PDA

View Full Version : ONIY HASRAT IZHORI


zodagon
09-28-2001, 01:14 AM
Men har tong o`z ixtiyorim bilan uyg`onmayman – meni sharpalar uyg`otadilar. Uyg`otar ekanlar, har kungi talablarini oldimga ko`ndalang qo`yadilar. Ularning talabi – sharpalarni odamlar qatoriga qo`shishimdan iborat.
«Bu yerda diqqinafas bo`lib ketdik», - deyishadi ular xayolimga nuqib.
«Biz ham jamiyatga ko`rinmoqni istaymiz», - oyoq tirashadi ular.
Bu sharpalar kim bo`ldi o`zi, dersiz? Ular mening shuurimda to`ralgan timsollardir.
E`tirof etish kerakki, men «San`at» ismli sevikli ma`shuqamga uylangan paytimda baxtiyor edim. Keyin yillar o`tdi, timsollar tug`ildilar. Vaqt o`tishi bilan ular ulg`aydilar. Endi esa…
- Men sizlarni bu ahvolda odamlar ko`ziga ko`rsatolmayman, tushunsanglar-chi axir. Buning uchun men sizlarni «adabiy shakl» degan kiyim bilan ta`min etishim, atrofdagilarning shuuriga muvofiq taxayyulda tasvirlashim kerak, - deyman asabiy.
- Albatta, bizlarni yedirib-ichirish, kiyintirish sening burching, - deydi «Ramziy timsol» deb azon chaqirgan bolam yuzsizlarcha, - eplolmasang, bizlarni topma edi.
Kenjatoyimning bu gapi menga og`ir botadi. Ojizligimdan xo`rligim keladi. Shu alfozda Xudo ko`p farzand ato etgan, lekin bolalarini boqolmay qiynalayotgan faqirning iztirobini tushungandek bo`laman.
Aloha, ro`paramda ikki eshik bo`y ko`rsatadi – birovi «Borsa kelmas», ikkinchisi «Borsa xatar».
«Borsa kelmas» degani men jisman mavjud bo`lgan o`lchamdan boshqa o`lcham – bu mening timsol-farzandlarim yashayotgan ma`vo. (Balki siz bu olamga ro`baro` kelmagandirsiz, lekin sizni ishontirib aytamanki, bu olam siz «haqiqiy» degan BORLIQdan ko`ra ming marta realroq. Har holda, u yerda qorong`ulik yo`q, shu bois u joyda ashyo va hodisalar o`z rangida ko`rinadilar.)
Ikkinchisi esa men ruhan yashayolmayotgan UCH BIRLIK (ya`ni, bo`yi-eni-balandligi) olami.
Nihoyat, xarxashalardan qutulish uchun bolalarimning olamiga ko`chib o`tmoqchi bo`laman (axir ulardan voz kecholmayman-ku).
Asnoda «mukammallik xosxonasiga o`lim eshigi orqali o`tiladi» degan hikmat shuurimda yorishib boradi.
Darvoqe, ko`rishguncha…

bratishkaa
09-29-2001, 01:55 AM
Yana forumdaligimdan xursandman, Sizning yozuvni ko'rib kayfiyatim oshhib ketti..
Bilasizmi u "odamchalar"ning gapida jon bor, bilasiz buloqning suvi har doim oqib turgani bois doim laziz-u mo'tabar, ammo quduqning suviga ko'p ham ishqiboz emasmmiz.. Bilasiz,
kunimizda fikrlay olish va fikrlay olayotganini namoyish qilishni uddalay olish katta mahorat talab qiladi, shu bilan birgalikda tahsinga sazovor xislat...
Zodagon, shu bilan birga mutolaadan so,ng savol tug'ildi:'odamchalari' borlar 'odamchalari'ni tashqariga dunyoga chiqarishlari shartmi yoki bu hammaning o'z xohishimi?

zodagon
10-13-2001, 01:01 AM
Bratishkaa, (aslida bunday atash noqulay bo`lsa ham, sizni shu nick bilan atashga majbur bo`layotganim uchun meni avf eting) “oniy hasrat”imga munosabat bildirganingiz uchun tashakkur.
“Odamchalar”ni tashqarilatish yoki tashqarilatmaslik masalasiga kelsak, menimcha, bu borada qat`iy (adminstrativ) chegaraning o`zi yo`q. Lekin bu bilan ifodada hech qanday chegara bo`lmasligi kerak, demoqchi emasman. Men aytmoqchi bo`lgan chegara aslida biz mavhumlik (balki, mafhumlikdir!) deb atashga ko`nikib qolganimiz – shaffof bir chegaradir. Xuddi o`lim kabi. Axir biz o`limning mohiyatini to`la ilg`ay olish-olmasligimizdan qat`iy nazar, baribir bir kuni bu chegaradan o`tamiz-ku (ya`ni, dorilbaqoga rihlat qilamiz)! Shu kabi, agar birov bu shaffof chegarani buzib o`tar ekan, buning taajjublanarli joyi yo`q. Faqat mazkur chegarani bosib o`tishdan maqsad nima ekanligini esdan chiqarmaslik kerak, xolos.
O`z zamonasida “Aqllar hukmdori” deb nom olgan farang adibi Albert Camusning “Kundaliklar”ida shunday e`tirof bor:
“Men jinoyatdan qochish uchun ijodni tanladim. Bu yerda esa ularning menga bo`lgan xurmati… Qandaydir anglashilmovchilik bor bu yerda!”