Mr GANGSTER
09-30-2001, 12:33 PM
Yana shirin g'am-alamim qaytdi yonimga,
Yana yonib aytar bo'ldim dardlarimni,
Azoblarim yashash o'tin soldi jonimga,
Tozaladi yurakdagi gardlarimni.
Qizib turgan temir kabi cho'g' hijronlarim,
Berib turgan qiynog'ingga etaman shukr,
Bilsam, hayot madhi ekan mung-afg'onlarim,
Endi yana og'riqlarni qilaman zikr.
Ko'ksimdagi tinmas yurak hapqirar, sapchir,
Har bir zarbi hayot kuyin kuylar jo'shib.
Toki falak boshim uzra aylanarkan chir,
Seni sevdim hayot, g'aming bilan qo'shib!