bolalar
12-26-2001, 11:42 AM
Atrofimda na pastkash na mard koldi
Yuragimda na orzu na dard koldi
Toglarga teng bardoshimdan gard koldi
Meni kokka olib uchinglar burgutlar
Telba istak isyon kilar tanimda
Bir dardkash yok habibim yok yonimda
Joy kolmagan mendaylarga zaminda
Meni kokka olib uchinglar Burgutlar
BURGUTLAR MENI KOKKA OLIB UCHING BURGUTLAR
Odil kushsiz, erkingizni sotmagan
Magrur kushsiz, olaksaga bokmagan
Kim ham sizga havas kilib yonmagan
Meni kokka olib uching Burgutlar
IMKON BERING, OSMONNI BIR KORAYIN
Moviy kokda zor mozija tuyayin
OLSAM SIZDEK KUSH KOLIDA OLAYIN
Meni kokka olib uching burgutlar
BURGUTLAR!!!
regards
P.s. Atrofimda na patkash na mard koldi.......
Asadbek
12-26-2001, 12:27 PM
Haqqatdan chiroyli qushiq.
Desperado
12-26-2001, 01:30 PM
Gap yoq ekan she'rga
Bolalar ishla qale ozi? :)
munisa
12-26-2001, 03:35 PM
KAPALAK
Tug'ilgandan men shu'rlikning bag'rim qon,
Bir jismimda talashadi ikki jon,
Jon talashsam, tepamda charh urgan ul
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Oqqushlarim oq yomg'irda ucharlar,
Saharlardan shudring-sharob icharlar.
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Gulga qu'nsa qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi,
Bir kun yashar, bir-birlarin sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Bir qarasang, na kulbasi-uyi yuq,
Na tovushi, na qushig'i, kuyi yuq,
Kapalakning kambag'ali, biyi yuq,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Kapalakning Ka'basi bu-hur dala,
Ka'basida Mehr tula, Nur tula,
Bahtsiz bulsa bari bahtsiz bir yula,
Kapalaklar odamlardan mehribon...
Oydin oqshom yodga tushding, o malak,
Seni eslab buldi yana qon yurak.
Sevaman deb aldamaydi kapalak!..
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Muhammadga ishongan, ey mu'minlar,
U'lsam su'zim eslab u'yga chu'minglar,
Kapalakning qanotiga ku'minglar,
Kapalaklar odamlardan mehribon.
Rahmatli hayotdan kup hapa bulib utib ketdi...
Boyagi qushiq matni bilan bir hil ruhdagi she'rligi uchun yozdim.
Eeeeh, shukr qilib yashayveraylikchi.............
M.Yusuf aytgan ekan:
"Yu'liqqanga yoshing tu'kmagil yurak,
Hech kimga sig'inma Hudodan bu'lak" - deb.
Assalomu alaykum.
joe_ride
12-26-2001, 08:03 PM
Yomgir bolib yogilay osmoningdan
Sozing bolib tokilay zaboningdan
Ogoh bolay har ne orzu armoningdan
Yahshi yorim hol sora men yomoningdan
Dost dardlaring olay dost
Joninga jonim tikay dost
Ogoh bolay har ne orzu armoningdan
Yahshi yorim hol sora men yomoningdan
Solim solim kuy bolayin tingla meni
Toshqin soyman yolim jarga burma meni
Omon bosam hech kimsaga bermam seni
Yahshi yorim hol sora men yomoningdan
Dost dardlaring olay dost
Joninga jonim tikay dost
Omon bolsam hech kimsaga bermam seni
Yahshi yorim hol sora men yomoningdan
Jafo qilsa jafo korar bu olamda
Otar ketar kayfu safo bu olamda
Olloh bahti yetar ato chin sorassang
Yahshi yorim hol sora men yomoningdan
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.