PDA

View Full Version : Beshak biling...


sanjar
01-10-2002, 05:38 AM
Hoja Ahmad Yassaviydan:

Beshak biling, bu dunyo barcha eldin o'taro,
Inonmagil molingga, bir kun qo'ldin ketaro.
Oto-ono, qarindosh qayon ketti, fikr qil,
To'rt oyoqlik cho'bin ot bir kun senga yetaro.

Dunyo uchun g'am yema, Haqdin o'zgani dema,
Kishi molini yema, Sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l, g'arib bosh, umring yeldek o'taro.

Qul Hoja Ahmad, toat qil, umring bilmam necha yil.
Aslin bilsang, obi gil yana gilga ketaro.

adiba
01-12-2002, 11:26 AM
ZEBUNNISO BEGIMdan:




Layli zotidan esam-da dilda majnuncha havo,
Tog'u tosh kezgum kelur, lekin yo'lim to'sgay hayo.


Mendan o'rgandiyu bo'ldi gulga bulbul hamnishin,
Mengadur parvona ham shogirdu, ishqimdur raso.


Zohirimdur g'ozarang,ammo nihonim qon erur,
O'z ichida saqlagandek qip-qizil rangin xino.

Baski qo'ydim men falakning yelkasiga gam yukin,
Kiydi motam to'niniyu, bo'ldi qaddim ham duto.

Shoh qizi bo'lsamda, qildim faqr yo'lin ixtiyor,
Bas menga bu zebu ziynatkim,otim Zebunniso.