PDA

View Full Version : Hasrat...

Maftuna
04-26-2002, 11:30 PM
* * *
Usun-usun karvonlarning uzoq yo'li,
Ketib borar karvonlarim asta-asta.
Lahzalarning allasida tug'ilganim -
Yetim sevgim qalbi majruh, dili xasta.

Uchuq toshgan lablariga firog'imning,
Bevaqt kelgan qish dardimdan sochlari oq.
G'azal aytib yig'lar yurak ho'ngrab-ho'ngrab,
G'azal aytib yig'lar yurak uzoq-uzoq.

Beshigining ko'zmunchog'i yo'q ko'nglimning,
Umrim so'ngsiz bahorlari olov rangli.
Yelvizaklar qoqar g'amgin darvozamni,
Lola sevgim yonoqlari zangli-zangli.

Karvonlarim to'htamaydi, ketib borar,
Uzun-uzun izlarimni ko'mar shamol.
Nursiz ko'zi to'lib hijron qumlariga,
Mung'aygancha qarab qolar yolg'iz ayol.
* * *

Maftunadan.

CHECHEN
04-27-2002, 01:48 AM
SALOM ICHIZ TO'LA DARD EKANU SINGLIM ILI OPAM
UNAQA SIQILMANG HAMMASI YAHSHI BO'P KETADI.

LEKIN SHER YOQDI.SHER YOZISHI BILGANIMDA MANAM YOZARDIM.

IJODIZDA OMAD

realist
04-28-2002, 12:08 AM
MAFTUNA,
Sher menga yoqdi. Yolgizlikda qolgan ayolning holatini juda yahsh ochib berilgan.
Ijodingizga baraka .
CHECHEN: Bunday sher yozgan odamnig albatta ichi hasratga tola bolishi shart emas menimcha. Osha ayol holatiga kira olgan holos. :)
Omadlar. Salomlar.

Realist.

CHECHEN
04-28-2002, 04:06 PM
aa man rostanam o'zlarini holatlarini yozibdilarmi deb o'ylabman.

uzr. sheriyatni yahshi tushunmiman,lekin sher yozadiganlani hurmat qilaman.

omon bo'lila

buhorogi
04-29-2002, 09:42 AM
Odam kirechtir benim,
Yuzum gulechtir benim.
Soyunda gir koynuma,
Tenim mirachtir benim.

Odam kirech tutmuyor,
Kumunu karmayinca.
Sevda bashtan gitmiyor,
Sarilip yatmayinca.

Baba ben dervishmiyem?
Hirka mi giymishmiyem?
Ben sevdim heller aldi,
Baba ben olmushmuyem?

Zulfu Livaneli ogzidan Buhorogi tomonidan yozildi

Maftuna
04-29-2002, 03:09 PM
* * *
Dili daryo, qalbi dunyo yoring bo'ldim,
Umring bo'ldim, yo'g'ing bo'ldim, boring bo'ldim,
Borsa kelmas yo'llaringda zoring bo'ldim,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Ko'z yoshlarim to'ldirmoqchidek Orolni,
Hasratlarga alishdimmi hush hayolni?
Quchganingcha humor ko'zli yot ayolni,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Ko'nglim ko'mdim Qoraqumning qumlariga,
Sotdim sevgim Amriqo-yu Rumlariga,
Aylandi tan hissiz Misr mumlariga,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Bahorlarim poyoni yo'q, gul sanamman,
Kunduz yongan parvonasiz o'chmas shamman,
Endi otam ihtiyoriga qaramman,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.
* * *

Maftuna.

realist
04-30-2002, 12:05 AM
buhorogi (Apr 29, 2002 08:42):
Odam kirechtir benim,
Yuzum gulechtir benim.
Soyunda gir koynuma,
Tenim mirachtir benim.

Odam kirech tutmuyor,
Kumunu karmayinca.
Sevda bashtan gitmiyor,
Sarilip yatmayinca.

Baba ben dervishmiyem?
Hirka mi giymishmiyem?
Ben sevdim heller aldi,
Baba ben olmushmuyem?

Zulfu Livaneli ogzidan Buhorogi tomonidan yozildi

Buhorogi:
Turk adabiyotida ko'p uchrab turadigan
bir oz yalangoch sher. Boshga misol, Kenan Doguluning bir ashulasida "Ichingni bir oz och, man sizib ichigga kirarim" (manosi) degan sozlar bor. Yoki "Gal bir sigara ichalim"... va hokazo.. Endi buni bizning sheriyatga solishtiring.. Qiziq bizda ham shunaqa yalangoch sherlar bormikin?
Yunus Emredan biror narsa bilasizmi?
Salomlar. Omadlar :)

Asadbek
04-30-2002, 03:28 AM
Maftuna,

she'ringizga gap yuq, zur chiqibdi, maza qilib o'qidim.

Omad!

ISHONCH
04-30-2002, 05:47 AM
maftuna (Apr 29, 2002 14:09):
* * *
Dili daryo, qalbi dunyo yoring bo'ldim,
Umring bo'ldim, yo'g'ing bo'ldim, boring bo'ldim,
Borsa kelmas yo'llaringda zoring bo'ldim,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Ko'z yoshlarim to'ldirmoqchidek Orolni,
Hasratlarga alishdimmi hush hayolni?
Quchganingcha humor ko'zli yot ayolni,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Ko'nglim ko'mdim Qoraqumning qumlariga,
Sotdim sevgim Amriqo-yu Rumlariga,
Aylandi tan hissiz Misr mumlariga,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.

Bahorlarim poyoni yo'q, gul sanamman,
Kunduz yongan parvonasiz o'chmas shamman,
Endi otam ihtiyoriga qaramman,
Bir qayrilmay ketaverding, bag'ri toshim.
* * *

Maftuna.

Qoyil

Qonga to'ymagan insonlar,
Bir tarafta kulganlar ,bir tarafta esa ... eh,
zulm,nafrat va safalot.

Qadam tashla ! Yonmoqta atrofing-qochmagin ammo!
Unut birpastlik safahotni,
Qo'lingni uzat! Yetimning ko'zlari cho'l bo'ldi.

Bag'rimga bostim uni,ammo bag'rim bo'mbo'sh ekan!
Chayonning hukmi surar....
Birdan chuqurga tushup kettim,ovozimni hechkim eshitmas.

Vohidi

Maftuna
05-01-2002, 12:50 PM
ISHONCH,

bir savol so'rasam maylimi? "safalot" va "safahot" nima degani? Hech o'ylab topolmayapman, so'z boyligim ojizlik qilib qoldi. Yordam bervoring, har holda bilib qo'ygan yaxshi...

* * *
Bag'rimga bostim uni, ammo bag'rim bo'mbo'sh ekan!
Chayonning hukmi surar....
* * *

Shu satrlarga gap yo'q. Omadlar. :)

Maftuna.

cute
05-01-2002, 04:51 PM
Hasrat...
Judayam yoqdi. Feminine touch. :)
Omad

Sayh
05-02-2002, 02:47 AM
maftuna (May 01, 2002 11:50):
ISHONCH,

bir savol so'rasam maylimi? "safalot" va "safahot" nima degani? Hech o'ylab topolmayapman, so'z boyligim ojizlik qilib qoldi. Yordam bervoring, har holda bilib qo'ygan yaxshi...

* * *
Bag'rimga bostim uni, ammo bag'rim bo'mbo'sh ekan!
Chayonning hukmi surar....
* * *

Shu satrlarga gap yo'q. Omadlar. :)

Maftuna.

.....................................
"Safolat" - qashshoqchilik demak...

ISHONCH
05-02-2002, 04:50 AM
Rahmat,madhingiz uchun Maftuna."Safalot" uchun javop berishipti."Safohat" esa kayf-safodur.

Sherlaringizni jamiyatimizni hatto dunyo jamiyatini yaralariga malham bo'lishini tilap qolaman.

Siz bilan tanishishni hohlardim.

Hurmat bilan......

maftuna (May 01, 2002 11:50):
ISHONCH,

bir savol so'rasam maylimi? "safalot" va "safahot" nima degani? Hech o'ylab topolmayapman, so'z boyligim ojizlik qilib qoldi. Yordam bervoring, har holda bilib qo'ygan yaxshi...

* * *
Bag'rimga bostim uni, ammo bag'rim bo'mbo'sh ekan!
Chayonning hukmi surar....
* * *

Shu satrlarga gap yo'q. Omadlar. :)

Maftuna.

ISHONCH
05-02-2002, 05:42 AM
Hasrat

Hasratim bor go'zal kunlarga,
uyqum qochar,tushumga kirar qon to'la ko'zlar,
g'aflatta insonlar, ko'rmastan otash tufonin !

Ishq bilmasman, menga yot,
Hasratim u yo'lda bo'lmas isrof !
Ishq bordur albat, u siz hayot emastur hayot !

Ammo,naqilay, atrofimda tug'yon,
ko'nglimda husron, qo'llarim titrar,
belimni bukar mazlumninig ohu-fig'yoni !

Hayhot ! Qalam tebratganlarning doirasi tor !

Vohidi (bu tahallusnu qo'llanaman)

dilmurat2002
05-02-2002, 07:21 AM
MaxiKG:
Sherizga bazar yogu singlim yoki opam.
hudo beraman desa beraverarekanda. kaniedi bizda ham shunday istedodimiz bolsayu ...
karyerangizda omadlar tilap kolarmiz endi :-)
ruslar aytmokchi : "Tak derjat"

from MaxiKG.

dilmurat2002
05-02-2002, 07:22 AM

05-02-2002, 07:24 AM

05-02-2002, 08:28 AM
ISHONCH (May 02, 2002 04:42):
Hasrat

Hasratim bor go'zal kunlarga,
uyqum qochar,tushumga kirar qon to'la ko'zlar,
g'aflatta insonlar, ko'rmastan otash tufonin !

Ishq bilmasman, menga yot,
Hasratim u yo'lda bo'lmas isrof !
Ishq bordur albat, u siz hayot emastur hayot !

Ammo,naqilay, atrofimda tug'yon,
ko'nglimda husron, qo'llarim titrar,
belimni bukar mazlumninig ohu-fig'yoni !

Hayhot ! Qalam tebratganlarning doirasi tor !

Vohidi (bu tahallusnu qo'llanaman)

...............................
Tabrikliyman,Vohid !

Maftuna
05-02-2002, 02:40 PM
Rahmat, Ishonch va Sayh! Endi bilib oldim u so'zlarning ma'nosini.
She'rlaringiz ajoyib, Ishonch, hech kimnikiga o'xshamagan. Manga judayam yoqdi. Tanishishga kelsak, mani bu yerda Maftuna deb chaqirishadi, O'zbekistonlikman. :) Tanishganimdan hursandman.

Go'zal she'rlar kutib qolaman. Ijodlaringizga omad.

Maftuna.

Tank
05-03-2002, 11:25 AM
sorry, A vi sluschaino pro Tankov stihi ne znaete?

ISHONCH
05-04-2002, 03:07 AM
maftuna (May 02, 2002 13:40):
Rahmat, Ishonch va Sayh! Endi bilib oldim u so'zlarning ma'nosini.
She'rlaringiz ajoyib, Ishonch, hech kimnikiga o'xshamagan. Manga judayam yoqdi. Tanishishga kelsak, mani bu yerda Maftuna deb chaqirishadi, O'zbekistonlikman. :) Tanishganimdan hursandman.

Go'zal she'rlar kutib qolaman. Ijodlaringizga omad.

Maftuna.,

O'zini o'zi o'ldirgan Do'stim uchun

Sen ketting do'stim,
Katta-katta hayollarimiz bor edi......
Azroilni kuta olmading!
Ko'tara olmading bu hiyanotkor dunyoni!

Sevgilingni ismi Ozoda;jism va fitratiga mos,
Uchti; Ozot chumchuqtek,
shohtan shohga qo'nar,
tosh otarlar sho'h bolalar !

Ishqing o'ti seni kul qildi,
Isitmadi mashuqingni qalbini ammo !
Eh! Arzimas edi-shirn joninga,

Aytgin!Tinchmisan ahir endi,yotgan joyingda?

Yoq,yoq;bu savolning javobini istamasman !
Bilaman chunki ............
Ko'z yoshlarim to'sar ,
Tosh bo'lip boshimga urar,
Qaytarar javopni orqaga-tasavvurumni o'ldirar !

So'zga majolim qolmadi,yuzimda qizil yosh,
Majnun do'stim, u Laylo emasti !

Vohidi

grower
05-04-2002, 09:55 AM
good

diak
05-04-2002, 10:26 AM
Hasrat va u boshlab bergan she'rlar xalqasi yoqdi. Shu forum bahona nozik qalbli insonlar bilan g'oyibona hamsunbat bo'la olish imkoniyati kishini quvontiradi. Omadlar tilab

Maftuna
05-04-2002, 10:56 PM
Yetmay ayrilganlarga.

Saratondan hansiragan yo'l,
Jimjit tollar, yopiq eshiklar...
Bo'g'iq yig'i ovozi... tobut...
Qator-qator qora to'nliklar...

Boshin egib qoladi uylar,
Qaqshab-qaqshab yig'laydi ariq.
Titrar yuzi homush sarobning,
So'zsiz qarab qoladi ajriq.

"Alfajr"ini aytar qaldirg'och,
"Hu-hu"laydi musicha nochor.
Aytib-aytib bo'zlaydi to'rg'ay,
Bulbulni chun g'amdan dunyo tor.

Ketib borar baxmal to'n tobut,
Oynalar jim mo'ralab qolar.
Ipak parda ortlarida bir
Ayol ko'ksi g'ijimlab yonar...
* * *

Maftuna

ISHONCH
05-06-2002, 07:21 AM
maftuna (May 04, 2002 21:56):
Yetmay ayrilganlarga.

Saratondan hansiragan yo'l,
Jimjit tollar, yopiq eshiklar...
Bo'g'iq yig'i ovozi... tobut...
Qator-qator qora to'nliklar...

Boshin egib qoladi uylar,
Qaqshab-qaqshab yig'laydi ariq.
Titrar yuzi homush sarobning,
So'zsiz qarab qoladi ajriq.

"Alfajr"ini aytar qaldirg'och,
"Hu-hu"laydi musicha nochor.
Aytib-aytib bo'zlaydi to'rg'ay,
Bulbulni chun g'amdan dunyo tor.

Ketib borar baxmal to'n tobut,
Oynalar jim mo'ralab qolar.
Ipak parda ortlarida bir
Ayol ko'ksi g'ijimlab yonar...
* * *

Maftuna

**********
Qoyil.
Ilhom sizga to'htamastan kelarkan shakilli :).

ISHONCH
05-06-2002, 07:37 AM
O'lim

O'lim;aslida seni bilganlar uchun juda ham shirinsan,
asl vatanga bir eshiksan........

Sening qadaminga tayyor; yuzidan nur yog'ar,
Hayoli ufuqlarning Ufqida sayyor,
Yahshilik bog'ida bir bog'bonu posbon,
Suhbatining lazzatiga to'ymas inson bo'lgan inson !

ISHONCH
05-06-2002, 07:59 AM
O'lim

O'lim! Aslida seni bilganlar uchun juda ham shirinsan,
asl vatanga bir eshiksan........

Sening qadaminga tayyor; yuzidan nur yog'ar,
Hayoli ufuqlarning Ufqida sayyor,
Yahshilik bog'ida bir bog'bonu posbon,
Suhbatining lazzatiga to'ymas inson bo'lgan inson !

Kelganingda men uchun,bo'lar suyunchi,
Yosh boladay quvonarman ko'rarsan bir kun,
albatta albatta,bir taraftan gunohlarimning dahshati,
ul dahshat menga tanish,ichimdadur har on !

Vohidi

Maftuna
05-06-2002, 09:17 PM
ISHONCH (May 06, 2002 06:21):
**********
Qoyil.
Ilhom sizga to'htamastan kelarkan shakilli :).

_______________________
Rahmat, Ishonch, qo'ldan kelgancha endi. Lekin mana buni eshitgandan so'ng ilhom kelmasdan iloji yo'q.

http://music.arbuz.com/uzdessert/Dessert.cgi?_cmd=download;songID=645;sid=9a68dde5f e3f9c623b29d105aa33095c;_ext=.mp3

Enjoy.

realist
05-07-2002, 12:30 AM
maftuna (May 04, 2002 21:56):
Yetmay ayrilganlarga.

Saratondan hansiragan yo'l,
Jimjit tollar, yopiq eshiklar...
Bo'g'iq yig'i ovozi... tobut...
Qator-qator qora to'nliklar...

Boshin egib qoladi uylar,
Qaqshab-qaqshab yig'laydi ariq.
Titrar yuzi homush sarobning,
So'zsiz qarab qoladi ajriq.

"Alfajr"ini aytar qaldirg'och,
"Hu-hu"laydi musicha nochor.
Aytib-aytib bo'zlaydi to'rg'ay,
Bulbulni chun g'amdan dunyo tor.

Ketib borar baxmal to'n tobut,
Oynalar jim mo'ralab qolar.
Ipak parda ortlarida bir
Ayol ko'ksi g'ijimlab yonar...
* * *

Maftuna

Dear Maftuna,
Yuqoridagi sheringizni oqib, Qayirma boyidagi tollar osib turgan mahallaga borib kelgandek bo'ldim. Juda ham dilga yaqin sozlar... Iloyim u mahallada faqat to'ylar bolsin.
Yana bir gap, bilasizmi quydagi misralarni kim yozgan edi?
"Ey sen ogam rus,
Ya toboy gorjus!".

Shunga ohshab
"Tebe skazat
Eto ne boyus,
Singlim Maftuna,
Ya toboy gorjus!"

Omadlar. Ilhomlar. Salomlar. :)

ISHONCH
05-08-2002, 07:28 AM
maftuna (May 06, 2002 20:17):
ISHONCH (May 06, 2002 06:21):
**********
Qoyil.
Ilhom sizga to'htamastan kelarkan shakilli :).

_______________________
Rahmat, Ishonch, qo'ldan kelgancha endi. Lekin mana buni eshitgandan so'ng ilhom kelmasdan iloji yo'q.

http://music.arbuz.com/uzdessert/Dessert.cgi?_cmd=download;songID=645;sid=9a68dde5f e3f9c623b29d105aa33095c;_ext=.mp3

Enjoy.

Maftuna bu etgan narsangizni download qila olmadim.Ismini etses uzdessertga kirip usha yerdan olsam.

maftuna'
05-08-2002, 11:53 AM
[B]ISHONCH

Maftuna bu etgan narsangizni download qila olmadim.Ismini etses uzdessertga kirip usha yerdan olsam.
___________________________

Yulduz opaning "Hasrat" nomli qo'shiqlari edi.

qorayib ketgan elDoraDo
05-09-2002, 07:09 AM
REALIST (Apr 27, 2002 23:08):
MAFTUNA,
Sher menga yoqdi. Yolgizlikda qolgan ayolning holatini juda yahsh ochib berilgan.
Ijodingizga baraka .
CHECHEN: Bunday sher yozgan odamnig albatta ichi hasratga tola bolishi shart emas menimcha. Osha ayol holatiga kira olgan holos. :)
Omadlar. Salomlar.

Realist.

yo'q, menimcha ruhan bir yoki boshqa hlatni his qilish uchun, u inson ham huddi shunday holatni qandayligini bilish lozim, oddiy logika, mumkin emasdi aks holda....
hullas, yozmoq bo'ldim, men ham, ochdim satr ostidan
qarab turmam, yozmoq bo'lsam, ammo ...
ammo yozolmam...
qalbim og'rir, ne hohlarki, dilim o'rtanar
dilim o'rtab, afzal bildim ushbu holimni
keyin chiqdim bu makondan...

uchrashamiza...

Ulfat
05-09-2002, 08:29 AM
Seni menga betob dedilar,
Bu so'z yomon,bu so'z juda og'ir.
Seni menga betob dedilar,
Oqti ko'z yoshim huddi yomg'ir.

Seni menga betob dedilar...
Menga dunyo huzun ko'rindi.
Bulutlar bilan to'ldi ko'klar,
Achiq achiq yoshlar to'kildi.

Seni menga betob dedilar...
Lekin kelding,kelding Sen o'zing.
Qora bulut tamom yo'q bo'ldi...
Holbuki men...yig'laydi ko'zim.

FREEMAN
05-10-2002, 06:06 AM
sher yoz'shga uncha qiziqmiman. sher yozmalaring.onemli olan dvijeniye. hammasidan muhimi bu harakattir...degan ekan freeman olim-filosof-fikirlovchi :P

ishonch
05-10-2002, 08:34 AM
Harakat uchun turtki kerak.
Sheriyat misoli....

realist
05-10-2002, 10:28 AM
qorayib ketgan elDoraDo (May 09, 2002 06:09):
REALIST (Apr 27, 2002 23:08):
MAFTUNA,
Sher menga yoqdi. Yolgizlikda qolgan ayolning holatini juda yahsh ochib berilgan.
Ijodingizga baraka .
CHECHEN: Bunday sher yozgan odamnig albatta ichi hasratga tola bolishi shart emas menimcha. Osha ayol holatiga kira olgan holos. :)
Omadlar. Salomlar.

Realist.

yo'q, menimcha ruhan bir yoki boshqa hlatni his qilish uchun, u inson ham huddi shunday holatni qandayligini bilish lozim, oddiy logika, mumkin emasdi aks holda....
hullas, yozmoq bo'ldim, men ham, ochdim satr ostidan
qarab turmam, yozmoq bo'lsam, ammo ...
ammo yozolmam...
qalbim og'rir, ne hohlarki, dilim o'rtanar
dilim o'rtab, afzal bildim ushbu holimni
keyin chiqdim bu makondan...

uchrashamiza...

Salom ELDORADO,
Nimaga qorayib ketdingiz? Yo uydamisiz uje?
Bahga kelsak, siz nima deb oylaysiz, Gofur Gulom "Men yahudiyman" sherini yozganda yahudiy bolishni boshidan kechirib keyin yozganmi? Yoki Turob Tola "Oybuloq" sherini bir toglik qiz tilidan yozganda qiz bolib turib yozganmi? Prozadan misol Dostoyevskiy Raskolnikovni ichki dunyosini shunaqa ochganki, nima u oldin bororta kampirni chopib tashlaganmikin?
Shu misollar yetar a :)
Omadlar. Salomnlar. :)

elDoraDo-de
05-12-2002, 02:11 AM
baribir, inson biroro bir holatni yoritishi uchun unga mana shu holatga kirisihhi lozim bo'ladi, balki ularda mana shunday iqtidoq bo'lgandur, kim biladi balki ikki taraflama hayot tarzini kechirishgandur, keyin o'z hissiyotlarinin to'g'ridan toig'ri yoritolmay, ijod orqali nayomoyon etishgga harakat qilgandir, balki ular oddiygina bir ISTISNOdan bir misoldur,,, niam bo'lgandayam shu misollar yetadi degan umiddaman,
ladno man yaxshisi chekindim.... literaturega bahslashish uchun emas ijod qilish uchun kiraman...

a tak Relaist, qorayib ketganimni mani ko'rgandan etib beraman. ;)
omad, salom, alik, "sog' bo'l" deyish.... yana bir ikkita kerakli so'zlar

Shilpildoq