PDA

View Full Version : Yana sevgi haqida


Desperado
01-03-2002, 04:05 PM
Olis yulduzlarga zimdan nazar sol
So'ngsiz kechalarning hazin bag'rida,
Oyning shu'lalarin hovuchingga ol
Va ulardan so'ra sevgim haqida.

Namli kipriklarim ustiga qo'ngan
Kamalakning rangin sochlarin tara,
Shabnam bo'lib qonli ko'z yoshim tomgan
Chamanlardan sevgim haqida so'ra.

Ma'yus ko'zlarimning qaroqlarida
Majnun muhabbatning tug'yonini ko'r,
Sermavj dengizlarning qirg'oqlarida
To'lqinlardan sevgim to'g'risida so'r.

Vasling firoqida jon berar bo'lsam
Sovuq lablarimga lablaringni sur,
Hayotga qaytarman sen uchun bir dam
O'limdan sevgimning qudratini so'r.

mylediss
01-04-2002, 01:01 PM
Shamollar tog'lardan tusharkan u'ynab
Majnuntol qoshida saqlaydi sukut.
Zangori yaproqlar su'ylar, pichirlab
"Seni unutgan U, qu'y sen xam unut.."

Tunlari namozshomgulning qoshida
Dardlarim ming karra taratganda bu'y,
Chumoli u'tirib bardosh toshida
"Izlagin, der menga, - ezilishni qu'y.."

Oshiqar yordamga baxoriy chechak,
Qizg'aldoq qirmizi ru'mol u'raydi.
Izingdan maysalar cheriklar tortib
Mening gunoximni sendan su'raydi.

Silentstar
01-05-2002, 06:38 PM
i really loved it :)