PDA

View Full Version : YIGITLARGA...


realist
01-11-2002, 10:17 AM
Shu forumdagi haqiyqiy mard yigitlarga bagishladim.

YIGITLARGA…

Zamon va makonda yo’qni qidirib,
Va yoki javobsiz ishqni qidirib,
Ko’zdagi yoshini zimdan sidirib,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Eng yaqin do’sti ham uch pulga sotib,
Oshnasi tuhmatning toshlarin otib,
Yo’qlik, chorasizlik jonidan o’tib,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Uch kunlik kuyovni ganim chorlasa,
Or bo’lar vaqtida yetib bormasa,
Haromga aylanib halol va toza,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Bemavrid hastalik bukib qaddini,
Hech kimga aytolmay ogir dardini,
Yo’qotib uyda ham halovatini,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Bermasin sevgani shaytonga qo’lin,
Payini kesmasin bironta mal’un,
Va bu ko’r dunyoda yo’qotib yo’lin,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Olloh ham yigitni yaratgan chogda,
Risqini socharmish yetmishta joyga,
Sochilgan risqini oqizib soyga,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Men bugun sizlarni oldim qalamga,
Yigitlar ustundir yorug olamga,
Duch kelib har turli qaygu alamga,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Salomlar. Omadlar. :)

munisa
01-11-2002, 11:40 PM
Wow, tasanno! Ijodingizga qoyil qoldim Realist aka, well har doimgiday :)


Ha, rizqin Ollohim sochgani rostdir,
Mardlik shaksiz dono yigitga hosdir
Lek bir kun duch kelib egilsa boshi,
Bulsin har nafasda Olloh yuldoshi.


Mard yigitlar kupayaversin, omin Ollohu akbar :)

REALIST'
01-12-2002, 12:28 AM
RAHMAT Munisa,

Ayniqsa dilga dalda beruvchi tortligingiz uchun.
Aytganingiz kelsin.
Ha aytgandek, kimdir, sizmi yoki Maftunami Minnesotadaman degan edingiz a? Qalay sovqotmayapsizlarmi? :)
Missisipining suvlari hali ham qora bo'tanami?
Omadlar. Salomlar. :)

deeeeeeeeee
01-13-2002, 03:10 PM
Nimagadir she'rni o'qib avtorni nickini ko'rganimda.... BACHKANA. Manimcha ayol kishi yozardi bunaqa she'rlarni.

adiba
01-13-2002, 05:01 PM
deeee, bilasizmi erkaklar ham ba'zan shu mavzuda she'er yozishadi, masalan Abdulla Oripovda bor:

Uyda tinchi bo'lsin yigitning avval,
So'ngra butun bo'lsin rizqi-iymoni.....

deb boshlanardi adashmasam.. :)

REALIST'
01-14-2002, 01:53 AM
deeeeeeeeee (Jan 13, 2002 14:10):
Nimagadir she'rni o'qib avtorni nickini ko'rganimda.... BACHKANA. Manimcha ayol kishi yozardi bunaqa she'rlarni.

DEEEE, ga
Sherning jinsi bo'lishini sizdan birinchi marta eshitdim. :). Men "falonchilar yozgandi, shuning uchun men ham yozdim" deb ozimni oqlashga ehtiyoj sezmadim. Bachkanalikka kelsak...sherdagi har bir bandning orqasida men ko'rgan, men taniydigan yigitlarning siymosi yotibdi. Men boshqalarning boshiga bunday ishlarning tushmasligini chin dildan istayman. Agar shu bachkanalik bo'lsa men BORIB TURGAN BACHKANAMAN. :)
Omadingizni bersin azizim DEEE.

REALIST'
01-14-2002, 02:27 AM
Deee, ga,
Sherning jinsi bo'lishini sizdan birinchi marta eshitdim. :) Bachkanalikka kelsak... sherdagi har bir bandning orqasida men tanigan, men bilgan yigitlarning siymosi turibdi. Men boshqa yigitlarning boshiga bunday ishlar tushmasligini chin dildan istayman. Shu jumladan sizlarning boshingizga ham Deee, Cute, Cute1 va Vahshiy Cute. Agar shu bachkanalik bo'lsa, men BORIB TURGAN BACHKANAMAN. :)
Omadingizni bersin azizim Deee.

General
01-14-2002, 11:42 AM
Realist, zo'r she'r!!!

Deee, bachkanalik bilan nobachkanalikni unchalik ajrata olmasakansiz. Balki bu she'rda siz kutganchalik professionalizm yo'qdir (lekin havaskor shoir uchun bu ham ancha narsani bildiradi), lekin mazmuniga 5 ketdim.

qichiq
01-14-2002, 12:15 PM
Yigitlar bir odam sizlarga atab qiynalib sher yozsa BACHKANA deysizlar (tipichno uzbekov)... ;P

Sherga gap yuq REALIST, hali shu vaqtgacha shunaqa manoli sherni BOARda uqimaganman, hammasi Nemisni sevdim, Amerikalikka tegaman, yoki boshqa...

RAXMAT, Buyuk shoir buling...

adiba
01-14-2002, 01:21 PM
qichiq (Jan 14, 2002 11:15):

Sherga gap yuq REALIST, hali shu vaqtgacha shunaqa manoli sherni BOARda uqimaganman, hammasi Nemisni sevdim, Amerikalikka tegaman, yoki boshqa...

...


qichiq, sizga she'r judaaa yoqqani ko'rinib turibdi, tabiatan o'zi shunday, yigit zotiga maqtov sariq yog'day yoqadi :-p , Yana unutmaslik lozimki bugunki kunda turmush zahmatini erkaklar bilan teppa teng ayollar ham tortmoqdalar, aytinglarchi kimni xonadonida onasi otasiga hammaslak emas va kerak bo'lganda bozorini-o'charini ham ko'tarmayapti bu zamonda? ko'p bor kuzatganman, ayollar maqtay boshlansa negadir koooop yigitlarning ensasi qotadi va yoki muallif birdan feministlikda ayblanadi.(bu postdan keyin yigitlar do'lday "o'q" yog'dirishmasa edi deb ikkilanaman)

Oydin Hojiyevada ayol haqida bunday misralar bor:



Chidab berdik turmushning zil mushtiga,
Zahmat topgan tirnoq bilan qazdimiz.
Mehnatu ranj, mashaqqatlar dashtida
Yurak qoni bilan insho yozdimiz,
Davralarga kirsam, sho'x zabonimsiz,
Ming bir o'qqa ko'kragi nishonimsiz,
Ayol.

Qoracho'gim asraguvchi kiprigim,
Qirq yigitcha himmati bor ogamsiz,
Xatarlardan olib o'tgan ko'prigim,
Kumush taxtim muhrasida jigamsiz.
Balogardon tumorim, darmonimsiz,
Yorug' yuzim,mehri farovonimsiz,
Ayol.

cute
01-14-2002, 02:30 PM
Deeeee,
Shunaqasanda kerakmas joyda kimnidur tanqid qilasan, uni ustiga qoganlar ham qo'shilmadi, hehe :) . Haa odam o'zgarmaydi-da, uni ustiga 2chi marta tanqid qilayapsan REALISTni birinchisi manimcha umidsiz umidchilarmidiey, ishqilib bir hayvonchaga qiyoslangan she'r edi.

Adiba: bilasizmi erkaklar ham ba'zan shu mavzuda she'er yozishadi

Ha aynan aytganingizdek, ba'zan yozishadi. shunisi yoqmagandir. Ba'zan yoziladigan bunaqa she'rlardan balki bir misol, rahmatli Muhammad Yusufni qiz bolani chimildiqqa kirishi haqidagi she'r yoqimsiz tarzda seskantirgandi...

REALIST: Sherning jinsi bo'lishini sizdan birinchi marta eshitdim,

hehe shu jumladan men ham ;), lekin uslubiy jihattan baribir seziladi.

Bachkanalikka kelsak...sherdagi har bir bandning orqasida men ko'rgan, men taniydigan yigitlarning siymosi yotibdi. Men boshqalarning boshiga bunday ishlarning tushmasligini chin dildan istayman

Ha albatta yer tekis to'p yumaloq maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin. O'sha narsani tasvirlab berish esi kommentatorga bog'liq. bosh bilan kalla urish mumkin, yoki zarba berish, lekin bosh bilan tepilmaydi (bitta o'yinda kommentator shunaqa degan edi)

General : e, bachkanalik bilan nobachkanalikni unchalik ajrata olmasakansiz

Shunaqa bo'lsa kerak do'stim ;) balki so'zni o'zi noto'g'ri ishlatilgandir nima dediz?.

ki bu she'rda siz kutganchalik professionalizm yo'qdir

Balkim shunaqadur, keyin kimnidur tanqid qilish oson deyishadi. Qo'shilsammi qo'shilmasammi bu gapga bilmadim ???

qichiq: Sherga gap yuq REALIST, hali shu vaqtgacha shunaqa manoli sherni BOARda uqimaganman, hammasi Nemisni sevdim, Amerikalikka tegaman, yoki boshqa...
ha bunga qo'shilaman, lekin bu she'rlar yozilishidanoq hazil qilinganligi bilinib turadimi, to'g'rimi Asadbek bro, yuqoridagi she'r hazil qilishga mo'ljallanmagan.

ADIBA:

Chidab berdik turmushning zil mushtiga,
Zahmat topgan tirnoq bilan qazdimiz.
Mehnatu ranj, mashaqqatlar dashtida
Yurak qoni bilan insho yozdimiz,
Davralarga kirsam, sho'x zabonimsiz,
Ming bir o'qqa ko'kragi nishonimsiz,
Ayol.

Qoracho'gim asraguvchi kiprigim,
Qirq yigitcha himmati bor ogamsiz,
Xatarlardan olib o'tgan ko'prigim,
Kumush taxtim muhrasida jigamsiz.
Balogardon tumorim, darmonimsiz,
Yorug' yuzim,mehri farovonimsiz,
Ayol.

:). Yuqoridagi she'rni o'qib REALISTni she'riga o'hshashlikni ko'rsa bo'ladi, ma'no jihatidan.
Lekin aka tan olarmikinsiz biz erkaklar turmush zahmatlariyu, g'irromlaridan zahmat chekayapmiz deb...

P.S. Yulduzni qo'shig'i bor ediyu, yigit yig'lamasin dunyoda degan, ana shu she'r nimagadur deeeni yuqoridagi tanqidga yo'llagandur, kim biladi... ;)

omon bo'linglar

Cute a.k.a deeeeeeeeee

munisa
01-14-2002, 11:11 PM
Realist aka, yuq men Great Lakes taraflardaman, lekin sovuqqotmayabmiz. Ja bulmasa sandal businessini qip tashimiz :) ana tayyor internship. Rahmat katta.

******

Sherga gap yuq REALIST, hali shu vaqtgacha shunaqa manoli sherni BOARda uqimaganman, hammasi Nemisni sevdim, Amerikalikka tegaman, yoki boshqa...

******

Uff, menga qareng: she'rni ma'nosi siz taraflarga yetib borishi qiyin bulsa ayb bizdami? Hapa bumeng, mayli "oz-oz urganib she'rlarni mag'zini chaqa bilur" deyishgan ekan. Omadlar!!!

qichiq
01-15-2002, 10:50 AM
ADIBAxonga: Opa balkim sher manga yoqqandir, lekin bu orqasidan yigitlarni maqtasa yoqadi degan hulosaga kelishingizga qarshiman (huddi uzingizga sizni maqtash yoqmaydigandek)...

Bu sherda man manoni shunda kurdimki, yani asrlar davomida tilga olinmagan yigit kechirmalari aks ettirilgan. Ayollarimizga kelsa, ular uchun qaysi teshikka qaramang sher bor, sevamandan tortib ulamangacha ayollarga atalgan. Shuning uchun ayollar haqida sher eshitsalaringiz parvo qilmaysizlar... ;P

P.S.: Ayollarimizga umuman qarshiligim yuq, lekin nourin hulosaga kelishingiz ranjitdi... OMAD

Asadbek
01-15-2002, 11:34 AM
Cute (Jan 14, 2002 13:30):

qichiq: Sherga gap yuq REALIST, hali shu vaqtgacha shunaqa manoli sherni BOARda uqimaganman, hammasi Nemisni sevdim, Amerikalikka tegaman, yoki boshqa...
ha bunga qo'shilaman, lekin bu she'rlar yozilishidanoq hazil qilinganligi bilinib turadimi, to'g'rimi Asadbek bro, yuqoridagi she'r hazil qilishga mo'ljallanmagan.

Cute a.k.a deeeeeeeeee
Zehnizga borman Cute,
albatta hamma she'rni bir qolipga solib bulmaydi. Shu tarafdan, kaminani hamda Munisaning yozgan she'rlarimiz uje 1-qatoridanoq hazil ohangdaligi seziladi. A qichiqboy esa gapida qiching qilib qistirib utganga uxshaydi bizlarni ijoddan...

Realist esa rostdan jiddiy mavzuda yozgan, bahsga sabab bulgan joyi shulki, adabiyotimizda erkaklar erkaklarga bag'ishlab juda kam yozishgan. Shuni chun, bu narsaga urganmagan uquvchiga Realistning yuqoridagi she'ri g'alati tuyulgan.

Kuzatishimcha, Nasriy adabiyotda kup uchraydi, tipa : Yigit boshing egilmasin; yigitning qaddi bukilmasin; yigit, belingdan quvvating ketmasin kabi gaplarni jinsdoshlarimiz yozgan asarlarda uqiganim bor. Ammo, yuqorida aytganimdek, Nazmiy adabiyotda umumiy tarzda yigitlarga baxshida kam uchraydi jinsdoshlarimiz tarafidan.
Realist ijodining mazmuni rostdan yaxshi, agar ayol jinsi vakili shu she'rni e'lon qilganda, bu topicda albatta umuman boshqacha aks-sado bulardi. Olqishlardikde rosa ;-)


Adiba:kerak bo'lganda bozorini-o'charini ham ko'tarmayapti bu zamonda? - adashmasam, hali hech kim bu yerda ushbu mavzu buyicha ayollarga qarshi fikr bildirmadi...
Vaziyat shu holida qolsa, 10-15 yildan keyin bu narsa haqda hech kim gapirmaydi... Tipa: Uz aravangni uzing tort buladi Europadagidek...
Cute:Balkim shunaqadur, keyin kimnidur tanqid qilish oson deyishadi. Qo'shilsammi qo'shilmasammi bu gapga bilmadim - bu fikrga men ham qushilaman. Tug'ri narsa, birovni tanqid qilish oson. Objektiv bulsa, tanqid urnida qabul qilinsa, yaxshi.
Qichiq:Ayollarimizga kelsa, ular uchun qaysi teshikka qaramang sher bor, sevamandan tortib ulamangacha ayollarga atalgan. Shuning uchun ayollar haqida sher eshitsalaringiz parvo qilmaysizlar... - she'r aslida erkakning ayol guzalligini kuylash, uzining unga bulgan his-tuyg'usini ifoda etish, madh etib uning e'tiborini yanada qozonish uchun kelib chiqqan narsa, menimcha...
Ajabmas, Odam Ato birinchi she'rni aytgan bo'lsa usha olma daraxtini tagida:
Huv anavi olmaga, men ham uzalib yetaman,
Momo Havo kulbamga, seni olib ketaman... :-) no comments

adiba
01-15-2002, 11:47 AM
[quote]qichiq (Jan 15, 2002 09:50):
ADIBAxonga: Opa balkim sher manga yoqqandir, lekin bu orqasidan yigitlarni maqtasa yoqadi degan hulosaga kelishingizga qarshiman (huddi uzingizga sizni maqtash yoqmaydigandek)...


Bu sherda man manoni shunda kurdimki, yani asrlar davomida tilga olinmagan yigit kechirmalari aks ettirilgan. Ayollarimizga kelsa, ular uchun qaysi teshikka qaramang sher bor, sevamandan tortib ulamangacha ayollarga atalgan. Shuning uchun ayollar haqida sher eshitsalaringiz parvo qilmaysizlar... ;P

xxxxxxxxxxxxxxxxxx


Meni hali to'liq bilmaysizu qichiq, baxtga qarshi men maqtovlarga o'ta beparvoman, maqtovga etibor beraversak unda shar kabi yorilib ketishi hech gapmas inson.. yigit haqida asrlar davomida yozilmagan deganizga rosti kulgim keldi, Sizga nechta asar va she'r nomini keltiray yigit mavzusi bosh mavzu bo'lgan ;P ? A bunday aytganda bu she'rdagi naqarot satrni "Hech ham egilmasin yigitning boshi" degan shaklda oldin ham eshitganman, qandaydir qo'shiqdamidi yo.. har qalay tanish. balki bir-birimizni tushuna olmayotgandirmiz , hayotda yaxshiroq chiqishuvdik ;)

Asadbek
01-15-2002, 11:53 AM
ADIBA (Jan 15, 2002 10:47):
Meni hali to'liq bilmaysizu qichiq, baxtga qarshi men maqtovlarga o'ta beparvoman
;)

LOL I'm out :-)

bullet
01-15-2002, 11:55 AM
Nime man sher ezomiman? Balki ynga kanakadir talant kerak dir?
Lekin man hech afsyslanmiman :)

vahshiy a.k.a Cute
01-17-2002, 10:59 AM
Munisa: Uff, menga qareng: she'rni ma'nosi siz taraflarga yetib borishi qiyin bulsa ayb bizdami? Hapa bumeng, mayli "oz-oz urganib she'rlarni mag'zini chaqa bilur" deyishgan ekan. Omadlar!!!

LOL :)
Ilhomimni yozda tugatib kelmaganimda fikringiz o'zgararmidi, hehe ;)

qichiq
01-17-2002, 02:26 PM
ADIBA HUP deb quymasam ASADbek ikkalangiz mazgimni ... yuborasizlar!!!

Shoir emas, sherlarga juda kup qiziqmayman ham, shunchaki REALISTga tan berganim boshimga qoldi, uzr, imtihonlarga tayyorlanay!!!

adiba
01-17-2002, 03:29 PM
qichiq, urislarda bir gap bor "vi'biray virajeniya " degan. Javob ham evi bilanda.

Asadbek
01-18-2002, 05:35 AM
Hoy-hoy,
Qichiq hech yomon gap aytgani yuq, prosto mazgimni qoqib yuborasizlar deyapti. Mazgi esa uzbekchada miya, miyamni qoqib qulimga berding degan gap esa xalqimizda ham bor ;-) :-)

Qichiq, gaziga bosavering, mazgiz menga kerakmas bilasizu,
...yakansizku ;-)

adiba
01-18-2002, 05:39 AM
Ikkovinglarniyam loyinglar bir joydan olingan ekan, har nima bo'lgandayam qo'shni rayonda.

Asadbek
01-18-2002, 05:43 AM
:-D

towbaaa, unday desang bunday deydi, bunday desang unday deydi,
bu zamonni iqzlariga nima bulgan a?
ha mayli,
a tak yashasin bizni yurt!

adiba
01-18-2002, 05:51 AM
Iqzlarga hech nima bo'lgani yo'q.Gap ko'p edikuya mayli...
"Yer shari yumaloq " degan ekan bitta faylasuf.

Asadbek
01-18-2002, 06:04 AM
Qizlar uzr,
iqz deb yozilib ketibdi, ayb mani barmoqlarimda :-)

qanaqa gaplar endi?

faylasuflar xuup gapirishadida uziyam
________________________________________________
Yer shari yumaloq, usha yerni yuragida bizni yurt,
shunichun yashasin bizni yuuurt!

REALIST'
01-18-2002, 10:07 AM
Hamma yahshi yomon gapirganarga rahmat.
Kimning qanday ekanligi hammasi yozuvlardan ko'rinib turibdi. Shuning uchun izohga hojat yoq deb oylayman.
Omadlar. Salomlar. :)

shumbolla
01-19-2002, 09:01 AM
Manimcha..haqqatan Realist akaning sheriga gap yoq.. uziga hos bir uslubi bor bu kishini..
va uylashimcha agar Realis aka bu sherini Yigtlarga emas Ayollarga atab yozsaydi buncha gap tagida qolmas edilar.. amo Realis bu Munozara sahifasida Birinchi marta Yigitlarga atab bir sher yozdilar... va butun sahifa Titanik kemasiday chalqalanib ketti..hatto bazi dustlarim Adibahon aytkanidey "Virajeniya" siz gaplar istifoda qilishti..hullasi kalom.. Yahshiyam ki Realist aka har kuni biz erkaklarga atab sher yozmaysiz bumasa bu sayfada Uchunchi Dunya Urushi bular midi :))
hamenglarag Omadlar !!!
shumbolla

realist
01-19-2002, 09:19 AM
Rahmat Shum bola,
Siz bir oz yonimni olmasangiz meni "ezib tashlashdi" ku. :)
Umuman olganda men ayollarga hech bir qarshiligim yo'q. Hamma onadan tugiladi. Ammo meni nazarimda bizning hozirgi sharoitda oila tebratishing asosiy tashvish haqiyqiy mard yigitlarga tushadi. Shuning uchun ham boshida haqiyqiy mard yigitlarga deb yozgan edim.
Ogar OGIL BOLA bo'lmasa yukni ayolga yuklab qoyib choyhonada otiraveradi. Unaqa ogaynilar bu sherni tushunishmaydi ham :)
Yana bir marta mard yigitlar kopayaversin. :)
Salomlar. Omadlar.

jama
01-21-2002, 02:15 AM
EEEE qoyilman bollar rostini etsam adabiyotlar sahifasiga endi kirishim lekin shunaqa mamnun buldim
Shundo uqidimde eeeee kechdim man europdan dedim
Lekin bu sahifa oddami ezvorarkan ehh ;) qizim ketganiga bir hafta buldi silani bu sahifenlar voobshe odammi dam oldirar ekan

A tak bu suzlarim mavzuga taaluqli bulmagani uchun uzr eng birinchi shu mavzuni ochitmde
Silarga rahmat etmoqchiman ha Realist juda ham chiroyli satrlar manimcha Ruslan Sharipov Erkelar etgan ashulasi musiqasiga quysa bular mikan

GAP YUQ SILAGA (manashunaqa odamla ham bor ekanku)