View Full Version : Men uzgarib boryapman.....
kanzler
01-13-2002, 09:08 AM
Shunchaki bosh og'riganda yozilgan misralar...
Yoshlik davrim ortda qolmoqda,
Xotirotdan joyini olib.
Men o'zgarib boryapman, ona,
Do'stlarimdan uzoqda qolib.
Do'stlar menga xat yozmay qo'ydi,
Men do'stlarga xat yozmay qo'ydim.
Men o'zgarib boryapman, ona,
O'z yo'limni men bosmay qo'ydim.
....
adiba
01-13-2002, 10:34 AM
Yozayapmizku voy , nimaaa endi sizam.. :)
Kechalar gohida turaman cho'chib,
Xayollar ko'ksimga qadalar, og'rir,
Tiyra ko'zlarimdan sog'inchlar ko'chib,
SIZni sog'inaman, yuragim ogrir...
Saharlar yaproqdek titrab bemajol,
Qo'llarim osmondan tilar quyoshin.
Oh, bu kun qadrini bildim, ONAJON,
Boshginam yorgan u qishlog'im toshin..
mylediss
01-17-2002, 07:58 AM
Eeex Leute! :-)
Asadbek, Siz emas, xayot u'zgarib borayabdi, he he :-):-)
ummmm Adiba, men xam sog'indiiiim! :-) Konechno xozirgacha boshimni tosh yormagan, no eshigimizni oldida katta tosh turadi, neechta odamni boshini yorgan :-) :-) Ana shu toshni sog'dim!! ;-)
Mit besten Wuenschen,
Eure Mylediss
adiba
01-17-2002, 01:22 PM
Mylediss toshni sog'indim deng :) Men ko'chamizdagi ogorodni sog'indim, ul bul o'sib turardi, pomidor, baqlajon deganday, o'tlaridan tozalab turardim :-p kech mahali ko'cha tarafga ko'loblatib suv sepib, skameykamizda o'tirvolib qizlar bilan "dnevnoy obzor" qilardik :)
Bu dunyoda kadar yo'q,
Yuragimning ohiday,
Bir diyor bor go'zal, cho'x,
Yulduz qilib taqquday....
Asadbek
01-18-2002, 05:38 AM
wohheyyyy,
yana nimani sog'indizlar a? :-)
yaqinda a tak bahor boshlanarkan ;-) :P
tribune25
01-18-2002, 11:22 PM
salom asad, salom ofeliya honim, salom mylediss,
mylediss honim, shu nickni ja ajoyib qilib tanlagansiz. lekin shu "he he" heeech ismiz bilan qovushmaydi-da (o'zingizgayam aytganman). shu "he he" yizni ko'rsam arkadiy gaydarning atamani ko'z olimga keladi. oddiygina qilib :-D qib qo'ying. tamom vassalom, olam guliston (apropos guliston, gulistonimni sog'indim).
gruss,
tribune25
p.s. bu "kulorib ko'karib ketdim" deganiz-da endi :D
shumbolla
01-19-2002, 08:35 AM
Men bulsam Otamdan yegan kaltaklardi sogindim..
kancha vaktlar utib ketti hali kaltak yemadim.. otamdi kaltaklari asal bulib kurinyapti hozir...
Anda jonim qoldi meni
Anda zorim qoldi meni
Koshki qolsa edi kuzim
Kurib turar edim uni
Amo qolmadi kuzim
Andijonim qoldi meni......
shumbolla
mylediss
01-20-2002, 06:25 AM
Adiba,
"dnevnoy obzor" deng? :-) Bizda xam bunday ishlar bu'lardi.Ku'chani u'ng tomonida bolalar chap tomonida qizlar u'tirib oliiib "u'ng qulog'im, chap qulog'im" deb boshlanardi ;-) Ba'zida bunday voqealar xam b-b turardi:
Soy bu'yi.Tun.Kuz.
Bir yigit, bir qiz.
Shivir-shivirlar
Jiyda tagida.
Tahoratkash chol
Uyga qaytdi lol.
Dilda sanchiqlar
Jiyda tagida.
-Qaydasan kampir?
Ado bu'lding tur!..
Nomusing yig'lar
Ku'r u'zing xam, yur.
U'pishayotir
Uying kuygurlar
Jiyda tagida. :-)
Keyin ne bu'ldi?
Keyin u'y bo'ldi.
Keyin tu'y bo'ldi.
Qolmadi sirlar
Jiyda tagida! :-)
Janob tribune25,
shu " bobosini nevarasiga" bir narsa derdimuu, lekin sizni "mu'mingina, qobulgina, ichmaydi, chekmaydi, qizlar b.n yurmaydi, u'n gapirsang bir gapirib kuliiiiiib turaveradi"gan bola ekanligingiz esimga tushib yaxshisi indamadim ;-) :-P
samimiy tilaklar b-n :-)
kanzler
01-21-2002, 07:15 AM
hahhayyy, zur ketoptiyu a :-)
Tom boshida tog'ora,
Tog'orada zog'ora.
Zog'orani yopolmay, dodde,
Cholu kampir ovora.
Yor ketoman deydiyeee ketkizgani quymiyman,
Yullariga chim bosib, doddee utkizgani quymiyman.
Yorni qoshi qalamqosh,
Vaslida jon bo'ldi losh.
Yor-la ko'rishib qolsam, doddee,
Lablar bo'ladi talosh.
Yor ketoman deydiyeee ketkizgani quymiyman,
Yullariga chim bosib, doddee utkizgani quymiyman.
Yorni bellari xipcha,
Buyinlari ingichka.
Bizlarga zavq-la boqib, doddee,
Cholu kampir chaqar simichka.
Yor ketoman deydiyeee ketkizgani quymiyman,
Yullariga chim bosib, doddee utkizgani quymiyman.
Yorim uzi ketvorgan,
Modellardan utvorgan.
Chol kampiridan bekitvolib, doddee,
Sto grammdan urvorgan.
Yor ketoman deydiyeee ketkizgani quymiyman,
Yullariga chim bosib, doddee utkizgani quymiyman.
Yor ketsa qaytib keladi,
Mani kutishimni biladi.
Chol kampiri-la utirvolib, doddee,
Zog'orani qiladi.
Yor ketoman deydiyeee ketkizgani quymiyman,
Yullariga chim bosib, doddee utkizgani quymiyman.
rahmat e'tiborilar uchun ;-)
:P
Mavlono
01-22-2002, 08:37 AM
"Mo'minning Vatani - Jannatdir" deyiladi bir Hadisi Sharifda!!! Men tug'ilgan yurtimda yashayman... Lekin shunday bo'lsa-da... hamon Asl Vatanni sog'inaman...
munisa
01-22-2002, 11:14 AM
Shumbola aka, "Andajonim" deng :) how come? Yoki chindan Andijonlikmisiz?
Anyways, qarasam hamma gapiryaptikan men ham aytib quyay:::
Jiyanlarimi sogindim, kucha supurishni sogindim (lol, kelinayalarim eshitsa bormi) Uzbek qushnimizi kuprigi ustidagi skameykani sogindim (kruglosutochniy obzor pakkasi) , Karis qushnimizi semechkasini sogindim, eee umuman "Damas" da yurishdan boshqa hamma narsani sogindim!!! Kstati akamga yozgan hatim boridi bu haqda mana eshitilar:
SOG'INCH
Kuzda guzal bizni ASAKA,
Qiyosi yuq jannat maskandir.
Uyimizni sog'indim, aka,
Hovlimizda anor pishgandir...
Yelar yeldek qirda bearqon
Tuyoqlari chaqnoq qulunlar
Tong sahardan chiqishar hamon
Suv sepgani suluv kelinlar.
Hayollarim bu haqda cheksiz
Barchangizni sog'indim bir-bir.
Ana arazladi Shoira qiz...,
Kelainayam qulida kapgir...
Siz-chi, yuribsizmi sog'-omon,
Kunglingizda g'aroyib hislar.
Oldingizdan utsalar shodon,
Singlingizga u'hshagan qizlar.
Hayollarim barchasin yig'ib
Uzuuun doston yozsam buladi.
Kuzimda yosh yurar aylanib
Yozaversam kunglim chukadi.
Kuzda guzal bizni ASAKA,
Qiyosi yuq jannat maskandir.
Hatim tamom. Aytgandek, aka,
Yulakka ham behi tushgandir?!
P.S. Muhammad Yusufni hotirlab, uyimizni sog'inib...
USA Wisconsin
Richland Center
Oktyabr' 31. 2001
Hayrush@
01-22-2002, 01:44 PM
Men esa sogingan edim borib kela qoldim, Hudoga shukur UK yaqin amerikaga qaraganda.
Lekin hech kimga maslahat bermayman, chidasak, mehrimiz yanada ortadi
Hayrush
shumbolla
01-23-2002, 03:06 AM
Munisa:Shumbola aka, "Andajonim" deng how come? Yoki chindan Andijonlikmisiz?
Munisahon singlim yahshiyam ki Anda Afrikam qoldi meni deb yozmapman ..bumasa Negr misiz shumbolla aka:) degan bularmidiyiz a? :)
Omadlar
kanzler
01-23-2002, 05:42 AM
Munisa,
qoyil, gap yuq zur she'r chiqibdi. Yashang!
munisa
01-23-2002, 09:28 AM
*** Munisahon singlim yahshiyam ki Anda Afrikam qoldi meni deb yozmapman ..bumasa Negr misiz shumbolla aka:) degan bularmidiyiz a?
Yu'q, men u suzni ishlatmayman, balki qora tanlimisiz degan bulardim agar maqsad siz uylaganday ermak qilish bulsa biroq men jiddiy suragandim. Uzr.
Rahmat Asadbek, juda hursand buldim. Biroq ja bulsa 10% i uzimiki :)
shumbolla
01-24-2002, 02:29 AM
Yuq munisa singlim ..shunchaki hazil qilib yozgan edim.. dilingizni muncha ogritishimni bilsaydim aslo hazil qilmas edim.. Kechiring men bahti Qaroni :)
Omadlar!!!
adiba
01-24-2002, 04:01 AM
(mavzuga qaytib)
Yuragingda bir VATAN kuyar,
Shovullaydi ruhing zorlari.....
Qabirgangda qarsillab sinar,
Qishlog'ingning terakzorlari.....
Unut yo'ling etaklaridan
O'girlanar bir parcha bag'ir.
So'ng jimgina so'nadi tunlar,
To'shagingni isitar xotir...
Hamma soginip qoptiyu uyni.
Men ham juda sogndim,
Toshkendan Anjonga ketyatganda, ippadromdan moshinalarga chiqip pereval oship borardik. Yolda togda qurt sotishardi, Qoqonda zor ovqatlar sotishardi, uyga keyin tunda borsam sekin uydagilarni bezovta qimay dep devor oship tushardim, eh shu kunlarni sogindim.
33 Damas qatnardi Anjan kochalarida, 3sekundda ikkita 33 kelardi, yolni chetida prosto turgan bosez ham, tohtap aka chiqassimi dep signal chalip otip ketishardi damaschilar, shu damasni signalini sogindim.
Yozda kochalarda ayron bilan orik sharbat sotishardi, shularni sogindim...
Bazida machitga borip qolsek katta yoshli moysafidlar bolam tezda boshingga doppingni kiyvol deb tanbeh berip turishardi , shu moysafidlarni sogindim,
qisqasi Vatanni juda sogindim,
va yana Mavlono aytgan Asl Vatannni ham sogindim...
Asadbek
01-24-2002, 07:33 AM
Men aytaymi nimalarni sog'inganimni?
Hmmm, sanab nima qilaman uzi, hammani va hamma narsani sog'ingan bo'lsam...
mayli, bir parchade:
uyimiz oldidan oqib utadigan daryoga tushib baliq ushlashni sog'indim...
yaqin oshnalarim bilan qishloq markazida yig'ilib, billiard uynagan damlarni sog'indim...
dashtda yashaydigan bobomikiga yozda borib, eshakka minib, xilachupni dumbira qilib, qushiq xirgoyi qilib, bolalar bilan quy-mol boqib yurgan olis bolalik damlarni sog'indim...
har qaraganda entikadigan, odamni yoqadigan ... ko'zni sog'indim...
Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda.
Shunda ko'zim ko'rdi bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
Quchoq-quchoq gullar terganim,
Va keltirib senga berganim.
Usha kezlar hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.
aaaaa aaaa aaaa aaaa
aaa aaa aaaaaa ;-)
kim uyga ketmoqchi yaqin 1 oy ichida?
Surgeon
01-24-2002, 07:49 AM
"Yur muhabbat"
Oy yuzidan hur yog'di sim-sim,
Yur muhabbat, ketdik bu erdan.
Shirin tushlar korsin sevgilim,
Yur muhabbat, ketdik bu erdan.
Biz ketsak, er kengayib qolar,
Osmon xam sal enkayib olar.
Bir qora koz jilmayib qolar,
Yur muhabbat, ketdik bu erdan.
Na qildim men yuzlari zebo,
Aybim ne deb sorama aslo,
Bu dunyo shundayin bevafo
Yur muhabbat, ketdik bu erdan.
Sen dilimda yashnagan gulsan,
Biz birgamiz qayda yashasak,
Nimagadir sizga yoqmasam,
Yur muhabbat, ketdik bu erdan.
Sherni muallifi rahmatli ajoyib shoirimiz.........dir.
Asadbek, kim ekan u inson.
kanzler
01-24-2002, 07:58 AM
Haaa, Mur aka,
sindirib quyganidi HAydarov shu qushiqni, uzi bitta shu qushig'i bulsa kerak yaxshilaridan?
Biz ketsak yer kengayib qolar,
Osmonlar ham enkayib qolaaar
qushiqlar... qushiqlar...
Surgeon
01-24-2002, 08:01 AM
Asadbek, shoshilmasdan ohirigacha koring, sizga savol edi bu,
keyingi savol, musiqasini kim ezgan?
Murod
kanzler
01-24-2002, 08:09 AM
A Mur aka,
siz 2 marta update qilib, manga shoshilmang demangde :-)
Manimcha rahmatli Muhammad Yusuf yozgan bulsa kerak.
Musiqasi Haydarovni uzidan bulsa ajabmas. Aniq bilmayman.
Ili Mutavakkil Burxonov yozgandir, choto orkestr muzikasigayam uxshab ketadi.
Surgeon
01-24-2002, 08:23 AM
"Ulug'imsan, Vatanim"
Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim,
O'zimga bek,
O'zim sulton,
Sen tahtu sulaymonim,
Yolg'izim, deymi,
Topingan koshonam, deymi,
O'zing meni ulug'lardan
Ulug'imcan...
Sen Xo'jandsan, Chingizlarga
Darbozasin ochmagan.
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan, qorachig'i
Olovlarga sachragan,
Chiroqlarnni ko'rgan cho'pon
Cho'lig'msan, Vatanim.
Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig'imsan, Vatanim...
Sen - shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim o'zingsan,
Ota desam, qizim deb
Bosh egib turgan o'zing,
Ulug'san...
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin - Kurdistonda,
Boburing - Xindistonda,
Bu qanday yuz qarolig' deb,
Tarqab ketgan to'qson olti
Urug'imsan, Vatanim...
Qizim, desang osmonlarga
G'irot bo'lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo'lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug'beking quchgayman,
G'ichir-g'ichir, tishimdagi
So'ligimsan, Vatanim...
Surgeon
01-24-2002, 08:26 AM
Asadbek, javobini yuboryapman
kanzler
01-24-2002, 08:31 AM
Yu yu yu Mur Aka, shoshmang,
bu qushiq matnini Muhammad Yusuf yozgani rost.
Lekin S. Nazarxon agar Sevara Nazarxon bo'lsa, u qushiqning Remake ini aytgan va ushanga uzicha muzika qilgan. Originalini (1-versiya) Nuriddin Haydarov ijro etgan.
Siz post qilgan JPG-Filedagi gazeta kopiyasi Sevara NAzarxon aytgan Remakeka atalgan.
maftuna'
01-24-2002, 11:02 PM
Aha, she'rning muallifi Muhammad Yusuf. Nuriddin Haydarov birinchi bo'lib qo'shiq qilib aytgan. Ammo aslida she'rning ohirgi misralari ozgina boshqacharoq edi:
Sen dilimda yashnagan chechak,
Biz birgamiz qayda yashasak.
Ne qipti bir qizga yoqmasak,
Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.
E'tiborlaringiz uchun rahmat, hamma sog'-salomat bo'lsin va sevganiga yetsin.
Maftuna.
Sayyoh
01-25-2002, 06:58 AM
Maftuna hon,
zo'r ovozingiz bor ekan-ku, nega shu paytgacha bildirmay yurdingiz, lol :D
a tak sayohat yahshi narsa :)
Maftuna
01-25-2002, 11:57 AM
Sayyoh (Jan 25, 2002 05:58):
Maftuna hon,
zo'r ovozingiz bor ekan-ku, nega shu paytgacha bildirmay yurdingiz, lol :D
a tak sayohat yahshi narsa :)
____________________________________________
Sayyoh aka, rahmat, ovoz endi o'zimizga yarasha, Hudoning bergani. Buning sayohatga nima aloqasi bor? Yozing.
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.