PDA

View Full Version : YANGI YILning yangroq sozi SIZLARGA...


kanzler
12-27-2001, 01:58 PM
Ushbu Forum ahlini kirib kelayotgan Yangi Yil bilan muborakbod etaman! Olloh uz mehrini sizlardan ayamasin, qalblaringizdan ezgulik ketmasin, yomonning niyati sizlarga yetmasin, shaytonning ishi sizlar bilan bitmasin!
Hammaga kelgusida ulkan omadlar tilab, mashhur hofiz Sherali Jurayev qushig'i bilan davom ettiraman:



Olam-olam baxt bizning hamrohimiz,
Necha-necha yaxhsilikning guvohimiz.
MENING ELIM YASHAR TINCHLIK, EZGULIK DEB,
Kimda ezgu tilak, demak urtog'imiz.

Baxt tilaylik, baxt tilaylik barchamizga,
Kimki do'stdir, kelsin endi davramizga.

Yangi yilning yangroq sozin o'zim chertay,
Oshiq qalblar oh-nolasin o'zim aytay.
Bunda tinchlik, omonlik deb turar barcha,
Bu davrada qo'shiq aytmay, do'stlar, netay.

Baxt tilaylik, baxt tilaylik barchamizga,
Kimki do'stdir, kelsin endi davramizga.

Dunyodagi g'am-alamga barham bering,
Jang deganlar, qurollarga barham bering.
Yiqilganni suyang, ezmang oyoq bilan,
Jarohatlar bitsin endi, malham bering.

Baxt tilaylik, baxt tilaylik barchamizga,
Kimki do'stdir, kelsin endi davramizga.

... va sovg'a sifatida kichkina otkritka!

VARATAR
12-27-2001, 02:05 PM
voy doooooddd
voy dooodeeyy,
yangi yilni bollar bilan qanaqa kutardik vatanda,


hammaga omad, oqishilada, ishilada muvaffaqiyat, soq bolilar, salomat bolilar, bahtimizaga omon bolilar. Yangi yil sizlarga ulkan zafarlar, muvaffaqiyatlar olib kelsin.
Yangi yilingiz bilan!

Akhee-Abdullah
12-27-2001, 04:36 PM
Hammalringni Kelib kelayotgan wa 365 kunda otib ketishi kutiliayatgan, wa hademay "tarix" bo'lib qoladigon 2002 yil bn qutliyman. (And Winter comes along, and we all flow in the river of life) Etgincha SuperManh Malades, ota-og'ilsande ;)
Cheers, :)

kanzler
12-27-2001, 05:02 PM
Luckyjon,
sizgayam shul tilaklar! :-)

munisa
12-27-2001, 07:28 PM
Asadbek aka, kup yashang, rahmat. Bu yerlarda Christmas ruhi yangi yilnikidan u'tib tushib bir oz hapa qilyatgandi meni. Lekin, shu yerlarda yurib mana his qilib turibman yangi yil sozini.

Sizlarga ham omonlik tilayman, qalbmning turidagi eng ezgu tilaklar bu kun barchangizga hamroh...

Bayramona kayfiyatlar ila, Munisa.

joe_ride
12-28-2001, 09:26 AM
Asad rahmat ozini ham tabrikliman!! Niyatinga yetgin!





**Rasim bilan sher qichuku:)

kanzler
12-29-2001, 09:26 AM
Quyida Siz Azizlarga bir gruppadosh oshnamdan yangi yil sovg'asi!

Yana bir bor YANGI YILINGIZ BILAN, DO'STLAR!!!

realist
12-30-2001, 12:53 AM
AZIZLAR!
Hammalaingni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlayman. Yangi yilda hammamizga omadlar va salomlar :) yor bo'lsin.

Yangi yilning gazalini o'zim bitay,
Mehru vafo guldastasin kimga tutay?
Asad, Aciid, Bratishka, Maftunalar
Yangi yilni sizlar bilan birga kutay.

Baht tilaylik, baht tilaylik barchamizga
Kimki do'stdir kelsin endi davramizga.

Forumdagi so'kishlarga barham bering,
To'gri gapni aytsa agar tan ham bering,
Ochiq yuz-la samimiyat sozin chalib,
Realistning yuragiga malham bering!

Baht tilaylik, baht tilaylik barchamizga
Kimki do'stdir kelsin endi davramizga.

Salomlar. Omadlar. :)

ADIBA.
12-31-2001, 07:32 AM
Hammani kirib kelayotgan yangi 2002 yil bilan chin dildan,chin qalbdan tabriklayman, hammaga baxt, omad va saodat yor bolsin.
Adiba

DOST
12-31-2001, 07:23 PM
men ham hammanglarni yangi yillar bilan muborakbod etaman!!!

tokiec
01-06-2002, 12:21 PM
voy doooooooood!
muncha chiroyli so'zlar!

ezgu orzu-umidlarni hammasini amalga oshishini tilayman!

tokiec