PDA

View Full Version : Hijron suvratiga chizgilar


adiba
01-09-2002, 04:38 PM
Jonimooooo, bu tunlar bunchalar uzun,
Zaxxor bu tomirni uzadi junun,
Ming bitta uqbolar vahmidan fuzun,
Vahmlar jonimni ezayotirlar,
Ignabo'y sitamlar kezayotirlar...



Alovrang hajrmu bunchalar yovuq,
Vujudim o'rmalab kuydirar sovuq,
Taxammul taxtidan to'kilgan suquq-
Tiyrlar ko'ksimni titayotirlar,
Yozuvlar to'kilib yitayotirlar...


Ilinji osoyish ma'vo tugar dil-
Niyozi nasimni to'ldirar sayil.
Bir ho'plam kulbada qalqir savohil-
Ruhimni olovga sovuradirlar,
Kuygan bu olovga suv uradirlar..
Seni sog'indim :(

Buravik
01-10-2002, 06:44 AM
ADIBA qoyilman juda ham super g'azal ! Bunaqasini bu forumda birinchi marta ko'rib turibman.
Faqat meni hayron qoldirganingiz juda ham so'zga boyligingiz bo'ldi. Har bir qatorda eng kamida bitta so'zni ma'nosini bilmas ekanman. Maktabda ADABIYOT darsida Alisher Navoi va ular singari mumtoz shoirlarimizni turkiy tilida bitilgan g'azallarining ma'nosini domlamiz birma bir tushuntirib berishardilar. Agar imkoningiz bo'lsa iltimos tarjima qilib bersangiz. So'ngra biz ham g'azalingizga javob tarzida biroz ijod qilarmidik !!!

Hurmat bilan,
Buravik

bittasi
01-10-2002, 06:52 AM
Qoyil sherga!!!


Sendan titroq qalb sorayman,
Sendan uygoq qalb sorayman,
Kechalari uhlamasdan,
Ingrap chiqqan qalb sorayman...

tokiec
01-11-2002, 02:29 AM
she'r to'g'risida to'g'risini aytaymi yoki yolg'on?

yaxshi she'r ekan, manga yoqdi. agar to'g'risini aytsam jud ahm zo'r, va menga jud ahma yoqdi, man ham bir-ikki so'zni unchalik tushunmadim, ammo umumiy ma'noni tushindim! shuni o'zi katta gap! :p

ijodingizga ilhomlar tilab

tokiec

yorqin
01-11-2002, 03:00 PM
Adiba, avvaliga she'ringizdagi hijron suvratiga chizilgan nozik naqshin chizmalarni ko'ra olmadim. Avvaliga deganim uchun, endichi? - deb so'ramassiz. Zero, taqdiri a'zim nasib bo'lsa, qalb ko'zimiz ochilib biror kun kelib k'ora olish nasib etmasa,...:(

Shu o'rinda bir hangoma. Shu yoz mavsumida bir muborak dehqon farzandi bilan suhbatda bo'ldim. Suhbat natijasida yozning qizg'ish shafaqlariyu, dehqonning qizargan yuzlariga mehrim ortdi. Balkim shundandirki, she'riyat, umuman til va adabiyot, mavzularida omiligim to'rt juft kalimalar tasmasini tizish ishtiyoqini bo'g'a olmadi. Qyudagi to'qimani "firoq dardi" deb nomladim.


Oftob firog'idan qizargan shafaq,
"Ayriliq kuyini" kuylagin menga.
O'tgan kun qizig'i o'zida qolsin,
Tinglayin, dardlarin so'ylagin menga.

So'ylagin dunyoning o'tkinchiligin,
G'ussayu g'amlarin ko'pligin so'yla.
Besabr kutilgan onlar zumligin,
Firoq tunlarining oyligin so'yla.

Annexe:
So'ylagin dehqonning tong bo'lmay turib,
Saharni dalasin boshda kutganin.
Issiqdan qizargan, kuygan yuzlarin,
Oftobning taftini olganin so'yla.


Iqtidoringiz mevalaridan bahramand bo'ldik, rozi bo'larsiz :) Omadlar tilab,
Yorqin.

adiba
01-12-2002, 11:19 AM
Salom. She'rga u'z tasavvurim qilganimday izoh bersam :) She'rning nasriy varianti.....

"Bu tun hech o'tmaydi, cheksiz-adadsiz... Bu qadar aqldan ozmoqligim, tomirlarimni uzar darajada.Ming bir o'y-xayollar vahimadan ko'ra yomonroq...Ular ayamay meniyam, jonimniyam ezayotirlar. Hijronning rangi olovdek, ko'zni oladi, kuydiradi. Vujudimni sovuqdek lohas etguvchi tuyg'u o'ray boshlaydi. Sabrning ham kosasi nihoyat yoriladi-undan gam-g'ussa ko'ksimga chak-chak tomib tanimni tita boshlaydi, unga singib yita boshlaydi. Biroz o'tgach, hammasi go'yoki o'z o'rniga tushgandek bo'ladi, dil o'ziga boshpana topadi, ilk shabadadan bahra oladi, kichik va g'arib kulbamda esa sukunat hukmron.Banogoh,ruhim yana olovga(hijron oloviga) sovuralayotganini his etaman. Yana boshlanadi..."

Maftuna
01-19-2002, 02:46 AM
Mendagi hijron suvratining rangi mana bunday:

"Bu tog'larga qor tushar,
Bog'larda anor pishar.
Qachon mening tog' qalbim
Sen bog' bilan topishar?" (Qo'shiqdan)

Eslayverdim tinmayin seni,
Tinch qo'ymadi hotiralarim.
Izlayverdim suvrating qo'msab,
O'chaverdi jim...hiralanib...

Qizil belbog' boylagan ko'zim
Berkitmoqchi bo'lib kiprigim,
Yelpug'ichin horg'in tashlasa,
Unutaman boru yo'qligim.

O'shal onga qaytadi ongim,
Shuurimni qamrab titrog'ing.
Quyosh quvnab yoritgan hona...
Ko'zlaringda yongan chirog'ing...

Ko'zlarimda yashading bir on,
Soat mili guvoh yagona.
Yaqin do'stlar kabi uchrashib,
Yo'llarimiz ketdi begona.

Faqat bir on, bir lahzaga qayt,
Qutqar kuzgi yaproq qalbimni.
Bir bor oyna ko'zimga qara,
Tingla aytgan unsiz gapimni.

Qovurilgan lablarim titrab,
Ko'zlarimdan yoshim sidirsam,
Ikki nuqta, qavsing namoyon,
Nelarnidir intiq qidirsam.

Qachon ekan kutganim kunim,
Ko'rsam yana kulganlaringni.
Hayolimga o'ysam suvrating,
Nim jilmayib turganlaringni.

Bahor yaqin, bahorim yaqin,
Daryo ko'nglim bo'ladi dengiz.
Shuncha sensiz yashadim omon,
Ammo yasholmadim dardinggsiz.

Maftunadan.

realist
01-19-2002, 08:40 AM
BU esa sodda oshiqning yangi yil bayrami tugagandan keyingi kechinmalari. (Tushunish uchun lugatning keragi yo'q :) )

SIZ KETDINGIZ…

Siz yana ketdingiz, qoldim men yolgiz,
Hayhotdek honam ham yiglaydi unsiz.
Yomgir ham yogadi eziiib, ezilib,
Dunyo ham bo’m-bo’shdek ko’rinar sizsiz.

Pasayib qolgandek ko’rinar osmon,
Bulutlar o’qrayar, o’qrayar yomon.
Umri qisqa ekan, nima ham derdik,
Bayramlar tugadi, boshlandi hijron.

Sizsizlik boshimga bitgan bir taqdir,
Kunlarni sanayman yana birma bir.
Ey ruhim, isyonning qo’lini tutma!
Ollohim o’zing ber, o’zing ber sabr.
Siz yana ketdingiz…

12.01.2001. (Biznikilar uyga yetishgan kun).

kanzler
01-30-2002, 11:13 AM
Mana sizlarga hijron suvrati...

http://www.wraytimes.com/p-barbara-liebe.jpg

menga juda yoqdi grafika.

kanzler
01-30-2002, 11:25 AM
Ajoyib klub bor ekan - Hijron Klubi :-)

http://www.kikk.de/images/fdslogo6.gif

Asadbek
04-20-2004, 09:00 AM
Yeah,
zo'r she'rlar bo'lardi vaqtida.

Adiba, Maftuna, qanisizlar? Forum ahli sizlarni sog'indi...

Al-Bagdodiy
04-22-2004, 11:53 AM
AdibaHonim tasannolar!

G'aribiy
04-22-2004, 12:10 PM
AdibaHonim tasannolar!Qayerdaydiz?

Al-Bagdodiy
04-26-2004, 11:09 PM
Quote:
Originally Posted by Al-Bagdodiy
AdibaHonim tasannolar!
Qayerdaydiz?
====================================
Mavlono biz har doim shu erda,

Biz barchamiz dunyoga mehmon
Mendan kulginggizni ayaysiz
Kunglinggizga yugurganim on
Mendan kunglinggizni ayaysiz
Biling titroqlarim ganimat
Men ham hudyoyimdan nematman
Eng chiroyli gullaganim payt
Uynagaysiz nega kelmasdan
Kuzdan dilga yomgirlar yogar
Kuzimdasiz yomgirlarda ham
Yuragimda kuzakmi bahor
Keldimikin yoki fasli gam?
Tutgan menku sizni hamisha
Dilginamning ardoqlarida
Nega buncha azob berasiz ?
Yuragimning qadoqlariga…
Hurlamanggiz hudodan qurqing
Bir kun uyindan ham tolarsiz
Keling endi kuzimga chuking
Yuqsa uvolimga qolarsiz
Hammamiz ham dunyoga mehmon…

Ozoda Turaqulova.