PDA

View Full Version : Taqdir yo'li


Mr GANGSTER
10-02-2001, 02:51 PM
Yo'q-yo'q, hech qayrilib boqma ortingga
O'ylanmay, chekinmay ketaver chaqqon,
Qarshingda tiz cho'kdim yonib-yolvorib
Lek aslo yo'lingga bo'lmadim to'g'on.

Unutmog'ingga hech qarshi emasman
Men zotan dahr aro unut bir haqir,
Emasdirsan burchli shafqat qilmoqqa
Ko'nglim cho'kmay qo'ygan qilsalar tahqir.

Demak ayro ekan taqdir yo'limiz
Qalbing qalbim uchun ekan begona,
Bilaman, majburlab sevdirib bo'lmas
Ishq chin bo'lsa qolmas dilda pinhona.

Sabab yo'q uchmoqqa bo'yu bastimga
Qosh-ko'zim yurakka o't sololmaydi,
Yolg'iz yuragim bor sevgi limmo-lim
Taassuf, u meng husn bo'lolmaydi.

Yo'q-yo'q, hech qayrilib boqma ortingga
O'ylanmay, chekinmay hushnud ketaver...

elDoraDo
10-04-2001, 12:02 PM
"sevmasang sevma" .. ha... mana bu hayot
ancha qiziq bo'ldi, ochilgach koz'lar
insonni zo'rlamas, inson - hohlamas
eshshakdan o'tib ham mansabni koz'lar

qaerda mansab-ku, qaerda himmat
qaerda kamtarlik, qaerda kamol
kim bo'lar savobning ahliga ummat
qalbni o'rtar doim, o'rtar u savol

eee, saviyani oshirish kere... tog'ora

Asadiy
10-05-2001, 09:58 AM
Tasanno, mavlono Gangster!
Bag'oyat guzal she'r bitilibdi :-)

VARATAR
10-25-2001, 05:15 PM
hmm, Eldorado, u bola mani krugimdan boladi esli che :p

adiba
10-26-2001, 03:31 AM
(Mavzuni davom ettirib)

Ketavergin,
Ortingdan u'ksib
Ergashadi kunlarim besar.
Ku'zlaringga yulduzlar chu'ksin
oyog'ingga yiqilsin barglar.


Ketavergin,
kechaday qaro,
kundek yorug' qosh, qaroqlarni
ardoqlasin sadoqat, mehri
Mendan ku'ra yaxshiroqlarning.


Ketavergin,
u'sha shahringga,
Yig'lama,art ku'z yoshlarini.
Men u'zimga tilayman endi
Tog'larimning bardoshlarini.

shumbolla
10-26-2001, 09:16 AM
uyladim uyladim nima yozay ekan deb ..lekim hech nima aklimga kemadi.. ohirgi vaktlar ilhom degan narsa bizdan kochib ketti ..
Hey yahshilr birortanglar meni ilhomimdi kurganlaring yokmi ???
kurgan va topib berganga meni Nokia telefonim Hadiya busun....
shur_ik@hotmail.com
icq 110302638
shumbolla

Realist
11-01-2001, 12:01 PM
SHUM BOLA, ISHLAR QNDAY KETYAPTI?
Bu sizga dostim:

Ilhomni chaqirmaslar,
Ilhom o'zi keladi.
Bazan uchib havoda,
Bazan suzib keladi.

Take care. :)

Realist
11-01-2001, 12:15 PM
ADIBA (Oct 26, 2001 02:31):
(Mavzuni davom ettirib)

Ketavergin,
Ortingdan u'ksib
Ergashadi kunlarim besar.
Ku'zlaringga yulduzlar chu'ksin
oyog'ingga yiqilsin barglar.


Ketavergin,
kechaday qaro,
kundek yorug' qosh, qaroqlarni
ardoqlasin sadoqat, mehri
Mendan ku'ra yaxshiroqlarning.


Ketavergin,
u'sha shahringga,
Yig'lama,art ku'z yoshlarini.
Men u'zimga tilayman endi
Tog'larimning bardoshlarini.

Hilqabibiga:

Bardosh bardosh va yana bardosh,
Bardoshingga degum tasanno.
Olislardan yulduzga boqib,
Seni ko'rgim keladi ammo.

Endi sendan bitta tilagim,
Hech uyalma ko'z yoshlaringdan.
Chidolmaydi endi yuragim,
Menga ham ber bardoshlaringdan.

Omadlar Hilqabibi. :)

Realist
11-03-2001, 09:55 AM
elDoraDo (Oct 04, 2001 11:02):
"sevmasang sevma" .. ha... mana bu hayot
ancha qiziq bo'ldi, ochilgach koz'lar
insonni zo'rlamas, inson - hohlamas
eshshakdan o'tib ham mansabni koz'lar

qaerda mansab-ku, qaerda himmat
qaerda kamtarlik, qaerda kamol
kim bo'lar savobning ahliga ummat
qalbni o'rtar doim, o'rtar u savol

eee, saviyani oshirish kere... tog'ora

Eh Elderado, Juda ham o'tkir bolibdiku a.
Odamni yiqitishi mumkin. Bu o'zingiznikimi?
Bunaqa deb so'raganimga hafa bo'lmang yana, osha ohirgi "saviyani oshirish kere.." deganingiz menda shunday savolni tugdirdi.
Omadlar tilayman.
Realist.

norton - Dt
10-09-2002, 01:57 PM
hehe - ha manman,,,, no hozir o'zim ham hayron qovomman...


omad

Gangster-no time to login
10-10-2002, 07:49 AM
Eldorado, qattan kovlab obkelding buni? Anu replylarni oqimagan ekanman, lekin javoblar uchun rahmat hammaga.
Adiba (hilqabibi?) javobiz yoqdi, ajoib yozibsiz, eldorado, realist nice piece of work, goodluck!
Yashasin She'riyat!

Gangster-lazy to login
10-10-2002, 07:57 AM
bitta muhim masala chiqib qoldi, eldorado, eshak sozi 2 ta 'sh' bilan yoziladimi yoki bitta bilan?
tog'ri lekin eshak bogandan keyin ikkita 'sh'niyam orqalab yuraveradi, og'irligi yo'g'u 'sh' harfi ikkita harf bilan yozilgani bilan...

respect

Realist'
10-10-2002, 09:41 AM
By yerdan ketaman…

(talablarga binoan)

Kerakmas jilmayib boqishlar,
Kerakmas behuda iltifot.
Endi sen men uchun begona,
Men ham sen uchun endi yot.

Shu yerda ayrildi yo’limiz,
Endi sen men uchun “o’sha qiz,”
Sen uchun men “osha devona” ,
Topilmas hattoki boshqa so’z.

Kipriging ostida ko’ringan,
Nima u, bir tomchi yoshmikin?
Yuragim ustiga qo’yilgan,
Zil zambil tegirmon toshmikin?

Hayolim tizginin tutaman,
Yomgirning tinishin kutaman.
Juvonmarg sevgimni qo’ltiqlab,
Endi men bu yerdan ketaman.

SALOMLAR. OMADLAR :)

Maftuna
10-18-2002, 10:08 PM
Ofarinlar! Shirin suxbatingizga mandan ham bir shingil.

Charchadim ezilib yig'lashdan,
Ketaver, ko'rmayin bastingni.
Foyda yo'q bahona izlashdan,
Olmagin jonimdan qasdingni.

Sochlari paxmaygan sevgimning
Shapaloq uraman yuziga.
Bosh nega yurakdan yuqori?
Qarabroq yursin-da ko'ziga.

"Ket" deding, jimgina ketdim ham,
"Ket" dedim, sen ketding indamay.
Yo'limda hiqillab qolganim -
Dardimni o'ldirdim qiynamay.

Bilmadim qaydasan, men shunda,
Sen bergan atirni tugatdim.
Gullari to'kilgan kungaboqarim,
Olarsan, senga she'r jo'natdim.

-Maftunadan

Bizarre
10-19-2002, 05:36 AM
salom, hormela:)
hay o'rtola, manga yordam berila.......... manam juda sher yozgim keladide silaga uhshap, 4 qator yozip, keyngi 4 qatorga ulomiman:)) nima qilish kere?

Asadbek
10-22-2002, 04:39 AM
Salom she'riyat ixlosmandlari,

kaminaning turt qator bitigini ham qabul aylagaysilar (qiyomiga yetmadide faqat)


Taqdir ekan, ayro yo’limiz,
Ko’zyoshlarga to’ldi ko’limiz.
Biz ajrashdik, endi jonginam,
Yolg’iz qoldi o’ngu so’limiz.

Biz kezgan bog’lar ham yolg’iz,
Yolg’izdir sevimli majnuntolimiz.
Yolg’izdir biz tunlar kezgan yo’llarni,
Charog’on aylagan ul hilolimiz.

Sen o’tgan yo’llarni qoplabdi gullar,
Gullarga intilib qoladi qo’lim.
Taqdir ekan, netaylik jonim,
Sening yo’llaringdan ayrodir yo’lim.


:listen:

REALIST'
10-24-2002, 10:20 AM
TIL YARASI

Kim bilar yana nima,
Ne kutar ikkimizni.
Balki bahtli bo’lardik,
Tiysaydik tilimizni.

Bu gurur bu qaysarlik,
Mahv etdi sevgimizni.
Achchiq so’zlar aytarkan,
Tiymadik tilimizni.

Til yarasi, til yarasi,
Muncha ham achchiq ekan.
Achchiq so’z bu yurakdan,
Ketmas bir sanchiq ekan.

Yurak misli piola,
Chegalab bo’lmas ekan.
Achchiq so’zni ot kabi,
Egarlab bo’lmas ekan. :)

Boshlarkan ilk odimlar,
Umidlar-la to’liqdi.
Qalbdan otilgan so’zlar,
Buloq kabi tiniqdi.

Hasrat to’la oqshomlar,
Endi bizni kutadi.
Kimsasiz bo’m bosh uy ham,
Endi bizni yutadi.

Endi bizni kechirmas,
Boy berilgan imkonlar.
O’lgan sevgimiz uchun,
Ko’z yosh to’kar osmonlar.
Til yarasi til yarasi,
Muncha ham achchiq ekan….

Salomlar. Omadlar :)

Red_DeviL
10-24-2002, 01:48 PM
Gap Yo'q. Bo'larkanku Sher Yozsa. Barakalla.

anonimous
10-28-2002, 07:00 PM
Usmon Nosir she'rlaridan bahramand qila oladigan kishi topialrmikin!

Dumbul
11-27-2002, 09:52 AM
Usmon Nosirning esimda qolgan sheri

Yurak

Yurak sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding,
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar ajab gohi,
Seni tarjima qilmoqdan.

:rolleyes: ....
Qolganini eslolmadim

Sherimga

Sherim yana o'zing yahshisan,
Boqqa kirsang gullar sharmanda,
Bir men emas hayot shahsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Sen orada ko'prik bo'ldingda,
Geyne bilan o'rtoq tutindim,
Lermontovdan ko'mak o'tindim,
Sherimsanki o'zing yahshisan.

Saharda qon tupursam mayli,
Men Majnunman, sherim - sen Layli.

Shunaqa edi shekilli. Kamchiliklar bo'lsa uzr. Bu sherni yo'd olganimga ancha bo'lgan.