PDA

View Full Version : Xayrlashuv


bratishkaa
12-26-2001, 07:27 PM
Azizlar, yangi yil kirib kelayapti bir yilga ulg'ayapman. :) Aytgancha bayramlar muborak bo'lsin, hamamning bir-biriga bildiradigan ezgu tilaklariga men ham tilakdoshman.
Ulg'ayish o'ziga xos qadamlarni qarorlarni talab qiladi, shu bois endi bu tomoni forumda emas balki hayotda bratishkaalik qilsam degandim Sizlarga ....'
Ko'rishguncha, aminman hayotda ko'pchiligingiz bilan to'qnash kelamiz, yo'llarimiz kesishadi....:)
So'nggida shoiraning ushbu misralarini keltirishni lozim topdim...
[B]Avval Ichingga Kir...[\b]
[B]Avval ichingda qil ibodatingni,
Avval ichingda yoy shahd, qanotingni.
Avval ichda tikla imoratingni.
Shu muhim. Muhimmas tashqi yomg'irlar.
Ichingni tozalab, qirib oldingmi,
O'zingni jam qilib, kirib oldingmi.
Harbir kunjingni tekshrib oldingmi,
Muhimmas tashdagi ilashgan kirlar.
Ich xazon. Tashqari gullashdan qo'rqqin
Ko'zni tiy.Ko'z yoshdan, qul yozshdan qo'rqqin,
Muhimi ichingdan qulashdan qo'rqqin-
Ichingdan ketmasin ilohiy nurlar.
G'am yema. Bir kamdir, to'ldirib bo'lmas,
Avval o'z ichingga kir, kirib bo'lmas.
Ichki burgut ko'klab, o'zni urarmi
Tashqarida Seni o'ldirib bo'lmas.
16.XI.1995 [\b]Halima Xudoyberdiyeva[\b]

joe_ride
12-26-2001, 09:04 PM
salom ukashka!!
Qalesan? sogliqla yahshimi?
Nima boldi sanga Hamma bilan hayirlashvossan?

Yo ketvossanmi ubu yerga? Mayli Nima boganda ham omadini bersin. Ishlarin ongidan kesin.

Sherini oqidim, manga yoqdi:))

ACIID Oken