View Full Version : QIZIQ...
REALIST'
01-18-2002, 09:29 AM
QIZIQ…
O’gri qarib,
So’fi bo’larmish.
Kecha yurib,
Kunduz uhlarmish.
Oyogi yengil,
Bo’larmish otin.
Yo otarchiga,
Bo’larmish hotin.
Yulgich qarisa,
Bo’lar qorovul.
Endi kunduzi,
Yuladi savil.
Yuragi qora,
Bo’larmish shunos.
“Shering falon” deb
Solar ayuhannos.
Qo’li egri,
Bo’larmish kassir.
Matematik
Bo’larmish shoir…
Dostlar o'qing va siz ham bunga biror narsa qo'shing.
Salomlar. Omadlar. :)
Deeeee, a.k.a Cute
01-18-2002, 03:47 PM
Bunisi yoqdi. :)
Yuragi qora,
Bo’larmish shunos.
“Shering falon” deb
Solar ayuhannos
Lekin manimcha tanqidga uncha ro'yingiz yo'g'akan shekilli.
Desperado
01-18-2002, 06:16 PM
Ha, haqiqatan ham qiziq :)
Judayam yahshi she'r ekan. Iste'dodingizga qoyil.
Omad.
diplomat
01-18-2002, 07:15 PM
tasanno
realist
01-19-2002, 08:52 AM
RAHMAT Ogaynilar.
CUTE: Chin dildan chiqqan tanqid jonu dilim. :)
Tanqidsizlik jonga tegdi,
Ogriq vijdonga tegdi.
Gadoni tanqid qilsam,
Uchi sultonga tegdi...
DIPLOMAT va GANGSTER azizlarim,
Qaddingdan ketay qadrdonlarim, sizlar ham biror narsa qoshinglar ey. Ko'rmaganmisizlar hayotda
qiziq vogealarni. Masalan, mening bir jondan aziz sinfdoshimni hamma domlalar urishib yurishar edi eng yomon oqiganligi uchun. HOZIR U OSHA MAKTABGA DIREKTOR BOLIBDI. Qiziqmi...? :)
realist
01-27-2002, 10:55 AM
Salomlar,
Hoy ogaynilar, biror narsa qoshinglarey bu temaga.
Yumorchilar qolmadimi deyman? Kim qarisa kim bo'ladi? Qiziq misollardan yoqmi?
Hurmatlar barchaga.
Maftuna
01-27-2002, 04:08 PM
REALIST (Jan 27, 2002 09:55):
Salomlar,
Hoy ogaynilar, biror narsa qoshinglarey bu temaga.
Yumorchilar qolmadimi deyman? Kim qarisa kim bo'ladi? Qiziq misollardan yoqmi?
Hurmatlar barchaga.
________________________________________
Yulduz opaning qo'shig'i esga tushdi-da:
It qarisa tozi bo'ladi,
Qiz qarisa qozi bo'ladi.
Dono dunyo, donishmand dunyo
Hammasiga rozi bo'ladi...
:)
Asadbek
01-28-2002, 04:55 AM
Men qarisam qariya bo'laman :P
Lashkarboshi
01-28-2002, 11:08 AM
ho'tik qarisa esh bo'larmish
rais qarisa mesh bo'larmish
semenga suv qo'shsa, beton bo'larmish
erni er yo qaro yer qiladurg'on, hotin bo'larmish
dollarni bankda almashtirgan ahmo bo'larmish
bolla esa uni ustidan kulib o'larmish
o'ris qizga boyfriend bankrot bo'larmish (agar o'zbe bo'sa)
oy daragaya maya deb postcard yozarmish (sotkaga pul yo'q)
o'zbela to'planganda osh pishirarmish
oldin esa araq bilan ish bitirarmish
bir haptada 10ta nb qigan jigit bo'larmish
sutkada 10 soat uhlab kuchga to'larmish
referendumga borganla qimasmish nb
lekin ip tekshirganla aniq snb
shunaqa
kaminai kamtarin
Generalidim
adiba
01-28-2002, 11:51 AM
Juda yaxshi chiqibdi, qofiya jihatdan emas, ma'no jihatdan, rosa maza qip kuldim :)
realist
01-29-2002, 05:18 AM
MAFTUNA,
Yashang. Men bu ashulasini eshitmagan ekanman.
Oziyam 1000 ta bormi deyman a? :)
ASADBEK, GENERAL, ADIBA,
Yashanglar. Bu yerda yangilari:
Uzum qarisa,
Mayilz bo'larmish.
Yolgonchi bo'lsa,
Rais bo'larmish. :)
Qariganda ot,
Bo'larmish qazi.
Qizi borlarning,
Bo'larmish nozi.
Salomlar. Omadlar. :)
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.