglab qomuslar bor,millionlab kitoblar... Ammo nega haligacha ko'pgina narsalarning ma'nosiga borib yeta olmaymiz?
Nega oq deb bilganimiz sinchiklab qaraganda oqmas. qora deganimiz- boshqa...
Oqibat, masalan nima o'zi?
Mr GANGSTER
09-23-2001, 03:06 PM
Yahshilikka yahshilik bilan javob berish- oqibat.
Ba'zan sadoqatli bo'lish- oqibatli bo'lish deb ham ishlatiladi.
bratishkaa
09-23-2001, 04:15 PM
Birov yomonlik qilsa , uning qilgan yomonligiga yomonlik bilan javob berilsa, haddan ziyod yomonlik bilan( kuchli bo'lgani uchun)... unda javob beruvchi oqibat qilgan bo'ladimi, u(javob bergan) oqibat, insof to'g'risida gapirishi mumkin mi keyin?
Mr. Ganster bilasizmi men chetda yurganimga hech qancha bo'lgani yo'q, faqat bu yerda bir narsani tushundim- bu yerda hamma o'z aravasini o'zi tortar ekan ...Men bunga qarshimasman aslida, lekin birov yiqilib tushsa, opichlab oladigan yo'q... Tasavvur qiling bu shahardagi biron bir chuqurgami, o'ragami tushib ketsangiz, balki o'sha atrofdagi biron xizmatchi yoki polis yordam lashar, hech bo'lmasa kishining o'zi bir amallar... Lekin bu o'rayu chuqurlarning adadi yo'q hammasini ham ko'z bilan ko'rib, qo'l bilan ushlab bo'ladi.. o'sha o'ralarga tushib qolsa nima bo'ladi? Biron kishi ( o'zi o'sha o'raga tushmaganiga javoban bir yaxshilk sifatida)qo'l cho'zmasa,unda oqibat nima bo'ladi?
O'zi oqibat , farosat, vijdon, andisha, ibo , hayo v.b. tushunchalarning nega bu yerdagi tillarda muqobili yo'q? Bu tushunchalarsiz qanday qilib bunaqa taraqqiyot va farog'atga erishildi ekan?!
Surgeon
09-24-2001, 04:59 AM
Хар кимки вафо килса, вафо топкусидир,
Хар кимки жафо килса, жафо топкусидир.
Яхши киши курмагай ёмонлик харгиз
Хар кимки ёмон булса, жазо топкусидир,
(Бобур)
bratishkaa
09-29-2001, 03:18 AM
Ammo, Bobur Mirzoning ushbu ruboiysidagi yaxshilik va jafoni ulashguvchi Zot to'grisida gapiriladi, bir bandaning hissasi yo'q bu narsalarni o'lchashda va mukofotini berishda...
elDoraDo
09-29-2001, 10:53 AM
Mr GANGSTER (Sep 23, 2001 14:06):
Yahshilikka yahshilik bilan javob berish- oqibat.
Ba'zan sadoqatli bo'lish- oqibatli bo'lish deb ham ishlatiladi.
yo'q bro. manimcha unaqa emas... masalan man sizga yahshilik qilidm, lekin sizdan keyin shunaqangi jaholat bilan aqlga sig'mas ishlarni qildimki, keyin menga ham yahshilik qilishning o'zi ahmoqgarchilik mbo'lib qoldi. shunda menga siz ayhshilik qilmaysiz, va buni oqibatsizlik deb atab bo'lmaydi, demakki oqibat unaqa emas. ozgina tushunarsiz ciqdi, lekin umid qilaman, asosiy mag'zi tushunarli bo'ldi
omad
VARATAR
10-01-2001, 06:24 PM
sanlarni bilmadimu, no lekin Radio Grande rulezzzzzzzzzz :)
Surgeon
10-03-2001, 03:48 AM
elDoraDo (Sep 29, 2001 09:53):
Mr GANGSTER (Sep 23, 2001 14:06):
Yahshilikka yahshilik bilan javob berish- oqibat.
Ba'zan sadoqatli bo'lish- oqibatli bo'lish deb ham ishlatiladi.
yo'q bro. manimcha unaqa emas... masalan man sizga yahshilik qilidm, lekin sizdan keyin shunaqangi jaholat bilan aqlga sig'mas ishlarni qildimki, keyin menga ham yahshilik qilishning o'zi ahmoqgarchilik mbo'lib qoldi. shunda menga siz ayhshilik qilmaysiz, va buni oqibatsizlik deb atab bo'lmaydi, demakki oqibat unaqa emas. ozgina tushunarsiz ciqdi, lekin umid qilaman, asosiy mag'zi tushunarli bo'ldi
omad
May be you are right.
Munisa
12-04-2001, 07:07 PM
Mehr yuraklarda qotsa ichikib,
Oqibat ham bulgay anqo urug'i.
Elning kichigini g'ajir kichigi,
Ulug'ini esa ulug'i...
Polvoni polvonni chalmoqqa mahtal,
Dorbozi dorbozni kurolmay yashar.
Hofizlari qushiq aytishdan avval,
Bir-birlarin qarg'ab ovoz sozlashar.
Ziyolilarga kerakmas maydon,
Tinchitar bir-birin sal g'oyibona.
Olimi olimin olimlik bilan,
Shoiri shoirin ham shoirona!..
Mehr yuraklarda qotsa ichikib,
Oqibat ham bulgay anqo urug'i.
Elning kichigini g'ajir kichigi,
Ulug'ini esa ulug'i...
Andisha degan bir bog' bular vayron,
Guyo bu chamandan yolmog'iz utgan.
Onalar qizlarin tanimay hayron,
Qizlar onalarin ismin unutgan...
Bir umr elkada kutarib uzi,
Uzi bolasining rahmiga mushtoq.
Ug'illar mushtidan kukarib yuzi,
Otalar yig'lagay sochlari oppoq...
Buldi. She'rim tamom. Ahir siz chidab
Yuribsiz-ku, nima qipti men yursam,
Tomog'imda jonim turibti yig'lab,
Jondan ayrilaman endi gapirsam!
___________________________________________
Shu mavzuni boshlaganning etti pushitdan tortib uzigacha rahmat:)! Kamida oqibatni tushunishga harakat qilyabmiz... Barchangizga uning amalda ifodasini tilayman.
Salomlar, Munisa.
Munisa
12-04-2001, 07:14 PM
Bratishka,
100% gaplarizga qushilaman. Meni chet eldagi qisqa fursatda olgan sizniki kabi hulosalarim kunda uylantiradi... Tug'ri, bizda oqibat kubroq, lekin kupayib boryabtimikin?
Chuqur havotirga solayotgan bir dardim bor:
Uzbekiston Amriqoga uhshab qolishidan qurqaman, shunday buladi deb uylayman, biroq hech-hech istamayman.........!!!
Alloh insonlarimizni iymonli, insofli, oqibatli qilsin...
Mumtoza
12-07-2001, 08:51 AM
Munisaxon,toki inson uzi oqibatli iymonli, insofli ,vijdonli bulish yulini uz hayotida tanlamas ekan,Ollohning ming berishi befoyda. Bandasiga tug'ri yulni kursatadi,lekin tanlash bizning ortimizda qoladi.
Sizga savol. Nega Uzbekistonni Amerikaday bulishini xohlamaysiz?Menimcha Siz masalani faqat bir tomonlama kurayapsiz.Men Sizni tushunishga harakat qildim.Tug'ri, balki Sizga u erdagi muhit yoqmasdir, lekin boshqa tomonlari bor-ku havasga arzigulik. Oqibatli Insonni Siz qachon kurishingiz mumkin, qachonki davlatingizda, aholining ertangi kuni ta'minlangan bulsa,usti butun, ichi tutun bulsa. Bolasi uchun kitob daftari bulsayu,oqibat,vijdon, degan narsalarni uqib olishga vaqti bulsa.
Uzbegimning kamtarligi bu uning baxti va baxtsizligidir.Bu achchiq haqiqat.
Kishan kiyma,buyin egma,
Ki Sen ham hur tug'ilg'onsen degan misralar bejiz aytilmagan. Lekin, biz uni kiyishga va buyin egishga tez shoshilamiz, uylamasdanki,nega biz? Ming achinarli bulsin, lekin bu narsa hali davom etaverayapti, etaverayapti.Bu narsani davom etishini tuxtatdadigan kuch Sizu-biz. Chet-elda uqib yurgan yosh kuch. Siz ushsa hayotni yaxshi tomonini kuring.Va uzimizga qaysi tomonlarini olishimiz haqida bir bosh qotiring. Yoshlari buzuq desangiz( ma'nan va jismoniy), uzimizda bundan qolarli gap yuq. Statistik malumotga qaramasangiz buladi. Qushnilarni uzi tezda etkasishadi. Yoshlarni ahvoliga bir qarang. Qancjasi giyohvandlikka berilib ketgan.Yosh-yosh,ona suti og'zidan ketmagan qizchalarga bir boqing,soska urnida og'izlarida tabakni, giyohni kurasiz. Fohishalik haqida gapirmasa ham buladi. Bu jihatlardan uzib ketayapmiz menimcha. Bunga nima undaydi insonni. Qanaqa oqibat haqida uzi gapirayapmiz.Kunimiz kundan-kunga og'ir bulib ketayotgan bulsa. Shunday paytda oqibat qoladimi insonlarda. Olloh qanday qilib bersin oqibatni ,Munisaxon.
Nobody
12-07-2001, 09:33 AM
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar,
sizlar bu yerda yozgan gaplaringizni oqip hursand boldim. Mumtoza aytgandek hozir Ozbekistonimizda yoshlarning ahvoli salbiy tarafga qarap boryapti, lekin bu forumga kirip hamma yoshlarimiz ham unday emasligini korip hursand boladi kishi. Inshaalloh, shunday yoshlarimiz kundan kunga kopayip boraversin.
Oqibat haqida gapirganda, bu soz yahshilikka yahshilik bilan javob qaytarish, insofli bolish manosida ham keladi. Ozbeklarda oqibatli bolgin degan gap bor.
Lekin men adashmayotgan bolsam, arap tilida bu soz ohirgi kundagi holat, songgi natijamiz manosida ham keladi. Lekin buni ozimcha sharhlayapman, hato bolishi ham mukin.
Chunki arapchada bir duo bor;
ALLOHUMMA AHSIN AQIBATANA FIL UMURI KULLIHA VA AJIRNA MIN HZIYID DUNYA VA AZABIL AHIROTI.
Buni yana qolbola tarjima qiladigan bolsam,
Alloh ikkala umrimizda ham oqibatimizni hayrli qilgin, dunyo yomonligi(musibati, zarari)dan va ohirat azobidan ozing asragin.
Yani oqibat bu yerda sonngi natijamiz, ahvolimiz manosida kelyapti.
Yana bizda aytiladi, bu ketishda bu ishning oqibati yomon boladi.
Meni oqibat haqidagi tushunchalarimdan qisqachasi shundan iborat,
Ilohim Ozi Vatanimizning va halqimizning yani hammamizning oqibatini hayrli qilsin!!!
munisa
12-07-2001, 11:00 AM
Mumtoza, fikringiz uchun tashakkur.
Su'zimning ohiriga yahshiroq e'tibor bersangiz, men Allohdan oqibatdan avval IYMON suradim, undan keyin esa insof, undan sung oqibat... Hech bir insonga Alloh iymondan bahramand qilmasa, oqibatdan ham bahramand qilmyadi. Shuning uchun ham Alloh foydasi juda borda bu yerda.
Iymonsiz insonlari kup mamlaktlarga boqing: Ota-onalari qariyalar uyida yotibti, iymoni yuq, shuningdek oqibati. Qarindosh urug'idan besh yilda bir habar oladi, iymoni yuq, shuningdek oqibati. Fohishalik, goyohvandlig-u, boshqa balolar ham ana shundan boshlanadi. Juda tug'ri aytibsiz, bizda ham bu narsalarning hammasidan bor. Kundan kun oshyabti, kupayyati. Yuqoridagi sh'er ham USA dagi holat emas, UZB dagi holat haqida-ku! Men buni juda yahshi tushunaman.
Mavzu oqibat haqida bulganligi sabab fikrlarim faqat shunga qaratilagan edi. Sizga javob: Uzbekiston hayoti Amerikanikiday iymonsiz, oqibatsiz bulishidan qurqaman. (Boshqa masalalar esa, boshqa mavzu.) Boyagi she'rni bu yerga post qilishimga sabab ham Uzbeklar, biz tobora oqibatsiz bulib borayotganimzni zhor qilish edi, buni hamma biladi. Yana qaytaraman, faqatgina shu masalada yondashyabman.
Savol tug'ilishi mumkin, "Unda qanday qilib USA ga uhshash boshqa mamlakatlar (qaerdaki musulmonlar kam), oqibatsiz bulib turib ham shunday rivojlanishga erishdi ?" degan. Mening shahsiy fikrim: Kup narsa tarihiy rivojlanish sharoitiga bog'liq. Lekin men tug'risi bu haqda bahslashgim kelmaydi. Buni (tarihni) uzgartirib bulmagandan keyin.
Ha, albatta Uzbekistonda Inshaalloh uzgartirishga kuchimizi boricha harakat qilamiz, lekin hozircha bizni qulimizdan faqatgina duo qilish keladi. Undan keyin meni maqsadim hech kimni bu yerda muhokama qilish emas. Balki ikkimiz ham, shu yerdan turib olib oqibat haqida bahs yuritib turganimizda qachonlardir kimgadir oqibatsizlik qilgandirmiz....
Ha, "nobody" ayytganday, Alloh iymonimizni ziyoda qiligan holda ikki umrimizda ham oqibatimizni hayrli qilsin.
Hullas, Alloh iymon bersa, insonda etarli tafakkur ham buladi hayotidagi narsalarni siz aytganday tanlab yashashga.
Mumtoza
12-10-2001, 10:23 AM
Hurmatli Munisaxon!
-Hullas, Alloh iymon bersa, insonda etarli tafakkur ham buladi hayotidagi narsalarni siz aytganday tanlab yashashga.
Nega bulmasa OLLOH hammaga birday iymonni bermagan?OLLOHdan hamma narsani surab olaveramizmi,qachonki uzimiz usha oqibatli bulishni hayottdan orttirmasak. OLLOH bersa, OLLOh bersa, deb doimo qulni doim duoga ochamiz.Surashga ustamiz doim.OLLOH tug'ri iymonni beradi, qachonki.... Buning uzini shartlari bor. Lekin hamma narsaga insonni uzi etib kelishi kerak, OLLOH bergan aql bilan. Aql orqali iymonga kelamiz. Mana aqlni OLLOH beradi. Aqlni ishlatish, bu ilm, tahsilni olish. Dunzo sirini urganib iymonga kelish. Olimlar aqlini ishlata bilib, dunyo sirlarini urganib, OLLOHning mavjudligiga iqror bulib, SIZ aytgan IYMON kelishib, MUSULMON bulishgan. Misol, franzus Sayohi,KUSTO. Umrining oxirida OLLOHGA iymon keltirib musulmon bulib qazo qilgan.
Har doim aqlni ishlatish kerak.Iymonga ham kelishda ,oqibatli ham bulishda OLLOH bergan ozgina aql bilan kelish kerak.
Demoqchimanki, hamma narsaning asosiz qismi Inson qulida.
Munisaxon, fikrimga qushilmasligingiz mumkin, uzr surab Mumtoza.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.