realist
04-28-2002, 12:37 AM
SALOM ASADBEK, ADIBA, DUMA, MAFTUNA va boshqa dostlar. Ishlar, oqishlar qanday ketyapti? Kim qayerda bolsa ham omadini bersin. Ozi yoldan adashtirmasin. :)
Shu duolardan keyin bir narsa ham jonatsam. Bu bir ashulani eshitib yozilgan edi.
OMadlar. Salomlar. :)
TIL YARASI
(Bir qoshiqni tinglab…)
Kim bilar yana nima,
Ne kutar ikkimizni.
Balki bahtli bo’lardik,
Tiysaydik tilimizni.
Bu gurur bu qaysarlik,
Mahv etdi sevgimizni.
Achchiq so’zlar aytarkan,
Tiymadik tilimizni.
Til yarasi, til yarasi,
Muncha ham achchiq ekan.
Achchiq so’z bu yurakdan,
Ketmas bir sanchiq ekan.
Yurak misli piola,
Chegalab bo’lmas ekan.
Achchiq so’zni ot kabi,
Egarlab bo’lmas ekan.
Boshlarkan ilk odimlar,
Umidlar-la to’liqdi.
Qalbdan otilgan so’zlar,
Buloq kabi tiniqdi.
Hasrat to’la oqshomlar,
Endi bizni kutadi.
Kimsasiz bo’m bosh uy ham,
Endi bizni yutadi.
Endi bizni kechirmas,
Boy berilgan imkonlar.
O’lgan sevgimiz uchun,
Ko’z yosh to’kar osmonlar.
Til yarasi til yarasi,
Muncha ham achchiq ekan….
Shu duolardan keyin bir narsa ham jonatsam. Bu bir ashulani eshitib yozilgan edi.
OMadlar. Salomlar. :)
TIL YARASI
(Bir qoshiqni tinglab…)
Kim bilar yana nima,
Ne kutar ikkimizni.
Balki bahtli bo’lardik,
Tiysaydik tilimizni.
Bu gurur bu qaysarlik,
Mahv etdi sevgimizni.
Achchiq so’zlar aytarkan,
Tiymadik tilimizni.
Til yarasi, til yarasi,
Muncha ham achchiq ekan.
Achchiq so’z bu yurakdan,
Ketmas bir sanchiq ekan.
Yurak misli piola,
Chegalab bo’lmas ekan.
Achchiq so’zni ot kabi,
Egarlab bo’lmas ekan.
Boshlarkan ilk odimlar,
Umidlar-la to’liqdi.
Qalbdan otilgan so’zlar,
Buloq kabi tiniqdi.
Hasrat to’la oqshomlar,
Endi bizni kutadi.
Kimsasiz bo’m bosh uy ham,
Endi bizni yutadi.
Endi bizni kechirmas,
Boy berilgan imkonlar.
O’lgan sevgimiz uchun,
Ko’z yosh to’kar osmonlar.
Til yarasi til yarasi,
Muncha ham achchiq ekan….