View Full Version : Nega sas bermaysan, ey mazlum budun?
Desperado
12-26-2001, 01:56 PM
Ko'zing ichra boqar qo'rquv mo'ltirab
Yig'laysan holingdan siqilib beun,
Zaboning chiqqanmi ichingga qarab
Nega sas bermaysan, ey mazlum budun*?!
Hadik tortmish seni domiga butkul
O'z yurak zarbingdan cho'chiysan bugun,
Tiz cho'kib yo'l bosmoq mushkuldan mushkul
Nega qalqinmaysan, ey mazlum budun?!
Ollohdan tilaysan o'zingga to'zim
Termulib samoga bo'zlaysan xun-xun,
Sen olg'a otmasang bir qarich odim
Kim qutqarar seni, ey mazlum budun?!
Hurlik quvg'indadir, ammo muvaqqat**
Albat haq enggadi bir kunmas bir kun,
Modom bu bir qonun, bu bir haqiqat
Nega 'Bas!' demaysan, ey mazlum budun?!
*Budun (eski turkiy tildan)-xalq, millat
**Muvaqqat- vaqtincha(lik)
munisa
12-27-2001, 10:35 AM
Qu'rquv qolgan menga bobomdan meros
Yig'lasam ohimga yetar u'z dilim
Shodonlik toabad bu'lgandir halos
Su'z aytsam qaltirar hattoki tilim...
Yurak zarbim tugul chu'chiyman yeldan
Nogoh qu'nsa hatto qush pati kelib
Yiqilib qolaman u'ylasam birdan..,
Oh yurak zardobga ketdiku tu'lib!
Hatto Allohimni ayrishdi mendan
Joynamozim kelib yoqishdi bir kun...
Osgani arqon yuq, umid U'limdan...
Yuragim qaltirar, dilim tula hun...
Qonun bu hayotda-yashashdir chidab,
Ku'nglim tilagani edi hor "tenglik"
Haqiqat yaqin deb ketishdi aldab
Allohimni qaytarishsin-shu menga boylik!
Bu kun ataganding meni mazlum deb
Deding "Nega jimsan, ey sodda budun?"
U'g'lonlarim boshin ketdi urush yeb...
"Har na kelsa chida!"-shu oliy qonun
oltoy
12-28-2001, 12:29 PM
Hurmatli Gangste® va Munisa;
She'rlaringni o'qib yuragim qonga, ko'zim yoshga to'lib ketdi...
Ota-bobolarimiz "Umidsiz - Shayton" deb aytmaganlarmi...
Nima bo'lsa ham ishonchli, imonli bo'lib birbirimizga dastak bo'lib yursak BUDUNIMIZ UYG'ONADI... Uyg'onishga majbur...
Men yana-da bir yahshi so'z bilaman: "ENG YOMON DARD - DARDSIZLIK..."
Agar budunning qayg'usini chekmasak; agar armonlarimizni, Qizil Olmamizni unutsak; agar ko'zimizda yosh, ko'nglimizda darmon bo'lmasa albatta yahshi kunlarga yetish ham mumkin bo'lmaydi... Biroq, sizlar kabi "dard"li budundoshlarni ko'rib, umidlanmaslik mumkin emas..
Barakalla sizlarga...
Yana bir maqolni eslataman: "ITNING EGASI BOLSA - BO'RINING TANGRISI BOR"...
Tangrim yor bo'lsin...
ALLOH BIZ BILAN...
Desperado
12-28-2001, 06:35 PM
Munisaxon, latoif sermazmun misralar uchun tashakkur.
Javobingizdan juda mamnun bo'ldim.
Do'stim Oltoy, sizga ham shirin lafzlar uchun qulluq, tanqid qilsangiz ham minnatdor bo'lar edim. Imkoni bo'lsa, Otsizning she'riyatidan bizni bahramand qilib turing :)
Yuqoridagi she'rlar pessimistroq chiqdi, quyida shu bo'shliqni to'ldirish uchun eskiroq bo'lsa ham bir boshqa she'r qo'yaypman.
Burgutlar kelajak o'lkaga qaytib
Do’stim,
Burgutlar kelajak o’lkaga qaytib
Qanotlari ko’k choyshabin yirtib uchajak!
Yashin kabi hur parvozi shamshirdek chaqnab
Mazlum millat ma’vosini yana quchajak!
Zanjirlarning chuqur botgan qonli izlari
Zabun yurtning gardanidan boradi o’chib,
Asrlardir tuproq bo’lib toptalgan erlar
Bugun burgut bo’lib ko’kka ketmoqda ko’chib.
Sohibini topajakdir bu ulug’ tog’lar
Qadalgusi cho’qqilarga zafar bayrog’i,
Eshitilar burgutlarning qiyqiriqlari
Yana shonli yuksalishning yetilmish chog’i!
oltoy
12-28-2001, 07:18 PM
Aziz do'stim;
Husayin Nihol Otsiz-ning quyidagi she'rlarini siz ona tilingiz bo'lgan O'zbek Turchasiga tarjima qilib bersangiz juda yahshi bo'lardi...
Yufka yureklilerle chetin yollar ashilmaz;
Chunki bu yol kutludur, gider Tanri Dagina.
Halbuki yoldashini birakip donenlerin
Degishilir topu da bir sokak kaltagina.
Gun olur ki mertligin ugrar kahpe bir hinca;
Namert bir el arkandan seni vurur kadinca;
Bir gun sabrin tukenir... Silahini kapinca
Haykirarak chikarsin yurdunun daglarina...
Hayatin kamchisiyla sizar derinden kanlar,
Senin buyuk derdinden bashkalari ne anlar?
Vicdanini "Paris"e, "Moskova"ya satanlar,
Kufur diye bakarlar senin dualarina.
OTSIZ
joe_ride
12-28-2001, 09:27 PM
Salom hammelaga!!
Gangsta:), Munisa:), Oltoy:) silaga gap yoq! QOYILLL!!
Sherilani oqib mazza qildim:)
P.S. Ijodilarga omad tilayman:)
munisa
12-28-2001, 10:52 PM
Hurmatli akalar,
mazmunli suhbatlar ichin cok teshekkur ederim. Turkchani tuzukroq bilganimda u yog'iga ham turkchada yozib ketardim, lekin afsus hapa qilib qu'yaman deb qu'rqaman :(
Ha, boyagi misralarning barchasi afsuski haqiqat... Lekin Oltoy aka, sizni teran fikrlaringizga qoyil qoldim, yashang! Juda tug'ri aytasiz, dard ku'rmaslikning uzi dard. Kun bilan tunning olamda mavjudligi qanchalar haqiqat bulsa, bu gaplaringizning ham haqiqatligi shunchadir...
Boyagi turkcha she'rni menga qu'yib turinglarchi, eplarmanmikin :) Turkcha u'rgatkan Ustozim ja suyunardi-da u'ziyam :)
Barchaga salomlar ila, Munisa.
elDoraDo
12-30-2001, 02:03 PM
Gangste® (Dec 28, 2001 15:09):
Ko'zing ichra boqar qo'rquv mo'ltirab
Yig'laysan holingdan siqilib beun,
Zaboning chiqqanmi ichingga qarab
Nega sas bermaysan, ey mazlum budun*?!
>>>>>>>
qo'rquv emas, bu endi oddiygina g'am alam
qo'rqmas bo'lgan yuragim, ozodllika intilmas
yosh emasdir sen ko'rgan, yerga tomgan tomchi nam
qondir, zero insonda buncha ko'z yosh topilmas
<<<<<<<
Hadik tortmish seni domiga butkul
O'z yurak zarbingdan cho'chiysan bugun,
Tiz cho'kib yo'l bosmoq mushkuldan mushkul
Nega qalqinmaysan, ey mazlum budun?!
>>>>>>>
dom ichida chilparchin bo'lganim ham bu holva
o'zligimni yo'qotib, bu o'zingsan deyishar
tafakkurim, vijdonim - bo'lar mazlum, bu g'alva
qachon ketib, vatanim omonlikka (!) yetishar
<<<<<<<
Ollohdan tilaysan o'zingga to'zim
Termulib samoga bo'zlaysan xun-xun,
Sen olg'a otmasang bir qarich odim
Kim qutqarar seni, ey mazlum budun?!
>>>>>>>
Hurlik quvg'indadir, ammo muvaqqat**
Albat haq enggadi bir kunmas bir kun,
Modom bu bir qonun, bu bir haqiqat
Nega 'Bas!' demaysan, ey mazlum budun?!
*Budun (eski turkiy tildan)-xalq, millat
**Muvaqqat- vaqtincha(lik)
nasib etsa boshqalariga ham javob yozish bahtiga muyassar bo'laman. hozir esa uzr... internet cafe yopilmvott. soat uje 12.. am bo'larmidi... hullas.de
omad barchaga, samimiyat bilan D :) D
Salom dostlar, shu har doim sherlaringizni oqip juda maza qilaman, hammanglardan Alloh rozi bolsin va barcha yahshi niyatlarilarga yetkizsin.
Qonun bu hayotda-yashashdir chidab,
Ku'nglim tilagani edi hor "tenglik"
Haqiqat yaqin deb ketishdi aldab
Allohimni qaytarishsin-shu menga boylik
Manimcha ozimiz Allohga qarap qadam tashlasak, shunda Allohga yetishamiz, birov bizga Allohni qaytarip bermaydi, zotan bunday niyatlari bolganda oliship ham qoymasdi.
Keyin balki bu yerga togri keladimi yoki yoqmi bilmaymanu, ueshitip qolgan bir ikki gaplarim bor edi:
Qachon HALQ bolasan ey sen OLOMON???
HAQ OLINUR, BERILMAS!!!
**********************
Yuzda yuz turk bolgan kuning jahon seningdir:
Oltoy kechirasizu, lekin shu gapizga bilmadim menga uncha yoqmadi, uzr lekin,qoshilmayman, oldin musulmon bovoleylik,
siz turk boleylik desez, biz ozbek bolamiz desek, araplar arap bolaylik desa, ....
shunaqa gaplarda, men uncha gapga ustamasman, kop gaplar ihimda qop ketadi.
Lekin rahmat silarga, ishlarilarga rivoj...
oltoy
01-02-2002, 02:36 PM
DOST-im,
Siz hali "din" bilan "millat"ni; "millat" bilan "fuqarolik"ni birbiridan ajirata olmayapsiz.
Bularning hammasi boshqa boshqa narsalar... Masalan bazorga borsangiz va olma olgingiz kelsa "olma bering" deb aytasiz. Satuvchi sizga olma o'rniga "somsa" bersa qiziq bo'lmas midi? Endi qo'ying; mafhumlarni chatashdirib hech kimning qo'liga tilla o'tmaydi...
Omad
munisa
01-03-2002, 12:48 AM
Dost aka, u boyagi siz tanqid qilgan misralar she'riy janrda doim bor bulib keladigan usshatish tariqasida yozilgan. Ya'ni kuchma ma'noda, tugri ma'noda emas. She'riyatda agar bunga yul quyilmasa, ruhiy kechinmalar dunyosi deb uni atay olmaymiz. Agar she'riyat 100% real narsadan tashkil topganda edi, u menimcha uz husuiyatini, ma'nosini anchagina uzgacha tarzda ifoda etardi. Boyagi misol ham bunga dalil. Vaholanki usha gapni urniga "Dinimni qaytarib ber" yoki "e'tiqodimni qaytarib ber" degan misralar ham yozilishi mumkin edi. Bu bilan yuqoridagi joynamoz tortib olinganlik haqidagi gapga sham'a qilinyabti. Shoir (a) biladi, hech bir tarzda ifodalanganda ham siz aytganday unday narsalarni birov birovga ulashmaydi, biroq !, aytganimday usha misrada yana qaytadan joynamozni qaytarishni surash, she'riyat olamidagi ruhni susaytiradi. Va men tanlagan usulda uning ifoda etilganligi faqat misrani, she'rni kuchliroq, ta'sirliroq bulishi uchundir. Shuningdek sheriyat qofiyalar, vaznlar tengligi, mosligini talab etadi. Bunda ham shoirlarlaga oson tutmang ;-) Hullasi kalom, har bir she'rdan bahra olganizda misralarda kupincha kuchma manodagi gaplar kelishini yodda tutishingizni hohlardim.
Assalomu alaykum, deya Munisa.
Akhee-Abdullah
01-05-2002, 03:57 PM
Sizhu za reshetkoi v temnice syroi.
Vskormlennyi v nevole orel molodoi,
Moi grustnyi tovarish, mahaya krylom,
Krovavuyu pishu klyuet pod oknom,
Klyuet, i brosaet, i smotrit v okno,
Kak budto so mnoyu zadumal odno.
Zovet menya vzglyadom i krikom svoim
I vymolvit' hochet: «Davai uletim!
My vol'nye pticy; pora, brat, pora!
Tuda, gde za tuchei beleet gora,
Tuda, gde sineyut morskie kraya,
Tuda, gde gulyaem lish' veter... da ya!...»
Akhee-Abdullah
01-05-2002, 04:00 PM
Vo glubine sibirskih rud
Hranite gordoe terpen'e,
Ne propadet vash skorbnyi trud
I dum vysokoe stremlen'e.
Neschast'yu vernaya sestra,
Nadezhda v mrachnom podzemel'e
Razbudit bodrost' i vesel'e,
Pridet zhelannaya pora:
Lyubov' i druzhestvo do vas
Doidut skvoz' mrachnye zatvory,
Kak v vashi katorzhnye nory
Dohodit moi svobodnyi glas.
Okovy tyazhkie padut,
Temnicy ruhnut — i svoboda
Vas primet radostno u vhoda,
I brat'ya mech vam otdadut.
Akhee-Abdullah
01-06-2002, 06:19 PM
Salom bollar wa qizlar,
Munisa-Gangsterri she'rini tanqid qimoqchi edimu, lekin boshqa bir ajoyib she'ri ila, birinchi she'rining bo'sh qolgan joylarini toldirib ulguribdi. Oshaning uchun sizzi sheringizni tanqid ti'gi ostiga olib soymoq jazm etdim:
(Qu'rquv qolgan menga bobomdan meros
Yig'lasam ohimga yetar u'z dilim
Shodonlik toabad bu'lgandir halos
Su'z aytsam qaltirar hattoki tilim...)
Qaysi bobomiz bizarga Qorquvni Me'ros etib ketdi ekan???Avloniyu, Qodiriymi yoki Cholponu, Nosirlarmi??? Muqanna, Shiroqu,Temurmalik, Behbudiylarmasmi bizning bobolarimiz??? To'g'ri sozzi etib yovning diliga qorquv solgan Tomarisu, Ruqiyayu, Nodira wa Uvaysiy, Oisha wa Fotima onalarimizmasmi ?
Yurak zarbim tugul chu'chiyman yeldan
Nogoh qu'nsa hatto qush pati kelib
Yiqilib qolaman u'ylasam birdan..,
Oh yurak zardobga ketdiku tu'lib!
(Hatto Allohimni ayrishdi mendan
Joynamozim kelib yoqishdi bir kun...
Osgani arqon yuq, umid U'limdan...
Yuragim qaltirar, dilim tula hun...)
Robbisidan o'zgadan, Robbisidan qo'rqqanchalik havfisiraganlarning holiga Voy...Bilolmasimidi u, kokragiga toshlar tiralsada iymonini sotmagan?? Haidsda etilganidek, boshlarini arralar b-n bolganlarida, wa etlarini temir taroqlar b-n timdalagnda ham iymon nurini qalblarida ochirmagan Iysoga (AW) qadar o'tgan er yigit wa qalbi keng muslim wa muslimalarimis emasmidi ular?
Qonun bu hayotda-yashashdir chidab,
Ku'nglim tilagani edi hor "tenglik"
Haqiqat yaqin deb ketishdi aldab
Allohimni qaytarishsin-shu menga boylik!
Qonun bu hayotda Adolat ornatmaklikdir. Adolat Uchun jon bermak wa jon olmakdir. Qonun bu qiynalganda sabr etish, wa omonlikda shukr emak etmasmi??!! Qonun bu,
"1. Qul yaa ayuhal kaafiruun
2. Laa abudu maa tabuduun
3. Walaa antum a'abiduuna ma a'bud
4. Walaa ana a'abidum maa abadttum
5. Walaa antum aabiduun maa a'bud
6. Lakum deenakum waliya deen
Ya'ni, "Ayt (Muhammad(saw)), "Ey iymonni rad etuvchilar, men sizlar ibodat etadigan narsaga ibodat etmayman, Wa na sizlar man ibodat etuvchiga ibodat etasizlar. Wa men sizlarning ibodat qilgan (yolgon fikrlar, nafsu hawwolar) robbingizga ibodat qilimayman, wa sizlar ham mening Robbimga ibodat qilmaysizlar. Sizga o'z yolingiz, wa menga o'z yolim bo'lsin. (Kafirun Surasi)" Emasmi akhiyr???
(Bu kun ataganding meni mazlum deb
Deding "Nega jimsan, ey sodda budun?"
U'g'lonlarim boshin ketdi urush yeb...
"Har na kelsa chida!"-shu oliy qonun)
"Gangster" sizga ham tegishli bu qismi: Qachon wa qaysi elda, muammo qo'zg'olon b-n yoki mazlumlarning sabr toqat qilganlari uchun hal etilgan?? Makka kofirlarini ahli muslimlar Kuchli Iymonlari, Adoalatsizlikka murosaisizliklari b-n mahv etmadilarmi??? Qalbimizda g'alaba o'rnatmay turib qandoq qilib g'alabaga chaqiramiz Budun Halqni?? Ozimiz uyquda bola turib qandoq qilib boshqalarni sergak bo'lishga undaymiz akhiyr?!! Qay yurtda mazlumlar G'alaba qilishgan bo'lsa bu har bir shaxsning oz nafisning ustidan ustun kelishi b-n erishilgan. O'sha siz etgan mazlumlarga zulm etgan Zolimlar bizlarnign ozimiz emasmi? Iymonni shubha etgan budun halqqi ozi emasmi? Nega endi ular mazlum bo'larkan agar ozlari ozlariga zulm qilsigan bo'lsalar??? Joynamozu, iymonni "kim"lardir irg'itmadi balki "Budun halq"ning o'zidir. "Zolim"-lar oydan tushmadiku akhiyr, agar ular chindanda zolim bo'lishsa. Mana shu Halqqi ozining mevasiku o'sha zolimlar!! "...Insonnlar o'zlarining ichlaridagi (qalblarini) narsani yakshilamagunlaricha, Allah ularning ahvolini o'nglamaydi..." (Ar-Raad surasi, 11)
Tanqid dil torlarini uzgan bo'lsa uzrimni qabul eting, also niyat qabih emasdi.
Cheers, :)
elDoraDo
01-06-2002, 06:38 PM
nado je ... jsut wow and all.
imressed
tokiec
01-07-2002, 07:51 AM
hmm...., mulohazalar yomon emas. maroq bilan o'qib chiqdim, haaaaaaaaaaaaammmmmmmmma she'rlarni!
tokiec
munisa
01-12-2002, 01:11 AM
Assalomu alaykum,
she'r umuman olib aytganda HALQ nomidan yozilgan. Gangster akam shahsan Munisahon, siz bu haqda nima deysiz, nega jimsiz deb aytganda edi, men uzim nomimdan yozgan bulardim. Iltimos bu masalani shahsiy masala sifatida qabul qilishni bas qilinglar. Men hech qaerda yozib quyganim yuq bu narsa haqida roziman, shu ish tugri bulgan deb. Men shunchaki halq hissiyotlarini tasvirladim, well harqale harakat qilgandim :(
*Qu'rquv qolgan menga bobomdan meros
Oddiy halqning kupchligini ota-bobolari quloq bulganlari, otib tashlanganliklari, qamoqqa olinganliklari rost emasmi? Bu yerda ma'no qurquv ulardan urganganlikda emas, balki ular paytidan qolganlikda!!! Men shu manoni keltirmoqchi edim, lekin eplay olmagan kurinaman, balki "payt suzini qushishim kerak edi.
*Yig'lasam ohimga yetar u'z dilim
Yana halq nomidan: un chiqarib yiglay olsihmagan hattoki (hozirgi zamonda ham ishlatilishi mumkin)
*Shodonlik toabad bu'lgandir halos
*Su'z aytsam qaltirar hattoki tilim...
Bu misralar ham halq nomidan. Men bunday deganda kupchilini nazarda tutyabman. Hamma deya olmayman, tugri. Lekin kupchilik, yani omma haqida umuman olib gapirsa buladi. (most of the people deymi shunga uhshash) Insonlar boshiga kulfat kelganda farzandlarini, uzlarini uylab qurquv ichida yashaganlari rost emasmi?
*Yurak zarbim tugul chu'chiyman yeldan
*Nogoh qu'nsa hatto qush pati kelib
*Yiqilib qolaman u'ylasam birdan..,
*Oh yurak zardobga ketdiku tu'lib!
Bular ham usha manoda.
*Hatto Allohimni ayrishdi mendan
*Joynamozim kelib yoqishdi bir kun...
*Osgani arqon yuq, umid U'limdan...
*Yuragim qaltirar, dilim tula hun...
Avvalgi postda tushuntirganimday uhshatish manosida yozilgan. Joynamozlar tortib olinganligi rost. Uchunchi misrada insonlar umuman hatto yashashdan tuyib ketgan paytlari haqida gapirilyabti, bu narsa bulgan.
*Qonun bu hayotda-yashashdir chidab,
Iltimos HALQ nomidan ekanligi yodda tutilsin. Omma, kupchilik odamlar shunday shiorni qulga kiritib olganlari rost emasmi?
*Ku'nglim tilagani edi hor "tenglik"
*Haqiqat yaqin deb ketishdi aldab
Zolim hukmdorlar nazarda tutilyabti
*Allohimni qaytarishsin-shu menga boylik!
Avvalgi postda tushuntirish berilgan. Va bu yerda kuproq diniy e'tiqod erkinligi nazarda tutilyabti.
*Bu kun ataganding meni mazlum deb
*Deding "Nega jimsan, ey sodda budun?"
*U'g'lonlarim boshin ketdi urush yeb...
Farqi yuq qaysi urushligi, shunchaki bu holda HALQ juda holdan toygan. Bunday holatda uni uzga ishlar bilan ishi yuq. Hafsala pir bulgan ohangda gapiryabti. Farzandlari urushdan qaytmagan onalar hatto dalli-devona bulib qolganlari rost emasmi?
*"Har na kelsa chida!"-shu oliy qonun
Yuqoridagi holatdan sung uning, "halq"ning uzga hech nima bilan ishi yuq. Hafsala, ishonch, orzu, umid... barcha shunga hoz hislar ulgan va bundan bezigan halq ohiri uzicha hulosa chiqaradi chidab yashash qonun ekanligi haqida.
munisa
01-12-2002, 01:13 AM
Salom bollar wa qizlar,
Munisa-Gangsterri she'rini tanqid qimoqchi edimu, lekin boshqa bir ajoyib she'ri ila, birinchi she'rining bo'sh qolgan joylarini toldirib ulguribdi. Oshaning uchun sizzi sheringizni tanqid ti'gi ostiga olib soymoq jazm etdim:
(Qu'rquv qolgan menga bobomdan meros
Yig'lasam ohimga yetar u'z dilim
Shodonlik toabad bu'lgandir halos
Su'z aytsam qaltirar hattoki tilim...)
Qaysi bobomiz bizarga Qorquvni Me'ros etib ketdi ekan???Avloniyu, Qodiriymi yoki Cholponu, Nosirlarmi??? Muqanna, Shiroqu,Temurmalik, Behbudiylarmasmi bizning bobolarimiz??? To'g'ri sozzi etib yovning diliga qorquv solgan Tomarisu, Ruqiyayu, Nodira wa Uvaysiy, Oisha wa Fotima onalarimizmasmi ?
********************************
Yuqorida aytib utilganday, bu yerda vaqt nazarda tutilyabti. Shuningdek yana qaytarib aytaman, HALQ omma haqida gap ketyabti. Siz sanab utgan insonlar yuztadan balki mingtadan bitta bulgan bulsa ajab emas. Rahmat eslatganiz uchun, lekin hojati yuq edi, bularning achchiq qismati, mardligi, shijoati haqida bilmasam qanday qilib uzimni Uzbek atay olardim? ________________________
Yurak zarbim tugul chu'chiyman yeldan
Nogoh qu'nsa hatto qush pati kelib
Yiqilib qolaman u'ylasam birdan..,
Oh yurak zardobga ketdiku tu'lib!
(Hatto Allohimni ayrishdi mendan
Joynamozim kelib yoqishdi bir kun...
Osgani arqon yuq, umid U'limdan...
Yuragim qaltirar, dilim tula hun...)
Robbisidan o'zgadan, Robbisidan qo'rqqanchalik havfisiraganlarning holiga Voy...Bilolmasimidi u, kokragiga toshlar tiralsada iymonini sotmagan?? Haidsda etilganidek, boshlarini arralar b-n bolganlarida, wa etlarini temir taroqlar b-n timdalagnda ham iymon nurini qalblarida ochirmagan Iysoga (AW) qadar o'tgan er yigit wa qalbi keng muslim wa muslimalarimis emasmidi ular?
**********************************
Ha aka, juda tugri. Na siz keltirgan faktlar yolgon, na meniki. Qaytarib aytaman HALQ ana shu paytlarda huddi ana shunday his qilgani rost emasmi? Sanoqli insonlardan tashqari, quzgonlonchlardan tashqarida bulgan oddiy halq, deylik dehqonlar (bilaman, quzgonlonchilar orasida dehqonlar ham bulgan)ni kup qismi qachon katta kuchaga chiqib haqiqat haqida suz ochgan? Siz buyuk yozuvchiyi shoirlar aytib keltgan faktlarni inkor qilmoqchi bulyapsiz. Qancha qancha kitoblarda bor bu haqda. Hullas halq qurquv ichida bulgani rost emasmi? Aytganimday bu narsa hozirgi zamonda ham ishlatilishi mumkin. Allohdan uzgadan qurqqan qurqmaganmi, bilmadm. Bu tarih, halq qurquvda bulgan va tamom. Jihod qilish hammani uziga bogliq, va yana aytganimday omma haqida olib qaralganda bu narsa bulmagan, oddiy aholining "Och qornim tinch qulogim" deb chiqargan maqoli shundan bulsa kerak deb uylayman.
__________________________________________
munisa
01-12-2002, 01:14 AM
Qonun bu hayotda-yashashdir chidab,
Ku'nglim tilagani edi hor "tenglik"
Haqiqat yaqin deb ketishdi aldab
Allohimni qaytarishsin-shu menga boylik!
Qonun bu hayotda Adolat ornatmaklikdir. Adolat Uchun jon bermak wa jon olmakdir. Qonun bu qiynalganda sabr etish, wa omonlikda shukr emak etmasmi??!! Qonun bu,
"1. Qul yaa ayuhal kaafiruun
2. Laa abudu maa tabuduun
3. Walaa antum a'abiduuna ma a'bud
4. Walaa ana a'abidum maa abadttum
5. Walaa antum aabiduun maa a'bud
6. Lakum deenakum waliya deen
Ya'ni, "Ayt (Muhammad(saw)), "Ey iymonni rad etuvchilar, men sizlar ibodat etadigan narsaga ibodat etmayman, Wa na sizlar man ibodat etuvchiga ibodat etasizlar. Wa men sizlarning ibodat qilgan (yolgon fikrlar, nafsu hawwolar) robbingizga ibodat qilimayman, wa sizlar ham mening Robbimga ibodat qilmaysizlar. Sizga o'z yolingiz, wa menga o'z yolim bo'lsin. (Kafirun Surasi)" Emasmi akhiyr???
(Bu kun ataganding meni mazlum deb
Deding "Nega jimsan, ey sodda budun?"
U'g'lonlarim boshin ketdi urush yeb...
"Har na kelsa chida!"-shu oliy qonun)
"Gangster" sizga ham tegishli bu qismi: Qachon wa qaysi elda, muammo qo'zg'olon b-n yoki mazlumlarning sabr toqat qilganlari uchun hal etilgan?? Makka kofirlarini ahli muslimlar Kuchli Iymonlari, Adoalatsizlikka murosaisizliklari b-n mahv etmadilarmi??? Qalbimizda g'alaba o'rnatmay turib qandoq qilib g'alabaga chaqiramiz Budun Halqni?? Ozimiz uyquda bola turib qandoq qilib boshqalarni sergak bo'lishga undaymiz akhiyr?!! Qay yurtda mazlumlar G'alaba qilishgan bo'lsa bu har bir shaxsning oz nafisning ustidan ustun kelishi b-n erishilgan. O'sha siz etgan mazlumlarga zulm etgan Zolimlar bizlarnign ozimiz emasmi? Iymonni shubha etgan budun halqqi ozi emasmi? Nega endi ular mazlum bo'larkan agar ozlari ozlariga zulm qilsigan bo'lsalar??? Joynamozu, iymonni "kim"lardir irg'itmadi balki "Budun halq"ning o'zidir. "Zolim"-lar oydan tushmadiku akhiyr, agar ular chindanda zolim bo'lishsa. Mana shu Halqqi ozining mevasiku o'sha zolimlar!! "...Insonnlar o'zlarining ichlaridagi (qalblarini) narsani yakshilamagunlaricha, Allah ularning ahvolini o'nglamaydi..." (Ar-Raad surasi, 11)
Akajon, shu joyda ham menga nisbatan shahsiy munosabatda gapirib ketibsiz. Qayta qayta gapirib yurib HALQ haqida, uning nomidan ekanligi haqida tushuntira oldim deb niyyat qilaman. Lekin shu joyiga siz tanqid qilganday munosabatda (yani shahsiy manoda) javob berishni lozim topdim:
***Qonun bu hayotda Adolat ornatmaklikdir. Adolat Uchun jon bermak wa jon olmakdir. Qonun bu qiynalganda sabr etish, wa omonlikda shukr emak etmasmi??!!
Yuq aka, fikrimcha bu faqatgina oliy qonunning bir qismi, men uchun bu hayotda qonun: Qur'oni Karim. Unga buysunish barchani uziga bogliq... Endi balki siz aytarsiz men faqtakina yuqoridagi masala buyicha yondashgandim deb? Yuq, bundan utib ketdiz. Aytganimday bunga mos holda javob qaytaradigan bulsam
Qonun bu:
1. Amantu
2.billahi,
3.va malaikatihi,
4.va kutubihi,
5.Vv rusulihi,
6.val yavmil ahiri,
7.va bil qadiri hayrihi va sharrihi minallohi ta'ala
Ya'ni, :Men ishondim, Allohga, farishtalariga,(Alloh tomonidan yuborilgan) kitoblarga, va (Alloh tomonidan yuborilgan) payg'ambarlarga, ohirat kuniga, yahshilikni ham, yomonlikni ham yaratuvchi Alloh ekanligiga, ulgandan sung qaytadan sung tirilishga ishondim.
***Iymonni shubha etgan budun halqqi ozi emasmi? Nega endi ular mazlum bo'larkan agar ozlari ozlariga zulm qilsigan bo'lsalar??? Joynamozu, iymonni "kim"lardir irg'itmadi balki "Budun halq"ning o'zidir. "Zolim"-lar oydan tushmadiku akhiyr, agar ular chindanda zolim bo'lishsa. Mana shu Halqqi ozining mevasiku o'sha zolimlar!!
Qiziq, bu gaplaringiz bilan endi mening fikrimga qushilib turganday kurinyabsiz. Biroq!!!, har qachon kimdan bulsada zulm kurgan halqni umumiy holda mazlum atay olasiz, lekin hech qachon uz mevalaridan bulsada zulm kurgan halqni zolim atay olmaysiz. Stereotyping qilmang ;-) iltimos. Bu narsa hususan Uzbekiston tarihida yuq chamamda. HALQNI, butun halqni umumiy holda zolim atay olmaysiz, hech qachon. (Honliklar misoliga ham hojat yuq, bilaman, Uzbekman)
Ar-Raad surasidagi ma'noga albatta gap bulishi mumkin emas, bu sof haqiqat, qonun.
_________________________________________
*Tanqid dil torlarini uzgan bo'lsa uzrimni qabul eting, also niyat qabih emasdi.
*************************************
Oliy qonunda "Muslim va muslimalar bir birlariga dustdirlar, ular yomonlikdan qaytaradilar, yahshilikka bir birlarini chorladilar" deb quyilgan ekan.
Niyyat sof bulgan ekan, hush kurdik.
Assalomu alaykum.
Akhee-Abdullah
01-12-2002, 02:00 AM
W/s/W/b
Rahmat javoblar uchun.
Qani edi bo'lsa sizdek zukko yorim yonimda, balkim ancha mavzularni suhbat qilib yakshi natijalarga erisharmidik ;) (Umid qilaman bu gal meni to'g'ri tushunasiz "Munisa")
Etgincha unutayozdim, HALQ nomidan yozgan ekansiz, halqqi vakili sifatida e'tiroz bildirdim, "iltimos keyingi gal halq nomidan yozmeng ;) ", jaa hohlasangiz halq nomidan yozishshi, loaqal bizga habar berib qoying, halq vakili sifatida "imzo" qoyvorayluuu ;)
Munisa>>Niyyat sof bulgan ekan, hush kurdik.
Hush waqt bo'ling!!! Dil torlarini uzishni o'rganibmanu, uni butlashni ya'ni jarohatga malham surtsihni o'rganmaganga oxshiyman. Uzrimni qabul eting.
Cheers, :)
Desperado
01-12-2002, 02:57 PM
Do'stim Lucky, sizning aytgan gaplaringiz huddi, bir zamonlar Usmon Nosirning 'Saharda qon tupursam mayli/men Majnunman, she'rim, sen Layli' misralari uchun qilingan tanqidga ohshab ketti. O'shanda shoirga 'nimaga endi sovet shoiri saharda qon tupurishi kerak ekan?' deb zug'um qilingan ekan.
Men sizning tanqidingizga javob bermaganligimning sababi savollaringizning adabiy tanqid saviyasida emasligidadir. Bu kamchilik esa, (siz she'rni tanqid qilganligingiz sababli) savollaringizni mantiqsizlik qirg'og'iga uloqtirib tashlaydi, mantiqsiz savollarga javob berish esa faqat vaqtni zoe etishdir.
Men sizga yozganlaringizdan bitta misol beraman:
----------------------
Qaysi bobomiz bizarga Qorquvni Me'ros etib ketdi ekan???Avloniyu, Qodiriymi yoki Cholponu, Nosirlarmi??? Muqanna, Shiroqu,Temurmalik, Behbudiylarmasmi bizning bobolarimiz??? To'g'ri sozzi etib yovning diliga qorquv solgan Tomarisu, Ruqiyayu, Nodira wa Uvaysiy, Oisha wa Fotima onalarimizmasmi ?
------------------------
Shu gaplarni eshitaverib odamning ko'ngli ayniydigan bolaib qolar ekan, yoq, men yuqoridagi buyuk ajdodlarimizga til tekkizmiqchi emasman, lekin 'bizning ajdodlarimiz anaqa bo'lgan, ajdodlarimiz bunaqa bo'lga...' degan gaplar takrorlanaverib hatto ular ham qabrlaridan tik turib ketgan bo'lsa kerak.
Biz nega Buyuk Temurdan keyin faqat mustamlaka bolib yashadik? Shayboniylar, keyin 'tarihimizning eng qora kunlari' xonlik zamonlar, keyin rus mustamlakasi va h.k
Nega butun asrlar boyi faqat talanib yashadi buyuk Turkiston? Nega bu elatning boshida hech qiyosh charaqlamadi va zulm ko'rdi? va h.k.
Cho'lpon, Usmon Nosir, Fitrat, Abdulla Qodiriy kabi qalbi yoniq, mustamlaka tuzimini ochiq tanqid qilgan, halqni erkka chorlagan shoirlarimiz bilan fahrlanamiz, lekin qani siz mana shu ro'yhatni davom ettiringchi yana nechtasini sanarkansiz?
Buyuk Temur, Muqanna, Shiroqlarni sanab qoygan bilan olam guliston bolib qoladi deb oylaysizmi?
Ularning buyukligiga shubha yoq, lekin hozirgi milatdoshlar nima qilyapti? Ochiq savol, javobi ham ochiq, hammaga ayyon, chunki qismatimizning achchiqligini yahshi bilamiz.
Bulardan tashqari siz qanaqadir qo'zg'olondan bahs yuritibsiz, bu gapni havodan olganingizga aminman, lekin sal sovuqqon fikr yuritishga harakat qiling, agar tushinmagan joylaringiz bo'lsa, pala-partish hulosa chiqarishga shoshilmang.
Umuman olganda siz asosan she'rdagi fikrlar haqida mulohaza yuritgansiz, sizning o'z fikrlaringiz bor, buni hurmat qilaman va sizdan ham boshqalarning dunyoga qarash va fikrlash tarzini hurmat qilishingizni va she'rlardagi o'y-fikrlarga kamroq aralashishingizni maslahat beraman.
Agar tanqidingiz so'zlarning noto'g'ri qollanilganligi, adabiy nomukammalliklar haqida bo'lsa, marhamat.
Munisaning she'ri esa, halq nomidan yozilgan shahsiy she'r. She'riyatda Halq nomidan, istalgan biror-bir kishi yoki Ona nomidan, Ota nomidan ham she'r yozilishi mumkin. Bu misralarning adabiy kuchini oshiradi va ta'sirchan qiladi. Bu ozgacha bir she'riy usul sanaladi. Menimcha buni bilib qoyganingiz foydali, bundan keyin 'halq nomidan yozsang, uning ruhsatini olib keyin yoz' deb odamlarga mashara bo'lib yurmaysiz.
uzr, qorin ochib turuvdi, shu sababli yozganlarimni tartib bilan tuzib chiqishga sabrim chidamayapti.
Akhee-Abdullah
01-12-2002, 04:12 PM
Tashakkur, Naqadar Ajoyib javob. Uzr na nazmdan wa nasrdan to'la qonlik habarim bor, shuning uchun adabiy tanqid doirasida ojizman. Etib o'tdim maqsad holis edi. Mani to'g'ri tushunsalaringiz bag'oyat khursand bo'lardim ;), noo'rin tanqidlarim uchun "uzr so'rayman" (lekin qayerda khato tanqid etganimni hich elsay olmiyman, hammasi orinli nazarimda) kegin, Usmon Nosiru, Temuriy wa buyuk Shayboniylar sanoqli emas, ular juda ko'p bo'lishgan wa nomlari doston bo'lamaganlar qatoridadir. Buyuk Shayboniykhon deyishimdan sabab, U inson sifatida juda katta yutuqlarga erishgan, wa butun Markaziy Osiyo tarikhida tub burlish etgan shaxsdir(iltimos uning tarikhi wa shaxs sifatidagi o'rni haqida tortishmaylik, khos vaziri Muhammad Solihni oqisangiz tushunib olasiz) uning haqidagi salbiy fikrlarni Sobiq Sovet Adabiyotchilari rukhida yozilgan "adabiyot tarikhi"dan olgan bo'lsangiz ajab emas.
Cheers, :) (Pivoning Kho'rozi Miller,ta'tib ko'ring maza qiling... "Taste Miller-Make it the American Way")
Akhee-Abdullah
01-13-2002, 01:14 PM
WOY, Savollar bogan ekan, javob bermay o'tib ketibman. Hechdan kora kech deyishadilaru.
Qozg'olon haqida fikr, she'rning nomidan buruqsib turibdiyu og'ayni ;) "Nega sas bermaysan, ey mazlum budun?", wa yana masalan, "Nega qalqinmaysan, ey mazlum budun?!" Agar noto'g'ri tushungan bo'lsam bu she'riyatning chizgilarini ko'ra bilmasligimdan emas, balki muallif b-n maning fikralrim xilma xilligidan bo'lsa kk.
Gangster-Shu gaplarni eshitaverib odamning ko'ngli ayniydigan bolaib qolar ekan.
Barakalla, og'ayni man ozi shunga yaqinroq gap etmoqchi edim. Nolib yozilgan she'rlardan yurak ezilib ketarkan. Shu boshqachasini iloji yoqmi, bu olam fig'on wa giryondan iborat emasku akhiyr.
Gangster-Nega butun asrlar boyi faqat talanib yashadi buyuk Turkiston? Nega bu elatning boshida hech qiyosh charaqlamadi va zulm ko'rdi?
Bu savolingizning o'zi ilgarigi savolga qisman javob berib o'tarkan. Manimcha, inqirozimizga sabab avlodlar, xususan she'riyat akhli, nolishdan nariga o'tmaganligi, konstruktiv fikrlar b-n chiqmaganligi bo'lsa k-k, ya'ni bir narsani bunyod etish b-n emas, balki borini tanqid etib wa arz u-n koprak waqt sarflaganligidandir.
Gangster-va sizdan ham boshqalarning dunyoga qarash va fikrlash tarzini hurmat qilishingizni va she'rlardagi o'y-fikrlarga kamroq aralashishingizni maslahat beraman.
Maslahat uchun rahmat!! Lekin so'z, fikr wa e'tiqod erkinligi degan ajoyib huquqlarimiz borki, ba'zi ba'zida tatib ko'rsak zarar qilmas, nima dedingiz??!! Bosh Qomusimiz (konstitutsiya) buni kafolatini berib qoyibdiku. Keginam muallif asarini ommalashtirganda, jamoa b-n ozidagi bor narsani baham ko'rishni istaydi, ya'ni masalan oshpaz oshni yeyilgandan so'ng "Qanday bo'pti, yoqdimi?!!" deb javob kutib turadi, hamma oshpazlar unaqa bo'lamsada mani qallig'im har gal osh qilganda, kutib turadi javobimni, nogahon salbiy javob berib qosam, "ikki dunyo qorong'u," qosha qavog'i osilib yuradi. To'g'ri gap tuqqaninga gap ham yoqmaskan deydilarku. Bir taom hammaga birday yoqavurmiydi, "tuzi anddakkina kam bopti, " deya qolay devdimu, she'ringzining tuz joyida faqat guruchlari ezilib ketgan, ko'proq dimlavoribsiz ;)
Desperado
01-13-2002, 06:13 PM
Uzr :)
Sizga gap yoq, salomlar va sevgilar aziz do'stim Lucky :)
munisa
01-14-2002, 11:53 PM
eeeeh vi ! :) Yomon kettiku a mojaro ham.
Gangster aka, fikrlaringizga gap yuq!
Aytganday, Lucky aka albatta sizni tugri tushundim. Yarim davlatiz naq ekan hursand bulavering, omadlar! Shuningdek sharmandalarcha yutgandan kura mardlarcha, dostoyno yutkazganiz bilan tabriklayman ;-)! Demoqchiman, uzr surash hammaning nazdida ham birdek emas. Hmmmm, endi shu gap ham chuzilib yurmasa buldi, yutdim yutkazdim deb. Oh Uzbek tili, bunchalar boy-a! Endi siz meni tugri tushunib quying iltimos.
Salomlar, Munisa.
Akhee-Abdullah
01-15-2002, 02:05 AM
Salams,
Munisaxon buyog'i boshqacha bo'ldiyu ah ;) ? Akam, Akam deb tegimga suv qoydiizu :-o :) :'( :o 8) Yutqazish, yutish maslasi boyicha LOL, qayerdan sizzi boshngizga munaqa gaplar keldi, hayronman :)
Munisa-Yarim davlatiz naq ekan hursand bulavering, omadlar!
Hali folam ochasizmi???!! Boshqa hunarlariizam bormi?
Shu She'riyat ahli mayda gap bo'ladi deyishadi, ishqilib yolg'on chiqsinda, jaa chinga oxshavotti. Kegin, "zapas"da turgan bosaiiz e-mail tashab qoying, ikkinchi qilib olvoruvurman, ha etgincha jaa yoqib qosaiiz birinchini "pause"ga qoyib sizzi olvorishimam mumkin, tag'inam podxodiizga bog'liq (Aqlli qizlarni yakshi ko'raman, lekin mandan "aqlliroq" bo'sa andakkina muammo bo'lishi mumkin) O'zbek tili naqadar boy tilde, Munisa desa bir ma'no beradi, Munisam desangiz boshqacha, Munisabonu desaiz ta'gin boshqacha. Salomotliklar, Boshlaring Gishtdan, sochlaring simdan bo'lsin :)
munisa
01-15-2002, 11:34 AM
loooool Rosa mazza qilib kuldim uziyam :) qoyil-e!
huuush, ha men boyagi gapni "yahshi niyyat yarim davlat" degan maqoldan kelib chiqib aytgan edim. Quyidagi gapingizga javoban:
***Qani edi bo'lsa sizdek zukko yorim yonimda, balkim ancha mavzularni suhbat qilib yakshi natijalarga erisharmidik (Umid qilaman bu gal meni to'g'ri tushunasiz "Munisa")
usha joyiga hozir yonimda emasda deb ketganizda aniqroq tushunardim, uzr men kelajak haqida gapiryapsiz deb uylabman. Va niyyatingiz amalda oshishida omad tilagandim holos.
Hafa qildiz-fol ochish, boshqa hunar, zapasda turish... Menga hali hech kim bunday muomalada bulmagan edi. Bilmadim men haqimda qanday hulosalar bilan yuribsiz, lekin men uzimni hech bir yigit oldida tili qisiq bulmagan dostoynaya devushka deb hisoblayman. Istaganizcha tushuning, biroq iltimos bundan keyin unday hafa qilmang.
Salomlar, Munisa.
Asadbek
01-15-2002, 11:41 AM
A Munisa singil,
bu Luckyni bir kosa qonidan keching, hazil qilgan, lekin sizzi nazdizda uxshamagan kurinadi :-)
Lucky, bunaqa gaplarni olomoni oldida baqirib aytmaydi, hamsoya, quni-qushni degan gaplar bor ee ;-)
a tak,
v Bagdade vso ispakuyna?
Akhee-Abdullah
01-15-2002, 01:31 PM
V Baghdade vse eshyo Zima... ;) LoL, Kaliforniayada qanaqa Zima hamisha bahoru. Kaypiyatlar qanday, Og'ayni hiyykimi?? Medsestralar hapa qimyaptimi??
Buyogi Munisaga Bag'ishlanadi...
(Tomog'immi qoqib olay andakkina kutib turilar..hmm)
Walaykum salam,
Salom bergan hor bolmaskan, halqqi nazariga tushib alik ham olniarkan. Hosh, to'g'risi kelajak haqida gapiryotuvdim, shu adamlar bittasini etib yurivdi, jaa uncha yoqmayabdi, ha desang yozda toy qivoramiz deydi. Mandan sorsalaring, Uchinchi Johon Urishiga shaylanib yuribman, she defensive planlar kk-de.
Hapa qilgan bosam, buyog'i onsonu, qiz bolani aldashdan onsonroq ish borekanmi, mayli Twix oberaman, paqat Toshkentda, hozir moliyaviy jihatlarim sal chatoqroq :( (ozi Twix im chiqib yuribdi, haligacha qishki ovqatti pulini olganim yoq). Zapasda deb qopol soz ishlatib qoyimman uzr, (bu mani qopolligimdan nishona bolsa kk,uzr ja o'r yigitmande, bollar bn "ha-youq" degincha jiqqa musht bop qolaman, manashu johliyat dawrimdan qolgande, musofir bop musulmon bolib, quyulganimni korib turibsizlar) Albatta, qani edi sizdek yorim bolsa, boshim osmonga yetar edi, ammo men ka'bi chonchagi quruq, aravasi lag'ara, ammo nafsi hakala jigitlarga sizlardek barno qizlar yol bolsin. Towba qildim, man boshqa munaqa hazil qimiyman, e-mail yozvorsaiiz ikki bet qilib "kechirim" khati yozvoraman, ammo olomonni oldide ja izza bolib bo'ldim, tag'in yana izza bomayin, khatiizzi o'qib hafsalam pir bo'lib otirimman, qatdan shu gaplarni yozdim o'zimam hayronman, (Yana bechora shayton hammasiga aybdor, man uni so'kib otirimman.) Shu dostoynaya devushka mani ikki qoshiq qonimdan kechvorsa, dunyoda eng baxtli odammi his qilgan tuyg'ularini hich bomasa bir sog'at his qilib yurarmidim balki.
Buyog'i jiddiy (hazil huzulli chetga qoyamizza)-Munisa, Asad (Alpomish A.K.A) khatlariiz uchun rahmat, zahmat bn oqidim. Toshdek bo'lib ketgan yuragim pakhta bo'ldi qoydi. Ammo haliham osha fikrimda turibman, Nolishdan to'khtab haqiqiy ishga qo'l urish waqti keldi.
"Ey Bani Odam aylangiz qalbingizni obod bo'gu guliston,
"Izza bolmangiz, Robbingiz Nazarin solganda ul aziz makon.."
munisa
01-15-2002, 03:06 PM
Assalomu alaykum ahli forum,
Asadbek aka, tashakkur. Suzlaringizni qadr ettim, kup rahmat. Hazilni tushunmagan Amerikanka, Uzbechkamas lol
Tomogimni qoqmasdan davom ettiraman, Lucky aka eshiting:
Bir kuni Paygambarimiz (saw) bir gunohkor bandaning gunohlarini kechirmay turgan paytda (juda ogir gunoh qilgan buladi) Allohdan vahiy kelgan ekan:
"Ey Muhammad, mendan ham Ulugmisiz, men bandalarimga tavba qildingmi bas kechiraman deb turgan paytimda?" -deb.
Ehhhhe, Allohimni quya turaylik, Muhammad (saw) oldida men kim buldim! Hattoki ul zotday buyuk inson bunday huquqqa ega bullmagan ekan.
Misralarga gap yuq, yashang!
Shoshilib turgandim, keyingi safar yozib tasharman: Qanday guzal bu olam deb :) ne ya seryozno. Firkirngizga qushilaman, biroq hayotgdagi achchiq narsalarni his qilmasdan turib shirin narsalar qadriga yetish qiyin. Bu haqda Oltoy aka adashmasam juda guzal qilib yozib utib ketgan edi. Avvalgi postlarning birida bor.
Assalomu alaykum.
Akhee-Abdullah
01-15-2002, 05:02 PM
;)
Akhee-Abdullah
01-15-2002, 05:05 PM
:)
Akhee-Abdullah
01-15-2002, 05:07 PM
:)
Yana bir bor assalom alaykum, aziz dostlarim!
Shunaqa zor narsalar yozip turganilar uchun rahmat, Ozi silardan rozi bolip, niyatilarga yetkizsin.
Shu yerda yozganlarizi oqip har doim oyga tolaman.
Mana shu yerda tarihimizdagi buyuklar haqida yozipsilar, shuni oqip yana oylanip qoldim.
Haqiqatdan biz keyingi vaqtda faqat otganlar bilan fahrlanip, ozimizi unutip qoyganmiz, faqat hayolda yuroramiz.
Keyin yana bir oylap korsek shu hozir maqtayotgan odamlarimizzi hayotlik vaqtlarida shunday hurmat qilganmizmikin halqimiz.
Imom Buhoriydek buyuk zot, bir kichik qishloqda deyarli yolgizlikda, qiyin sharoitta vafot etganlar.
Usmon Nosir, Cholpon, Qodiriylarniyu hammamiz eslaymiz...
Hozirchi qancha yahshi odamlar kerakli hurmatga egalar, nimahar doim shunday otip ketadimi...
Qaniydi Lucky aytganidek hammamizni yonimizda Munisabonulardek opa singillarimiz, yorlarimiz bolsa,
hamma dostlarimiz ham Lucky va Gangsterga ohshap yorqin fikrlari bilan ajralip turishsa...
Haqiqatdan men silarga havas qilaman, qaniydi silardaqa dostlar bilan birga bolsekda, Ozbekistonni, nafaqat Ozbekistonimizni balki butun dunyoni gullatsek, eehhh shirin orzular...
Balki bir kun shu orzularimga yetisharmiz,
mayli yana bir bor hamma dostlarga chuqur hrumatimni bildirip...
Asadbek
01-23-2002, 10:50 AM
Urtada biz uqiyolmiy qolgan Luckyning 3ta posti utib ketdi,
kelajakdagi rezvedochniy kitoblarda bu sirligicha qolsa keragooov :-P
Lucky, jurippiz xudoga shukr qip,
Har tong tepamda quyosh,
Tukadi kuzidan yosh.
Onasiga xat yozmay,
Yurgan bola - men bebosh :-(
man uyga xat yozgani ketdim!
munisa
01-23-2002, 11:33 AM
Assalomu alaykum,
voy Lucky aka nega ohirgi postni olib tashladiz :( Men endi yarmiga kelgandim uqib, copy ham qilib olmoqchi bulgandim. Iltimos qaytib quyib quying :) juda ma'noli edi, yiglashga ham tayyor bulib turgandim.
Dost aka, haaa gaplariz tugri albatta. Tugrisini aytsam maqtovlardan uyalardim, hozir esa men ham oddir bir musulmon sifatida tengdosh qizlarga achinadigan bulib qoldim. Hammada ham gunoh bor, inkor etmayman (jumladan menda ham), biroq atrofga bir boqqanimda endi jahlim chiqadigan bulib qoldi. Sabab nima, yoki kim? Nima hammada menkiday jahldor, nasihatguy akalar bulishi shartmi, yoki ota-onalar beparvomi, yoki yigitlarni uzi sababchimi??? Uylab uylab ohirgi fikr eng tugrisi bulsa kerak deb hulosa chiqardim. Tasavvur qilinglar, qiz bola hayosizlik qilgan taqdirda ham yigit kishi unga diniy nasihatlar berib yu'lidan qaytarsa, har bir yigit shunday qilsa ---hech narsa bulmaydi, gunoh kamayadi. Endi eslasam, aksincha men yigitlarga nisbatan shunday qilar edim ekan. Bu yerda ham hijob haqida falon filon deb suhbat olib borishdi, men esa hatto opros qigim kebketti """Shu yerdagi qancha yigit hijobli qizlarga kungil quyadi?"""" deb. Asadbek iltimos kunglingizga yaqin olmang, utinaman. Lekin mana shu yigit ham mana sochi uzun bulsa sexy kurinadi deb utiribti :) Asadbek balki hazil qilgandursiz, iltimos jahliz chiqmasin. Lekin bu gap kuuuup yigitlar orasida haqiqat. Va bu narsa albatta ojiza qizlarni hayosizlikka boshlaydi, ular biladi yigitlar hayolida nima borligini va afsuski yoqishga harakat qilishadi. Aytib utganimday menda ham bulgan bu narsa, "Uziga emas, bandasiga hizmat qilish" (Alloh barchamizi gunohlarimizi kechsin...) Shuningdek men shu yerda uchratdim barmoq bilan sanarli "yashang singlim, Alloh uzi sizdan rozi bulsin" deydigan yigitlarni. Tugri Andijonda ham uchratganman va yana barmoq bilan sanarli. Lekin qolganlarchi??? Qolgan kuuup yigitlar uchun Alloh nazdidan gapirish "eskilik", yoki bulmasa zamondan orqada qolishmiye yana allambalolar. Juda achinarli :( Demak yigitlarni kuproq bu narsalardan habardor qilish kerak, lekin bilmadim qanday :( Shunda jamiyatda qizlarga, ojizalarga Ustoz bula oladigan kuchli tafakkurli insonlar kupayadi.
eeeeh, mayli siz aytganday orzular, orzular. Hammamizni ham Uzi panohida asrasin.
Assalomu alakum.
kanzler
01-23-2002, 12:16 PM
Ha, Munisa singil,
esimda bor shunaqa degandim. Yanayam takrorlashim mumkin :-) Nima, dilimdagini tilimga chiqarsam yomonmi? Aslida yarmi hazil, yarmi chin aytgan edim. Bu gapning yigitning qiz bolani yomon yulga boshlashiga hech qanaqa aloqasi yuq!
sexy (uzbekchada: uziga mahliyo etuvchi) degan suzni uqib, sochi kaltalar sochini uzaytirib qoladimi, deb uylagan bulsam ham ajabmas ;-) :-)
Endi jiddiy gapga utsak. Masalan, menga tashqi guzalligi uncha ham rol uynamaydi. Ichki guzalligi kerak, sofkungil, iymonli, oqila ... Agar ichki guzallik tashqi guzallikka uyg'un bo'lsa, nur ustiga a'lo nur. Bilmadim, olloh peshonamizga hali kimni qanday qizni yozgan.
Nega endi yigitlar hijobli qizlarni yaxshi kurishmasakan?
Bilasizmi, men hatto hijobli qizlarga tik boqishga uyalardim, ularning hijobini uzida qandaydir vazn bor, odamni bosadigan.
Qiz bolaning yigitga yoqishga harakat qilishi, yoki aksinchasi, tabiiy holatdir. Qiz bola meyorida bezanib-tusansa, faqat bir yigit bilan kungil quyishib, ikkalasi bir-biriga yoqishga harakat qilishsa nima yomon joyi bor?
"Onangni otangga bepardoz kursatma" deyishgan, adashmasam Hadisi sharifda.
Olloh nazdidan gapirish "eskilik" yoki "illat" degan gaplar bema'ni fikrlardir deb uylayman. Hattoki eng ateistlar ham uzi bilmagan holda Olloh nomini tilga olishadi.
Ba'zi urtoqlarim bu yerda, men xudosizman deydiyu, O, my God deyishadi :-)
Olloh kishini qalbida, ongidadir. Buni anglash esa tarbiyaga bog'liq, kamida kishining uzligini anglab yetishiga.
Shunaqa, bu tabiatda uzi qarama-qarshiliklar kup, ushalarni faqat joyiga quya olish kerak ;-)
Asadbek Ozi sizga niyatizdegi qizni nasip qilsin.
Haqiqatdan shunaqa oqila, muslima yordan nasip qilsa bu sizning ikki dunyo yahshiligiga, nasibasiga ega bolganligingizni nishonasi ekan, hadisda aytilishicha...
Ha bu Asadbek bir email yozvormessimi, bir gaplashamiz, mana sekin bu forumdegilar bilan ham taniship olyapmiz.
Gangster bilan Lucky brotherlar, silar bilan ham bir gaplashish niyatim bor, qaysi vaqtta chatga chiqasilar...
Asadbek
01-24-2002, 07:37 AM
email jozg'ondim taqsir, jozg'ondim.
olmag'on uxshaysiz.
niyatlar uchun rahmat! Uzizga ham shuni tilaymiz.
Akhee-Abdullah
01-29-2002, 12:30 PM
Bani jondan osandurdi jafodin yor usonmasmi
Falak yondi fig'onimdin murodim shami yonmasmu.
Qamu bemorina jonon davoi dard etar ehson
Nechuk qilmas banga darmon bani bemor sanamasmu
Sheb-i hijron yonar jonim to'kar qon chashm-i giryonim
Uyodir halqi afghonim qaro bahtim uyanmasmi.
Gul-i ruhsoringa qarshi ko'zimdin qonli oqar suv
Habibim fasl-i guldur bu oqar suvlar bulanmasmi
G'amim pinhon tutardim ban dedilar yora qil ravshan,
Desam ul be-vafo bilmam inonurmi inonmasmi
Dagildim ban sanga moyil san etting aqlimmi zoyil
Bana ta'n aylab g'ofil seni ko'rgach utonmasmi
Fuzuliy rind-i shaydodir hamisha halqqa rasvodir
Koring kim bu ne sevdodir bu savdodan usanmasmi.
Akhee-Abdullah
01-29-2002, 01:48 PM
From whomsoe'er I've sought for troth but bitterest disdain I've seen;
Whome'er within this faithless world I've trusted, all most vain I've seen.
To whomsoe'er I've told my woes, in hope to find some balm therefor,
Than e'en myself o'erwhelmed and sunk in deeper, sadder pain I've seen.
From out mine aching heart no one hath driven cruel grief away,
That those my friends of pleasure's hour affection did but feign I've seen.
Although I've clutched its mantle, life hath turned away its face from me;
And though I faith from mirror hoped, there persecuted swain I've seen.
At gate of hope I set my foot, bewilderment held forth its hand,
Alas! whene'er hope's thread I've seized, in hand the serpent's train I've seen.
A hundred times the Sphere hath shown to me my darksome fortune's star;
Whene'er my horoscope I've cast, but blackest, deepest stain I've seen.
Fuzuli, blush not then, should I from mankind turn my face away;
For why? From all to whom I've looked, but reason sad too plain I've seen.
oltoy
01-30-2002, 08:49 AM
Lucky (Life is Like a Strike);
Fuzuliyning o'sha she'rini kim O'zbekchaga uygunlashdirgan? M. Solihning shunday bir asari bor deb eshitganman. Shundan oldingizmi o'zi? Judayam yaxshi yozilgan...
Akhee-Abdullah
01-30-2002, 08:29 PM
Salom Oltoy,
Kim o'girganligini aniq bilmaymanu,ammo qaerdan olib yodlaganim hamon yodimdan ko'tarilmagan. 10 sinfda oqib yurganimda "Adabiyot" degan darslik bo'lardi, o'shandan olib yod oluvdim. Turkcha, wa Azarboyjonchasani ham o'qib ko'rganman, juda jarangli chiqqan.
Cheers, :)
Desperado
01-25-2003, 02:56 PM
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmi deyin,
Ko'nglima har birining dardu balosinmu deyin?!
Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu qudurat aro ruhsori safosinmu deyin?!
Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qattiq dard aro vaslining da'vosinmu deyin?!
Zulfi dolinmu deyin, la'li kalominmu deyin,
Birining qaddin, yana birning adosinmu deyin?!
Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko'nglak uzra gulrangni qabosinmu deyin?!
Charh ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining jabru jafosinmu deyin?!
Ey Navoiy, dema qoshu ko'zining vasfini ayt,
Qoshu yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?!
GULOYIM
01-27-2003, 03:54 PM
"Нега сас бермаысан ей мазлум бдун?"
Галати савол ким сас бериши керак,нима учун? СВОЛ каттакон, ахир бу мазлум будунинг сас чикарган, золимнинг зулмидан кон ютган углонлари хозир банди кишан булиб суйилмокда, отилмокда улдирилмокда бу конли зулмни ким тухтатади? Яна биз утмишдан кахрамонлар излаймиз уларга сажда киламиз, лекин бугунги исмсиз кахрамонларни нега очик исмини айтиб ёзишдан куркамиз? Нега ,нима учун? Ё бизга яна бир Тумарис керакми кон ичиб туймаган одамкушларни бошини кесиб мешга соладиган ёки Широк керакми кимсасиз чулга олиб бориб адаштириб келадиган? Сен жим турсанг, мен жим турсам ким айтади бу езилган, таланган, хотинлари тул, болалари тирик етим бу мазлум будуннинг бугунги хароп холини?
LunatiK
01-27-2003, 04:23 PM
Prosto gap yoq. sherlar zo'r yozilgan.
Ishlaringda omad,
Desperado
01-31-2003, 05:31 AM
Hayot behad qaltis, pok yashash og'ir
Haqiqatning beli mangu bukilgan.
Harchand bo'lma abjir, aqlli, mohir
Nojo'ya bir zarbdan qonlar to'kilgan.
Bir odim o'ngga bos: fujur botqog'i
Salgina chaprog'ing kazzoblar domi,
Ortingda kutadi isnodning og'i
Goh bevaqt bir nafas ajalning komi.
Bir ko'z yumib ochdim: zulmat va yog'du
Ko'z oldimda bo'ldi namoyon birrov.
Bu oraliq yaqin shunchalar yohu?!
Bunday umr surmoq ulug' bir sinov...
Qurbonoy
01-31-2003, 11:29 AM
Мухаммад Солих.
Адаганлар кушиги
Биз ахир хеч кимни улдирмадик-ку,
Лекин нега бизнинг колларимиз кон-
Гунох куши турар бош узра мангу,
Ёнаётган авлиёдай чирпанар виждон?
Ехтирос камчиси остида дир-дир
Титраётган туядай, тушов оёкда,
Юришга мажбурмиз, юрмокка мажбур,
Билмай,магруб кайда,машрик каёкда.
Бизни муваккатлик дахшатга солар,
Дарров зериктириб куяр мангулик-
Хар кимнинг бугзида узун бир нола ,
Хар кимнинг куксида биттадан улик.
Огиз кучли булиб,бир марта бошин
Мардлик кундасига куймокни истар,
Кучли ожиз булиб,тукиб куз ёшин,
Бир марта мехрга туймокни истар.
Лекин осмон узок,ер еса каттик
Бизлардан карздор емас бу олам-
Хакикат юзига боколмаймиз тик,
Аммо истамаймиз бош егишни хам.
Базида кукларга караймиз ёниб,
Гуё кукда бордай ерда йук нарса -
Кани, мехр излаган шурлик инсонни .
Инсон севмаса хам, худолар севса!
Лекин худо севса , булиб овора,
Факат бир одамни севиб утирмас-
Узига яраша улгуржи севар,
Бутун бир миллатни севади у-бас.
Шунингдек, каргаса малик-явмиддин,
Майдакашлик килиб юрмайди асло,
Инсонни ажратмас унинг кавмидан,
Бутун бир миллатни каргар, карса.
Каргалган миллати хукиздай ишлаб,
Рахматнинг урнига ешитар миннат,
Бор-йугин дунё пойига ташлаб,
"Угри" деб ном олар каргалган миллат.
Каргалган миллатнинг келажаги тул,
Дарёлари куриб, чирир ерлари,
Каргалган миллатнинг болалари -кул,
Аёллари тумсо, бепушт ерлари.
Калгалган миллатнинг козиси-фосик,
Олими -.савдогар,илм сотиб яшар,
Шоирлари еса , акдан озиб ,
Душмондан мукофот олмокка шошар...
Каргиш хам узига яраша катта,
Тушса, анча жойни камрар хойнахой-
Тахминан айтганда,Оролнинг сатхин
Бемалол коплайди каргиш тушган жой.
1983-1987 йиллар
Лекин осмон узок,ер еса каттик
Бизлардан карздор емас бу олам-
Хакикат юзига боколмаймиз тик,
Аммо истамаймиз бош егишни хам.
.....
Каргалган миллати хукиздай ишлаб,
Рахматнинг урнига ешитар миннат,
Бор-йугин дунё пойига ташлаб,
"Угри" деб ном олар каргалган миллат.
Ajoyib satrlar ekan.
Kurbanoy
07-17-2003, 01:45 PM
Aslida bu satrlar shurlik millatning asl hayot hakikati edi, va haligacha bu mazlum buduning kossasi okarmadi, yuzi kulmadi, bagri tulmadi, ishonganlari kazzob, topinganlari ugri, siginganlari ikki yuzlamachi, ollohim uzing sabr ber "kargallgan millatga". Mehriroblarida haliyam kuzgunlar vayz ukiydi, kozilari fosik, hotinlari mardikor gul kabi kizlari fohisha . Bu yuzsizliklarga, bu diyonatsiz kazzoblarga kim "TUR" deya aykiradi??? Ahir kelajakni ahvoli hima buladi? Va bu hatoni kelajak avlod kechiradimi???
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.