Knight.
01-12-2002, 05:38 PM
Xayrullo Hamro
KARAXTLIK
Bu dunyoning ishi qiziq-da,
Go'yoki tinch, sokin turibdi.
Men topolmay yurgan narsani
Kimdir sotolmasdan yuribdi.
Aqli but bir yigit ketmonchi,
Ta'lim olar nodon o'qishda.
Ba'zan go'yo axtarib qorni,
Topolmaysan qahraton qishda.
Sochin yular, ko'zlarin yoshlab
Farzandtalab juvon boyaqish.
Dilbandini ko'chaga tashlab
Kimdir yashar shodon, "betashvish".
Pista sotib, yomg'irda ivib,
Kimdir tiklar oila shonin.
Kimdir "kreslo"da o'tirib
Savdo qilar vijdon, iymonin.
Farzi ayn
Qasam yolg'onin ham ro'yi rost qilsa,
Ayol o'z joniga nogoh qasd qilsa,
Uka akasiga suiqasd qilsa,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.
Odamlar unutsa "siz-u biz"ini,
O'g'il qaro qilsa ota yuzini,
Ona qarg'ab solsa badnom qizini,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.
Do'stlar aylansalar tulki, bo'riga,
Isinib bo'lmasa qalbning qo'riga,
Xiyonat qilgan chog' xotin eriga,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.
Qozilashib yursa bir to'p qarindosh,
Jiyan tog'asiga otsa agar tosh,
Hayosizliklardan ko'tarolmay bosh,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.
KARAXTLIK
Bu dunyoning ishi qiziq-da,
Go'yoki tinch, sokin turibdi.
Men topolmay yurgan narsani
Kimdir sotolmasdan yuribdi.
Aqli but bir yigit ketmonchi,
Ta'lim olar nodon o'qishda.
Ba'zan go'yo axtarib qorni,
Topolmaysan qahraton qishda.
Sochin yular, ko'zlarin yoshlab
Farzandtalab juvon boyaqish.
Dilbandini ko'chaga tashlab
Kimdir yashar shodon, "betashvish".
Pista sotib, yomg'irda ivib,
Kimdir tiklar oila shonin.
Kimdir "kreslo"da o'tirib
Savdo qilar vijdon, iymonin.
Farzi ayn
Qasam yolg'onin ham ro'yi rost qilsa,
Ayol o'z joniga nogoh qasd qilsa,
Uka akasiga suiqasd qilsa,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.
Odamlar unutsa "siz-u biz"ini,
O'g'il qaro qilsa ota yuzini,
Ona qarg'ab solsa badnom qizini,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.
Do'stlar aylansalar tulki, bo'riga,
Isinib bo'lmasa qalbning qo'riga,
Xiyonat qilgan chog' xotin eriga,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.
Qozilashib yursa bir to'p qarindosh,
Jiyan tog'asiga otsa agar tosh,
Hayosizliklardan ko'tarolmay bosh,
Tavba, deb eslayman seni hudoyim.