PDA

View Full Version : MATEMATKA...


realist
12-25-2001, 01:36 AM
MATEMATIKA…

Nima o’zi Matematika?
Bolalik yillarim shirin hayoli?
Yo qo’shni muallim oldimga qo’yib,
“Qani top” deb turgan qiyin savoli?

Boshida tanishmoq qiyindi ammo,
Sen bilan do’stlashdik uzoq zamonlar,
Men uchun sensizlik endi muammo,
Oraga tushsa ham qoshi kamonlar.

Bazida men shuni o'ylab qolaman,
Ne uchun sevaman sendek do’stimni,
Goho sen oldimga qo'ygan masala,
O'girlab olsa ham tinchim, uyqumni.

Sen isbot istaysan har bir da’voga,
Yolgonu riyoga qilmaysan toqat.
Ammo isbotlangan har bir so’zingdan,
Hech qachon tonmaysan, qaytmaysan hech vaqt.

O’zgarar falsafa, tarih, iqtisod,
Go’yoki sargaygan bir kungaboqar.
O’zgarar hattoki til, adabiyot,
Bazida daryolar teskari oqar.

Ammo sen turasan so’zingda sobit,
Rostingni so’zlaysan kelsa ham qilich.
Sen uchun o’tmaydi hech bir iltimos,
O’tmaydi sen uchun hech qanday o’tinch.

Hayolga nimalar kelib ketmaydi,
Bo’ldi ey hayollar sizlarni to’play.
Quruq hayol bilan hech ish bitmaydi,
Qiyin integralni endi hisoblay…

Salomlar. Omadlar :)

alienna
12-25-2001, 03:07 AM
REALIST (Dec 25, 2001 00:36):
MATEMATIKA…:)

Вспоминая Университет.... :)
Бред на уровне пятого класса начальной школы на заданную тему... :):)

Математик считает строки -
У него, наверное, глюки:
Толстый икс доедает скобки,
Что сожрали вчера игрек робкий.
Старый минус поет под гитару,
По листу ходят плюсы парой,
Запятые в футбол играют,
Под чертою буквы болтают....
Цифры ходят по клеткам строем,
Интегралы играют в "Героев"...
Только точка в углу храпит -
Как собака свернулась и спит...
Многоточия квасят пиво,
И ругается ноль некрасиво...

Математик строки считает,
А они от него убегают....
:):):):):)

realist
12-26-2001, 12:00 PM
AFFERIN Aliena! :)

Nargiz
08-06-2005, 07:18 AM
Matematika-qo'yni to'la sir bo'ladi
Birni birga ko'paytirsa bir bo'ladi.
Derazadan mo'ralaydi olma shohi,
Ko'kda bulut- ertaga yomg'ir bo'ladi..

Matemetika, yomg'irlarda chopgim kelur
Jumbog'ingga menam javob topgim kelur
Derazadan mo'ralaydi o'rik shohi,
Boqqa chiqib qo'ng'izlarni o'pgim kelur...

Matematika qo'yni to'la sir bo'ladi,
Birni birga ko'paytirsa bir bo'ladi.
dunyo qachon bo'ston bo'lar, gul bo'ladi...
Adabiyot o'ylayverib sil bo'ladi...

Matematika, lov lov yonib turgan cho'g'san,
sendan nima yasashlarin bilgan yo'qsan,
Derazadan mo'ralaydi olma shohi,
U- qo'ndog'ing, o'zing miltiq,o'zing o'qsan.

Matematika qo'yni to'la sir bo'ladi,
Birni birga ko'paytirsa bir bo'ladi.
Qovurg'amning tagida bir qumri yig'lar,
Doskadan meni ayirsang she'r bo'ladi...

Muhammad Yusuf (she'ri edi shekilli...)

DaeAnd
08-08-2005, 06:39 AM
"Matematika fanlar ichra shoh
Uning sirlaridan bo'lingiz ogoh"
Bugun shu satrlar esladim nogoh
Va soldim ortdagi umrimga nigoh.