PDA

View Full Version : баҳслашиш

Umid_Komilov
08-21-2008, 11:41 PM
баҳс мунозаранинг ўз қоидалари бор. мусулмон одам ўша қоидаларга риоя қилиши керак.форумдошлар ҳам шу қоидаларни эсга олсалар ёмон бўлмасди. мазкур қоидалардан ўзим билганларимни эътиборингизга ҳавола этмоқчиман._ баҳлашиш қоидалари:________________________________________ ________ 1. холислик. баҳсга киришишдан аввал ниятни тўғрилаб холис аллоҳ учун баҳсни бошлаш керак, хўжакўрсинга эмас. баҳсдаги холислик икки кўринишда намоён бўлиши мумкин: а) Ҳақни етказиш. баҳслашишдан мурод қандай қилиб бўлса ҳам суҳбатдошингизни мот қилиш бўлмаслиги керак, аксинча ҳақни етказишни мақсад қилиш лозим. б) Ҳақ айтилса қабул қилиш. баҳс натижасида ноҳақлигимиз маълум бўлиб қолса ва рақибимиз ҳақ бўлиб чиқса ҳақни қабул қилишга тайёр бўлишимиз керак. (Ҳеч қачон кибрга берилмасдан ўзимиздан ёшроқ, мартабаси пастроқ одам ҳақни гапирса ҳам қабул қилишимиз шарт)_____________________________________________ ____ 2. илм. баҳслашаётган одам баҳс мавзусини яхши билиши лозим. ўзимиз яхши билмаган нарсамиз ҳақида баҳслашсак уммат ичида фитна келтириб чиқараверамиз_____________________________________ ______ 3. одоб. Ҳар қандай ҳолатда мусулмон одобини сақлаб қолишимиз керак. суҳбатдошимиз бизга нисбатан одобсизлик қилса ҳам биз унга одоб билан мурожаат қилишда давом этсак катта ажр олиш билан бирга бошқаларга намуна бўламиз ва суҳбатдошимизга ижобий таъсир кўрсатамиз иншааллоҳ.

Umid_Komilov
08-21-2008, 11:43 PM
учта нарсага эришмагунингизча ҳеч ким билан баҳслашманг: 1. холислик. 2. илм. 3. одоб.

Mr "H"
08-21-2008, 11:46 PM
учта нарсага эришмагунингизча ҳеч ким билан баҳслашманг: 1. холислик. 2. илм. 3. одоб.

Gapingiz ayni haqiqat!!!

Mr.Abdullah
08-22-2008, 12:06 AM
Assalamu aleykum,
Umidbek, siz to'g'ri narsalar haqida gapiribsiz va shu joyda men ham o'z fikrimni yozsam. Shu forumdagi forumdoshlarda va shaxsan o'zimda ham bir katta kamchilik bor. Yani mendan hafa bo'lmanglar-u gap ko'tara olmaslik bor bizda, bu esa o'zaro shaxsiyatlarni ayblashdan kelib chiqadi, birodarlar hafa bo'lishmasin-u, lekin biz munozara, yanayam aniqrog'i talash-tortishishlar paytida gap kelganda "qaytarib qizig'ida bosib qolish" yo'lini ishlatamiz lekin uning qanaqa natijalarga olib kelishini o'ylamaymiz. Musulmonlar o'zaro tortishishi asosiy maqsad islomga da'vat qilishga to'siq bo'ladi. Bu esa dinimiz va unga ergashuvchilar haqida anti-reklamaga, salbiy qarashlarga olib keladi. Ayniqsa ayrim shoshilib xulosa qiladiganlar musulmonlarga qarab turib din to'g'risida o'zlariga xulosa chiqarib olishayapti. Bu juda achinarli hol. Bunga hammamiz mas'ulmiz.
Undan tashqari yana bir masala, ochiqdan-ochiq din dushmanlari ham bor bu forumda, ular bilan ilmi sayoz birodarlar munozara qilishmasin, ularning nafs va shaytonlari Allohni dinini to'liq qabul qilishga to'siq'lik qilayapti va ular musulmonlar orasida ochiq fitnaga olib kelishmoqda. Shularga ham ehtiyotlik bilan qarash zarur. Va albatta Haq yo'liga xolis chaqirgan muslimlarni ishlariga Alloh o'zi madadkor bo'lsin!

Abu-Bakr
08-22-2008, 03:33 PM

O'zimga Allohdan so'ragan holda sabrli bo'lishga chaqiraman. Chunki siz bahslashayotgan kishi qandayligini bir-ikki postda bila olmaysiz. Hayotda balki u umuman boshqacha insondir.
Jannat sifatlari haqidagi kitobda jannatga eng avval kiruvchilar - Allohga har doim (hursandchilik va musibatda) shukr qiluvchilar hamda musulmonlarga nisbatan qalbi bir hil (hammani birday yaxshi ko'ruvchi) kishilar ekanligi saheh hadis bilan bayon qilingan.

Forumda bahslashishdan uzoq bo'lishga harakat qilsak ko'proq foydada bo'lardik, inshaAlloh. O'zimizning kamchiligimiz bilan ko'proq mashg'ul bo'lsak bahslashishga vaqt qolmasa kerak :)